Mening unikal (yagona) omonatim”


Download 17 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi17 Kb.
#137984
Bog'liq
Adham Normirzayev






Qashqadaryo viloyat Dehqonobod tumani 10-b sinf o’quvchisi Normirzayev Adhamning “Mening unikal (yagona) omonatim” mavzusida inshosi

Mening unikal (yagona) omonatim”

Men hozirgi kunda qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joylashgan 85-umumiy o’rta talim maktabining 10-b sinfida o’qimoqdaman. Har qanday ota-ona farzandlarining farovon kelajagi uchun poydevor qo‘yib borishni istaydi.Mening kelajakim poydevorini tug’ilganimdanoq, Dadam farzandini kelajakini o’ylab “Xalq banki”ning ishonchli omonatlariga tayanib ma’lum miqdordagi pulni omonatga qo’yganlar.Mana qarangki yillar o’tib Xalq bankiga qo’yilgan omonat O’z miqdorini yirik hajmda o’zgartirgan.Bu esa bizda hozirgi kunda ta’lim olishimizni,kelajak poydevorini belgilab qo’ygan.Xozirgi kunda dadam xalq bankining “korparativ mijozi” hisoblanadi.Bizning oilamiz “Xalq bankining” imtiyozli kridetidan foydalanib o’zimizning sanoat fabrikamizni ochganmiz.Bu esa vatanimizni yuksalishiga katta hissa qo’shadi. Bugun omonatga pul qo‘yib, daromad olaman, deganlar uchun tanlash imkoniyati juda ko‘p. Qay bir tijorat bankiga murojaat qilsangiz, biri-biridan jozibador omonat turlarini taklif etadi.Ammo Xalq banki bu borada o‘ziga xos yo‘lni tanladi. To‘g‘rirog‘i, mijozlar uchun yanada manfaatli taklif bilan chiqdi. Avvalo, pulingizni sandiqda saqlagandan ko‘ra, bank omonatiga qo‘yib yuqori foizda daromad ko‘rganga nima yetsin?! Ammo ham omonatdan daromad olish, ham kelajak poydevorini qo’yish imkoniyati kimga yoqmaydi?!

Mening orzuyimdagi omonat bu­­- Progressive omonati – bexavotir va farovon kelajak uchun sarmoyadir. Asosiysi, omonatlaringiz xavfsizligini kafolatlaydigan ishonchli sherikni tanlash."Progressive" omonati – iste'molchi uchun minimal xarajatlar orqali maksimal foyda keltiradi. Omonat muddati 24 oy.



Shu 24 oy ichida omonat bo'yicha foiz stavkalari 14% dan 26% gacha oshiriladi. Bu esa o'rtacha yillik 17,25% to'g'ri keladi. Bunda siz cheksiz miqdordagi pul mablag’larini qo'yishingiz mumkin.Keling oddiygina xalq bankining ."Progressive" omonatiga 24 oyga 1000000 so’m pul qo’ysak o’rtacha yiliga 18% to’g’ri keladi yani-omonatga qo’ygan pulingiz 1180000 so’m bo’ladi.Eng qizig’i bu bir yillik agar siz bu pulni 10 yilga qo’ymoqchi bo’lsangiz Juda katta pul miqdori xosil bo’ladi.Shuning uchun mening orzuyimdagi bank- “Xalq banki” har bir mijozga sifatli va eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishga intiladi.Men kelajakda Moliya universitetiga o’qishga kirib Xalq banki xodimi bo’lishni orzu qilaman!


Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling