Менежментнинг назарий асослари


Download 19.7 Kb.
Sana15.11.2021
Hajmi19.7 Kb.
#174734
Bog'liq
men3


Менежментнинг назарий асослари

Саволлар


1. “Менежмент” атамаси нимани билдиради?

2. Бошқарув нима?

3. Тадбиркорлик ва бизнес тушунчаларига таъриф беринг?

4.

Menejment — inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «boshqaruv» ma’nosini ifodalaydi. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritila boshlangan. AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va Teylor nomi bilan bog‘lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial sotsiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davrni «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar. Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin.Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi.Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor.



2.

Boshqarish (iktisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. B. usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. B. xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. B.ning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud. B.ning iqtisodiy usulidakutilganmaqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi (mas, ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan takdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). B.ning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiyruhiy usuldagi B. ijtimoiymaʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼlatvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.

B. tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. B. ishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchshshr (menejerlar) amalga oshiradi. B. jarayonida vaziyatni B., yaʼni oʻzgargan iqgisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Vaziyatni B.ning vazifasi xoʻjalik obʼyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yunaltirishdan iborat. B.da mahsulot sifati, harajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi B.ning toʻgʻri yoki samaradorliligini tasdiqlaydi.

3.

Tadbirkorlik biznesning asosiy unsuridir. Ammo biznesda tadbirkorlikka aloqasi yo`q ishlar ham bor, masalan o`z mulkini ijaraga berish, pulini bankka qo`yish yoki yashirin yo`l bilan sudxo`rlik qilish. Bu ishlar pul topish yo`li, lekin tadbirkorlik emas Tadbirkorlik deganda moddiy va pul mablag`larini foyda topish yo`lida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni etkazib, kishilarga naf ksltiruvchi, ularning hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Tadbirkorlik — bu o`z mulkini ishlatib yoki o`zga mulkidan amalda foydalanib, tovarlar yaratish yoki xizmatlar ko`rsatish. Undan kutilgan maqsad esa pul topish. Bu ishni aholining maxsus toifasi — tadbirkorlar olib boradilar. Tadbirkorlik maxsus tayyorgarlik va iste`dod talab etadi. Tadbirkorlar sinfi bor, ular foydani ko`zlab ishlaydi, o`ziga to`q va farovon yashovchi guruhni tashkil etadi.Tadbirkorlik - mulkchilik sub`ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir.1Bozor iqtnsodiyotiga o`tish davrida bo`lgan O`zbekistonda tadbirkorlar ishchi, xizmatchi va dehqonlar hisobidan vujudga kela boshladi. Bu erda tadbirkorlar kichik va o`rta biznes bilan shug`ullanuvchilardan, fermyerlardan, tomorqa xo`jaligi sohiblaridan, hissadorlik jamiyati a`zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan iborat. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi, chunki u bozorga tovarlar va xizmatlarni muntazam etkazib beradi, bozordagi talabni to`ldiradi.



Biznes va tadbirkorlik tamoyillari Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari bor 1-Mulk sohibi bo`lish. tadbirkorlar resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.

2.Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy maifaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.

3)Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiyada ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.

4. Iqtisodiy mas`uliyat. Tadbirkor mas`uliyatni o`z zimmasiga olib,ko`rgan foyda-zarariga o`zi javob beradi.

5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» degan qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi. qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa`y-harakatlarining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham farz ham qarz hisoblanadi.

Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o`zadi» qoidasiga ko`ra bellashuvi shart.

Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.

Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yul bilan pul topishga asoslanish zarur. Qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Muhammad a.s. odamlarga “halol yo`l bilan nafaqa topinglar” deb marhamat qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo`lgan. O`zbekiston qonunlariga ko`ra tovar ishlab chiqaruvchilar iste`molchilarning tovar sifatiga bo`lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.

«Davlat iste`molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog`idagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi».2

Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-etiborli bo`lishni bildiradi. Tadbirkor o`z sha`nini avaylashi, firma

nomini e`zozlab, unga dog` tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.

Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O`zbekiston

Respublikasining qonunlariga ko`ra davlat tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkinipg daxlsizligiii ta`minlaydi.

1.

kuzat



Tahrirlash

Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. M. ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. M. dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham M. fani bilan chambarchas bogʻliqdir.
Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling