Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Metall bog’lanish. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori


Download 93 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi93 Kb.
#163652
Bog'liq
9-синф металлар


Sirdaryo viloyati Guliston shaxar

16-sonli umumta’lim maktabi

kimyo va biologiya fani o’qituvchisi
Karimova Lolaning

bir soatlik dars ishlanmasi.


Mavzu: Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Metall bog’lanish. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.

IX sinf 17- dars Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari.Metall bog’lanish. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.


Darsning maqsadi:

1). Talimiy maqsadi: O’quvchilarni metallarning fizik va kimyoviy xossalari bilan tanishtirish, Metall bog’lanish. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori haqida dastlabki ma’lumotlarni berish orqali ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish, kasbga yollash.

2). Tarbiyaviy maqsadi:O’zbekiston tabiiy boyliklarini asrab avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalaninshga o’rgatish, ekologik hamda iqtisodiy tarbiya berish.

3).Rivojlantiruvchi maqsadi:

Metall elementlar birikmalarining xalq xo’jaligida ishlatilish sohalari to’g’risidagi va mavzu bo’yicha olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish malakalarini rivojlantirish. darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.


ll. Dars turi: Noan’anaviy dars.
lll. Dars uslubi: Yangi bilim berish va mustahkamlash,Uchrashuv, Ma’ruza, 2 ta o’quvchi hamkorligidagi guruhlarda ishlash , Modulli o’qitish.test
lV. Dars jihozi: Davriy jadval, darslik, magnit doskasi, plakat, markerlar, metalllardan namunalar, guruhlar uchun topshiriqlar.baholash uchun rag’bat kartochkalari.

V. Dars bosqichlari: vaqti.

1. Tashkiliy qism……………………………..2 minut.

2. Uyga vazifani so’rash ……………………..10 minut

2. Yangi mavzu bayoni……………………...15 minut.

3. Mavzuni mustahkamlash………………….15 minut.

4. Baholash……………………………………2 minut.

5. Uyga vazifa berish………………………...1 minut.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, dars mavzusi bilan tanishtirish, texnik vositalarni darsga tayyorlash. O’quvchilar faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’naltirish.
VI. Uyga berilgan mavzuni so’rash. Uchrashuv darsi

O’qituvchining kirish so’zi Aziz o’quvchilar bugun darsimizga Olmaliq Tog’-kon metallurgiya kombinati ishchilaridan bir guruhi tashrif buyurishgan, ular sizlarni qiziqtirgan savollarga hamda uyga berilgan vazifada javob topishga qiynalgan savollaringiz bo’lsa javob berishadi. Mana qarshingizda Olmaliq Tog’-kon metallurgiya kombinati ishchilari.kimda savol bor ?

(O’quvchilarning hohishiga qarab ularga oldindan topshiriqlar beriladi o’qituvchi ularni bugungi darsga tayyorlaydi)

1- savol Kundalik turmushimizni metallarsiz tasavvur qilish qiyin, О’zbekistonning metallurgiya sohasidagi salohiyati qanday?

Javob ; O‘zbekistonda hozirgi kunda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilganOltinning zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 4-o‘rinda turadi Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov, Aristontov, Тo‘rboy va boshqa yerlarda joylashgan. Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan. Shuningdek O‘zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko‘plab metallar konlari mavjud

2- savol O’zbekistonda metallurgiyaning qaysi sohalari yaxshi rivojlangan?

Javob ; O’zbekistonda metallurgiyaning rangli, o’tga chidamli va radioaktiv metallar ishlab chiqarish sohalari yaxshi rivojlangan.

3- savol O’zbekistonda qaerda metallurgiya kombinatlari bor? Ularning faoliyatiga to’xtalib o’tsangiz.

Javob ; Chirchiq shahrida ‘O’tga chidamli va qiyin eruvchan metallar’ korxonasi Mo, W,Co,Ni metallarini olish va ular asosida turli qotishmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Navoiy Tog’ – kon metallurgiya kombinati noyob (Au ,Ag ) va radioaktiv metallar ( uran va uning birikmalari) tushgan rudalarni boyitish, qayta ishlash va tarkibiy qismlarga ajratishga ixtisoslashtirilgan. Bekobod metallurgiya zavodi, Camarqand Choyan zavodida metallar va qotishmalarni qayta ishlash jarayonlari olib boriladi.

4- savol Siz faoliyat ko’rsatadigan korxona nimaga ixtisoslashgan ?

Javob ; Bizning Olmaliq Tog’- kon metallurgiya kombinati turli rangli va noyob metallar – Cu, Zn, Au, Ag olishga ixtisoslashgan.

5 – savol Metallar asosan tabiatda qanday tarqalgan?

Javob ularning tabiatda tarqalishi quyidagi pakatda aks etgan (plakat asosida tushuntirib beradi)




6- savol Metallurgiya nima? Uning qanday tarmoqlari bor?

Javob Metallurgiya – kimyo sanoatining tabiiy manbalar va rudalardan metallarni olish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan sohasi.qora va rangli metallurgiyaga bo’linadi. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoati yordamida 75 xil metall va ular asosida turli qotishmalar ishlab chiqarilayapti

7- savol metallar qanday usullarda olinadi?

Javob ; Metallurgiya metallarni olish usuliga ko’ra pirometallurgiya, gidrometallurgiya, elektrometallurgiya turlariga bo’linadi.
VIII. Yangi mavzu bayoni Ma’ruza

Yangi mavzuni quyidagi modulga bolib bayon etamiz.



  1. Fizikaviy xossalari.

  1. Metall bog‘lanish.

  1. Kimyoviy xossalari.

  2. Elektrokimyoviy kuchlanish qatori.

Fizik xossalari. Barcha metallar:



  1. Metall yaltiroqlikka ega.

  1. Elektr tokini va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.

®Hg, Pb, Te, Jn, Mg, Al, Au, Cu, Ag®

  1. Elastik va bolg‘alanuvchan.

  2. Yorug’likni qaytaradi

  3. Metallarning zichligi, qattiqligi, suyuqlanish temperaturasi har xil.




  • Eng zichligi kichik metallar-ishqoriy metallar, zichligi eng kattasi-osmiy.

  • Zichligi 5 g/smz gacha bo‘lsa- yengil metallar.Li, Na, Mg, Al.

  • Zichligi 5 g/smz dan katta bo‘lsa-og‘ir metallar.Zn, Fe, Cu, Hg, Au, Pt, Os

  • Eng yumshoq metallar-ishqoriy metallar bo‘lsa, eng qattig‘i esa-xrom

  • Eng quyi temperaturada suyuqlanadigan metal-simob, eng yuqori temperaturada suyuqlanadigan metal-volfram.

  • Davriy sistemadagi 118 elementning 97 tasi metalldir

  • I, II, III gruppaning barcha elementlari (H va B dan tashqari) metallar

  • IV gruppa bosh gruppachasida C va Si dan boshqa elementlar metallar

  • V gruppa bosh gruppachasida ikkita metall Sb va Bi bor

  • VI gruppa bosh gruppachasida bitta metall Po bor

  • IV, V, VI, VII, VIII gruppalar yonaki gruppachalari barcha elementlari metallar




  • Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog‘ metall bog‘ deb yuritiladi

Metall bog’ qattiq suyuq agragat holatida bo’lishidan qat’iy nazar faqat metallar uchun xos. Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atomlarining xususiy xossalari bo’lgan yadro zaryadi, massa, metal bog’ning mustahkamligiga bog’liq. Metallarning kristall panjara tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo’lib turadi. Shu erkin elektronlar bo’lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o’tkazishni ta’minlaydi. Elektronlar butun kristall bo’yicha umumiy hisoblanadi.
Kimyoviy xossalari.

Barcha metallar kuchli qaytaruvchi, oson oksidlanadi (Au, Ag, Pt-bundan istisno).


Me-ne-®Me+n
Zn + Pb (NO3 )2 = Zn (NO3 )2 + Pb

Rux qo’rg’oshin nitratidan qo’rg’oshinni siqib chiqaradi, lekin qo’rg’oshin rux nitratidan ruxni siqib chiqara olmaydi, demak rux qo’rg’oshinga nisbatan kuchli qaytaruvchi. Qo’rg’oshin misni uning tuzlaridan siqib chiqaradi, demak undan ko’ra kuchli qaytaruvchi. Bir metallni boshqa metallar uning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini rus olimi N.N.Beketov o’rgangan. U metallarni siqib chiqarish qatoriga joylashtirdi va ularning orasida vodorodning o’rnini belgilab berdi.



Har bir metal o’zidan keyin turgan metallni uning tuzlari eritmasidan siqib chiqaradi. Vodorodgacha chapda joylashgan metallar uni kislota eritmalaridan siqib chiqaradi. Litiy va magniy oralig’idagi metallar vodorodni suvdan odatdagi sharoitda siqib chiqaradi. Vodoroddan keyin turgan metallar uni kislotalarning suvi eritmasidan siqib chiqara olmaydi.

Elektrokimyoviy kuchlanish qatori


¬ Oddiy moddalarning qaytaruvchilik xossalarining kuchayishi, -ne-

Li

Cs

K

Ca

Na

Mg

Al

Mn

Zn

Cr

Fe

Ni

Sn

Pb

H2

Cu

Ag

Hg

Au




Cs

K

Ca

Na

Mg

Al

Mn

Zn

Cr

Fe

Ni

Sn

Pb

H2

Cu

Ag

Hg

Au


























































Li+ +

Cs+

K+

Ca+2

Na+

Mg+2

Al+3

Mn+2

Zn+2

Cr+3

Fe+2

Ni+2

Sn+2

Pb+2

2H+

Cu+2

Ag+

Hg+2

Au+3




Cs+

K+

Ca+2

Na+

Mg+2

Al+3

Mn+2

Zn+2

Cr+3

Fe+2

Ni+2

Sn+2

P b+2

2H+

Cu+2

Ag+

Hg+2

Au+3

Gidratlangan ionlarning oksidlovchilik xossalarining kuchayishi, + ne-®


IX. Mavzuni mustahkamlash: 2 ta o’quvchi hamkorligidagi guruhlarda ishlash

Shiorimiz; Birgalikda ishlaymiz, o’rganamiz, o’rgatamiz topshiriqlarni to’g’ri bajarib bogan kichik guruh rag’bat kartochkalari bilan baholanib boriladi


1- TOPSHIRIQ mustaqil ish

    1. Temir sulfat eritmasiga ruh bo‘lagini, ruh sulfat eritmasiga temir mihni tushuring. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzating.

    2. Mis sulfat eritmasiga temir mihni, temir sulfat eritmasiga mis simni tushuring. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzating.

    3. Birinchi va ikkinchi topshiriqlardagi o‘zgarishlarni quyidagi jadvalga yozing. (Jadvalni har bir o‘quvchi daftariga yozib oladi). Tegishli hulosa chiqaring.

Metall

Tuz

Sodir bo‘lgan o‘zgarishni reaksiya tenglamasi

Zn

FeSO4




Fe

ZnSO4




Cu

FeSO4




Fe

CuSO4






2- TOPSHIRIQ

Quyidagi sxemalar bo‘yicha amalga oshirish mumkin bo’lgan reaksiya tenglamalarini yozing .

Cu®Cu(NO2)2®Cu(OH)2®CuO®Cu

3- TOPSHIRIQ

O’zbekistonning asosiy metall konlarini geografik xaritadan aniqlang.


4- TOPSHIRIQ kichik test o’quvchilarga A va B variantda kichik testlar tarqatiladi
A variant

1. Yonaki gruppacha metallarining eng ahamiyatlilari qaysi qatorda to`gri berilgan.

A) C, O, Be, W. Сu. В) Сu, Zn, Hg, Cr, Fe. C) Pb, Сu, Sc, J, W.

D) W, U, Mg, K, Na. E) H,Hg, N, He, С

2. Eng yengil metall qaysi javohda berilgan?

A) Li, B) Os C) Fe. D) Cr. E) A va B.

3. Metallarninng elektrokimyoviy kuchlanish qatorini kim tuzgan?

A. D.I. Mendeleev. B. N.N. Beketov. C. J. Pristli

D. D. Dalton. E. M.Lomonosov.

4. Atom tuzilishi quyidagicha bo’lgan qaysi elementning metallik xossasi kuchli ifodalangan?

A ….2s1 B….3s1 C….4s1 D….5s1 E….6s1

5. Misni tuzlari eritmasidan siqib chiqara oladigan metallar to’plamini toping?

A. Al, Zn, Fe B. Ag,Pt, Zn C. Fe, Hg, Sn

D. Ag, Pb, Fe E. Zn, Hg, Cu


B variant
1. Quyidagi qaysi reaksiyani amalga oshirish mumkin emas?

A. Cu + HCl = B. Mg + H2SO4 = C. Fe + Cl2 =

D. Ca + H2O = E. CuO + H2 =

2. Qaysi qatorda faqat ishqoriy metallar keltirilgan?

A. Ca, Mg, Li, K. B. Fe, Na, Cs, Rb, Zn. C. K,Na, Li, Cs, Rb

D. K, Cs, B. Be,H E. Zn, Hg, Cu, Cs, Rb

3. Passiv metallar joylashgan qator.

A. Cu, Au, Ag, Hg. B. Pt, Fe, Zn, K. S. K, Mg, Li, Zn. D. Na, Ca, K, Rb.

4 Metallarning peroksidlari qanday hosil bo’ladi?

A. Natriy va kaliy kislorodda yondirib

B. Natriy va kaliyga galogen ta’sir ettirib

C. Natriy va kaliyga oltingugurt ta’sir ettirib

D. Natriy va kaliyga vodorod ta’sir ettirib

E Yuqoridagi barcha usullar bilan

5. Quyidagi reaksiya natijasida nima hosil bo’ladi? Na2O + H2O=……

A. Kislota. B. Tuz. C. Asos. D. Oksid. E Peroksid.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §17 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling