Mexanik ishlov berish uchun quyum referat


Download 88.24 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi88.24 Kb.
#1507703
  1   2   3
Bog'liq
ISHLOV BERISH TURLARI


ISHLOV BERISH TURLARI


1 Mexanik ishlov berish uchun quyum

Quyum turlari. Tayyorlama olishning deyarli hamma usullari mashina detallarining keraklik aniqligi va yuza g’adir-budurligini ta’minlay olmaydi. Yuqori sifatli detallarga mexanik ishlov berish usuli bilan erishiladi. Shunday ekan, mexanik ishlov berilishi kerak bo’lgan tayyorlama o’lchami tayyor detal o’lchamidan farq qilishi kerak.
Shunga muvofiq tayyorlamaning tashqi yuza o’lchamlari kattalashtirilgan va ichki o’lchamlari kichiklashtirilgan bo’lishi kerak. Mexanik ishlov berish jarayonida berilgan aniqlik va yuza g’adir-budurligini olish maqsadida kesib olinadigan metall qatlami quyum deb ataladi. Demak, tayyorlama va detal o’lchamlarining ayirmasi quyumni tashkil etadi.
Quyumlar oraliq va umumiy quyumlarga bo’linadi. Mexanik ishlov berishning berilgan operatsiyasini (o’tishini) bajarishda olib tashlanadigan metall qatlami oraliq quyum (Zi) deb ataladi. Bu quyum oldingi va bajarilayotgan operatsiyalar orasidagi tayyorlama o’lchamlari farqi bilan aniqlanadi. Oraliq quyumni ko’pincha operatsiyalar aro quyum deb ham yuritiladi.
Berilgan yuzaga mexanik ishlov berishdagi hamma operatsiyalarni bajarishda (qora tayyorlamadan to tayyor detal olgungacha) olib tashlanadigan metall qatlami umumiy quyum (Z0) deb ataladi. Umumiy quyum miqdori tayyorlama va detalning ish jarayonidagi o’lchamlar farqi bilan aniqlanadi.
U yoki bu yuzaga mexanik ishlov berishdagi umumiy quyum miqdori hamma operatsiya (o’tish)lardagi oraliq quyumlar yig’indisiga teng bo’ladi:

bu erda: m – texnologik operatsiya (o’tish)lar soni.
Quyumlar simmetrik va nosimmetrik bo’ladi. Simmetrik quyumlar ichki va tashqi aylanuvchi yuzalarda hamda qarama-qarshi joylashgan yuzalarga paralell ravishda bir paytda ishlov beriladigan yuzalarda bo’ladi.
Tashqi aylanuvchi yuzalar uchun: 2Z0 = da – db
Ichki aylanuvchi yuzalar uchun 2Z0 = d b – da
Qarama-qarshi yuzalarga paralell ishlov berganda 2Z0 = la – lb
Nosimmetrik quyumlar detallarning tomonlariga alohida ishlov berilganda
bo’ladi, ya’ni: Z0 = a – b
Bu yerda, a va b – mos ravishda tayyorlama va tayyor detall o’lchamlari
Quyumlar miqdori texnologik jarayonni ishlab chiqishda muhim texnikiqtisodiy ahamiyatga ega. Oshirib yuborilgan quyum detal tayyorlashga sarflanuvchi materlal xajmini ko’paytirib, dastgoh ish unumdorligini kamaytirib, detal sifatini yomonlashishiga olib keladi. Chunki, kesish chuqurligini oshib borishi ish tartibini kamaytirishga, o’tishlar sonini oshishiga, demak dastgoh unumdorligini kamayishiga olib keladi.
Quyum kamayib ketsa ishlov berishda keraklik o’lcham aniqligini va yuza silliqligini olib bo’lmaydi, bu esa nuqsonli detal tayyorlashga olib keladi, shuning uchun muqobil quyum tayinlashga harakat qilish kerak.
Quyumning miqdoriga asosan quyidagi omillar ta’sir etadi:
-tayyorlamaning shakli va o’lchamlari. Shaklning murakkabligi va tayyorlama o’lchamlarining kattaligi quyumning oshishiga olib keladi;
-tayyorlamaning turi va uni olish usuli. Tayyorlamalar ularni tayyorlash turiga
(prokatlash, quyma, bolg’alash va xakozo) qarab har-xil aniqlikda bo’ladi;
-tayyor detaldan talab qilinayotgan o’lcham aniqligi, yuza sifati va g’adirbudurligi, bu talablar qancha yuqori bo’lsa quyum ham shuncha katta bo’lmog’i kerak, chunki bu talablarni bajarish uchun qo’shimcha operatsiyalar tayinlanmog’i zarur.

Download 88.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling