Metrologiya va metrologik ta’minot


Download 26.9 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi26.9 Kb.
#1619948
  1   2
Bog'liq
Salayev Farhod


"Metrologiya va metrologik ta’minot" – o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi. Xalq xo‘jaligi uchun ushbu ixtisoslik ilmiy va texnik muammolarining yangiligi va ahamiyati yangi o‘lchash usul va vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan tashkiliy va usuliy muammolarni hal qilish, shuningdek ishonchsiz o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va istisno qilishdan iborat. Mahsulot (xizmatlar) va texnologik jarayonlar, korxona va sinov laboratoriyalarining asbob-uskunalari, o‘lchov, sinov va tekshiruv usul va vositalari, normativ hujjatlar, ilmiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik faoliyatni metrologik ta’minlash tizimlari professional faoliyat ob’ektlari hisoblanadi.
Hozirda “MXKM” DK – O‘zbekistondagi, asosiy vazifasi – sanoatda, sog‘liqni saqlashda, aloqa tizimlarida, savdoda, mudofaada, resurslarni (suv, gaz, neft, elektr energiyasi) hisobga olishda, tabiat muhofazasi va boshqa xo‘jalik faoliyati sohalarida o‘lchashlar birliligini ta’minash va saqlab turish bo‘lgan eng yirik amaliy metrologiya tashkilotidir. Metrologik faolyatning asosiy yo‘nalishlari: O‘V qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinash, sinov jihozlari va o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarini metrologik ekspertiza qilish, attestatlash. Har yili “MXKM” DK tomonidan (100 ming energotashuvchilarni hisobga olish priborlari!) ortiq metrologik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi. Metrologik potensialning izchillik bilan oshirilishi muntazam ravishda yangi O‘V qiyoslash, kalibrlash va sinash turlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
Yoqilg‘i, issiqlik, suv yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligi faqat magistral neft - va gazquvurlarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarida, neft va gazni hisobga olish uzellarida, issiqlik va suv ta’minoti tizimlarida gaz, suv, issiqlik, elektr energiyasi va neft mahsulotlarining sarfini o‘lchash vositalarining omilkor va mustaqil metrologik ta’minoti sharti bilan kafolatlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risidagi” Qonunining 14-moddasiga muvofiq moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiraga kiradi va shu sababdan barcha gaz, sovuq va issiq suv va elektr energiyasini hisobga olish priborlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiraga kiradi hamda belgilangan qiyoslashlararo intervalga asosan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Majburiy davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘lchash vositalarining nomlangan ro‘yxatiga muvofiq qiyoslashlararo interval quyidagilarni tashkil etadi:
- aholining gaz hisoblagichlari uchun - 4 yilda 1 marta;
- korxona va tashkilotlarning gaz hisoblagichlari uchun - 2 yilda 1 marta.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan, bugungi kunda Respublikamizda yagona bo‘lgan, sanoat hisoblagichlari va o‘lchash diapazoni 2500 m3/ch gacha bo‘lgan sarf o‘lchagichlari uchun zamonaviy qiyoslash uskunasi xarid qilindi.
Gazni hisobga olish priborlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish, o‘tkaziladigan qiyoslash turlari, qiyoslashlararo intervallar, ta’mirlash va qiyoslashdan keyin o‘rnatish tartibi “O‘zstandart” agentligi va O‘zdavneftgazinspeksiyasining qo‘shma Qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 31.07.2014y. 2604 son bilan ro‘yxatga olingan) Gazni hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda reglamentlangan.

2.1. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta‟minot.


2.2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” bo„yicha xalqaro tashkilotlar.
2.3. Metrologiya bo„yicha asosiy atamalar. Tayanch so‗zlar: Metrologik xizmat, metrologik ta’minot, ISO (ISO), MEK, MOZM, o’lchashlar birliligi, etalon, standart namuna, metrologik nazorat, kalibrlash, litsenziya.
2.1. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta‘minot O’lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo’yicha talablar, balki sifat bo„yicha ham talablar qo’yiladi. Bunga uning (o’lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi. Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:  o’lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo’lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi. Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta‟minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
 o’lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish;
 o’lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
 hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish;
 o’lchash vositalarining davlat sinovlari;
 o’lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar. Metrologik ta‘minotning to’rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
1. Ilmiy asosi: metrologiya – o’lchashlar haqidagi fandir;
2. Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o’lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo’lga qo’yish, o’lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o’lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta‟mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o’tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo’yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
3. Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
4. Me’yoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari. Metrologik ta’minotning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlari:
 mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;
 detallar va agregatlarning o’zaro almashuvchanligini ta‟minlash;  moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta‟minlash;
atrof-muhitni himoya qilish;  salomatlikni saqlash va hokazolar. Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o’z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.


  • Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini o‘lchash vositalarinib,ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur .Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur .

  • O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar ,balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi.Bunga uning(o‘lchachlarning)aniqligi, ishonchliligini,tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta‘minot yotadi.

  • Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish,metrologiya ,sertifikatlashtirish sohalarida me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish,dunyo mamlakatlarini shu sohslardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatadi.

Metrologik xizmat


Ta‘rifi
Turlari
Metrologik xizmat-bu o‘lchashlar birligini ta‘minlash ishlarini bajarish va metrologik tekshiruv va nazoratini amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil etiladigan xizmat
YURIDIK SHAXSLARNING METROLOGIK XIZMAT- mazkur muassasa(tashkilot)da o‘lchashlar birligini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat
DAVLAT METROLOGIK XIZMAT-mamlakatimizda o‘lchashlar birligini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni mintaqalararo ,sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat
Metrologik xizmat ko‘rsatish markazi
«O‘zstandart agentlig»qoshida tashkil etilgan "metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi»
O‘lchas vositalarining turlarini tasdiqlash maqsadida sinovlarni o‘tkazish o‘lchov vositalari, o‘lchov tizimlari va majmualarning loyihasini rasmiylashtirish
Xorijda ishlab chiqarilayotgan o‘lshov vositalari turini tan olish yuzasidan hujjatlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish
Markazning qiyoslash laboratoriyalari 2319 ta namunaviy o‘lchash vositalari va yuqori aniqlikdagi qiyoslash uskunalariga ega

Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling