Meni deb chekkan zahmatlaringiz uchun, kechiring, Onajon!


Download 28 Kb.
Sana11.10.2020
Hajmi28 Kb.

QATRA

Men onamning yig’laganlarini ko’p ko’rganman.Ular turmush tashvishlaridan yoki biror-bir yetishmovchilik tufayli yig’lamaganlar.Onajonimning ko’zlari meni deb yoshlangan.Yoshligimda juda ko’p kasal bo’lardim.Har gal betob bo’lganimda Onajonim boshim uzra parvona bo’lardilar.Tepamda chiroq yonganida ko’zimni ochsam, har gal munisginamning ma’yus, mehribon chehralarini ko’rardim.Ular tinmay yig’lar, oyoqlarimni, qo’llarimni tinimsiz silardilar.

Oh, Onajonim, o’shanda nega yig’laganingizni tushunmaganman.Yuzlaringizga oqqan marjon yoshlar uchun, kechiring, beparvo farzandingizni, mushtiparginam!

Onamning kiyim-kechakka havas qilganlarini, zeb-u ziynatlarga intilganlarini eslolmayman.Hozir o’ylasam, onajonim yaxshi kiyinishni yoqtirmaganlari uchun emas, o’z orzu-havaslarini farzandlar kamoli va kelajagidan ustun qo’yolmaganlari uchun dunyo lazzatlaridan o’zlarini cheklagan ekanlar.

Oh, Onajonim-a! Bu dunyoda hamma onalar ham sizdek o’z hayotini farzandlariga bag’ishlashga qodirmikin?

Meni deb chekkan zahmatlaringiz uchun, kechiring, Onajon!

Ayollar vafo timsoli deyishadi.Dunyoda vafodor erkaklar ham oz emas.Otajonim vafo timsoli. Do’xtirlar umidini uzgan bir paytda ham otajonim onamning tuzalishlariga ishonib, oxirigacha ular bilan birga bo’lib, oyoqqa turg’izganlar.

Erkaklarning sabr-bardoshi ulug’lanadi.Onajonimning irodasi tog’ qadar mustahkam.Ular bir-birlariga eng og’ir kunda ham suyanchiq bo’lganlar.

To’rt farzandni el qatoriga qo’shgan, ularning saodati, baxt-u kamoli yo’lida hayotning har qanday sinovini yengib o’tgan, haqiqiy mard insonlarning farzandi ekanligimdan faxrlanaman.Mehrining tafti quyosh taftidan-da kuchliroq, qalbi ummon qadar cheksiz insonlarning zurriyodiman men.Insonlarga faqat yaxshilik sog’inadigan, oliy ma’lumoti bo’lmasa-da, axloqi, ma’naviyati oliymaqom zotlar naslining davomchisi ekanligimdan g’ururlanaman.

To hayot ekanman, so’zlarimdan sizlarga haykal tizgum, to hayot ekanman, ash’orlarim ila suratingizni chizgum, to hayot ekanman, boshim yerga tekkuncha sizga ta’zimda bo’lgum.Siz haqingizda yozaveraman, Toki, dunyoda o’z mehrini jondan aziz farzandlaridan ayagan onalar, jigarbandini tirik yetim qilgan otalar bo’lmasin!



Siz jannatiysiz!
Mehringiz taftida toblanib uzoq,

Palaxmontosh kabi otildim yiroq,

Yo’lim yoritmoqda Siz tutgan chiroq,

Poyingizda Jannat, Onajon!

Siz Jannatiydirsiz, Otajon!

Bizni asradingiz qorachiq misol,

Bag’ringizda o’sib topganmiz kamol,

Hamon erkalikni olmaysiz malol,

Poyingizda Jannat, Onajon1

Siz Jannatiydirsiz, Otajon!


Sizni qo’llaganni qo’llagay xudo,

Sizni asraganga hatto jon fido,

Kimki xor aylasa, muqarrar jazo,

Poyingizda Jannat, Onajon!



Siz Jannatiydirsiz, Otajon!
MUZAFFAROVA OQILA

Buxoro viloyati Jondor tumani 39-maktab o’qituvchisi.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling