Mfy bilan hamkorlikda


Download 38.71 Kb.
bet1/4
Sana23.06.2022
Hajmi38.71 Kb.
#772621
  1   2   3   4
Bog'liq
MAHALLA VA OTM MAKTAB HAMKORLIGI
SAVOL 01, 6296 619 Меҳнат таълими , Математика мажбурий М Усманов 2020, мажмуа, tarih 9, Шахс типлари, Қуёш элементлар ва батареялар физикаси ва технологияси - семинар, Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachil, kurs ishiga 2, 9.Sharipbayeva, 9.Sharipbayeva, 2 5390979058005706139, 2 5434038810977502660, My best friend, My best friend

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI VA 5-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI HAMDA “YANGIOBOD” MFY BILAN HAMKORLIKDA “INSON QADRI MAHALLADAN BOSHLANADI” SHIORI OSTIDAGI
TADBIRNING YOZMA ISHLANMASI.


4-MART

Sahnaga boshlovchilar chiroyli bahoriy musiqa sadolari ostida chiqib kelishadi.


(MAHALLADA DUV-DUV GAPMUSIQASI SADOSIDA)
1-Boshlovchi: Assalom jondan aziz, ey jonajonlar Assalom,
So’zlari boldan shirin, ham qiz yigitlar Assalom,
Sizga aytamiz salomlar qalbimizning qo’ridan,
Bizga bor mehrin bergan, jon Ustozlar assalom.


2-Boshlovchi: Mahallam obro’yim ko’zim qorasi,
Undaddir xayotim undadir shonim,
Har go’dak, har keksa yurakka yaqin,
Bu mening mahallam bu mening jonim.



  1. O’zbekiston gulzor vals qo’shig’i

  2. Sevgi A.G’aniyev so’zi Nuriddin Azizov musiqasi O’tkir Eshpulatov musiqasi

  3. H.H.Niyoziy so’zi Chaman ichra Ibodova Mo’tabar

  4. Qizlarim qo’shiq ijro etadi Begzod Mamatov

  5. Dog’man Dilshod Do’stmurodov

  6. QVZ Dramma jamoasi

  7. Raqs Alisher Fayz Hay-hay

  8. Nera borasiz, yigit qizlar

  9. Aymurod

  10. O’zbekiston qo’shg’i ijro etadi To’rayev Hasan

Obod mahalla” bayram dasturi.


(Ushbu senariy Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “No‘g‘oy qo‘rg‘on” mahallasi misolida sizlarga metodik tavsiya sifatida berilmoqda. Siz mahalla nomini o’zgartirib o’zingiz yashab turgan mahallangiz tarixi va bugungu kuni haqida ma’lomtlardan foydalanib dasturga o’zgartirish kiritishingiz mumkin)

Mahallada duv-duv gap kuyi yangrab bolalar chiqib kelishadi. Sahnada chet ellik mehmonlar ham paydo bo‘lishadi. Ular ingliz tilida savollar bera boshlaydi.


Qizcha: bolalar mahallamizdagi ingliz tili to‘garagiga kim qatnashadi, bizga tushuntirib beringlar bu kishi nima deb savollar berayapdi?
Bola: mahalla haqida bilmoqchi ekansiz avval O‘zbekiston haqida ikki og‘iz so‘z!

Bola: Ilmu-fan gulshanida O‘zbegim shoh,


Biz o‘zbek farzandimiz alhamduliloh

O‘ – o‘lkam olloh nazari tushgan


Z – zamin ichra momo yerim bor
B – bobolarim yashab o‘tishgan,
E – endi esa men ham baxtiyor.
K – kamolotga yetib bir kuni,
I – illo bergan tuzing oqlarman,
S – sevib seni ardoqlab seni,
T – to abad tinchlikni saqlarman.
O – osmoni musaffo bag‘ri bahorim,
N – noni shirin suvi zilolim,
O‘ Z B E K I S T O N I M

Bola: Mahalla bu ostonadan boshlanadi, mahalla bu vatan ichra kichchik bir vatan. O‘zbekistonni ming yillik chinor qiyos etsak, mahalla bu uning ildizlari tomirlaridir.


Mehmon bo‘lib keling No‘g‘oy qo‘rg‘onga,


Kundan kun chiroy ochar mahallam,
Ko‘zim ochib ko‘rgan ilk sajdagohim,
Tug‘ilib o‘sgandir ham otam-onam.

Kelinlari qizlari barvaqt turishar,


Ko‘cha yuzlariga suvlar sepishar,
Hovlilar ozoda ko‘chalar toza
Yoshlari ko‘pni ko‘zlab ko‘chat ekishar.

Bir kelib ketingiz No‘g‘oy qo‘rg‘onga,


Ko‘rib bahri dilingiz ochilib ketar,
Keksalari duogo‘y har so‘zi hikmat,
Yoshlarining inoqligi hayrona etar.

Bugun bellashuvdir katta bayramdir,


Toshkent mahallalari kuch sinashadi,
Farzandlar bel bog‘lab siz tomon yeldi,
Bo‘sh kelma No‘g‘oy qo‘rg‘on navbat senga keldi.

Bola: chet ellik do‘stlarimizga va mehmonlarga mahallamiz haqida so‘zlab bermaymizmi?


Bola: No‘g‘oy qo‘rg‘on qadimda keng yaylov daladan iborat bo‘lgan ekan. Aytishlariga qaraganda tatar millatiga mansub No‘g‘oy ismli bir kishi shu yerda saroy qurgan va shu yerda iatiqomat qilgan. Shu yerda yashab olamdan o‘tgach qo‘rg‘on ichiga dafn etiladi.


Bola: 1966-yildagi zil-ziladan keyin qo‘rg‘on atrofida ko‘p qavatli binolar qad ko‘targan. Asta sekin qo‘rg‘on yo‘qolib brogan. Hozirgi kunda marhum nomi bilan mahalla No‘g‘oy qo‘rg‘on deb ataladi.


Bizning mahalla: No‘g‘oy qo‘rg‘on.


Mahallamiz joylashgan joy: Toshkent shahri chilonzor tumani
Mahallamiz aholisi: 9672 nafarkishidan iborat.
Mahallamiz faxriylari: 9 nafar 2-jahon urushi qatnashchilari, 12 ta yoshi ulug‘ faxriylarimiz bor.
Mahallamizda joylashgan binolar: 2 ta maktab, 2 ta bog‘cha 17 ta supermarketlar, bolalar syilgohi, ipak yo‘li banki xizmat ko‘rsatib turibdi.
Mahallamizda ibratli oilalar juda ko‘p.
Ualrdan: _______________lar, _____________________lar
___________________lar, ____________________lar oilalari.
Mahallamizda bunday oilalar ko‘payishini xohlayman. Buning uchun mahallamiz oqsaqollari faollari hamkorlikda ko‘p va xo‘p ishlar olib borishmoqda.

Bola: biz shoir Maqsud Shayxzodaning quydagi satriga amal qilamiz.


O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan,
Tirigida yaqinlarni bir bora yo‘qlang.
Maktabimizdagi “Kamalak” bolalar tashkiloti “Mehr shavqat” yo‘nalishi va mahalla faollari bilan hamkorlikda, yolg‘iz qariylar, urush qatnashchilari, faxriylarimizni yo‘qlaymiz, xotira va qadrlash kechalarida ular bilan dildan suhbatlashamiz.

Bola: 1-oktabr ustozlar va murabbiylar kunida ulug‘ yoshdagi nafaqa gashtini surib mahallamizga fayz va barokatlar tilab turuvchi duogo‘y ustozlarimizni ham ziyoratlaridan charchamaymiz.


Bola: ular uchun dunyo kerakmas bir o g‘iz shirin so‘z, e’tiborimiz kifoya;


Yoshi ulug‘ qariyalar duo qiling bizlarni,
Kaftimizda ko‘taraylik, qadrlaylik sizlarni,
E’zozimizga loyiq davru-davron suring siz ham,
Erta bir kun yosh avlodan qadr kutamiz biz ham.

Bola: Mahallamizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazish uchun har xil to‘garaklar ishlab turibdi. Zardo‘zlik, kashtachilik, duradgorlik,


“Istedod” yoshlar klubi, “Yosh shoirlar”, “Kamoliddin Behzod”, “Zulfiyaxonim qizlari” klublari faoliyat olib bormoqda.

Qizcha: Momolarim bo‘lgan chevar,


Biz qizlar ham buni bilib,
Kashta tikdim ilib-ilib,
Hakamlarga ko‘rsatay deb.

Bobolardan meros qolgan bu beshik,


Ne alplarni ulg‘aytmagan bu beshik,
Senga mexrim bo‘lakcha seni o‘zim yasadim,
Keyin uni “YANGI AVLOD” beshigi deb atadim.

Bizning shior: Mahalla bu qutlug‘ joy, Vatanim bir bo‘lagidir,


O‘zbekiston ona bo‘lsa, mahalla bu yuragidir.

Vatan ichra kichchik Vatan,


Iftixorim mahallam,
Bu yil senga atalgan,
Jonajonim mahallam,
Senda mangu qolurman,
Gullatib yashnaturman.

Mahallada qutlug‘ bir dargoh bilm o‘chog‘i bo‘lgan maktab joylashgan. 195-maktab, 1966-yil qurilib bitkazilgan va ishga tushirilgan. Maktab shovqin ko‘chalar va qavatli uylar o‘rtasida joylashgan. Maktabimizda 1720ta o‘quvchi bilm olib ularga 104 nafar o‘qituvchi, 25 ta oily toifali, 17ta xalq ta’limi a’lochisi, bo‘lgan usztozlar ta’lim beradi. 1985-yildan buyon maktabimizda Pak Margarita Afanasevna rahbarlik qilib kelmoqda.


Ko’ngil ka’ba kabi imorat bol’sa
Siz ming ming ko’ngillarni obod etgansiz.
Ko’ngilni shod etish ziyorat bo’lsa
Ustozlar hoji bo’lib hajga yetgansiz.

Mehrdir kalomu oyatlaringiz,


O’zingizday qobil shogirdlaringiz.
Siz go’dakdan olim bunyod etgansiz
Ustozlar hoji bo’lib hajga yetgansiz.

Kimlar joy olmagan dilxonangizdan?


Haqning yozig’i bor peshonangizdan
Ko’ngillarni ilmla obod etgansiz
Ustozlar hoji bo’lib hajga yetgansiz.
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum jamiyat quyoshi, nur taratuvchi, ziyo taratuvchi aziz Ustozlar.
2-Boshlovchi: Assalomu alaykum, ana shu saxiy quyoshdan nur olayotgan, ilm istovchi nihollar, buyuk yurtning porloq kelajagi bo’lgan tengdoshlar hamda tolib-u ilmlar


Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling