Mhalliy davlat hokimiati va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish institutlarini demokratlashuvi doir glossariylar Demokratik institutlar


Download 22.32 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi22.32 Kb.

Mhalliy davlat hokimiati va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish institutlarini demokratlashuvi doir glossariylar

Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchidemokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi.

Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi.

Demokratik kuchlar bloki–parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etish maqsadida o’zdasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holdabir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o’z sa’y-harakatlarini birlashtirishi.

Demokratiya(yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo’lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.

Institut - lot. institutum-mahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo’llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o’z rasmiy tasdig’ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o’zaro xatti harakat qilish uchun qo’llab-quvvatlanayotgan ko’rsatmalarga ega bo’lgan ijtimoiy agentlarning o’zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.

Mahalliy (yoki munitsipal) boshqaruv - ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining manfaatlarini ifodalaydigan va saylab qo’yiladigan organlar hamda ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga molik ishlarni boshqarish.

Munitsipal boshqaruv - ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish; bu boshqaruvning nisbatan nomarkazlashgan shaklidir. SHu bilan bir vaqtning o’zida u fuqarolik jamiyatining instituti hisoblanadi. Bunday boshqaruv organlarining asosiy belgilari, - ularning saylanishligi va o’z hududidagi aholi manfaatlari asosida mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqillik

Munitsipalitet- fran.municipalite-shahar o’zini o’zi boshqarish organi; ko’pchilik mamlakatlardagi o’zini o’zi boshqarish organlari

O’zini o’zi boshqarish (ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish); u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni boshqarishga aytiladi. O’zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlari tarkibiga mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar yig’inlari kiradi.

O’zini o’zi boshqarishning asosiy prinsiplari - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o’zini o’zi boshqarish organlarining tabiati bilan bog’liq bo’lgan mustaqil faoliyatni amalga oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g’oyalar yig’indisidir.

Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining hududiy asosi -fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini tuzish, birlashtirish, tugatish hamda ularning chegaralarining o’rnatish va o’zgartirish tartib-qoidalarini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi -O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari bilan kafolatlanadigan ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishning tashkiliy asosi - o’zini o’zi boshqarishhuquqining instituti sifatida o’zini o’zi boshqarish organlarining tuzilishi,faoliyat tartibi, shakli va prinsiplarini, faoliyat doirasini belgilab beruvchi huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.

Fuqarolarning o’zini o’ziboshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi - fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining o’z mablag’laridan, ushbu organlarga xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari belgilangan tartibda ajratgan byudjet mablag’laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag’lardan tashkil topadi.

Fraksiya — lot. fractio — buzish, sinish, darz ketish; parlament a ’zoligiga yoki boshqa vakillik organlariga saylangan deputatlar birlashmasi.

Elektorat — lot. elector — saylovchi; saylovchilar.

Uchinchi sektor — dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya maqsadlarida tashabbus ko'rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan q o'llaniladi (birinchi sektor — davlat, ikkinchi sektor — tijorat sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi).

Partiya — lot. pars (partis) — qism, guruh; qandaydir ijtimoiy qatlam yoki guruh manfaatlarini ifodalovchi, qandaydir siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi tashkilot.

Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tom onidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o 'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlami (foydani) o'z qatnashchilari (a’zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini o'zi boshqarish tashkilotidir.
Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling