Metallar korroziyasi va ulardan himoyalanish
Download 73.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqmetallar korroziyasi va ulardan himoy
Metallar korroziyasi va ulardan himoyalanishReja 1.Metallar haqida umumiy ma’lumot 2.Metallar korroziyasi 3.Metallar korroziyasiyasi turlari 4.Metallarni korroziyadan asrash usullari Hammamizga ma'lumki temir buyumlar havo va nam ta'sirida zanglaydi. Buning natijasida mashina qismlari asta sekin yemirladi va har xil asbob uskunalar yaroqsiz bo'llb qoladi. Bu jarayon «korroziya» deyiladi. Korroziya-metallar va ularning qotishmalarining tashqi muhit ta'siridan yemirilishidir. Korroziya natijasida metall buyumlar o'zining qimmatli texnik hossalarini yo'qatadi. Shuning uchun metall va uning qotishmalarini korroziyadan saqlash katta ahamiyatga egadir va uni turli tuman usullar bilan himoyalanish mumkin. 1. Mettallarini sirtini passiv metallar bilan qoplash, ya'ni rux, qalay, xrom, nikel bilan qoplash korroziyalanishdan saqlanishdan tashqari buyumlarni tashqi ko’rinishini chiroyli qiladi. Avtomobillarni ba'zi qismlari xromlanadi yoki nikellanadi. 2. Antikorrozion xossalarga ega bo'lgan qotishmalar yaratish, ya'ni po'lat tarkibiga 12% xrom kiritish yo'li bilan korroziyaga bardosh zanglamydigan po'lat olish. 3. Muhit tarkibini o'zgartirish. Metall buyumlarning tarkibiga korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar yoki ingibitorlar quyish. U korroziyadan saqlashda albatta korroziya turlariga ahamiyat berish kerak ya’ni kimyoviy korroziya – elektr to'kini o'tkazmaydigan muhit bilan ta'sirlashish natijasida metallning yemirilishi. Elektrokimyoviy korroziya – boshqa metal yoki elektrolit, suv bilan bevosita ta’sirlashish natijasida metallning yemirilishi. Ingibitorlar – maxsus moddalar bo'lib, korroziyon muhitga oz miqdaorda qo'shilganda korrozion jarayon tezligini keskin pasaytiradi yoki butunlay to'xtaydi. Ingibitorlar sifatida turli individual organik va noorganik moddalar hamda ularning aralashmalari qo'llaniladi. Ingibitorlarning himoyalash xususiyati ularming metall sirtidagi adsorbsiyalanib, katod va anod jarayonlarni sekinlashtirishi bilan bog'liq. Elektrokimyoviy himoya. a) sirt yuzalarini korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun avval buyumning sirt yuzalari mexanik yoki kimyoviy usullarda zang, moy va boshqadan tozalanadi. Keyin esa korroziyabardosh metal (Zn, Sb, Pb) vannasiga tushirilib, u yerda ma’lum vaqt saqlanadi. Jarayonning oddiyligi, ish unumining yuqoriligi va puxta qatlam hosil qilishi sababli bu usul amalda keng qo’llaniladi. b) Buyum sirtining galvanik usulda korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun vannaga korroziyabardosh metall tuzining suvdagi etitmasi (elektrolit) quyilib, unga buyum (katod) va korroziyabardosh metall plastinkasi (anod) tushiriladi. To’k o’tishda anod plastinkasi elektrolitda erib uning ionlari katod (detal) sirtiga yig’ila boradi. Qoplama qalinligi tok kuchiga va uning o’tish vaqtiga bog’liq. v) Buyumlarning sirtini korroziyabardosh metallar pardasi yoki o’zi bilan qoplash. Bu usulda buyum sirtiga himoya parda yuqori temperaturali sharoitda korroziyabardosh elementlar atomlarining diffuziyalanishi xisobiga qoplanadi. g) Elektrkimyoviy usul. Bu usul elektrolitlar bilan bevosita bog’lanishda bo’ladigan detallarni korroziyadan saqlashda keng qo’llaniladi. Bunda korroziyaga beriluvchi buyum yuziga yaqinroq joyiga protektor deb ataluvchi palstinka o’rnatiladi. Bunda protektor – anod, detal – katod bo’lib, protektor korroziyaga berilib boradi, detal esa korroziyadan saqlanadi. d) Muhit aktivligini pasaytirish. Buning uchun muhitga ma’lum miqdorda ingibitor deb ataluvchi moddalar kiritiladi. Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling