Microsoft Word 1 МВЪЀУЊВ. docx


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.09.2022
Hajmi0.76 Mb.
#817166
Bog'liq
1-maruza
konstitutsiyaviy huquq, 1-Labaratoriya, 2-Labaratoriya, 3-Labaratoriya, Millajonov Avazbek Mustaqil ta\'lim, 1.1-laboratoriya, O\'ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI, Algoritmlash asoslari, Otabek Arab tili, Otabek Arab tili, r k t


1-MA’RUZA: KIRISH. RADIOUZATUVCHI QURILMALAR 
TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. 
Reja: 
1.1 Asosiy tushunchalar. 
1.2 Radiouzatuvchi qurilmalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 
1.3 Radiouzatuvchi qurilmalarning klassifikatsiyasi.
Tayanch iboralar: radiouzatuvchi qurilma, axborot, xabar, chastota, 
radioaloqa 
tizimi, 
o‘zgartirgich, 
uzatkich, 
telemetrik, 
radiolokatsion, 
radionavigasion, radioeshittirish, televizion, radioboshqarish uzatkichlari, 
chastotalar diapazoni. 
1.1 Asosiy tushunchalar. 
Har qanday radioaloqa tizimi tarkibida ta’minot manbaining doimiy toki 
energiyasini elektromagnit tebranishga o‘zgartirish va ushbu tebranishlarni 
boshqarish funksiyasini bajaruvchi radiouzatish qurilmasi mavjud bo‘ladi. 
Dastlabki yillardanoq radiouzatuvchi qurilmalar texnikasi rivojlanib bordi. 
Yangi radiostansiyalar qurilib, yangi (yuqori) chastotalar diapazonlarini 
o‘zlashtirishga kirishildi. Xususan, o‘tgan asrning 40-yillariga kelib, metrli, 
detsimetrli va santimetrli to‘lqin diapazonlari jadallik bilan o‘zlashtirila boshlandi. 
Aynan ushbu diapazonlardan foydalanish tufayli televizion tasvirni yuqori sifat 
bilan uzatishni amalga oshirish, modulyatsiyani amaliyotga tadbiq etish, xabarlarni 
uzatish uchun radiorele aloqa liniyasidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ldi. 
Yangi chastotalar diapazonlarining o‘zlashtirilishi yuqori chastotali va o‘ta yuqori 
chastotali tebranishlarni shakllantirish va kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan yangi 
elektron asboblar yaratilishini talab qildi. 
Keyingi yillar radiouzatuvchi qurilmalar texnikasiga yarimo‘tkazgichli 
asboblarning kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Radiouzatuvchi qurilmalar 
texnikasida lampalarning tranzistorlar bilan almashtirilishi, ushbu asboblarning 
muhim afzalliklari: kichik og‘irlik va tashqi o‘lchamlari, ishlashga bir lahzada 
tayyorligi, uzoq muddatliligi, ta’minot manbaidan talab qiluvchi kichik kuchlanishi 
kabilar bilan bog‘liq. Hozirda tranzistorlar nafaqat kichik quvvatli radiouzatkichlar 
va qo‘zg‘atkichlarda, balki yuqori quvvatli radiouzatkichlarda ham qo‘llanilmoqda. 
Shu bilan birga radiouzatkichlarning kichik quvvatli qismlarida va 
qo‘zg‘atkichlarda 
integral 
mikrosxemalardan 
keng 
foydalanilmoqda, 
radiouzatkichlarning sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash va ularni boshqarish uchun esa 
mikroprotsessorli qurilmalardan foydalanilmoqda. 
So‘nggi yillarda elektromagnit tebranishlarni shakllantirish va kuchaytirish 
uchun kvant usullari qo‘llanilmoqda. O‘ta yuqori chastotali tebranishlarni 
kuchaytiruvchi asbob – lazerlardan amaliyotda foydalanilmoqda. Millimetrlar va 
submillimetrlar to‘lqin diapazonlarini o‘zlashtirish jadallik bilan olib borilmoqda. 
Elektron asboblarning yangi ishlanmalari, mikroelektronika va integral 
mikrosxemalar sohasidagi yutuqlar radiouzatuvchi qurilmalarning asosiy texnik 


xarakteristikalarini muhim darajada yaxshiladi va shu bilan birga ishonchlilikning 
oshishi va energiya ta’minotining kamayishi bilan bir qatorda, qurilma 
og‘irligining kamayishi va tashqi o‘lchamlarining kichiklashishiga olib keldi. 
Bundan tashqari, radiouzatuvchi qurilmalar nazariyasida ilmiy va texnologik 
muammolarga yangicha yondashish boshlandi. 
1.2. Radiouzatuvchi qurilmalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar 
Radiouzatuvchi qurilma deb antenna orqali fazoda tarqatiladigan yuqori va 
o‘ta yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalovchi (shakllantiruvchi) va ularni 
boshqaruvchi radiotexnik qurilmaga aytiladi. 
Radiouzatuvchi qurilma (RUQ) lar ikkita asosiy vazifani bajarishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, bular yuqori va juda yuqori chastotalar tebranishlarini 
shakllantirish va ularni boshqarish, ya’ni uzatilayotgan xabarga mos 
modulyatsiyalashdir. Quyida asosiy ta’rif va tushunchalar keltirilgan. 
 Axborot – voqea, hodisa yoki ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki ular 
majmuasi. 
 Xabar – u yoki bu axborotga mos keluvchi belgilar (simvollar) to‘plami. 
 Axborot signali – uzatilayotgan xabarni aks ettiruvchi fizik jarayon. 
 Elektr signali – biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrni 
xabarga mos ravishda o‘zgarishi. 
Radiouzatuvchi qurilmalar (qisqacha radiouzatkichlar (RU)) har qanday 
radioaloqa va radioeshittirish tizimining tarkibiga kiradi. Bir kanalli axborot 
uzatish tizimini ko‘rib chiqamiz (1.1-rasm). Rasmdan ko‘rinadiki, axborot uzatish 
tizimi xabar manbai va xabar iste’molchi, uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlardan 
tashkil topgan.
1.1-rasm. Radioaloqa tizimining funksional sxemasi 
Xabar 𝑥(𝑡) manbadan elektrofizik o‘zgartirgich yordamida elektr signali 
𝑢 (𝑡) ga aylantiriluvchi uzatuvchi traktga beriladi. Xabarni elektromagnit 
to‘lqinlar orqali uzatish uchun radiouzatkichda generatsiyalanadigan yuqori 
chastotali tebranishlardan foydalaniladi, elektr signali 𝑢 (𝑡) esa ushbu 
tebranishlarni boshqarish uchun ishlatiladi, ya’ni modulyatsiya amalga oshiriladi. 
Xabar 
manbai 
Elektrofizik 
o‘zgartirgich 
Kodlash 
qurilmasi 
RUQ 
Uzatuvchi trakt
𝑥(𝑡)
𝑢 (𝑡)
Xabar 
iste’molchi 
Teskari 
o‘zgartirgich
Dekodlash 
qurilmasi 
RQQ 
Qabul qiluvchi trakt
𝑥′(𝑡)
𝑢′ (𝑡)


RUQda hosil bo‘lgan yuqori chastotali modulyatsiyalangan tebranish uzatish 
antennasiga (ochiq fazoda tarqatiluvchi elektromagnit maydon energiyasiga 
aylantiriladi) beriladi.
Qabul qilish tomonida qabul qiluvchi antenna qabul qilinayotgan 
elektromagnit maydon energiyasini qaytadan yuqori chastotali tebranish 
energiyasiga aylantiradi. Qabul qilish qurilmasida yuqori chastotali tebranishni 
kuchaytirish va detektorlash natijasida birlamchi elektr signali 𝑢′ (𝑡) ajratib 
olinadi. Undan so‘ng esa teskari elektrofizik o‘zgartirgich yordamida 𝑥′(𝑡) xabarga 
aylantiriladi. Turli xalaqitlarning ta’siri sababli qabul qilingan signal 𝑥′(𝑡) bilan 
belgilanadi.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlardagi kodlash va dekodlash qurilmalari 
har doim ham mavjud bo‘lmasligi mumkin, u holda 1.1-rasmda shtrix chiziq bilan 
ko‘rsatilganidek, elektrofizik o‘zgartirgich chiqishidagi signal RUQ kirishiga, 
RQQ chiqishidagi signal esa teskari elektrofizik o‘zgartirgich kirishiga bevosita 
ta’sir etadi. 
Demak, radiouzatkich radioaloqa tizimining asosiy funksiyalaridan biri – 
yuqori chastotali modulyatsiyalangan tebranishlarni shakllantirish va antennaga 
uzatishni amalga oshiradi.
1.3. Radiouzatuvchi qurilmalarning klassifikatsiyasi 
Radiouzatkichlar vazifasi, foydalanish sohasi, chiqish quvvati, chastotasi, 
modulyatsiya turi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga bo‘linadi.
Vazifasiga 
ko‘ra 
aloqa 
bog‘lovchi, 
telemetrik, 
radiolokasion, 
radionavigasion, radioeshittirish, televizion, radioboshqarish, radioxalaqit va 
boshqa turlardagi RUQlarga bo‘linadi.
Foydalanish sohasiga ko‘ra stasionar yoki mobil (olib yuriluvchi, 
tashiluvchi, aviasion va kosmik bortli) RUQlarga bo‘linadi. 
Chiqish quvvatiga ko‘ra kam quvvatli (100 Vt gacha); o‘rtacha quvvatli (10 
kVt gacha); katta quvvatli (1000 kVt gacha); o‘ta katta quvvatli (1000 kVt dan 
yuqori) RUQlarga bo‘linadi. Yarimo‘tkazgichli asboblarda RUQlar kamquvvatli 
(o‘nlab millivatt), o‘rtacha quvvatli (yuzlab millivatt-o‘nlab vatt), katta quvvatli 
(yuzlab vatt-bir necha kilovtt) RUQlarga bo‘lnadi. 
Ishchi chastotalar diapazoniga ko‘ra Radio bo‘yicha Xalqaro maslahat 
komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra foydalaniladigan chastotalar diapazoniga muvofiq 
(1.1-jadval).
1.1-jadval 
Chastotalar diapazoni klassifikatsiyasi 
Diapazon nomi 
Chastota 
diapazoni 
To‘lqin uzunligi 
diapazoni 
JPCh – juda past chastotalar
(o‘ta uzun to‘lqinli diapazon) 
3...30 kHz 
Miriametrli 
PCh – past chastotalar
(uzun to‘lqinli) 
30...300 kHz 
Kilometrli 


O‘Ch – o‘rta chastotalar
(o‘rta to‘lqinli diapazon) 
0,3...3 MHz 
Gektometrli 
YuCh – yuqori chastotalar
(qisqa to‘lqinli diapazon) 
3...30 MHz 
Dekametrli 
JYuCh – juda yuqori chastotalar 
(ultra qisqa to‘lqinli) 
30...300 MHz 
Metrli 
UYuCh – ultra yuqori chastotalar 
0,3...3 GHz 
Detsimetrli 
O‘YuCh – o‘ta yuqori chastotalar 
3...30 GHz 
Santimetrli 
HTYuCh – haddan tashqari yuqori 
chastotalar 
30...300 GHZ 
Millimetrli 
GYuCh – giper yuqori chastotalar 
300...3000 GHz 
Submillimetrli 
Qurilmaning ishchi chastotalar diapazoni aktiv element va tebranish 
konturining turi bilan aniqlanadi. Yuqori chastotali radiouzatuvchi qurilmarda 
aktiv element sifatida tranzistor, radiolampa va mikrosxemalar, tebranish konturi 
sifatida esa oddiy sig‘im va induktivliklar ishlatiladi. O‘ta yuqori chastotali 
RUQlarda aktiv element sifatida magnetron, klistron, LOV (qaytgan to‘lqin 
lampasi), LBV (yuguruvchi to‘lqin lampasi) lar, tebranish konturi sifatida esa 
volnovodlar va rezonatorlar ishlatiladi. Optik diapazonda esa lazer generetorlari va 
svetovodlar ishlatiladi. 
Modulyatsiya turiga ko‘ra amplituda modulyatsiyali (AM), chastota 
modulyatsiyali (ChM), faza modulyatsiyali (FM) va ularning kombinatsiyalarili 
hamda impulsli RUQlarga bo‘linadi.
Ishlash turi (nurlatish turi) ga ko‘ra telefon, bir polosali, impulsli va boshqa 
RUQlarga bo‘linadi. 
Aktiv elementlariga ko‘ra lampali, tranzistorli, klistronli va boshqa 
RUQlarga bo‘linadi. 
Nazorat savollari
1. Radiouzatuvchi qurilmaga ta’rif bering. 
2. Axborot, xabar, elektr signali tushunchalariga ta’rif bering. 
3. Radioaloqa tizimining funksional sxemasini chizing va ishlash prinsipini 
tushuntiring. 
4. Radiouzatuvchi qurilmalar qanday vazifani bajaradi?
5. Radiouzatuvchi qurilmalar qanday turlarga bo‘linadi? 
6. Chastotalar diapazonining bo‘linishlari va nomlanishlarini aytib bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Nazarov A.M., Tadjiev A.A., Yusupov Ya.T. Radiosignal uzatuvchi 
qurilmalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Fan va texnologiya», 2017, 308 b. 
2. Abduazizov A.A., Davronbekov D.A. Radiouzatish va radioqabul qilish 
qurilmalari. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar, 2011. -272 b. 


3. Pierre Baudin. Wireless Transceiver Architecture. Bridging RF and Digital 
Communications, NJ: John Wiley & Sons, 2015. 
4. Jon B. Hagen. Radio-Frequency Electronics. Circuits and Applications. 
Cambridge University Press, 2009. 
5. Ворона В.А. Радиопередающие устройства. Основы теории и расчета: 
Учебное пособие для вузов. – М.: Горячая линия-Телеком, 2007. 
6. Радиопередающие устройства / Под ред. проф. В.В. Шахгильдяна. – 
М.: Радио и связь, 2006. 
7. Tojiyev A.A. Radiosignallarni uzatuvchi qurilmalar. O‘quv qo‘llanma. 1-2-
qism. – T.: TDTU, 2014, 2015. 
8. Радиочастота спектри, радиоэлектрон воситалар ва электромагнит 
мослашувига оид атамаларнинг русча-ўзбекча изоҳли луғати. «UNICON.UZ» 
ДУК директори А.Файзуллаевнинг умумий таҳрири остида. Тошкент, 2010. 
Internet saytlari 
1. www.all-ebooks.com – интернет-кутубхонаси 
2. www.radio.ru;
3. www.electronic.ru;
4. www.chip.com;
5. www.radiolab.ru 
6. https://studme.org 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling