Metod- yunoncha- metodos-bilish, nazariya, ta’limot, tadqiqot yo‘li ma’nolarini anglatadi


Download 146.52 Kb.
bet1/3
Sana09.09.2022
Hajmi146.52 Kb.
#803281
  1   2   3
Bog'liq
11. 1-мавзуТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ЎРГАНИШ УЧУН НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР (1)
5-mavzu topshiriq, AT Vazufa, Akademik 10, ELEKTRONIKA shp, ELEKTRONIKA shp, oz-ozini tarbiyalash va uning mohiyati, 5555, 12, elektronika asoslari, 186fbdc5335fd45e1410a939476f8f1a, tarar, Kompyuterning identifikatorini qayerdan olish kerak, 16-Маьруза, Витаминлар, viruslar-va-bakteriofaglar






Metod- yunoncha- metodos-bilish, nazariya, ta’limot, tadqiqot yo‘li ma’nolarini anglatadi.
Voqelikni nazariy va amaliy egallash, o‘zlashtirish va o‘rganish uchun yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratishva asoslash usuli.
Metodni egallagan kishi ishni oson, tez va soz bajaradi.
Metodni egallamagan kishi ko‘p kuch va vaqt sarflaydi.
Tarix fanining amaliy va nazariy metodlari vujudga kelib, yillar davomida takomillashib borgan.
Tarix fani metodologiyasi-bu fan asoslarini o‘rganish metodlari haqidagi ta’limot yoxud yalpi bilish metodidir. U metodlarga qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi.
Qadimgi YUnonistonda geometriyani falsafani o‘rganishda eng muhim metodologiya deb bilishgan. Platon maqbarasida: “Kim geometriyani bilmasa, bizni oldimizga kirmasin”-deb yozilgan ekan.
Farobiy sharqona fikrlash uslublari orqali Aristotel asarlarini sharhlaydi. Ibn Sino 40 marta o‘qib tushunmagan “Metafizika” asarini mazmuniga bir martaga sharh orqali tushunadi.
Tarixni o‘rganishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o‘quvchilarning o‘tgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o‘rganish jarayonida xususiy metodik va lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tarixni o‘qitishda xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalardan didaktik o‘yin texnologiyalari, modulli talim texnologiyalari, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tarix fanlarini o‘rganish jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. SHu sababli, o‘quvchilarning bilim olish faoliyati, o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.

Didaktik o‘yinli darslar orqali quyidagilarni samarali amalga oshirish mumkin:

  1. Ta’lim-tarbiya berish;

  2. SHaxsni rivojlantirish;

  3. O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish;

  4. Bilimlarni nazorat va tahlil qilish;

  5. Kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo‘naltirish;

  6. O‘quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;

Ta’lim-tarbiya jarayonida bu funksiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida o‘rganiladigan didaktik o‘yin turlarida qaysidir funksiya ustunlik qiladi. Masalan, konferensiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar unga ilova bo‘ladi, o‘yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalarni to‘ldiradi va h.k.
Didaktik o‘yinli darslar orqali quyidagi mavzularni o‘tishni samarali amalga oshirish mumkin:
(izoh: mavzular faqat tavsiya xarakteriga ega)
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling