Metadichka docx


Download 353.44 Kb.
bet1/16
Sana12.05.2022
Hajmi353.44 Kb.
#667432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ona tilidan Metadichka TAYYOR (Автосохраненный)
1.-Anketa Babajanov Ulugbek, Maʼlumki, joriy-WPS Office, Maʼlumki, joriy-WPS Office, 3-tema, 3-tema, Miya mashqlari, MEVALAR, Test, 1. Maruza -, I. Mavzu To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulal, Mavzu Ot so’z turkumi


1


Buxoro viloyati Jondor tumani 12-umumta’lim maktabi


Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi


Saidova Visola Roziqovnaning


Insho, ijodiy bayon va esse yozish savodxonligini oshirish” mavzusidagi


KIRISH


Jadal axborotlashuv davrida odamlar o'rtasida xat-hujjat orqali shaxsiy-ijtimoiy munosabatlaming keng yo‘lga qo'yilishida ulaming muloqot odobi va xat savodxonligi qatori o‘z fikrlarini o'zgalarga tushunarli va ta’sirchan qilib bayon eta olish, axborot almashuv jarayonida faol ishtirok etish, bir so‘z bilan aytganda, og‘zaki va yozma nutq salohiyatini egallashning ahamiyati benihoya katta. Bu borada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida insho yozish (matn yaratish) madaniyatini o'quvchilarga singdirish bilan bog‘liq katta vazifalar ona tili muallimlari zimmasiga yuklanadi. Ma’lumki, shu kunga qadar til o‘qitish metodikasida nutq madaniyatini rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar ta’lim mazmunidan kelib chiqilgan holda tayyorlanib keldi. Ona tili ta’limi mazmuni va metodlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga tayangan holda darslarini tashkil etish


ehtiyojlarini nazarda tutib belgilangan bo'lsa, bugun til ta’limi va usullari ona tilini o’rganayotgan o‘quvchilar uchun xizmat qiladigan qilib (insonparvarlik tamoyiliga binoan) ishlab chiqilishi kerakligi tobora ko'proq ayon bo‘la boshladi. Buning uchun esa o‘quv majmualari mualliflari istagi bilan emas, balki o'quvchilaming inshoni (matnni) shakllantirish jarayonida nimalami bilgan holda ish boshlashlari va tugallashlari kerakligidan xabardor etib boradigan ta’lim mazmuni va usullari belgilanishi zaruriyatga aylandi. Ana shu zaruriyatdan, ya’ni o‘quvchilaming imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib qo’lingizdagi metodik qo‘llanmada o‘quvchilar yozgan ijodiy yozma ishlami ularda yo‘l qo'yilayotgan matniy xatolami aniqlash hamda sabablarini tushuntirish maqsadi bilan o‘rganish asosida insho yozish (matn yaratish) jarayonida bilish shart bo'lgan bilimlar mundarijasini belgilash, shunga qarab o'rgatish
chora-tadbirlarini ko'rish, ya’ni o'quvchilaming real ehtiyojlarini qondirish yo'li tanlandi.
Matniy xatolarga urg‘u berayotganimizning boisi shundaki, ular ona tili darslarida maxsus o‘rganilmayotgan til hodisalarini amaliy bila olmaslik natijasidir. Bunday xatolar uch-to‘rtta emas, balki ko'pdir. Bu esa yozilayotgan insholaming (yaratilayotgan matnlaming) standart talabiga javob bermasligiga sabab bo'ladi. Awalambor, matniy xatolarga ona tili o'qituvchilari jiddiy e’tibor bermaydilar, qolaversa, metodik adabiyotlarda bu haqda, xususan, matniy xatolar ustida ishlash yuzasidan tavsiyalar yo‘q darajada. Matn tuzilishini o‘rgatish mazmuni va metodlari, mashqlar tizimi ham maxsus ishlab chiqilmagan. Boshqacha aytganda, matn tuzilishini o‘rganish ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablaming ona tili o‘qitish metodikasi ilmida deyarli tadqiq etilmagan.
Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish borasida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar quyi-dagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirish, ijodiylik, fikrni aniq, lo‘nda, qisqa va tushunarli bayon etish. O‘quvchi yozma savodxonligini oshirish maqsadida taqvim-mavzu ish rejasida ko‘rsatilgan muddatlarda insho, bayon hamda diktant kabi yozma ish turlarini muntazam o‘tkazib borish belgilangan. Yozma ish turi o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘zlashtirgan imlo qoidalariga mos ravishda tanlanishi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini qay darajada amalda qo‘llay olishini aniqlashga yo‘naltirilmog‘i kerak Taqvim-mavzu ish rejasiga asosan yozma ish turlarini o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin, ammo uning natijasi qanday bo‘lishiga
ko‘ra tadbirlar ishlab chiqilmog‘i – bosh masala. Aslida, o‘quvchining savodxonlik darajasi saboq berayotgan o‘qituvchiga hali nazorat ishlari boshlanmasdan avval aniq bo‘ladi. Chunki ko‘pi bilan uch dars oralig‘ida o‘quvchi aylanma daftarlarini tekshirish sinchkov murabbiyga bu imkoniyatni beradi. O‘quvchilarning yozma savodxonligi DTS talablaridan past darajada bo‘lsa, o‘qituvchi taqvim-mavzu ish rejasiga qo‘shimchalar kiritishi yoki o‘quvchilar yozma savodxonligini oshirish maqsadida qo‘shimcha darslar tashkil qilishi samara beradi. O‘quvchi dasturda belgilangan DTS talablarini hamma vaqt ham risoladagiday uddalay olmasligi mumkin. Buning bosh sababi, o‘quvchilarning quyi sinflarda yoki oldingi mavzularda o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliq yuzaga kelganidir. Bu bo‘shliq barcha uchun bir xil – standart bo‘lmaganidan bu masalaga har bir o‘qituvchi individual – ijodiy yondashishiga to‘g‘ri
keladi. O‘qituvchi real vaziyatdan kelib chiqqan holda nafaqat yozma ishlarni, balki sinf va uy ishlarini ham e’tibor bilan o‘rganib chiqmog‘i, har bir o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatolarni belgilab olmog‘i va ular asosida guruhlangan xatolar ro‘yxatini tuzmog‘i, umumiy xato va kamchiliklarni umumiy ko‘rinishda, xususiy xato va nuqsonlarni individual ishlab chiqishi talab etiladi. Aytaylik, undalma va kirish so‘zlar mavzusi o‘tilgan darsdan keyin undalma va kirish so‘zlar ishtirok etgan matn tanlanishi va ushbu matn bo‘yicha diktant olinishi mumkin. Avvalambor, dars o‘tish jarayonida undalma va kirish so‘zlar mavzusi puxta o‘rgatilishi, undalmalarda undash faqat shaxslarga emas, balki narsa-hodisalarga nisbatan ham qaratilishi mumkinligini; kirish so‘zlarning barcha ifodalagan modal ma’nolari, ularning sof va vazifadoshligini da rslik hamda qo‘shimcha misollar orqali fahmlashga

  • ongli idrok etishga rag‘batlantirish zarur. Bugun, shubhasiz, yomg‘ir yog‘adi. Bugun yomg‘ir

yog‘ishi shubhasiz gaplarida kirish so‘zning vazifadosh va mustaqil so‘z sifatidagi ko‘rinishlari keltirilgan. Ushbu gaplar tarkibidagi qaysi bir shubhasiz so‘zi kirish so‘z, qaysi biri mustaqil so‘z ekanligiga o‘quvchining fahmi yetmas ekan, u bu so‘zlarning imlosida xatoliklarga yo‘l qo‘yishi muqarrar. Demak, o‘quvchining yozma savodxonligiga tamal toshi yozma ishlar yozish jarayonida emas, balki imlo qoidalariga oid mavzularni o‘rgatish jarayonida qo‘yiladi. Yozma ish bir necha bosqichni qamrab oladi. Shunga ko‘ra diktant, bayon, insho kabi yozma ishlardan har birining bir qancha turi mavjudki, ulardan maqsadli foydalanishgina ko‘zlangan samarani beradi. Diktant nisbatan mo‘tadil yozma ish turi sanaladi. Uni a’lo bahoga yozish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yozma ishning bu turida o‘quvchining erkin fikrlashiga zarurat sezilmaydi, chunki tayyor matn aytib turiladi va o‘quvchi yozaveradi. Shu o‘rinda hatto diktovka (o‘qib
yozdirish) talablarini barcha o‘qituvchilar ham bilmasligi haqida aytmoqchimiz. Diktovka jarayonida yuqori sinf o‘quvchilariga bo‘g‘inlab, quyi sinf o‘quvchilariga so‘z yoki jumla ta’kidlab o‘qilayotgan, noto‘g‘ri talaffuz qilinayotgan, noto‘g‘ri to‘xtam holatlariga duch kelyapmiz. Ba’zan o‘quvchining faqat o‘z o‘qituvchisi diktovkasiga ko‘nikma hosil qilganini ko‘ramiz. Bilimlar bellashuvlarida notanish o‘qituvchining diktovkasi o‘quvchilarni esankiratib qo‘ygan holatlar kuzatilmoqda. Diktantning o‘ziga xos sharti o‘z lug‘aviy ma’nosidagi diktovka — aytib turib yozdirish degan tushunchadan ko‘ra muhimroqdir. Diktant — bu eshitganinigina yozish emas, balki aytilayotgan so‘zning ongda, shuurda muhrlangan suratini nusxalash. Shuning uchun ham aytib turish

  • diktovka qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘quvchining to‘g‘ri yoza olishiga erishish bosh masaladir. O‘quvchi aql, fahm kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda qator kelgan undoshlar orasida qisqa unlisi

eshitilsa-da, yozilmasligini; zidlov, sabab va aniqlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yilishini ongli idrok etmasa, bahosi “yaxshi” yoki “a’lo” bo‘lishidan umidvor bo‘lmaslik kerak. Demak, diktant uchun ham faqat diktant yozayotgan paytni muhim deb belgilamaslik zarur.
Bayon diktantdan o‘z ijodiyligi bilan farqlanadi. Unda o‘quvchining ijodkorligi matnni tinglash jarayonida ko‘z oldiga keltirgan, eslab qolgan manzara, holat, voqealar rivojini tasavvurida tiklagani holda individuallashtirishi — o‘z tilida o‘ziga xos ifoda tanlashida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi bu o‘rinda matnni boyitishi, jonlantirishi, tasviriy ifodalardan o‘rinli foydalanishi yoki, aksincha, borini buzib, uslubiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday paytlarda muayyan o‘quvchining har bir gapi, jumlasi, so‘zlarni bir- biriga bog‘lashi, umuman olganda, ifoda texnikasi haqida fikr yuritishga, yo‘l qo‘yilgan
xatolikni bartaraf etib, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatni rag‘batlantirishga to‘g‘ri keladi.
Insho bayonga nisbatan ham ijodiy yondashuv borasida yuqori maqomda turadi. Unda izlanuvchanlik, ma’lumotlar to‘plash, saralash, umumlashma xulosalar chiqa-rish, eng muhimi, go‘zal badiiy ifoda yetakchilik qiladi. Bu boradagi urinishlar juda mashaqqatli jarayon bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchidan ancha ter to‘kishni talab etadi Yozma ishlarning barcha turlaridan keyin imlo va uslubiy savodxonlik taqvim-mavzu rejasi asosida tahlil darslari bilan mustahkamlanadi. Ushbu darslarning samarasi beqiyosdir. Garchi ijodiy ish tugaganday taassurot tug‘dirsa-da, tahlil darslarisiz ijodiy ish yakuniga yetmagan hisoblanadi. Tahlil darslari o‘ziga xos saboq, keyingi ijodiy ish uchun namuna vazifasini o‘tashda tengsiz mashg‘ulot sanaladi.
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato va
kamchiliklar ichida eng ko‘p uchragani tinish belgilariga oid xatolar sanaladi. Undalma, kirish so‘z, bog‘lovchilar, uyushiq bo‘laklarning vergul, izohlanayotgan bo‘laklarning vergul, qavs yoki tire bilan ajratilishi, ega va ot kesim orasida tirening qo‘llanilishi, xullas, tinish belgilarining qo‘llanilishiga oid bilimlarda bo‘shliq yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Garchi tinish belgilari xatoligi xatoliklar darajasida quyi pog‘onani egallasa-da (baholash mezonlarida ba’zan 3-4 tinish belgisi bir imlo xatosiga tenglashtiriladi), ularga bepisand munosabatda bo‘lish mumkin degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Ayrim hollarda tinish belgilari sintaktik munosabatni boshqargani bois uslubiy xatoga yo‘l ochadi: Aziz akam keldi — Aziz, akam keldi. Ikkinchi turdagi xatolik savodxonlikning asosiy mezoni bo‘lgan imlo xatolaridir. Ushbu xatolar miqdori 7 va undan oshsa, ish “qoniqarsiz” baholanishi lozim. shoh — shox, she’r — sher
ko‘rinishidagi paronim (talaffuzdosh) juftliklardan birini boshqasi o‘rnida qo‘llash imlo xatoligi emas, balki so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolikdir. Uslubiy xatolarni bartaraf etish uchun juda ko‘p ter to‘kish zarurati yo‘q. Bor-yo‘g‘i o‘quvchilaringizni kitobga oshno qilsangiz, kifoya.

Download 353.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling