Menejment va marketing


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana10.04.2020
Hajmi0.85 Mb.
#99094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklari likvidligini boshqarishda innovatsion strategiya


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-rasm. Banklar likvidligini tasniflanishining 

asosiy belgilari.

5

 

 

                                                 



5

 Sattarov O.B.Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent-2010y. 

Bank likvidligini tasniflashning asosiy ko’rsatkichlari 

Ob’ektiga 

ko’ra 

Mansabiga 



ko’ra 

Vaqtinchalik 

xususiyatiga 

ko’ra 


To’lov 

mablag’larining 

turi bo’yicha 

Naqdsiz  

Naqd 

Valyutaviy 



Qimmatbaho 

qog’ozlar 

Lahzali  

Joriy  


Qisqa 

muddatli 

Bank 

aktivlari 



Sotib olingan 

Yig’ilgan  

Yuqori 

likvid  


Likvid 

Nolikvid 

Bank balansi 

Bank  


Bank tizimi 

Moliyaviy 

bozor 


 

 

14 



    Banklar  likvidligini  ob’ektiga  ko’ra,  manbasiga  ko’ra,  vaktinchalik 

xususiyatiga  ko’ra,  to’lov  mablag’larining  turi bo’yicha  ajratib  tahlil  qilishimiz 

mumkin. 

    Banklararo 

bozorning 

rivojlanishi 

vaqtinchalik 

bo’sh  to’rgan  pul 

mablag’larini  banklar  o’rtasida  qayta  taqsimlanishiga  imkoniyat  tug’diradi. 

Undan  bank  o’zining  likvidligini  ta’minlashi  uchun  turli  xil  muddatda 

mablag’larni  jalb  etishlari  mumkin,  xususan,  bir  kundan  to  bir  necha  oygacha 

bo’lgan  muddatni  tashkil  etadi.  Bu  mablag’larni  banklararo  kredit  resurslari 

bozoridan qay  darajada  jalb  qilishi  iqtisodiy  kon’yunkturaga, bank  nufuziga va 

banklararo  bozordagi  boshqa  tijorat  banklarining  faoliyati  bilan  bog’liq. 

Banklararo  kredit  resurslari  bozori  mamlakatimizda  o’z  faoliyatini  yuritmoqda, 

unda  bank  resurslarini  sotish  va  sotib  olish  indikatorlari  e’lon  qilinadi  va 

qatnashish  huquqini  olgan  banklar  bo’sh  to’rgan  bankning  resurslarini  sotadi, 

o’zining  majburiyatlarini  bajarish  uchun  etishmagan  mablag’larini  boshqa 

banklarning mablag’lari hisobidan jalb qiladi. Bu jarayon banklararo bozordagi 

eng arzon va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bunda bank o’zining resurslarini 

mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga o’zining bo’sh to’rgan 

resurslarini  joylashtirish  siyosatini  olib  boradi.  Bu  siyosat  ularning  xatarlilik 

darajasini  kamaytirish  siyosatining  yuritilayotganligini  ko’rsatadi.  Buning 

sababi  banklar  tomonidan  boshqa  banklarga  berilgan  resurslarning  xatari 

mijozlarga berilgan kreditlarning xataridan pastroq bo’lishi shuhbasiz. 

    Banklararo bozorning  rivojlanish  omili Markaziy  bankning  qayta  moliyalash 

tizimi  bilan  o’zaro  bog’liq.  Banklarda  likvidli  aktivlar  bilan  ta’minlash  manbai 

Markaziy  bankning  maqsadli  kreditlash  resurslari  bilan  shakllanishidadir. 

Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligiga qayta moliyalash siyosati orqali 

ta’sir  ko’rsatishi  ma’lum.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  kuzatilayotganda 

ko’pgina davlatlar Markaziy bankning hisob stavkasini ancha pasaytirishgan va 

ular  arzon  pullar  siyosatini  yuritganlar.  Masalan,  bu  sharoitda  AQSH  Federal 

Zaxira  Tizimi  tomonidan  hisob  stavkasini  5,25  foizdan  1  foizgacha  tushirgan. 


 

 

15 



Bunday  choralar  mamlakatning  moliyaviy  inqirozdan  chiqib  ketishiga  va 

banklarning likvidliligini ta’minlashga o’z samarasini bermay qolmaydi. 

    Bank  likvidligini  boshqarishda  Markaziy  bankning  nazorat  funktsiyasining 

samaradorligi  davlat  nazorat  organlarining  munosabatini  belgilab  beradi. 

Markaziy  bank  likvidlikning  zaruriy  me’yorini  belgilash  imkoniyatiga  ega  va 

tijorat  banklari  bu  me’yorlarga  rioya  qilishi  lozim.  Bunda  aniq  belgilangan 

ko’rsatkichlar bankning likvidlikni ta’minlashga yordam beradi. 

    Bank likvidligining o’zgarishi bank faoliyatining ichida yuzaga keladigan bir 

qator ichki omillar bilan ham bog’liq. Bular bankning mustahkam kapital bazasi, 

bank  aktivlari va   depozitlar  sifati,  tashqi manbalarga  bog’liqlikligi,  aktiv bilan 

passivlarning  muddatlari  bo’yicha  muvofiqligi,  bankning  menejmenti,  bank 

nufuzi kabi omillardir. 

    Bankning mustahkam kapital bazasi uning aktivlari xatarga uchraganda asosiy 

manba rolini bajaradi, u omonatchilar va depozitorlarning ishonchli himoyachisi 

va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi kuchli vosita sifatida xizmat 

qiladi.  Undan  bank  kontragentlar  oldidagi  moliyaviy  va  qarz  majburiyatlarini 

o’z  vaqtida,  to’liq  bajarilishini  kafolatlash  uchun  foydalaniladi.  Qanchalik 

bankning  xususiy  kapitali  ko’p  bo’lsa,  bankning  likvidligi  ham  shunchalik 

yuqori bo’ladi. Bankning resurs bazasi aktiv operatsiyalarni takomillashtirishda 

asosiy  omil  bo’lib  hisoblanadi.  Bankning  xususiy  kapitali  ko’zda  tutilmagan 

majburiyatlarning  yuzaga  kelishida  amortizator  rolini  bajaradi.  Bu  ko’rsatkich 

bankning  normal  faoliyat  yuritishi  uchun  katta  ahamiyatga  ega,  shuning  uchun 

kapitalning minimal miqdori qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bank 

bankrot  bo’lganida  bankning  xususiy  kapitali  uning  kontragentlari  oldidagi 

majburiyatlarni qaytarish uchun ishlatiladi. Bankning mustahkam kapital bazasi 

bankning  moliyaviy  barqarorligiga  va  likvidligiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Bu 

ko’rsatkichlar bo’yicha bank rahbarlari doimiy nazorat o’rnatishlari lozim. 


 

 

16 



    Bank  likvidligiga  aktivlarning  sifati  ham  ta’sir  ko’rsatadi  va  ularning  sifati 

likvidlik,  xatarlilik,  daromadlilik  va  diversifikatsiyalash  mezonlari  orqali 

aniqlanadi. 

    Bankning  likvidlik  darajasini  ta’minlash  uchun  bankdan  kassadagi  naqd 

pullar,  Markaziy  bankdagi  va  boshqa  banklardagi  vakillik  hisobvarag’idagi 

qoldiq mablag’lar va davlat qisqa muddatli obligatsiyalarni saqlab turishni talab 

etadi.  Aktivlarning  likvidlik  darajasi  qisqa  muddatli  ssudalar,  banklararo 

kreditlar, 

faktoring 

operatsiyalar, 

aktsiyadorlik 

jamiyatining 

qimmatli 

qog’ozlari, bankning uzoq muddatli qo’yilmalari va investitsiyalari bilan bog’liq 

bo’lib,  ular  muayyan  muddat  ichida  naqd  pullarga  aylanishi  qobiliyatiga  ega. 

Muddati  o’tgan  ssudalar,  qimmatli  qog’ozlarning  turlari,  bino  va  inshootlar 

ko’rinishidagi  aktivlar  nolikvid  aktivlarni  tashkil  etadi.  Bank  aktivlarining 

tarkibida  nolikvid  aktivlarning  ko’payishi  bankning  likvidliligiga  salbiy  ta’sir 

ko’rsatishi  ma’lum.  Qaytarilmagan  kreditlar  uchun  bank  o’zining  daromadlari 

hisobidan  ko’rilishi mumkin  bo’lgan zaxiralarni shakllantiradi,  zaruriy  hollarda 

ular  shakllantirilgan  zaxiralar  hisobidan  bank  tomonidan  qoplanishi  ham 

mumkin. 


    Aktivlarining  xatarliligi  qancha  darajada  yuqori  bo’lsa,  bankning  likvidlik 

darajasi  shunchalik  past  bo’ladi.  Aktivlarining  xatarliligi  deganda,  aktivlarning 

pul mablag’iga aylanish jarayonida yuzaga keladigan yo’qotishlarni tushunamiz. 

Ularning  xatarlilik  darajasi  qarzdorning  moliyaviy  ahvoli,  kreditlash  ob’ekti, 

kreditlar  hajmi,  kreditlarni  ajratish  va  ularni  qoplash  tartibi,  emitentning 

moliyaviy  barqarorligi,  qimmatli  qog’ozlarni  chiqarish  va  sotish  mexanizmi  va 

birjadagi baholash qobiliyatlari bilan o’zaro bog’liq. 

    Aktivlarning  samaradorligi  va  daromad  keltirish  qobiliyati  bankning  kapital 

bazasini mustahkamlashga va bankning rivojlanishiga manba yaratadi. Daromad 

keltiruvchi  aktivlarning  ulushi  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  ular  shunchalik  bankka 

daromad  olib  keladi.  Bunda  bank  yuzaga  keladigan  xatolarni  o’z  zimmasiga 

oladi.  Aktivlarning  tarkibini  tartibga  solish  uchun  idrokka  tayanishni  taqozo 



 

 

17 



etadi.  Bank  rahbarining  foyda  olishga  to’xtovsiz  intilishi  aktivlar  bilan  bir 

vaqtning o’zida likvidlikni ham yo’qotib qo’yishi mumkin. 

    Aktivlarning  diversifikatsiyalanishi  bank  likvidligiga  va  uning  umumiy 

faoliyatiga  ijobiy  ta’sir  etuvchi  omillardan  biri  bo’lib  hisoblanadi.  Ularning 

diversifikatsiyalanishida  bank  aktivlari,  kredit  qo’yilmalari,  qimmatli  qog’ozlar 

portfeli, xorijiy valyutalar tarkibi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlarda o’z aksini 

topadi.  Aktivlar   qanchalik   diversifikatsiyalangan  bo’lsa,  bankning  likvidlik 

darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. 

    Banklarda  depozitlarning  sifati  ularning  barqarorligiga  bog’liq.  Depozitlar 

qanchalik  barqaror  bo’lsa,  bank  likvidligi  ham  shunchalik  yuqori  bo’ladi.  Ular 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  bo’sh  to’rgan  pul  mablag’lari  hisobidan 

muddatli,  jamg’arma  va  talab  qilib  olinguncha  depozitlar  (omonatlar), 

jamg’arma  (depozit)  sertifikatlari,  boshqa  depozitlarning  turlari  bilan 

shakllanadi.  Depozitlarning  barqaror  qismining  ko’payib  borishi  bankning 

likvidli  mablag’lariga  bo’lgan  talabini  kamaytiradi.  Xorijiy  ekspertlar  «talab 

qilib olinguncha depozitlarni mustahkam barqarorlikka, muddatli va jamg’arma 

depozitlar undan kamroq barqarorlikka ega» deb e’tirof etmoqdalar. Jahon bank 

amaliyotida depozitlarning davomiyligiga juda katta e’tibor beriladi. 

    Bankning  likvidligi  uning  tashqi  manbalariga,  xususan,  banklararo 

kreditlariga  bog’liq.  Ma’lumki,  banklararo  kreditlar  banklarda  qisqa  muddatli 

likvidli mablag’larning etishmasligini to’ldiradi. Jalb qilgan resurslarning asosiy 

qismini  banklararo  kreditlar  tashkil  etsa,  banklararo  bozorda  ular  bankning 

inqirozga  uchrashiga  imkoniyat  yaratishi  mumkin.  Tashqi  manbalarga  bo’lgan 

talab bankning resurs bazasiga ega emasligini ko’rsatadi. Shuning uchun banklar 

o’zining  resurs  bazasini  samarali  boshqarish  maqsadida  ularni  banklarga  qisqa 

muddatga  daromad  olish  uchun  joylashtiradi  va  mijozlarning  majburiyatlarini 

birinchi  talab  doirasida  bajaradi.  Bank  resurslarining  tarkibida  banklararo 

kreditlar  salmog’ining  ko’p  bo’lishi  resurslar  bazasining  qimmatlashishiga  olib 



 

 

18 



keladi.  Shuning  uchun  banklarda  jami  resurslarga  nisbatan  banklararo  kreditlar 

ulushining miqdori 20 foizdan ko’p bo’lmasligi tavsiya etiladi. 

    Muddatlari  va  summalari  bo’yicha  aktivlar  va  passivlarning  o’zaro 

muvofiqligi  bank  likvidligiga  jiddiy  ta’sir  etadi.  Bunday  muvofiqlikka  rioya 

qilmaslik  jalb  qilingan  resurslar  bilan  ishlaydigan  banklar  kreditorlar  oldidagi 

majburiyatlarni  o’z  vaqtida,  to’liq  bajara  olmaslik  imkoniyatiga  tushib  qolishi 

muqarrar. 

Bu 


muvofiqlashuv 

aktivlarning 

zararsiz 

sotilishini 

va 

majburiyatlarning  o’z  vaqtida  bajarilishini  ta’minlaydi  va  u  qanchalik  barqaror 



bo’lsa,  bank  siyosati,  bankning  likvidligi  va  moliyaviy  holatining  barqarorligi 

shunchalik muvofiqlashadi. 

    Bank  menejmenti  bankning  faoliyatini  boshqarishda  va  uning  likvidligining 

o’zgarishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bankni samarali boshqarishda bank siyosati, 

yuksak  darajadagi  joriy  va  strategik  vazifalarni  amalga  oshirish,  aktivlar  va 

passivlarni  boshqarish  mexanizmi,  mas’uliyatli  qarorlarni  qabul  qilish  kabi 

jarayonlari  o’z  aksini  topadi.  Bank  menejmenti  kapitalning  etarliligi, 

aktivlarning sifati, daromadliligi va yuqori likvidlik darajasi ko’rsatkichlarining 

natijalariga  bog’liq,  chunki  bu  ko’rsatkichlarning  darajasi  qanchalik  barqaror 

bo’lsa, banklarning menejmenti ham yuqori sifatli bo’ladi. 

    Bank faoliyatining sifatiga bankning malakali xodimlari ham ta’sir ko’rsatadi. 

Bank  rahbari  va  xodimlarning  kasbi,  ularning  ixtisosligi  bankning  likvidlik 

darajasiga  ta’sir  ko’rsatishini  belgilab  beradi,  chunki  bank  rahbari  bankning 

likvidlik darajasini asoslab beradi, u bank faoliyatini boshqarishda ilmiy jihatdan 

yondashadi,  mavjud  axborot  bazasidan  ma’lumotlarni  tahlil  qilish  orqali 

likvidlikni  samarali  boshqarishda  maqbul  qarorlar  qabul  qiladi.  Shuning  uchun 

hozirgi  kunda  barcha  banklarning  malakali  kadrlarga  nisbatan  ehtiyoji  juda 

katta. 


    Bank  nufuzi  ham  uning  likvidligiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  faktorlardan  biri 

hisoblanadi.  Yuqori  nufuzli  bank  boshqa  banklarga  nisbatan  ustunlikka  ega 

bo’lishi, likvidli mablag’lar etishmaganda zudlik bilan uni bartaraf etishi, yuqori 


 

 

19 



sifatli  aktivlarga  ega  bo’lishi,  moliyaviy  barqaror  bo’lgan  mijozlar  bilan 

mustahkam  aloqa  bog’lashlari  lozim.  U  nufuzli  xorijiy  sheriklar  bilan 

aloqalarning rivojlanishiga rioya qiladi, mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifatini 

oshiradi,  ishonchli,  sistematik  va  keng  saviyadagi  reklamalarni  tashkil  etadi, 

mustaqil  reyting  agentliklar  tomonidan  reyting  baholashlarni  matbuotda  e’lon 

qiladi,  bunda  bank  menejerining  shaxsiy  sifati,  komponenti  va  ma’naviy 

qiyofasi aniqlanadi. Bank mushkul ahvolga tushganda ham o’zining likvidligini 

oson va tez tiklaydi, o’zining yuqori nufuzini saqlab qoladi. 

    T.V.Nikitina  bank  likvidligiga  ta’sir  qiluvchi  muayyan  bir  guruhga  aloqador 

bo’lgan tashqi omillarni tasniflab berdi va ularni to’rtta asosiy guruhga ajratdi: 

a)  dasturli-maqsadli  hodisalar  (xalq  xo’jaligi  tarmog’ining  (bank  va  pul-kredit 

sohasi)  bozor  munosabatlariga  o’tishi)ning  iqtisodiy  siyosati;  b)  tasodifiy 

o’zgarishlar  (ish  tashlash,  halokat  oqibatlari,  iqtisodiy  va  siyosiy  voqealar);  v) 

mavsumiy  o’zgarishlar;  g)  tsiklik  o’zgarishlar  (iste’mol,  jamg’arma,  ishchilar 

soni,  investitsiya  jarayonidagi  o’zgarishlar,  aholi  soni,  iqtisodiy  tsiklning 

bosqichlari bilan bog’liq bo’lgan texnik darajadagi ishlab chiqarish). 

    Ko’pgina  iqtisodchi  olimlar  bankning  likvidligiga  ta’sir  etuvchi  omillarni 

ichki  omillar  sifatida,  xususan,  N.D.Belostotskaya,  V.I.Kolesnikovlar  «bank 

kapitali»ni,  «jalb  qilingan  mablag’lar  bilan  joylashtirilgan  mablag’lar»ni, 

M.A.Pomorina  «mijozlar  sonining  dinamikasi»ni,  «iqtisodiyot  sektorlari 

bo’yicha mijozlarning taqsimlanishi va ular biznesining mavsumiy o’zgarishlari 

bilan  bog’liqligi»ni,  «bankning  katta-kichikligi  va  uning  imidji»ni,  «asosiy 

depozitlarning  jalb  qilingan  resurslardagi  ulushi  (kichik  va  o’rta  saviyadagi 

mijozlarning  transaktsion  hisobvaraqlarda  kamaymaydigan  qoldiqlarning 

ulushi)»ni, «kredit portfelining sifati»ni, «qimmatli qog’ozlar portfelining sifati 

(savdo portfeli)»ni, «talab va majburiyatlarning muddati bo’yicha aktivlar bilan 

passivlarning  muvofiqligi»ni,  Pitkin  A.A.  «mijozlar  soni  va  ularning  o’zgarish 

dinamikasi»ni,   «hisobvaraqlar  bo’yicha  qoldiqlar  bilan  hisobvaraqlarda 

kamaymaydigan  qoldiqlarning  o’rtacha  miqdorining  o’xshashlik  darajasi»ni, 


 

 

20 



«aktivdagi  qo’yilmalarning  sifati»ni,  aktiv  va  passiv  operatsiyalarning 

muddatlari  bo’yicha  muvofiqligi»ni,  «bankning  katta-kichikligi  va  uning 

imidji»ni,  Kotixov  M.P.  «faoliyat  ko’lami  va  uning  diversifikatsiyasi»ni, 

«kapital  bazasining  holati»ni,  «xodimlar  malakasi»ni,  «raqobat  ustunligi»ni, 

«ishlash  tartibi  va  bajariladigan  ish  tartibi»ni,  «qo’shimcha  manbalarga  kirish 

imkoniyati  va  osonligi»ni,  Ivanov  V.V.  «ichki  bajariladigan  ish  tartibi»ni, 

«bankning  ko’lami»ni,  «xodimning  malakasi»ni,  «qo’shimcha  resurslarga 

bo’lgan imkoniyat»ni, «raqobat ustunligi»ni e’tirof etdilar. 

    Ayrim  iqtisodchilar  likvidlik  tushunchasining  murakkab  va  serqirra 

ekanligini,  summasi  va  muddatiga  ko’ra  depozitlarning  tarkibini  resurslarning 

barqarorligi  bilan  aloqadorligini  o’zining  ilmiy  ishlarida  ko’rsatib  o’tganlar. 

Xususan, 

T.V.Nikitina, 

V.I.Kolesnikov 

va 

N.D.Belostotskayalar 



«barqarorlikning  past  darajasi  talab  qilib  olinguncha  depozitlar  hisoblanadi, 

chunki har qanday vaziyatda ham depozitga qo’yilgan mablag’larni olib qo’yishi 

mumkin,  muddatli  depozitlar  uchun  qaytarish  muddati  qonun  hujjatlari  bilan 

qat’iy  belgilanganligi  sababli  mablag’larni  o’rnatilgan  muddatdan  oldin  olib 

qo’yishi  mumkin  emas»  deb  e’tirof  etadi.  Amaliyotda  bu  masala  yuzasidan 

birmuncha  kamchiliklar  uchrab  turadi.  Xususan,  I.T.Balabanov  o’zining 

«qoldiqlar  nazariyasi»da  «talab  qilib  olinguncha  depozitlarning  bir  qismi  uzoq 

muddatga  aktivlarga  joylashtirish  mumkin»  deb  ta’kidlagan.  O.I.Lavrushinning 

bu masala yuzasidan qarashlari o’xshash. Depozitlar sifatining mezoni ularning 

barqarorligi  bilan  belgilanadi,  depozitlarning  barqarorligi  qanchalik  yuqori 

bo’lsa,  bankning  likvidligi  ham  shunchalik  yuqori  bo’ladi.  Bunda  resurslar 

barqarorligining  yuqori  bo’lishi  talab  qilib  olinguncha  depozitlarning 

doimiylikka  ega  bo’lishini  taqozo  etadi.  Talab  qilib  olinguncha  depozitlarning 

muayyan  bir  qismidan  uzoq  muddatli  investitsiya  sifatida  foydalanish  mumkin 

ekanligi iqtisodiy adabiyotlarda ko’plab uchraydi. 

    Summasi  va  muddati  bo’yicha  aktivlar  bilan  passivlarga  mablag’larning  jalb 

qilinishi  va  joylashish  nisbati  pul  oqimlarining  joriy  davr  uchun  ham  kelgusi 


 

 

21 



davr  uchun  ham  manba  yaratadi.  Ularning  bir-biriga  qanchalik  muvofiqligi 

yaqinlashsa,  ularda  yo’qotish  ehtimolligi  kamayadi,  bunda  pul  oqimlarining 

muvozanati buziladi. 

    Pul  bozoridan  pul  mablag’larini  jalb  qilish  imkoniyati  bankning  moliyaviy 

ahvolini  va  banklararo  kreditlarning  jalb  qilingan  mablag’lar  ichida  qancha 

miqdorda ulushi mavjud ekanligini aniqlab beradi. 

    Olimlar  kapital  bazasining  sifati  va  miqdorini  tijorat  bankining  likvidligiga 

ta’sir  etuvchi  asosiy  omil  sifatida  e’tirof  etadi.  Ko’pincha  bankning  xususiy 

kapitali  uzoq  muddatli  manbalar  sifatida  bank  balansining  passivida  ishtirok 

etadi  va  u  mablag’larning  immobilizatsiyalash  darajasini  belgilab  beradi.  Bank 

kapitali uzoq muddatli aktivlar bilan qiyin sotiladigan aktivlarga joylashtirilsa, u 

holda ularning bank likvidligiga sustroq ta’sir qiladi. 

    Tijorat  bankining  likvidligini  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  likvidligi 

sifatida qarash mumkin. Ma’lumki, tijorat bankining likvidligi to’g’ridan-to’g’ri, 

bankdagi  hisobvaraqlar  orqali  o’tuvchi  pul  oqimlarining  xususiyatlari  bilan 

bog’liq. Aynan, tijorat banklarining xususiyati pul oqimlari tizimi sifatida, bank 

likvidligi  tushunchasining  o’ziga  xos  komponenti  sifatida  aloqa  qiladi,  bunda 

likvidlik tijorat bankining mavjud majburiy sharti bo’lib qoladi. Bank uchun eng 

muhimi  hozir  va  kelajakda  kirim  va  chiqim  qilinadigan  pul  oqimlarining 

muvozanatini  ta’minlashning  real  va  potentsial  imkoniyatlari  zarur.  Tijorat 

bankining  likvidligi  dinamik  holatda  bo’lganda,  u  balansning  statistik 

ko’rsatkichlari  bilan  ifodalanadi  va  likvidlik  darajasining  o’zaro  nisbatini 

aniqlash  orqali  belgilanadi.  Pul  oqimlarida  yuzaga  keladigan  salbiy  tafovutlar 

zaxira manbalarining hisobidan qoplanishi mumkin. 

    Fikrimizcha,  pul  mablag’larini  resursi  sifatida  qisqa  muddatga  bankka  jalb 

qilish,  ularni  uzoq  muddatli  aktivlarga  joylashtirish,  iqtisodiy  va  siyosiy 

nobarqarorlik  natijasida  mablag’ning  chiqib  ketish  jarayonlari  bankning 

likvidlik  darajasini  pasaytiradi,  va  aksincha,  xalqaro  kapitallarning  banklarga 

kirim  qilinishi  bankning  likvidlik  darajasini  oshiradi.  Shu  bilan  birga,  bank 


 

 

22 



likvidligining  o’zgarishiga  «bankka  jalb  qilingan  resurslarga  belgilangan  foiz 

stavkasi bilan milliy valyuta kursining o’zgarishi», kreditlar va depozitlar uchun 

o’rnatilgan  foiz  stavkalari  ham  ta’sir  etadi.  Masalan,  bu  hodisani  1998  yilda 

ayrim mamlakatlardagi inqiroz davrida AQSH dollari kursining nihoyat darajada 

o’sganligini  va  bu  jarayonga  sabab  bo’lganligini  ko’rishimiz  mumkin.  Bu 

davrda  xalq  valyuta  omonatlarini  banklardan  ommaviy  olib  qo’yganligi  uchun 

bankning 

likvidligi 

ommaviy 

ravishda 

inqirozga 

uchragan, 

chunki 

omonatchilarning iqtisodiy manfaatdorligi maqsadga muvofiq bo’lmagan edi, va 



aksincha,  AQSH  dollarining  kursi  oshgan  paytda  aholi  o’zining  valyutalarini 

bank omonatlaridan olib qo’yishga hojat qolmaydi, chunki milliy valyuta qayta 

baholanganda uning qiymati o’sadi. 

    Xulosa qilib aytganda, bank likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish 

va  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  batafsil  o’rganish  bankning  «og’riq» 

nuqtalarini  va  mavjud  muammolarning  echimlarini  topishga,  ularni  yuzaga 

kelishining oldi olinadi va ular o’z vaqtida bartaraf etish uchun amaliy  yordam 

beradi.


6

 

1.2. Tijorat banklari likvidligini boshqarish nazariyalari 

    Likvidlik, deganda avvalo moddiy boyliklarning qisqa muddat ichida va hech 

bir qiymat  yo’qotishlarsiz naqd pulga  aylanish qobiliyati tushuniladi.  Biron bir 

moddiy boylik likvid hisoblanishi uchun: 

    - doimiy ravishda o’zining ikkilamchi bozoriga; 

    - muvozanatli bahoga

    - yuqori aylanish tezligiga ega bo’lishi lozim.  

    Tijorat  banklari  likvidliligini  boshqarishdan  avval  likvid  mablag’larga 

ehtiyojni hisoblash zarur.   

    Likvid  mablag’larga  bo’lgan  talab  va  taklif  doimo  o’zgaruvchan  bo’ladi, 

masalan,  bankning  mijozlari  bo’lgan  aholi  asosan  oy  boshi  yoki  oxirida  oylik 

                                                 

6

 http://www.business-daily.uz/uz/birjaexpert/16170 



 

 

23 



maoshlarini  oladilar  va  shu  paytda  depozit  mablag’lari  hajmining  o’sishi 

kuzatiladi. 

    “Banklar  va  bank  faoliyati  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi 

Qonunining  39-moddasiga  ko’ra,  banklar  mablag’larning  saqlanishi  hamda 

omonatchilar  oldidagi  majburiyatlarining  bajarilishi  uchun  o’z  mijozlari  va 

omomnatchilari  oldida  javobgardirlar.  O’zbekiston  Respublikasida  bank 

likvidligini samarali boshqarish quyidagi omillar bilan ta’minlanadi: 

   -  bank  va  uning  atrofidagi  muhitning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga 

oluvchi,  aniq  ifodalangan  va  hujjatlashtirilgan  likvidlikni  boshqarish 

siyosatining mavjudligi; 

     -bankning turli bo’linmalarining muvofiqlashtirilganligi; 

     -bank  likvidlik  holatining  monitoringi  vazifalari  yuklangan  bo’linmaning 

mavjudligi; 

  -ma’lumotlar  bazasini  shakllantirish  hamda  bankning  aktiv  va  passiv 

holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi. 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling