Microsoft Word 4 O'zbekistonda yong'oq etishtirish imkoniyati va istiqbollari


Download 55.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.02.2023
Hajmi55.05 Kb.
#1232816
Bog'liq
764-769



CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
764 
O‘ZBEKISTONNING YONG'OQ ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATI VA 
ISTIQBOLLARI: SAMARQAND VILOYATI KESIMIDA. 
Ahrorov Farhod 
Avezov Humoyun 
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonning yong‘oq yetishtirish bo’yicha so‘ngi 
yillardagi holati va imkoniyatlari iqtisodiy-statistik tahlil qilinib, uni kelgusida 
rivojlantirish yuzasidan mulohazalar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: yong‘oq ishlab chiqarish, samaradorlik, yong‘oq savdosi. 
Аннотация: В статье приводится экономико-статистический анализ 
текущий состояния и потенциала Узбекистана в области выращивания грецкого 
ореха, а также комментарии по его дальнейшему развитию. 
Ключевые слова: производство грецкого ореха, эффективность, торговля 
орехами. 
Abstract. The article provides an economic and statistical analysis of the current 
condition and potential of Uzbekistan in the field of walnut cultivation, as well as 
comments on its further development. 
Keywords: walnut production, efficiency, walnut trade. 
Kirish. Yong‘oq ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun qulay tabiiy iqlim 
sharoitlari bo‘lgan O‘zbekistonda kuchli potensial resurs bazasiga ega. Mintaqaning 
tuproq iqlim sharoitlari yong‘oq ishlab chiqarishni sanoat darajasida tashkil etishga imkon 
beradi. Yuqori ozuqaviy va iqtisodiy qiymati hamda uzoq vaqt saqlanishi tufayli yong‘oq 
qadim zamonlardan beri intensiv ravishda savdo qilib kelingan [1]. O‘zbekiston sharoitida 
yong‘oq yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari esa nisbatan yangi 
yo‘nalish bo‘lib, mevachilik sohasidagi bir qancha tadqiqotlar tarkibida qisman 
o‘rganilgan xolos. Tabiiy yong‘oq o‘rmonlari, shuningdek, yong‘oq plantatsiyalari 
qishloq joylarda sezilarli darajada bandlikni taʼminlash va daromad olish imkonini 
beradi. Markaziy Osiy va unga tutash mintaqalarda joylashgan baʼzi mamlakatlarda 
tabiiy o‘rmonlardan yong‘oq va boshqa mevalarni yig‘ish, qayta ishlash va sotish 
ko‘pincha norasmiy iqtisodiy faoliyat bo‘lgan bo‘lsada, yong‘oq plantatsiyalarining 
kengayishi plantatsiyalarni boshqarish, yong‘oqni qayta ishlash va savdosida rasmiy 
bandlikning o‘rnatilishiga olib keldi. Markaziy Osiyo mintaqasi barqaror ravishda yuqori 
sifatli yong‘oq, shuningdek, yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ichki va 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
765 
xalqaro bozorlar uchun ishlab chiqarish va sotish imkoniyatiga ega. Ushbu 
imkoniyatlarga parallel ravishda, ishlab chiqarish usullari, yong‘oq daraxt zaxiralari, 
marketing amaliyotlari, standartlashtirilgan tasniflardan foydalanish yoki anʼanaviy 
bozorlarni diversifikatsiya qilish va ularning talablari, yangi bozorlarni izlash kabi 
muammolar saqlanib qolmoqda.Tez buzilmaydigan mahsulotlar orasida yong‘oq 
ko‘chirish va tashish uchun qulay bo‘lgan qattiq qobig‘i bilan mashhur oziq-ovqat 
mahsuloti hisoblanadi. Shuningdek, u 2025 yilga kelib dunyodagi eng ko‘p isteʼmol 
qilinadigan yong‘oqlar qatoriga kiradi va ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Xitoy va 
Amerika Qo‘shma Shtatlari butun dunyoda yong‘oq va uning tutash mahsulotlarini eng 
ko‘p ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilari hisoblanadi. Yong‘oqdoshlar meva berishi 
mumkin bo‘lgan joylar ancha chegaralangan – Yer sharidagi quruqlikning atigi 7% qismi 
bunga mos keladi.
Asosiy qism. O‘zbekiston katta hududi yong‘oq yetishtirishga mos keluvchi kam 
sonli davlatlar qatoriga kiradi (1-rasm). Mamlakatimiz yong‘oq yetishtirishda oxirgi 
yillarda yetakchilar qatoriga kira oldi. Mamlakatimiz yong‘oq yetishtirishda yuqori 
ko‘rsatkich bilan dunyoda 9-o‘ringa ko‘tarilganligi ishlab chiqarish hajmi ancha 
oshganligini anglatsada, yurtimizning tabiiy imkoniyatlaridan oqilona foydalana 
olinmayotganini ko‘rsatadi [2]. Hozir yurtimizda intensiv yong‘oqzorlar yaratishga keng 
sharoit yaratish, fermerlarga kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berish orqali sohani 
rivojlantirishga erishish hamda dunyo bozorlarida munosib o‘rin egallash sari dastlabki 
qadamlar qo‘yilmoqda. 
https://www.nationmaster.com/nmx/ranking/walnuts-production
[3] 
Mintaqadagi yong‘oqchilik tarmog‘i ko‘plab yangi va quritilgan meva-sabzavot 
mahsulotlari bilan bir qatorda asosan eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, shu bois qishloq 
aholisining turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega. Xususan, 
yovvoyi yong‘oq (po‘choq bilan va mag‘izi) savdosi Markaziy Osiyoning qishloq 
joylarida 100 mingdan ortiq aholining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Yong‘oq 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
766 
sotishdan tushgan daromad ularning yillik oilaviy daromadining 40 foizigacha to‘g‘ri 
keladi. Juglans regia L.1- qadim zamonlardan beri odamlar tomonidan qadrlangan daraxt 
turidir. Juglans regianing yovvoyi navlari Markaziy Osiyoning moʻtadil va yarim 
qurg‘oqchil tog‘li hududlarida, Sharqiy va Janubiy Osiyoda, Yaqin Sharq va Kavkaz 
mintaqasida joylashganligi qayd etilgan. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 1 iyundagi qarori bilan O‘zbekistonda 
yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi. Qaror lalmi 
yerlardan foydalanishni rag‘batlantirish va samaradorligini yana-da oshirish, ichki va 
tashqibozorlarda raqobatdosh bo‘lgan yong‘oq ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, 
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong‘oq plantatsiyalarini 
barpo qilish hamda yong‘oq yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv 
texnologiyalarni keng joriy etishga yo‘naltirilgan [4]. O‘zbekiston 
Respublikasida yetishtirilgan umumiy yong‘oq hajmidagi ulushi bo‘yicha Samarqand 
viloyati salmoqli o’ringa ega. 2019-2020 yillarda mamlakatimizda umumiy 146,8 ming 
tonna yong‘oq ishlab chiqarilgan bo’lib shundan qariyb 20 % Samarqand viloyati 
hisobiga to‘g‘ri keladi ( 1-jadval).
2019 (ming tonna) 
2020 (ming tonna) 
Respublika
67,7 
79,1 
Samarqand viloyati 
13,7 
15,6 
O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilgan yong‘oq miqdori haqida ma’lumot [5] 
Shunlardan birgina Samarqand viloyatining o’zida 2019-yilda umumiy 2648 
tonnasi hamda 2020-yilda 974,8 tonnasi eksportga yo’naltirilgan [6]. Oxirgi yillarda 
yong‘oq yalpi hosili sezilarli o‘sib bormoqda. Bunda uning sunʼiy ishlab chiqarilishi yoki 
narxlarning tushishi (bug‘doy yoki boshqa qishloq xo‘jaligida xom ashyolar) kabi omillar 
xalaqit bermaydi. Jahon bo‘ylab yong‘oq mevalarini o‘z ichiga oluvchi sog‘lom va 
foydali ovqatlanishga eʼtibor qiluvchi odamlar ulushi ortib borayotgani sababli bu 
mahsulotga talab oshmoqda. Ekspertlarning yong‘oq bozori tahlili natijalariga ko‘ra, 
oxirgi o‘n yillikda tozalanmagan yong‘oq narxining o‘rtacha yillik o‘sishi 8%, 
tozalangani esa 10% ni qayd etgan. Hatto ekzotik mahsulotlar ham narxning bunday 
barqaror o‘sishini namoyish eta olmaydi. Bundan milliy ishlab chiqaruvchilar afsuski 
yetarlicha manfaat olmayaptilar. Bunday sharoitda iqtisodiyotning istiqbolli tarmog‘ini 
modernizatsiyalashni ko‘p kutish kerak bo‘ladi. Agar moliyaviy oqimlarni ishlab 
chiqaruvchilar foydasiga qayta yo‘naltirish hamda ichki va tashqi bozorlarni 
mutanosiblashtirish va narxlarni yaqinlashtirishga xizmat qiluvchi o‘yin qoidalarini 
o‘zgartirilmasa albatta. O‘zbekistondan bu mahsulotni import qiluvchi dunyoning ko‘p 
davlatlarining o‘zida ham salmoqli hajmlarda yong‘oq yetishtiriladi. Ammo bizdan farqli 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
767 
ravishda asosan ichki bozorda realizatsiya qilinadi. Puldor va sog‘ligi haqida yetarlicha 
qayg‘uradigan xalqlar unchalik sifatli bo‘lmasada, juda arzon o‘zbek yong‘og‘ini ishtiyoq 
bilan sotib oladilar. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining 
taqqoslama maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa va fors ko‘rfazi mamlakatlarida yillik yong‘oq 
isteʼmoli bir kishiga o‘rtacha 4,2-5,6 kg ni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich atigi 
1,8-2,4 kg dan iborat. Ekspertlardan biri muammoning mohiyatini keltirgan – 
O‘zbekistonda yong‘oq yetarli, ammo aholida uni sotib olishga moliyaviy resurslar kam. 
Bu muhit ichki va tashqi bozorda narxlar tafovutini oshiradi hamda mamlakatimizdan 
yuqori daromadli mahsulotni har qanday yo‘l bilan olib chiqishga intilishni kuchaytiradi. 
Jahon bozori konyunkturasi va qulay tabiiy-iqlim sharoitlari milliy yong‘oqchilikni 
rivojlantirishga sharoit yaratadi. Ammo talab yuqori bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish 
va eksport qilishda O‘zbekistonning o‘rni barqaror emas. Bunda ishlab chiqarishdagi 
hamda talabchan isteʼmolchilarga sotishdan oldingi tayyorlash bosqichlaridagi 
nomutanosiblik xalaqit bermoqda. O‘zbekistondagi 18 ta uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan 
amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yig‘ilgan yong‘oqning deyarli 80 foizi sotilgan, atigi 
20 foizi isteʼmol qilingan [7], lekin bunda uy xo‘jaliklari daromadiga qo‘shilgan hissa 
berilmagan. Bularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan milliy va 
xalqaro standartlardan, zamonaviy ishlab chiqarish usullaridan foydalanish, marketing va 
sotish amaliyotini o‘z ichiga oladi. Yong‘oq uyushmasining tashkiliy ishlarida ancha 
siljishlar sezilmoqda. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi 
axborot tushuntirish ishlaridan tashqari o‘z tarkibiga olimlar va amaliyotchilarni jalb 
etgan holda muayyan muammolar yechimiga sezilarli taʼsir etmoqda. Yong‘oq uyushmasi 
tashkil etilgan muddatdan buyon bajarilgan tizimli ishlar to‘laqonli natijalar ko‘rsatdi. 
Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining sohani 
modernizatsiyalash, sanoat usulida yong‘oqzorlar tashkil etish kabi ishlari meva bera 
boshladi. O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va 
diversifikatsiya qilish, uning eksport raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ulkan saʼy-
harakatlarni amalga oshirmoqda, chunki u iqtisodiyotning muhim tarmog‘i hamda 
fermerlar va ko‘plab qishloq oilalari uchun muhim daromad manbayi sifatida qabul 
qilinadi. Biroq, islohotlar salohiyatni oshirish bo‘yicha muhim amallarni talab qiladi va 
qishloq xo‘jaligi savdosining barqarorligini taʼminlash uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi 
amaliyoti, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘simliklarni himoya qilish, shuningdek, xalqaro sifat 
standartlari kabi masalalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Xulosa va takliflar. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yuqori sifatli mahsulotni 
faqat sanoat usulida yetishtirilgan tanlangan navlar ko‘chatlaridan olish mumkin. 
Hududdagi yong‘oqchilik tarmog‘i ko‘plab yangi va quritilgan bog‘dorchilik mahsulotlari 
bilan bir qatorda eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, shuning uchun ham qishloq aholisining 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
768 
turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega. Biroq, potensialni 
ro‘yobga chiqarish bir nechta asosiy komponentlarni ko‘rib chiqish kerak, ulardan biri 
huquqiy va meʼyoriy baza bo‘lsa, ikkinchisi bozorlar va xaridorlar tahlilidir. Bunda 
yig‘ilgan hosilni yaxshi jihozlangan korxonalarda saralash, quritish va zamonaviy shaklda 
qadoqlash kerak. Ammo O‘zbekistonda iqtisodiyotning bu sohasi yetarlicha 
rivojlanmagan. Yong‘oq ishlab chiqarish bilan asosan uy xo‘jaliklari shaxsiy 
tomorqalarida shug‘ullanadi, turli tahlillarga ko‘ra bu yalpi hosilning 80-85% dan ko‘proq 
qismini tashkil etmoqda. Yong‘oqni qayta ishlash va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi 
yirik korxonalarni esa barmoq bilan sanash mumkin xolos. Bu esa yong‘oqning katta 
qismini ishlab chiqarish, tayyorlash va eksport qilish qora bozorga to‘g‘ri kelishini 
bildiradi. Yong‘oq yetishtirish tog‘li hududlarda mahalliy aholining turmush 
farovonligini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi va shuning uchun uni rivojlantirishga 
sarmoya kiritish juda muhimdir. 
Adabiyotlar: 
1. P., Malhotra S. World edible nuts economy. s.l. : Concept Publishing Company, 
2008.
2. https://www.fao.org/faostat/ru/#data/QCL/visualize 
3. https://www.nationmaster.com/nmx/ranking/walnuts-production 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Yong‘oq ishlab 
chiqaruvchilar vaЗ eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini 
tashkil etish to‘g‘risda”gi Qarori. Xalq so‘zi 2017 yil 17 yanvar. 
5. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2
6. https://samstat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2 
7. Livelihood implications of in situ-on farm conservation strategies of fruit species in 
Uzbekistan. Gotor, Elisabetta , et al. 2278, s.l. : Springer, 2018 йил, Agroforestry 
Systems, Vol. 92, pp. 1253–1266. 
8. OLIM, M., ABLAQULOVICH, I. G., & UGLI, K. A. M. Service Provision And 
Development In Agriculture. International Journal of Innovations in Engineering 
Research and Technology, 7(07), 84-88. 
9. Hasanov, S., Ahmed, M. N., Ganiev, I., & Murtazaev, O. (2012). Cotton in our 
Ears: Water, Agriculture, and Climatic Change in the Post Aral Context. 
In Disaster by Design: The Aral Sea and its Lessons for Sustainability. Emerald 
Group Publishing Limited. 
10. Murtazaev, O. (2009). Methodological issues of efficiency of cotton complex 
(Doctoral dissertation, Thesis of the scientific degree competition of doctor). 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
769 
11. Ahrorov, F., Murtazaev, O., & Abdullaev, B. (2012). Pollution and salinization: 
compounding the Aral Sea disaster. In Disaster by Design: The Aral Sea and its 
Lessons for Sustainability. Emerald Group Publishing Limited. 

Download 55.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling