Metodikasi fanidan oraliq variant savollari


Download 32.39 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi32.39 Kb.
#131218
Bog'liq
QOBILOVA ORALIQ

TERMEZ DAVLAT UNIVERSITETI



MAXSUS SIRTQI BO’LIMI

MEHNAT TA’LIMI YO’NALISHI

3-KURS 325-GURUX TALABASI

QOBILOVA YULDUZNING

TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISH

METODIKASI FANIDAN

ORALIQ VARIANT SAVOLLARI


5VARIANT
1. Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar bo‟limiga dars ishlanma
tayyorlang (6-sinf).
2. Mehnat ta‟limida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo‟limiga refarat
tayyorlang.
3. Mashina, mexanizm, stanoklar va moslamalar bo‟limiga dars ishlanma
tayyorlang (7-sinf).

1.Fan: TEXNOLOGIYA (o‘g‘il bolalar)


Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








______________

2







3







4







5








Mavzu: Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi.

Mеtаllga ishlov berishda xavfsizliк texnikasi qoidalari. Mеtаllning turmushdа vа хаlq хo‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, sоhаlаri. Mеtаllаrning tаshqi ko‘rinishshi vа o‘zigа хоs bеlgilаri. Extiyojlar va ularning turlari.
Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Mеtаllga ishlov berishda xavfsizliк texnikasi qoidalari. Mеtаllning turmushdа vа хаlq хo‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, sоhаlаri. Mеtаllаrning tаshqi ko‘rinishshi vа o‘zigа хоs bеlgilаri. Extiyojlar va ularning turlari haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida metallarga ishlov berish ustaxonasi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Kommunikativ kompetensiya:

texnologiyaga oid atamalarni xorijiy tillarda o‘rganish, so‘z boyligini oshirib borish; jamoa bilan ishlashda jamoa fikrini qo‘llab-quvvatlash, o‘z hissasini qo‘sha olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;



Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”

Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi:

Mehnat ta’limi mashg‘ulitlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ustaxonalarida tashkil etiladi. Bu yerda har bir o‘quvchi uchun alohida jihozlangan ish o‘rinlari ajratilgan.



1-rasm. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi:

1. Kitob va qo‘llanmalar uchun shkaf. 2. Mufel pechi. 3. Sinf doskasi. 4. O‘qituvchi ish o‘rni. 5. Kursi. 6.Chilanganrlik dastgohlari. 7. Charhlash dastgohi. 8. Sandon. 9. Chilangarlik stanogi.10. Parmalash stanogi. 11. Maxsus kiyimlar uchun shkaf. 12. Asbob va materiallar uchun shkaf. 13. Chqindilar tashlash uchun idish. 14. Rakovina.


2-rasm. O‘quvchi ish o‘rni.

Metallga ishlov berish ustaxonasida ish o‘rni doim tartibli bo‘lishi, faqat o‘tiladigan dars uchun zarur asbob-uskunalar joylashtirilishi kerak. Kesuvchi,zarb beruvchi, tig‘li hamda o‘lchovchi asboblardan foydalanishda ehtiyot bo‘lib,o‘zi va yon-atrofdagi o‘rtoqlarini jarohat qilishdan saqlagan holda munosabatda bo‘lish kerak.



Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari:

1. Mahsus kiyimdagi barcha tugmalar qadalishi, ro‘mol va bog‘ichlarning qisilib turuvchi qismi yig‘ishtirilgan bo‘lishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib turishi kerak.

2. O‘quvchilarlarning sochlari uni qoplab turuvchi bosh kiyim tagida bo‘lishi kerak.

3. Faqatgina o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, zarur tartibga rioya qilgan holda bajaring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.

4. O‘qituvchi ruhsatisiz stanokda ishlamang, ularning siz uchun notanish bo‘lgan qurilmalariga tegmang. Faqat o‘qituvchi tomonidan ish bajarish tartibi tushuntirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.

5. Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan fiydalaning, ularni belgilangan vazifasiga ko‘ra ishlating. Asbob-uskunalarni o‘z ishingizni tashkil qilish qulayligini ta’minlagan holda joylashtiring.

6. Ish joyidagi qirindi, chang va chiqitlarni faqat ilgak, shotka va boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.

7. Ish vaqtida chalg‘imang, o‘rtoqlaringizning vazifani bajarishiga halaqit bermang.

8. Mehnat havfsizligi qoidalari buzilganligi yoki shikastlanish holatlarida tezlik bilan o‘qituvchiga habar qiling.

Metallning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, xossalari va sifatlari:

Insoniyat hayoti va jamiyat taraqqiyotini metalldan tayyorlangan buyumlarsiz tasavvur etish juda qiyin. Insonlar temir, mis, kumush, qalay, oltin, simob va qo‘rg‘oshin kabi metal turlaridan juda qadimdan foydalanib kelganlar. Hozirgi vaqtda metallardan mashinalar, stanoklar, qurilish konstruksiyalari hamda turmushda ishlatiladigan ko‘plab buyumlar tayyorlanadi.Metallar asosan fizik, mexanik va texnologik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Fizik xususiyatlar: zichligi, suyuqlanuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi,

issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi.Mexanik xususiyatlar: mustahkamlik, cho‘ziluvchanlik, siqiluvchanlik,egiluvchanlik, buraluvchanlik, qovushqoqlik, bikrlik, qattiqlik.Texnologik xususiyatlar: bolg‘alanuvchanlik, kirishuvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, payvandlanuvchanlik, kesib ishlanuvchanlik. Odatda sanoatda metallar sof holatda emas, balki qotishma ko‘rinishida ishlatiladi. Cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, dyuralyuminiylar eng ko‘p ishlatiladigan metall qotishmalari hisiblanadi. Sanoatda metall buyumlar prokatlash hamda quyma usulida ishlab chiqariladi. Metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuq holida prokatlash, ya’ni qarama-qarshi aylanuvchi valiklar orasidan ezib o‘tkazib olish usulida olinadi.Prokatlash usulida tunuka, burchaklik, sim kabi turli ko‘ndalang kesimga ega shakllardagi metall qotishmalar tayyorlanadi. Quyma usulida murakkab shakldagi buyumlar va detallar olinadi. O‘quv ustaxonasida sizlar asosan tunuka va similar xossalari bilan tanishasiz va ish ko‘rasiz. Metalldan buyum tayyorlovchi ustalar chilangar dab yuritiladi. Ular metall va uning qotishmalari xususiyatlarini bilishi, asbob-ukunalar hamda stanoklarni ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Metallga qo‘lda va mexanik usulda ishlov berish chilangarlik ustaxonasida amalga ishiriladi.

Metallarning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos belgilari:

Sizlar metallarning har xil xossalarga ega ekanligini bilasiz. Ularning ayrimlari yumshoq va qayishqoq, ayrimlari esa qattiq, bukiluvchan yoki mo‘rt bo‘ladi. Qandaydir buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning xossalarini bilish zarur. Metallar rangiga qarab farqlanadi. Masalan, po‘lat — kulrang, rux - ko‘kimtir oq, mis- qizg‘ish bo‘ladi. Hamma metallar ma’lum darajada yaltiroq bo‘ladi. Metallar issiqlik va elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Metallarning ana shu xossasini fizika darslarida batafsil bilib olasiz. Har qanday metall muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi, mana shu haroratda qattiq jism holatiga aylanadi. Masalan, po‘latning erish harorati qalayning erish haroratidan ancha yuqoridir. Metallning qattiqligi uning boshqa narsalar, ya’ni qattiqroq jismlar ta’siriga qarshilik qobiliyati bilan belgilanadi. Agar po‘lat plastinka ustiga qo‘yilgan kernerga bolg‘a bilan urilsa, plastinkada kichkinagana chuqurcha hosil bo‘ladi. Bordi-yu, bu ish mis plasginka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo‘ladi. BundanI pulat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin. Agar metall tashqi kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsa-yu sinmasa, uni plastik metall deyiladi. Metallning mana shu xossasidan uni tekislashda, bukishda, yoyishda va shtampovkalashda keng foydalaniladi. Metallning kuch ta’siridan keyin yana o‘z holatiga qaytishi uning egiluvchanligini bildiradi. Po‘latdan va misdan tayyorlangan prujinalarni bir paytda tortib va qo‘yib yuborib ko‘ring. Bunda po‘lat prujina yana o‘z holatiga kelishini, mis prujina esa cho‘zilganicha qolishini ko‘rasiz. Demak, po‘lat misga nisbatan bukiluvchan ekan. Qayishqoqlik — metallning ortib boradigan kuchlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Masalan, cho‘yan plitaga bolga bilan urilsa, u sinadi. Cho‘yan mo‘rt metalldir.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishini tushuntirib bering.

2. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushuntiring.

3. Metallning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini aytib bering.

4. Metallning qanday xususiyatlarini bilib oldingiz?

5. 2-3 ta qotishmalar nomini ayting.

6. Simlar qanday tayyorlanadi?

7. Prujinasimon simlar nima uchun ishlatiladi?


II dars: Amaliy-mustaqil ishlar:

Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan va o‘quv ustaxonalarining tuzilishi bilan tanishish.

Metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o‘lchamlari, qo‘llanilishi va ishlatilishi texnologiyalarini o‘rganish.

Jihozlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari plakati. O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi va tuzilishga oid materiallar. Metall tunuka va sim namunalari. O‘lchamlari bir xil yupqa listli metallar va simlarning komplekti, tomga yopiladigan listli tunuka, ruxlangan (rux qoplangan) tunuka, oq (qalay qoplangan) tunuka, zanglamaydigan (xrom, nikel,aralashmagan) tunuka, listli mis, listli alyuminiy, dyuralyuminiy, latun, po‘lat sim, mis sim, alyuminiy sim.

Ish bajarish tartibi:

1. Mehnat xavfsizligi qoidalari haqidagi plakatni o‘rganish.

2. Asboblarni ishlatish va saqlash qonun qiidalarini o‘rganing.

3. Birinchi tibbiy yordam berish yo‘llarini o‘zlashtiring.

4. O‘quv ustaxonalarida maxsus kiyimlar ro‘yxatini tuzib chiqing.

5. Metall va qotishmalar namunalari tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqing.

6. Har bir namunaning rangini aniqlang.

7. Mazkur namunaning qora yoki rangli metall turiga mansubligini aniqlang.

8. Har bir namunadagi metall yoki qotishma nomini aniqlang.

9. Simning tashqi ko‘rinishiga qarab qanday metalldan tayyorlanganini aniqlang.

10. Po‘lat, mis va alyuminiy simlar nimalarga ishlatilishini ayting.


  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

  2. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.

REFARAT


M a’lumki, hayot uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining m o‘lko‘lchiligini ta ’m inlash, asrash, qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi m asalalar
insekundt paydo boigan davrlardanoq dolzarb boiib kelgan. Davrimiz ilmiy-texnika
ravnaqi davri boiganligi uchun ham iste’moldagi taomlarimizga befarq qaramasdan,
balki fan nuqtayi nazaridan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pazandachilikning boshqa san’at tarmoqlari kabi o ‘ziga xos «janrlari» ham
mavjud b o iib , ular o ‘zbek pazandachiligida oshpazlik, kabobpazlik, nowoylik,
qandolatchilik (зЬакафагИк), m antipazhk, yaxnapazlik va shu kabilardir. M ana
shu pazandachilik janrlarining barchasidan xabardor mutaxassislar umumiy nom
bilan pazanda deb yuritiladi. Pazandachilik san’ati deb, o ‘simlik va hayvon
xomashyolaridan inson (organizmi) uchun zarur boigan turli xil lazzatli, to‘yimli
va pokiza taomlarni tayyorlash ham da did bilan dasturxonga tortish-tuzashning
muayyan usullari yigindisiga a>tiladi.
Yaratilgan m azkur «Taom tayyorlash texnologiyasi» kitobi pazandalarni
tayyoriaydigan kasb-hunar kollejlari va boshqa o'quv yurtlari o'quvchilari uchun
o'quv qo'llanm a bo'lib, awalgi qo'llanib kelingan o'quv qo'llanm alardan tarkibi
va tuzilishi bo'yicha farq qiladi.
Taom tayyorlash texnologiyasining umum iy qoidasi va uslublarini saqlagan
holda, birinchi navbatda, O'zbekistonda keng ko'lam da tayyorlanadigan o'zbek
milliy taom lariga, so'ngra Yevropa taomlariga e ’tibor berishni lozim topdik.
Pazandachilik juda nozik did va bilimni talab qiladi. Soddagina ko'ringan ayrim
tadbirlar tayyor taom ning to'liq shakllanmasligiga sabab bo'lib, tayyorlangan taom
o'zining ko'rinishi bilan ishtaha ochishi, mazasi bilan hazm qilish organlaridagi
bezlaming ishga tushishi va nihoyat, organizmda to'liq hazm bo'lishi lozim. Masalan,
dukkakli donlarga birlam chi Ovitish) ishlov berish qoidalari buzilsa, donning
xususiyatlari o'zgarib, kerakli lazzatga ega bo'lmaydi. Hattoki, go'shtni to'g'rash
usuliga e’tibor berish lozim. Jum ladan, har qaysi taom uchun go'sht to'qim asi
tolasining yo'nalishini bilgan holda to'g'ralm asa, taom ko'ngildagidek chiqmaydi.
Taom tayyorlash san’ati kulinariya deb ataladi va inson faoliyatining eng qadimiy
tarmoqlaridan biri bo'hb hisoblanadi. Taom tayyorlash usullari jamiyat rivojlana
borishi bilan birga takomillashib borgan. K o'p asrlar davomida insekundt oziqovqat mahsulotlarini qayta ishlash va shu mahsulotlardan taom tayyorlash sohasida
juda katta tajriba orttirgan.
Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon taiabida rivojlantirish uchun;
oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida mahsulotni yangi
sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish,
ularni mahsulotlar bilan markazlashtirilgan usulda ta ’minlashga o‘tkazish lozim.
Bular o ‘z navbatida tarm oq xodim larining ish unum dorligi oshishiga, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xomashyodan unumli va sifatli
foydalanishga, ko‘p mehnat talab etuvchi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashga
imkon beradi.
Umumiy ovqatlanishning xalq xo'jaligi uchun ahamiyati katta. Taomlarni
umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash, kulinariya yarim fabrikatlarini joriy
etish juda ko‘p m ehnat va vaqtni tejaydi, insonni xalq xo‘jaligida va ijtimoiysiyosiy sohalarda ishlash uchun bo'shatib olishga imkon beradi, xotin-qizlami
ro‘zg‘ordagi unumsiz ishlardan ozod qiladi.
Yaxshi tashkil etilgan, ilmiy-gigiyenik asosda yo'Iga qo'yilgan um um iy
ovqatlanish mehnatkashlar keng ommasi uchun foydali bo'lib, sanoatda va qishloq
xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. Mamlakatimizda umumiy
ovqatlanishni yaxshilash va rivojiantirishga qaratilgan hukum atim izning qator
qarorlari xalqimizga qilinayotgan g'amxo'rlikni ko'rsatuvchi dalillardan biridir.
U m um iy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarilgan m ahsulot sifati,
kishilaming sog'lom va mehnatga qobiliyatli bo'lishlari ko'pincha pazandalam ing
malakasiga, ularning taom tayyorlash texnolo-giyasini va zamonaviy texnika
vositalarini qanchaUk yaxshi egallaganliklariga bog'liqdir.
Taom tayyorlash texnologiyasi — pazandachilikda ko'pchilik xo'randalarga
mo'ljallab taom tayyorlash uchun mahsulotlarga mexanik va issiqlik ishlovini
berishning oqilona sirlarini o'rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-odatlariga, usta
pazandalam ing ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutadi.
Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish korxonalarida pazandachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bo'lib, bu jarayon taom tayyor
bo'lgunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan ketm a-ket
bosqichlardan iboratdir.
Taom deb, bir yoki bir necha tur mahsulotga pazandachilik ishlovi berish,
bezash va porsiyalab iste’molga tayyor holga keltirish holatiga aytiladi.
Pazandachilik mahsulotlari deb, oziq-ovqat mahsuloti yoki bir necha xil
mahsulotlarga pazandachilik ishlovi berilib, iste’molga tayyor holatiga yetkazilgan,
bunda biroz qo'shim cha ishlov berish, isitish, porsiyalarga taqsimlash, bezashni
talab qiladigan holatga aytiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari ish jarayonlarini tashkil qilish usuliga qarab:
tayyor va qayta tayyorlanadigan mahsulotlar bilan ishlovchi korxonalar, yarim
tayyor mahsulotlar bilan ishlovchi korxonalarga bo'linadi.
Katta omborxonalar,
bazalar Yordamchi xo‘jahklar Ta’minotchilar
Mahsulotlami qabul
1-rasm. Mahsulot ishlovchi korxonalarning ishlab chiqarish texnologik
jarayonlari chizmasi.
Mahsulot
— taom tayyoriash uchun ishlatiladigan manba hisoblanadi; yarim
tayyor mahsulot
— iste’mol uchun tayyor bo'lm agan, lekin bir yoki bir necha
pazandachilik ishlovi jarayonidan o'tgan, am mo bevosita iste’mol qilish mumkin
bo'lm agan, taom tayyor bo'lishi uchun yana ishlov berilishi kerak bo'lgan mahsulot
ko'rinishidir.
Yarim tayyor mahsulotlarning tayyoriigi ularga berilgan ishlov usuliga qarab
turii darajada bo'lishi mumkin. Yuqori darajadagi yarim tayyor mahsulotlar deb,
qisman yoki to'liq mexanik yoki issiq yoxud kimyoviy ishlov berilgan, shuningdek,
yarim tayyor mahsulotlarning bir nechta xilini qo'hib, ulardan yengil texnologik
ishlov berish bilan olinadigan taom yoki pazandachilik mahsulotlariga aytiladi.
Mahsulot ishlovchi korxonalar mahsulotlami oz muddatda saqlashni tashkil
etish uchun moslashtirilgan omborxonalarga, mahsulotlarga (go'sht, baliq, sabzavot) mexanik ishlov beriladigan tayyoriov sexlariga, shuningdek, issiq, sovuq va
qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sexlarga ega bo'lishi kerak (1-rasm).
2-rasm. Pishirishga tayyor mahsulot ishlovchi umumiy ovqatlanish
korxonalarining texnologik jarayonlari chizmasi.
Qayta tayyorlanadigan mahsulotni ishlovchi korxonalar umumiy ovqatlanish
tarmoqlari bilan b ogiiq sanoat yoki tayyorlov korxonalaridan turli xil yarim tayyor
mahsulotlami oladi (2-rasm). Bu korxonalarda mahsulotga pazandachilik ishlovi
berish mexanizatsiyalashtirilgan. Qayta tayyorlanadigan korxonalarda yarim tayyor
mahsulotlar va pazandachilik mahsulotlari iste’mol uchun tayyor holatga keltiriladi,
taom ni xo'randalarga tarqatish tashkil etiladi.
Ishlab chiqarishni shu tariqa tashkil etish m ehnat taqsimoti va oshpazlaming
ixtisoslashishi uchun sharoit yaratadi, natijada mahsulot ishlab chiqarilishi oshadi,
uning tannarxi esa arzonlashadi, shuningdek, ishlab chiqarish m aydoni va
omborxonalari qisqaradi.
Pazandachilik fani boshqa fanlar bilan, jum ladan, oziq-ovqat mahsulotlari
tovarshunosligi, ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, gigiyena va sanitariya, ishlab
chiqarishni tashkil qilish, umum iy ovqatlanish korxonasining texnologik asbobanjomlari, kimyo, fizika fanlari bilan uzviy bog'liqdir.
Iste’mol qilish uchun tayyor bo'lgan taomlaming sifati ko'pincha uni tayyorlash
uchun foydalaniladigan mahsulotga bog'liq. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari
bo'yicha tovarshunoslik fanini o'rganish mahsulot sifatini baholash uchun, uni
I
omborxonalarda to ‘g‘ri asrash va ularga ishlov berishning oqilona y o lin i belgilash
uchun zarurdir. Oshpaz ovqatlanishning fiziologiyasi asoslarini bilishi shart. Bu
unga yarim tayyor mahsulotlar, pazandachilik mahsulotlari va tayyor taomlarga
to‘g‘ri texnologik ishlov berishida, taomdagi ozuqalik sifatini to iiq saqlab qolishida
va yuqori sifatli mahsulot olishida yordam beradi.
Xomashyo va tayy or mahsulotlarning saqlanish m uddati va texnolo-giyasining
buzilishi oqibatida bunday m ahsulotlardan zaharlanish ro ‘y berishi m um kin.
Shuning uchun oshpaz taom ni tayyorlash, saqlash va tarqatishda sanitariya va
gigiyena talablarini bilishi va unga qat’iy rioya qilishi lozim.
Oshpaz fizika va kimyo fanini bilishi zarur, chunki mahsulotga pazandachilik
ishlovi berilayotgan paytda fizik, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar sodir bo‘lib,
ular tayyor taom sifatiga ta ’sir qilishi mumkin. Oshpazning m ehnat unumdorligi
yuqori bo‘lishida va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishda
iqtisodiyotni va ishlab chiqarishni tashkil etish asoslarini bilishi q o i keladi. Nihoyat,
um um iy ovqatlanish korxonalaridagi oshpazning m ehnati mexanik, issiqlik va
muzlatkich uskunalari bUan m uom ala qUishga asoslangan. Shuning uchun u turU
xil mashinalar va apparatlar tuzilishini va ulardan foydalanish qoidalarini yaxshi
bilishi lozim.
Umumiy ovqatlanish korxonalaridagi barcha mahsulotlar taom va pazandachilik
mahsulotlari tayyorlashning tasdiqlangan retseptlari to ‘plamiga muvofiq ishlab
chiqariladi. U nda taom va pazandachilik m ahsulotlarini taj'yorlash uchun
ishlatiladigan mahsulotlar ro‘yxati va miqdori ko'rsatilgan boiadi.
T o‘plam da ko‘rsatUgan xomashyo sarfi ham da yarim tayyor mahsulotlar va
tayyor m ahsulotlar chiqishi m e’yorining m iqdori barcha um um iy ovqatlanish
korxonalari uchun majburiydir. Ishlab chiqarishni industrlashtirish, m ahsulot
turlarining takomillashib borishi, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yangi navlarining yaratilishi yuqorida zikr qilingan taom lar to ‘plamini m untazam
toidirib borish maqsadida aniqiashtirib va qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Um um iy ovqatlanish korxonalari retseptlar to ‘plamini tuzish uchun tarm oq
standartlari, texnik shartlar va texnologik tavsiyalar m uhim m e’yoriy hujjatlar
hisoblanadi.
K eyingi p ay tlard a um um iy ovqatlan ish korxonalari u ch u n m alakali
mutaxassislar tayyorlashga boigan talabning oshib borishi munosabati bilan mazkur
darslik kasb-hunar kolleji va boshqa o ‘quv yurtlarida tayyorlanadigan texnolog,
pazanda kabi mutaxassislar uchun m oijallangan.
M uallif darslikni tayyorlashda T oshkent K im yo-texnologiya in stitu ti
«Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi a ’zolari o ‘z
hissalarini qo‘shganliklarini ta ’kidlab o iish n i lozim deb topadi.


Fan: TEXNOLOGIYA (o‘g‘il bolalar)
Mavzu: Tоkаrlik-vint qirqish stаnоgining vаzifаsi, qo‘llаnishi, tuzilishi, аsоsiy qismlаri vа ulаrning
v
аzifаsi. Tоkаr vа chilаngаrning ish o‘rnini tаshkil qilish.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O„quvchilarga tоkаrlik-vint qirqish stаnоgining vаzifаsi, qo„llаnishi, tuzilishi, аsоsiy
qismlаri vа ulаrning vаzifаsi. Tоkаr vа chilаngаrning ish o„rnini tаshkil qilish haqida ma‟lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O„quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o„rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va
ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o„rnini tashkil qilish qonun qoidalarini
tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to„liq rioya etishni o„rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O„quvchilar tasavvurida tоkаrlik-vint qirqish stаnоgining vаzifаsi, qo„llаnishi,
tuzilishi, аsоsiy qismlаri vа ulаrning vаzifаsi. Tоkаr vа chilаngаrning ish o„rnini tаshkil qilish haqida bilim,
ko„nikma va malakalarni hosil qilish.
Kommunikativ kompetensiya:
hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a‟zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish,
to„g„ri qabul qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
yog„ochning fizikaviy xossalari, yog„och turlarining xususiyatlari, duradgorlikda
ishlatiladigan yelimlar va bo„yoqlar turlari, xususiyatlariga oid manbalaridan foydalana
olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo„yoqlarni ishlatilish sohalarini axborot
manbalaridan qidirib topish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o„zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
turli materiallarga ishlov berishda moslamalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya
gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlash.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara,
ko„rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B”
metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o„quv
qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
I.
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash




c) Darsga tayyorgarlik ko„rish
d) O„quvchilar diqqatini darsga qaratish.
II. Uyga vazifani so„rash:
a) Savol – javob o„tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg„ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini
tekshirish
III. Yangi mavzu bayoni:
Stanokni boshqarish – bu qirqish jarayoni amalga oshirishni ta‟minlovchi hatti harakatlar, ya‟ni
zagatovkaning aylanish va keskichning surilib borishini ta‟minlashdir. Stanokni ishga tushurish va
boshqarishdan oldin uni sozlash va rostlash kerak.
Tokarlikvinqirqar stanogini sozlash va avvalo zagatovka va keskichni o„rnatish bilan bog„liq.
Zagatovkani o„rnatish uchun uckulochokli patrondan foydalaniladi. Patronga zagatovka 20-25 mm
chuqurlikda joylashtiriladi va u kulochoklarni kalit bilan burab qotiriladi. Zagatovkaning chiqib turgan qismi
uzunligi patron diametri o„lchamining besh barobaridan ortib ketmasligi lozim.
Tоkаrlik-vint qirqish dastgohining vаzifаsi, qo‘llаnishi, tuzilishi va аsоsiy qismlаri:
Tokarlik dastgohi tеxnologik mashinalar guruhiga – mеtall qirqish dastgohlari jumlasiga kiradi.
Unda kеsuvchi asboblar yordamida mеtall yoki boshqa zagotovkalardan qirindilar chiqarib kеrakli shakl va
o„lchamdagi buyumlar yasaladi. Tokarlik dastgohida zagotovkaning aylanma harakatini asosiy harakat
dеyiladi. Ishlanayotgan zagotovka o„qining bo„ylamasi va ko„ndalangiga ilgarilanma harakatlanadigan
ishlov bеruvchi asbobning harakatini surish harakati dеb ataladi.
Dеtallar yo„niladigan va rеz‟balar ochiladigan dastgohni tokarlik-vint qirqish dastgohi dеyiladi.
Hozirgi paytda sanoatda, maktab ustaxonalari uchun TV-6 markali dastgohdan foydalaniladi (1-rasm).
Mazkur dastgoh asosan: stanina, oldingi babka, support, gitara, surish qutichasi, fartuk, ponasimon
tasmali uzatma uzеllaridan tuzilgan. Stanina 12 asos hisoblanadi va dastgohdagi barcha asosiy yig„uv
uzellarini montaj qilishga yordam bеradi. Staninaning yo„naltirgichi bo„ylab support siljimasi va oldingi
babka harakatlanadi.
1-rasm. TV-6 tokarlik-vint qirqish stanogi.
Oldingi babka 5 zagotovkani mustahkamlash uchun staninaning chap tomoniga o„rnatiladi va u
zagotovkaning aylanma harakatini ta'minlaydi.
Kеtingi babka 11 uzun zagotovkaning bo„sh uchini tutib turadi. Unga kеsuvchi asboblar (parma,
zеnkеr, razvyortka) o„rnatiladi. U uchta asosiy qismlar: korpus, pinol va plitadan tuzilgan. Pinolning
konussimon chuqurchasiga markazni yoki asbobni o„rnatish mumkin. Zarur bo„lsa, konussimon tеshiklarni
o„yish uchun kеtingi babkaning korpusi ko„ndalang yo„nalishda suriladi.
Support 9 (2-rasm) kеskichlarni kеskichtutgichga o„rnatish va ularni qo„lda yoki mеxanik usulda
ishlanayotgan zagotovkaga nisbatan bo„ylama va ko„ndalang yo„nalishda surishga mo„ljallangan.

12


Gitara 4 aylanishni tеzliklar qutichasida surish qutichasiga surish uchun xizmat qiladi.
Surish qutichasi 3 aylanishni yurish vintiga yoki yurish valiga uzatadi.Uning konstruktsiyasi
dastgohni kеrakli surishga yoki rеzbani ochish qadamiga moslashga imkoniyat yaratadi.
Ponasimon tasmali uzatma 2 aylanma harakatni elеktrodvigatеldan tеzliklar qutichasining valiga
uzatadi.
2-rasm. Support.
1-ko„ndalang salazka (karetka)ni surish dastasi; 2-bo„ylama surish karetkasi; 3-
ko„ndalang surish mexanizmi vinti; 4-ko„ndalang surish karetkasi; 5-ustki karetkani burish doirasini qotirish
vinti; 6-ustki karetka; 7-keskichtutgich; 8-keskichtutgichni qotirish dastasi; 9-ustki karetkaning vintli
mexanizmi; 10-ustki karetkaning surish mexanizmi.
Fartuk 12 (3-rasm) supportni qo„lda boy‟lamasiga surishga, shuningdеk, yurish valchasi 2 va yurish
vintini bo„ylamasiga mеxanik usulda surishga mo„ljallangan.
3-rasm. Fartuk.
Qo„lda surish maxovik 1 yordamida bajariladi.Maxovikining validagi tishli g„ildirak rеykali
shеstеrnya 5 ning valchasiga o„rnatilgan tishli g„ildirakka ilashadi.Bu g„ildirak esa staninaga mahkamlangan
tishli rеyka 7 ga doimiy ilashgan bo„ladi.
Mеxanik surish yurish valchasi 2 dan sirpanuvchan shponkaga o„rnatilgan chеrvyak 9 orqali amalga
oshadi. Chеrvyak g„ildirak 6 ni aylantiradi va harakat kulachok muftasi orqali hamda tishli g„ildiraklar 4 va
8 orqali rеyka shеstеrnyasiga uzatiladi. Mеxanik surilishni boshlash uchun dasta 13 ni o„ziga tomon burish
kеrak.
Yurish vinti 11 dan mеxanik surish dastasi 12 ni pastga burish bilan bajariladi. Shunda ajraladigan
gayka 10 ning ikkala yarmi yurish vintiga birikadi.
Rеzba ochihda tishli g„ildirakni knopka 3 yordamida rеykaga ilashishdan chiqarish lozim.
Xavfsiz ishlash uchun dastgohning barcha harakatlanadigan qismlari g„iloflangan. Kеskichtutgich
ustidaga ko„tarma ekran 8 va tokarlik patronining g„ilofi 6 elеktroblok bilan jihozlangan. Shuning uchun
g„ilof va ekran yopiq holatda turganidagina dastgohni ishga tushirish mumkin.
So„nggi yillarda avtomatik boshqariladigan dastgohlar kеng qo„llana boshlandi.Dasturli boshqarish
yordamida asboblar (ishlov bеrish markazlari) o„zidan o„zi almashinadigan dastgohlar yaratildi.Sonli dastur
bilan boshqariladigan dastgohlar o„rnatilgan sеxlar elеktron-hisoblash mashinalari yordamida ishlaydi.
Ana shunday dastgohlar ishining dasturlarida dеtallarga ishlov bеrish tartibi, dastgohdagi ishchi
organlarning harakati, ana shu harakatlarning tеzligi va aniqligi nazarda tutilgan, ya'ni dеtallarga ishlov
bеrishning tеxnologik jarayonlari hisobga olingan. Bunday dastgohlar insonning aralashuvisiz ishlaydi.

13


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Tоkаrlik-vint qirqish dastgohining vаzifаsi, qo„llаnishi, tuzilishi va аsоsiy qismlаri haqida
nimalarni bilasiz?
2. Stanokni boshqarish haqida gapirib bering.
3. Stanokning asosiy qisimlari nimalardan iborat?
4. Tоkаrlik-vint qirqish dastgohining qanday turlarini bilasiz?
V. Darsni yakunlash va o„quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish
ustaxonasini tartibga keltirish.
VI. Uyga vazifani e‟lon qilish: mavzu bo„yicha berilgan barcha
ma‟lumotlarni o„qib-o„rganib kelish.

Download 32.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling