"Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanidan tayyorlagan


Download 20.59 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi20.59 Kb.
#168866
Bog'liq
met mus


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali TT va KT fakulteti Dasturiy Injiniringi yo’nalishi 653-18 guruh talabasi Qodirov Ahrorjonning

“Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi.

Mavzu: Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari, ularning tan olish darajalari.

Reja:


1. Modda va materiallarning tarkibi va

xossalarining standart namunalari.

2. O‘lchashlarni bajarish metodikasi.

3. Me’yoriy hujjatlarning ekspertizasi.

Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari

Standart namunalar (SN) O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘zO‘BTT) ning tarkibiy qismi hisoblanadi.

O‘lchash birliligini ta’minlash maqsadlarida SN quyidagilar uchun qo‘llaniladi:

O‘lchash vositalari (O‘V) ni qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash, darajalash, shuningdek ularni sinashda, shu jumaladan turini tasdiqlash maqsadida metrologik tafsilotlarini tekshirish uchun;

O‘BM ni metrologik attestatlash;

O‘BM dan foydalanish jarayonida ularning xatoliklarini o‘zlarida o‘rnatilgan algoritmlarga muvofiq tekshirish;

metrologik tekshiruvning boshqa turlari uchun qo‘llaniladi. O‘lchashlarning ba’zi turlarida SN tekshirish sxemasi tarkibiga etalon (O‘lchashlar namunaviy vositasi) sifatida kirishi va mos qiyoslash sxemasida o‘rnatilgan tartibda birlikning o‘lchamini uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Standart namuna tan olish darajasi va qo‘llanish doirasiga qarab quyidagi toifalarga ajraladi:

davlatlararo SN (DASN);

davlat (sertifikatlashtirilgan) SN (DSSN);

ishlab chiqaruvchining SN (KSN).

Davlat (sertifikatlashtirilgan) standart namunalari quyidagicha belgilanadi:

O‘z DSN – O‘zbekiston davlat standart namunasi.

Ishlab chiqaruvchining standart namunalari uchun:

O‘z ICHSN – O‘zbekiston ishlab chiqaruvchining standart namunasi

O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘lchashlarni bajarish metodikasi – bu

hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib, ularni bajarish kafolatlangan aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta’minlaydi.

O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O‘z DSt 8.016:2002 "O‘z O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o‘rnatilgan.

O‘lchashlarni bajarish metodikasi metrologik attestatsiyaga tortiladi.

O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘zstandart tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o‘tgandan keyin qo‘llaniladi.

O‘lchashlarni bajarish metodikasi - metrologik nazorat va tekshiruv ob’ektlari hisoblanadi.

Me’yoriy hujjatlarning ekspertizasi

Normativ texnik va texnologik hujjatlarning ekspertizasi o‘lchashlar birliligini ta’minlashning

ajralmas qismi bo‘lib, metrologik nazoratning zaruriy ko‘rinishidir.

Metrologik ekspertiza - bu o‘lchashi kerak bo‘lgan parametrlarni tanlash, mahsulot-larni ishlab chiqarish, sinash, ekspluatatsiya, remonti va ularni amaldagi normativ hujjatlar talablariga mosligi bo‘yicha texnik yechimlarning metrologik darajasini taxlil qilish va baholashdir.

O‘lchashlarni bajarish uslubiyatini metrologik ekspertizasi – o‘lchash vosiutalarini va usullarini tanlash baxolash va taxlil, o‘lchashlarni o‘tqazish qoida va operatsiyalari va ularning O‘BM da muvofiqligini o‘rnatish maqsadi metrologik qo‘shilgan talablarida aniqlash.

O‘BM lari xujjatlari davlat metrologik tekshiruv va nazorati tadbiq etiladigan doirada metrologik ekspertizaga davlat ilmiy metrologik markazlarda yoki O‘BM xujjatlarini metarka ekspertizasini o‘tkazishga O‘BM attestatlashga texnik vakolatli tashkilotlarga o‘tkaziladi.

Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etilmaydigan doirada qo‘llanilmaydigan O‘BM xujjatlari esa, korxona va tashkilotlarga o‘rnatilgan tarkibda metrologik ekspertizadan o‘tkaziladi. O‘BM xujjat metrologik ekspertiza o‘tkazishda metrologik sinovlarning tavsiyalaridan foydalaniladi.

Metrologik ekspertizaga tortiladi:

Davlatlararo, Davlat, tarmoq va O‘zbekiston informatsion fondida registratsiyadan o‘tgan

tashkilotlarning mahsulot va xizmatlariga bo‘lgan standartlarning loyihalari;

Rahbariy hujjatlarning loyihalari;

Texnik shartnomalarning loyihalari;

Import bo‘yicha qabul qilingan mahsulotlarni sinash usullari va programmalarning loyihalari;

O‘lchash vositalarini, shu jumladan standart namunalarini ishlab chiqish texnikaviy topshiriqlarining loyihalari;

O‘V turini tasdiqlash bo‘yicha sinov usullari va programmalarning loyihalari;

O‘V ni qiyoslash usulini loyihalari va boshqalar

Ekspertizaning quyidagi xillari o‘rganilgan:

– normallashtirish tekshiruvi;

– kelishishning to‘liqligi;

– majburiy talablarga muvofiqligi;

– patent sofligiga tekshirish;

– ochiq chop etilmaydigan ma’lumotlar;

– texnik ekspertiza;

iqtisodiy ekspertiza;

– metrologik ekspertiza;

– ekologik ekspertiza;

– terminologik ekspertiza;

– huquqiy ekspertiza;

nashriyot tahriri;

– ilmiy-texnikaviy darajani baholash

– Me’yoriy hujjatlar ekspertizasining natijalari ixtiyoriy shaklda tuzilgan dalolatnoma ko‘rinishidagi



ekspert xulosa bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada o‘tkaziladigan barcha turdagi ekspertiza natijalari aks ettiriladi.

– Xulosada ekspertiza ob’ektining umumiy tafsiloti quyidagicha yoziladi: "Me’yoriy hujjat (me’yoriy hujjat loyihasi) standartlashtirish davlat tizimi, o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi, O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi talablariga va boshqa standartlashtirish tarmoqlararo tizimlariga muvofiq keladi (muvofiq kelmaydi)".
Download 20.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling