Metabolizm


Download 13.02 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi13.02 Kb.

Metabolizm (yun. metabole — oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reakiyalar majmui. M.da organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xreil boʻladi. "M." termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan M. tor maʼ-noda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xz^kayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir kator kimyoviy oʻzgarishlarga uchraydi. Bunday reaksiyalarning muayyan tartibda ketma-ket roʻy berishi metabolitik yoʻl, hosil boʻlgan oraliq mahsulotlar metabolitlar deyiladi. M. anabolizm va katabolizmdan iborat (qarang Katabolizm). Anabolizmda hujayralar va toʻqimalar tarkibiga kiruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reaksiyalar, asosan, qaytarilish reaksiyalaridan iborat boʻlib, ular erkin kimyoviy energiya sarf boʻlishi orqali boradi (qarang Qaytarilish reaksiyalari). Katabolitik reaksiyalar, asosan, oksidlanish reaksiyalaridan iborat boʻlib, unda murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalargacha parchalanadi va energiya ajralib chiqadi (qarang Oksidlanish reaksiyalari). M.ning bu ikki tomoni oʻzaro chambarchas bogʻlangan (yana q. AssimilyasiyaDissimilyasiya)
Download 13.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling