Менинг маҳаллам – менинг фахрим


Download 34.98 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi34.98 Kb.
#1370581
Bog'liq
Mening mahallam mening faxrim.


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ
МОЛИЯ ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ ФАКУЛЬТЕТИ
ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРКАФЕДРАСИ
ФАЛСАФАФАНИДАН
ОРАЛИҚ НАЗОРАТИ



Мавзу: МЕНИНГ МАҲАЛЛАММЕНИНГ ФАХРИМ


БАЖАРДИ:_ Turgunova Husnora
ҚАБУЛ ҚИЛДИ: Safarov M.K.


ТОШКЕНТ – 2022
МЕНИНГ МАҲАЛЛАММЕНИНГ ФАХРИМ
Reja:
1.Kirish.
2.Mahallamiz tarixi.
3.Mahallamiz xaqidagi ma’lumotlar.
4.Mahallamizning faxri bo’lgan va bo’lib kelgan insonlar to’g’risida.
5.Mahallamizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.
6.Mahallamizning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti.


Mahalla ming yillar davomida shakillangan,
xalqimizning o’ziga xos qiyofasini ko’rsatib
turadigan noyob ijtimoiy tuzilma.Bir biriga
mexr-oqibat ko’rsatib yashash, yaxshi va
yomon kunlarida birga yelkadosh bo’lish
singari insonga xos fazilatlar aynan
mahallada tarkib topadi.
SH.Mirziyoyev
Mahalla… Shu birgina so`z zamirida butun olam ezguliklari, urf –odat va an`analari, qaynoq tafti mujassam. Mahalla biz uchun mehri beminnat ona misoli. Onamiz har tong boshimiz silab uyg`otib, yaxshiliklarga undasa, mahalla ulug`-ulug` maqsadlar sari qo`limizdan tutib hamdam bo`ladi. Onaizorimiz oq yuvib oq taragan bo`lsa, mahallamiz mana shu oqlikni yuragimizga ko`chirgan Ka`ba desak xato bo`lmaydi. Boisi, kindik qonimiz to`kilgan bu zamin oq niyatlarni ko`nglimizga tugishni o`rgatgan. Birovning haqqi hech qachon birovniki bo`lmasligini, xalqimizdagi sabr-u qanoat tushunchalarining qanchalik qon-qonimizga singib ketganligini ko`nglimizga qadagan.
Mana 20 yildirki men oylam bilan Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Qo’lichi MFY hududida yashab kelamiz.Bobomning so’zlariga kora mahallamiz tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki ishlab chiqarish manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali hal qilishgan. Kengash, asosan, sulh tuzish, vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar bilan shugʻullangan.
Mahalla atamasi arabcha boʻlib, „oʻrin-joy“ degan maʼnoni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. Bu davrda mahallalar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va h.k. Mahalla qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Uni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartib-qoidalariga ega boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan. Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab M.ning vazifalari ham oʻzgarib turgan.
Hozirgi kunda mahallamizning umumiy maydoni 106 gektarni egallagan bo’lib 4 922 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Aholining bandligini ta’minlash uchun 90 gektar yer maydoni ekin ekish uchun ajratilgan. Mahallamiz asosan, limon yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Hozirgi kunda mahallamizda 95 ta issiqxonalar faoliyat yuritayapti. Tumanimiz hokimi Shoxrux Shoaxmedov 1-sektor hududidagi “Qo’lichi” hamda “Buloqboshi” mahallalariga tashrif buyurib, mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati bilan tanishdi.
Mahallalarda tashkil etilgan issiqxona, go’sht yetkazib berish markazi (kushxona) va bo’sh turgan obyektlar faoliyatini o’rgangan hokimimiz, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yechimi yuzasidan tahliliy huquqiy ko’rsatmalar berdi. Bundan tashqari “Qo’lichi” MFY hududida qurilishi to’xtab qolgan suv qudug’ining ishga tushishini tezlaztirish yuzasidan hokim o’rinbosari Elyor Rahmonovga kechiktirib bo’lmas topshiriq berib o’tdi. Tuman hokimi Shoxrux Shoaxmedov Qo'lichi mahallasida istiqomat qiluvchi, tuyaqushchilik bilan shug‘ullanayotgan Sherali Soatov xonadoniga tashrif buyurdi.
“Men bu sohaga “Qo’lichi” MFY yoshlar yetakchisi Boybo’sinov Ilhomning katta yordami, tavsiyasi va internet ma’lumotlari asosida qiziqib qoldim. Joriy yilning noyabr oyida mahallamiz yoshlar yetakchisi 20 dona tuyaqush jo’jasini homiylik asosida menga olib kelib berdi. Hozir tuyaqushlarimiz bir oylik bo’ldi”, – deydi qahramonimiz Sherali Soatov.
Ma’lumot o’rnida shunin aytamizki, tuyaqush juda tez ko‘payadi va kasalliklarga o‘ta chidamli, immuniteti yuqori . Tashqi ko’rinishi juda katta bo‘lgani bilan kunlik ozuqasi ikki kiloga teng. Ular bizning iqlimga juda mos, tuyaqushlar bizda juda tez o‘sadi. Minus 20 darajadan plyus 70 darajagacha bo‘lgan sharoitda bemalol o‘sib-ulg‘ayadi. Faqat yashashi uchun qulay sharoit yaratib berilsa kifoya.
Hozirgi kunda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ko‘pgina imkoniyatlar yaratilgan. Faqat insonning o‘zida harakat bo‘lsa bas.
Mahallamizda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi 1 ta Ixtisoslashtirilgan maktab foydalanishga topshirildi.
Ma’lumki, 2022-yil 14-aprelda davlatimiz rahbarining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, Ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etishga yagona yondashuvni shakllantirish, ushbu maktablar tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish belgilab berildi.
Farmonga asosan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida viloyatning 13 ta tuman-shaxarlarida, shundan Parkent tumanida 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabi (mukammal ta’mirlash) tashkil etish topshirig‘i berildi.
Ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish-ta’mirlash, moddiy texnik vositalar va o‘quv xonalarni zamonaviy jihozllar bilan ta’minlash uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 6 milliard 191,5 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Maxsus maktabga o‘qituvchilarni ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shafoflik bilan amalga oshirildi. Ta’kidlash joizki, ixtisoslashtirilgan maktabda ishlash istgini bildirgan 223 nafar o‘qituvchi hujjat topshirdi va shundan 41 nafar o‘qituvchi bilan mehnat shartnomasi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida, ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olish istagini bildirgan 6340 nafar bola hujjat topshirgan bo‘lsa, shundan
553 nafari test sinovlari orqali saralanib o‘qishga qabul qilindi.
Ta’kidlash joizki, ixtisolashtirilgan maktablarda matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillari chuqur o‘rgatiladi. Sinflarda o‘quvchilar soni 24 nafarni tashkil etadi (boshqa maktablarda
35 nafar). O‘tqiuvchida o‘quvchi bilan individual ishlash uchun sharoit yaratilgan.
Maktablarga qabul 5-11-sinfgacha qabul qilindi. Ularni o‘rtacha yoshi 11 dan 16 yoshgacha, 3 nafari chet tillarini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega va chet tilida erkin suxbatlasha oladi.
Ta’lim jarayoniga akademiklar, professor-o‘qituvchilar, mahalliy va xorijiy trenerlar hamda xalqaro olimpiadalarning sobiq sovrindorlari jalb etiladi.
Maktablarning ochilish marosimida Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputatlari, nuroniylar, ta’lim sohasi faxriylari, ota-onalar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tumanimiz hokimi boshchiligida hokim yordamchilarining ish faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi
“Mahallalarda hokim yordamchilari” tizimining joriy qilinishi mamlakatimizda kam bag‘allikni kamaytirish siyosatida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olib, ularga juda katta vakolatlar berilgan.
Davlatning markaziy darajada qabul qilgan islohotlari hokim yordamchilari yordamida mahallalar darajasiga olib kirilishi nazarda tutilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugun tumanimiz hokimi Shoxrux Shoaxmedov boshchiligida tumanimizda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining ish faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tuman yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ishsiz aholini ishga joylashtirish, o’zini-ozi band qilgan fuqarolarni ijtimoiy to’lovini to’latish, issiqxona va parrandachilikka ixtisoslashgan mahallalar sonini ko’paytirish kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Jumladan tumanimizda ish faoliyati davomida yaxshi natijalar ko'rsatgan hokim yordamchilarining ish faoliyati namuna sifatida ko'rsatildi. Hokim yordamchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Sh.Shoaxmedov, hamda barcha sektor rahbarlari ishtirokida sektorlar hududidagi barcha mahallalarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli Qarorida ko’rsatilgan joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Xususan, Qo’lichi MFY da jami 5400 metr yo’lni mukammal ta’mirlash, Davlatobod MFY da 4 km yo’lni mukammal ta’mirlash, Qo’lichi MFY hududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 8,5 km quvur tortish, Hurriyat MFYga yangi bino qurish masalalari kun tartibida bo’ldi.
Mahallamizda “Masjid Ali” ko'hna ziyoratgohi bo'lib, 1982 yilda mahallamiz aholisi tomonidan hashar yo'li bilan 1 ta xonaqoh va 1ta ayvon barpo etilgan.
Mazkur ziyoratgoh 2010 yilda mahalliy ustalar tomonidan qaytadan ta'mirlangan. Ziyoratgohda 3 ta xonaqoh, 1 ta ayvon mavjud. Ziyoratgohda qadimiy chinor chashma buloqlari bo'lib, uning atrofida ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga qaysi mahalla yoki qishloq kirishini mahalliy kengashlar belgilaydi. Tuman va shahar hokimining iqtisod, qurilish va mahalla masalalari boʼyicha oʼrinbosarlari zarur mablagʼlar va amalga oshiriladigan ishlarni aniq hisob-kitob qilib, mahalla raisi bilan birga, hududiy kengashlarda himoya qiladi.
Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ogʼir 325 ta qishloq va 71 ta mahallani kompleks rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, ularda ichimlik suvi va elektr tarmoqlari, ichki yoʼllar, ijtimoiy obʼektlar qurish hamda taʼmirlash uchun 3 trillion 300 milliard soʼm mablagʼ ajratilishi belgilandi.
Endi obod mahalla va qishloq odamlarining qalbini obod qiladigan, quvontiradigan ushbu faktlarga diqqatingizni qaratmoqchiman: 2 ming 721 ta mahalladagi 10 ming kilometrdan ortiq ichki yoʼllarni taʼmirlashga 2 trillion soʼm, 500 ta mahallaga 4 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmogʼi tortish uchun 1 trillion soʼm ajratiladi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 5 ming 377 ta mahalladagi 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 4 mingdan ortiq transformatorni yangilash belgilanmoqda. Bizning mahallamiz ham Obod Mahalla dasturiga kiritilgan va bu dastur bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mahallamiz hududida ta’mirtalab bo’lib qolgan binolar qayta rekanstruktura qilinib, qayta ta’mirlanmoqda.Xonadonimiz yaqinida yangi barpo etilgan bolalar maydonchasi, supermarket va dorixonalar xam buning yaqqol misolidir.Bu imkoniyatlar, shart sharoitlarning barchasi biz yoshlarga berilayotgan yenggilikdir.Bizga berilayotgan mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz, kelajakda yurtimizga nafi tegadigan kadr bo’lib yetishishimiz zarur.


Download 34.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling