Menga xalaqit beryapsan


Download 18.42 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi18.42 Kb.
#221822
Bog'liq
4 amaliy topshiriq bilvosita nutqiy akt


4 amaliy topshiriq bilvosita nutqiy akt

  1. “Menga xalaqit beryapsan” gapida bevosita nutqiy akt, ya`ni til strukturalari orqali to`g`ridan togri anglashilib turgan ma’no “uning halaqit berayotganligi” haqidagi xabardir. Lisoniy belgiga ega bo`lmay, nutqiy vaziyatdan kelib chiqib turgan ma`no “bilvosita nutqiy akt ” esa “iltimos menga halaqit berma” undovidir. Buni anglash uchun lisoniy bilimga, so`z boyligiga , qomusiy ilmlarga ega bo`lish talab etiladi.

  2. “Ovqat pishir”

“Ovqat pishirmaysanmi?”

“Ovqat pishgan”

Ushbu 3 gap ham bir xil pragmatic vazifa bajaradi, ya’ni ovqat pishirish lozimligini ifodalaydi. Faqat ularda ta`sir kuchida farqlar mavjud.

Ovqat pishir. Buyruq gap. Bunda ma’no so`zsiz buyruq bajarish kerak ekanligi ifodalangan . maqsad ovqat pishirishga undash shunday anglashilib turgan bevosita akt.

Ovqat pishirmaysanmi? Birlamchi intensiya bunda ovqat qilish qilmasligi haqida so`roq berish bo`lsa, ikkilamchi , natijaviy maqsad ovqat qilishga undash hisoblanadi.

Ovqat pishgan . yoki Ovqat hozir pishadi . gapda birlamchi ma’no ovqat pishganligi haqidagi xabar bo`lsa-da, natijaviy maqsad ovqat qilishga undashdir. Demak, ushbu 3 ta gap mazmunan bir biriga juda yaqin bo`lsa ham , nutq momentiga, uslubiga ko`ra farqlanar ekan.



  1. Shu hikoyani so`zlab bera olmaysanmi?

Gapda birlamchi maqsad hikoyani so`zlab beradimi yoki imkoni yo`qligini so`rab bilib olish bo`lsa, natijaviy maqsad shu hikoyani so`zlab berishga undash hisoblanadi

  1. Qoshiqni uzatib yubora olmaysizmi? Gapi o`rnida “Qoshiqni uzatib yuborishga imkoningiz bormi?” gapini qo`llab bo`lmaydi . chunki 1- gapda asosiy maqsad imkoniyat mavjudligini aniqlashga qaratilmagan. Balki qoshiqni uzatib yuborish buyrug`i iltimosohangida so`ralmoqda. Bu gap qo`llansa uslubiy g`alizlik kelib chiqishi mumkin.

  2. Qoshiqni uzatib yubora olmaysizmi? Gapining o`rnida “Iltimos qoshiqni uzatib yuboring” gapi qo`llanilishi mumkin. Bunda nutqiy aktning bilvosita ifodalanish holati kuzatiladi.\

  3. Kutubxonaga qanday borishni bilmaysizmi? Gapida birlamchi maqsad yo`lni bilish bilmasligini aniqlash bo`lsa, ikkilamchi , natijaviy intensiya kutubxona borib olishdir.

  4. Juda bilag`onsan-da , Rafiqjon. Gapi nutq sharoitiga qarab turlicha ma`no kasb etishi mumkin. Agar Rafiqjan haqiqatan bilag`on bo`lsa, bu maqtov. Agar aksi bo`lsa, bu kinoya ma’noda qo`llangan bo`ladi hamda teskari ma`no anglatadi. Ya’ni Rafiqjonning ilmsiz ekanligi uqtiriladi. Odatda , bunday gaplar kinoya qilib aytiladi.

  5. Mashinaga chiqdi hamda mashinadan chiqda gaplaridagi chiq so`zi bu o`rinda ko`p ma’nolilik kasb etgan. Bunda 1- chiqmoq balandga ko`tarilmoq , mashinaga minmoq ma’nosini anglatgan. 2 chiqmoq esa ichkaridan tashqariga chiqmoq ma;nosini anglatib kelgan.

  6. Semanntika – til birlliklarining ma’nosini o`rganuvchi bo`limb o`lsa, pragmatika nutq birligining vaziyatidan kelib chiqib hosil qilinuvchi ikkilamchi ma’nolarni o`rganuvchi bo`lim hisoblanadi.

Semantika nutq birligining doimiy mavjud bo`lgan ma`nosini izohlaydi. Pragmatika esa juda ko`p qo`llashlar natijasida paydo bo`ladigan ikkilamchi intensiya bilan shug`ullanadi.

  1. Ko`p ma’noli so`zlar

Ko`z 1 inson a’zosi

2 buloqning ko`zi

3 daraxtning ko`zi

4 derazaning ko`zi



5ishning ko`zi

Ko`z so`zi ko`p ma’noli so`z bo`lib, uning ma’nolari aslida juda ham ko`p hisoblanadi. Negaki o`zbek tilda ko`z sememasining turli semalarini faollashtirib ko`chma ma’noda qo`llash kuzatiladi. Masalan, hayotdan ko`z yummoq, ko`zi ochiqligida, ko`zini o`ymoq, ishning ko`zini bilmoq
Download 18.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling