Metrologiya to’g’risida


Download 37.44 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi37.44 Kb.
#1709230
Bog'liq
1 (2)


O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” gi qonuni. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish. O’lchashlar birliligini ta’minlashning davlat va soha tizimi.
1-Ma’ruza.
O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” gi qonuni. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish. O’lchashlar birliligini ta’minlashning davlat va soha tizimi.
REJA
1. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” gi qonuni.
2. O’lchashlar birliligini ta’minlashning davlat va soha tizimi.
1. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida” gi qonuni.
O’zbekiston respublikasining “Metrologiya to’g’risida”gi qonuni 28.12.1993 y. qabul qilingan bo’lib, mazkur qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan: O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni, O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni. Qonun 5 ta bo’lim va 21 ta moddadan tashkil topgan bo’lib, 1-bo’lim umumiy qoidalarga bag’ishlangan. 1-moddada metrologiyaning asosiy tushunchalari keltirilgan. 2moddada metrologiya to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O’zbekiston Respublikasining o’zga qonun hujjatlaridan iboratligi va Qoraqalpog’iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi belgilangan. 3-moddada xalqaro shartnomada yoki bitimda O’zbekiston Respublikasining metrologiya to’g’risidagi qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo’llanishi ta’kidlangan. Qonunning 4-moddasida metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo’yicha milliy organ - "O’zstandart" agentligi amalga oshirishi va "O’zstandart" vakolatiga: - metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; - milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo’llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirshshshini ta’minlash qoidalarini belgilash; - o’lchov vositalari, usullari va natijalariga qo’yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash; - davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; - metrologiya masalalari bo’yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan normativ hujjatlarni qabul qilish; - metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash; - O’zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; - metrologiya masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish; - O’zbekiston Respublikasining o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o’lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o’lchovlar tizimlari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash; - iste’molchilar huquklarini, fuqarolarning sog’lig’i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto’g’ri o’lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko’rsatilgan. Qonunning 4-1-moddasida o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O’zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazishni "O’zstandart" agentligi amalga oshirishi, O’zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashga oid, "O’zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo’lmagan normativ hujjatlarni o’z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkinligi keltirilgan. Qonunning 2-bo’limidagi 5-, 6-, 7-, 8-moddalarda fizik o’lcham birliklari, ularning etalonlari, o’lchov vositalari va o’lchovlarni bajarish uslubiyotlari haqida so’z yuritilgan. 5moddada O’zbekiston Respublikasida Xalqaro o’lchamlar tizimi (SI)ning fizik o’lcham birliklarini belgilangan tartibda qo’llashga yo’l qo’yilishi, fizik o’lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo’llash qoidalari "O’zstandart"ning taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o’lchamlar tizimiga kiritilmagan o’lchamlarni qo’llashga ruxsat berishi mumkinligi, hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog’ida kontrakt shartlariga muvofiq fizik o’lchamlarning o’zga birliklari ham ishlatilishi mumkinligi bayon etilgan. Qonunning 6-moddasida fizik o’lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanishi va qayta tayyorlanishi, etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo’llash tartibini "O’zstandart" belgilashi aytib o’tilgan. Foydalanishda bo’lgan o’lchov vositalari o’lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo’yilgan aniqlikda bo’lishini ta’minlashi va qo’llash shartlariga mos kelishi lozimligi va texnika vositalarini o’lchov vositalariga mansub deb topish mezonini "O’zstandart" belgilashi 7-moddada asoslangan. O’lchovlarni bajarish uslubiyotlari o’lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o’z ichiga olishi va o’lchov o’tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo’yilgan aniqlikni ta’minlashi lozimligi, o’lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozimligi, o’lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini "O’zstandart" belgilashi 8-moddada o’rnatilgan. Qonunning 3-bo’limida O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatlariga doir (9- 10- 11-moddalar) ma’lumotlar keltirilgan. O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topishi 9-moddada, "O’zstandart" boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kirishi, davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi 10-moddada ta’kidlangan. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari (11-modda) zarurat bo’lgan hollarda o’lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo’yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuzilishi, yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanishi ko’rsatilgan. Qonunning 4-bo’limida davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir talablar o’rnatilgan bo’lib, bu bo’lim 12-19-moddalarni o’z ichiga oladi. Ushbu moddalar quyidagilarga bag’ishlangan:
12 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o’tkazish tartibi.
13 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari.
14 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiralar.
15 - modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari.
16 - modda. O’lchov vositalarining turlarini tasdiqlash.
17 - modda. O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish.
18 - modda. O’lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish.
18-1 - modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish.
19 - modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik. Qonunning 5-bo’limi metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlashga bag’ishlangan bo’lib, 20-modda davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash va 21-modda metrologik ishlar va xizmatlar uchun xaq to’lash masalalarini qamrab olgan. 20-moddada davlat tomonidan quyidagilar: - metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish; -metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash; - metrologiya bo’yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo’yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish; - metrologiya bo’yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishga qatnashish; - metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish; - metrologiya bo’yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o’zga ishlarni o’tkazish; - o’lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir "O’zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish; - fizik o’lcham birliklarining etolonlarini va o’ta aniq namunaviy o’lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo’llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash; - moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma’lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar; - davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta byudjetdan moliyaviy ta’minlanishi shartligi keltirilgan. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to’lash 21-moddada o’z aksini topgan bo’lib, o’lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o’tkazish, o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o’lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo’yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko’rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to’lanishi ko’rsatilgan.
2. O’lchashlar birliligini ta’minlashning davlat va soha tizimi.
Ўлчашлар бирлигини таъминлаш учун битта физик катталикни ҳамма ўлчаш воситалари даражаланган бирликлари айнан бўлиши зарур. Бунинг учун физик катталиклар белгиланган бирликларини сақловчи ва тикловчи, уларни мос ўлчаш воситаларига узатувчи ўлчаш воситалари ишлатилади. Метрологик занжирнинг энг юқори қисми бўлиб эталонлар ҳисобланади. Бирлик эталони – бирликни унинг ўлчамини қиёслаш схемаси бўйича қуйи турган ўлчаш воситаларига узатиш мақсадида ифодалаш ва/ёки сақлашни таъминловчи махсус спецификация бўйича бажарилган ва белгиланган тартибда эталон сифатида расмий тасдиқланган ўлчашлар воситаси (ёки ўлчаш воситалари мажмуи). Таснифи, вазифаси ва эталонларга умумий талаблар ГОСТ 8.057-80 да белгилаб берилган. Мамлакатда энг юқори аниқлик билан бирликни тикланишини таъминловчи эталон (шу бирликни бошқа эталонлар билан солиштирганда) бирламчи деб номланади. Бирламчи эталон давлат ўлчашлар тизимининг асосини ташкил этади. Давлат бирламчи эталони – давлат ҳудудида бу бирламчи эталон бўлиб, ваколатли давлат органи томонидан бошланғич сифатида қабул қилган қарори билан аниқланади. Давлат эталонлари тикланади, сақланади ва давлат марказий метрология илмий-тадқиқот институтлари томонидан ишлатилади. Давлат эталони бошқа давлатлар эталонлари билан вақти-вақтида солиштирилиши керак. «Миллий эталон» атамаси эталонни халқаро эталонлар билан ёки бир хил давлатлар эталонлари билан солиштиришни амалга ошириш керак бўлганда ишлатилади. Давлат эталонига мисол қилиб электр юритувчи куч бирлиги Давлат эталони (ГОСТ 8.027-2001) хизмат қилиши мумкин. Давлат эталонлари Ўзбекистон давлат метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш органи томонидан тасдиқланади. Иккиламчи эталон – шу бирлик бирламчи эталондан бевосита бирлик катталигини оладиган эталон. Иккиламчи эталонлар бирликларини сақлаш воситалари ва катталикларини узатишга бўйсунувчи қисми бўлиб қолади, қиёслаш ишларини ташкил этиш керак бўлган ҳолда уларни яратадилар ва шунингдек, давлат эталонини сақлаш ва эскиришининг олдини олишни таъминлаш учун ишлатилади. Иккиламчи ёки ишчи эталонни айрим ҳолларда идоравий эталон деб номланади, чунки у вазирликлар (идоралар) учун чиқиш эталони ҳисобланади. Солиштириш эталони – у ёки бу сабабларга кўра бирбирлари билан бевосита солиштирилмайдиган эталонларни асл нусхаси билан солиштириладиган эталон. Мисол қилиб, Ўзбекистон Республикаси вольт Давлат эталонини нормал элементи Халқаро ўлчов ва тарозилар вольт эталони билан солиштириш учун ишлатилади. Ишчи эталон – ишчи ўлчаш воситаларига бирлик катталигини узатиш учун қўлланилади. Бу энг кенг тарқалган эталон. Физик катталиклар ўлчашлар аниқлигини ошириш мақсадида ишчи эталонлар вазирликлар ва идоралар лабораториялари ва кўпчилик ҳудудий метрология органларида ишлатилади. Ишчи эталонлар зарур бўлганда бўйсуниш тартибида 1, 2 ва ҳоказо разрядларга бўлинади ва тартибини белгилайди. Ўлчашларни ҳар хил турлари учун амалиёт талабларидан келиб чиқиб ишчи эталонларнинг ҳар хил разрядлар сони белгиланади. Халқаро эталон – халқаро келишув орқали халқаро асос сифатида қабул қилинган, у миллий эталон сақловчи ва тикловчи ўлчаш бирликларини мослаш учун хизмат қилади. Бошланғич эталони – энг юқори метрологик хусусиятга эга эталон (лаборатория, ташкилотлар, корхоналарда), улардан бўйсунувчи эталонларга, бор ўлчаш воситаларига бирликлар катталиги узатилади. Давлатда бошланғич эталони бўлиб, бирламчи эталон ишлатилади, республика учун, ҳудуд, вазирлик (идора) ёки корхона учун иккиламчи ёки ишчи эталон ишлатилади. Ишчи ўлчаш воситаси – ўлчаш учун мўлжалланган, бошқа ўлчаш воситаларига ўлчаш бирлигини узатиш билан боғлиқ бўлмаган ўлчаш воситаси. Ўлчаш воситаларини қиёслаш – ўлчаш воситаларининг белгиланган техник талабларга мувофиқлигини аниқлаш ва тасдиқлаш мақсадида давлат метрология хизмати ёки шунга ваколатланган телекоммуникация ва ахборот-коммуникация технологиялари соҳасининг метрология хизматлари томонидан бажариладиган амалларнинг мажмуи. Хатолик ўлчаш воситасини қиёслашда аниқланадиган асосий метрологик тавсиф. У ишчи эталон ва қиёсланган ўлчаш воситасининг кўрсатишларини солиштириш орқали топилади. Қиёслаш бирламчи, даврий, навбатдан ташқари, инспекцион, комплексли, элементли ва танлаш бўйича ажратилади. Қиёслашни олиб бориш ва ташкил этишнинг асосий талаблари метрология қоидаларида ва тавсияларида кўрсатилган. Қиёслаш уни олиб бориш ҳуқуқига эга бўлган метрология хизматлари томонидан бажарилади. Яроқли деб топилган ўлчаш воситасига қиёслаш гувоҳномаси берилади ва қиёслаш тамғаси қўйилади. Даражалаш – шкалага ишчи эталон кўрсатишларига мос равишда белгиларни қўйиш ёки уни кўрсатиши бўйича катталикни аниқланган қийматини ишчи ўлчаш воситаси шкаласидаги белгиларга мос кўрсаткичи бўйича аниқланади. Ўлчаш воситаларини калибрлаш – ўлчаш воситаларини ҳақиқий метрологик тавсифларини аниқлашда ушбу ўлчаш воситаси кўрсатган миқдорни эталон орқали олинган мос келувчи миқдор билан ўзаро нисбатини аниқлашдаги операциялар мажмуи. Агар ўлчаш воситалари мажбурий метрологик назорат ва текширувдан ўтмаса, унда улар калибрлашдан ўтади. Калибрлаш натижалари бўйича ўлчаш воситасини ҳақиқий қиймати аниқланади ёки уни кўрсатишига тузатмалар киритилади. Калибрлаш ўлчаш воситасининг хатолигини ва қатор метрологик тавсифларни баҳолаш имконини беради. Бирликлар катталигини бирламчи эталонлардан ишчи эталонларга узатиш метрологик занжири 1.1-расмда кўрсатилган. Бирлик катталигини узатиш ўлчаш орқали амалга оширилади. Қиёслаш схемаси – бирлик ўлчамини эталондан ёки дастлабки намунавий ўлчаш воситасидан ишчи ўлчаш воситаларига узатиш воситалари, услублари ва аниқлигини кўрсатувчи белгиланган тартибда тасдиқланган ҳужжат. Қиёслаш схемалари тўғрисидаги асосий маълумот ГОСТ 8.061-80 да келтирилган.
Қиёслаш схемалари давлат, тармоқ ва локал схемаларга бўлинади. Давлат қиёслаш схемалари конкрет физик катталикни мамлакатда бор ўлчаш воситаларига тарқатади. Давлат қиёслаш схемалари давлат стандартлари сифатида тасдиқланади.
NAZORAT SAVOLLARI :
1. Metrologiya xizmati nima?
2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsadi.
3. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining vazifalari.
4. O’zbekiston o’ lchashlar birliligini ta'minlash tizimining asos bo’luvchi hujjatlarini sanab o’ ting.
5. O’lchashlar birliligi nima?
6. Etalonlar deganda nima tushuniladi?
ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. Toru Yoshizava ,Handbook of optical metrology,2008.
2. A.E.Fridman ,Quality of Measurements.A Metrological Reference, 2012..
3. Metrology-in Short. 3RD Edicition, 2008 y.
4. A.Beginer’s Guide measuriments, 2011 y.
5. O’zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko’ rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’ g’risida”gi qonuni.
6. Abduvaliev A.A., Latipov V.B., Umarov A.S., Alimov M.N., va b. «Standartlashtirish, Metrologiya, Sertifikatlashtirish, Sifat.» – T.: SMSITI, 2008. – 267 b.
7. Phillip Ostwald,Jairo Muñoz, Manufacturing Processes and Systems (9th Edition)John Wiley & Sons, 1997 ISBN 978-0-471-04741-4 page 61
8. http://www.lex.uz
9. http://www.metro.ru
10. http://www.unicon.uz
11. http://www.metrology.light.com
Download 37.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling