Microsoft Word 8-amaliy Diskret namunalash
Download 347.37 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Амалий Diskret namunalash (nuqtali, gorstli va shtufli usullar)
Diskret namunalash (nuqtali, gorstli va shtufli usullar) Ishdan maqsad – amaliy mashg‘ulotda talabalar namuna olishni usullarini o‘rganadilar. Namunalashning nuqtali usuli. O‘lchamlari 1,5–3 sm va massasi 10–20 g. ba’zan 50 g.gacha bo‘lgan (qichik o‘lchamli) bo‘lakchalardan tashkil topgan, butun xolda ma’danning bir qator nuqtalaridan olingan nuqtali namuna materiali. Tadqiq qilinadigan komponentlarning tarqalish harakteriga bog‘liq ravishda ma’lum tizim bo‘yicha kichik o‘lchamli namunalarning olish nuqtalari joylashadi. Agar namunalar olish maydoni doirasida komponentlar miqdorining o‘zgaruvchanligi har ikki yo‘nalish bo‘yicha ham bir xil bo‘lsa, unda kichik o‘lchamli namunalar kvadrat to‘rlar bo‘yicha olinadi, agar o‘zgaruvchanlik bashqasiga nisbatan bir yo‘nalish bo‘yicha katta bo‘lsa, unda to‘g‘ri to‘rt burchak, ba’zan esa rombik tarmoqlar qabul qilinadi(17-rasm). Namuna olish nuqtalari to‘rning tugunlarida joylashgan bo‘ladi. Burdalar zubila va bolg‘a yordamida sindirib olinadi. 22-расм. Shtrek zaboyidan nuqtali usulda namunalar olish. Namunalash to‘rlari: a-kvadratli; b-to‘g‘ri to‘rtburchakli; v-rombik. 1-ma’danli tana; 2-ma’dan qamrovchi jinslardan namunalar olingan nuqtalar; 3-ma’danlashgan zonadan namunalar olingan nuqtalar. Namunani tashkil etuvchi burdalar soni 10 tadan 20 tagacha ba’zan, undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 23-расм.Ўта нотекс тарқалган мономинерал агрегатли дағал доғли маъданларни намуналашда нуқтали наъмуналаш усули 24-расм. Жўякли намуналаш. а-тўғри кесмада; б-узуқ чизиқли; в- ҳажмли Kichik o‘lchamli burdalar orasidagi masofa komponentlarning bir tekis tarqalmaganligiga bog‘liq: kvadratli to‘rlarda u 10 X 10 sm yoki 20 X 20sm.ga, ba’zan 50 X 50 sm.ga teng, to‘g‘ri to‘rtburchakli to‘rlarda esa 10 X 20 sm yoki 20 X 40 sm.bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p burdalar olinadi. Namunalarning umumiy massasi burdalarning soniga va massasiga teng bo‘ladi va 0,2 – 2 kg. atrofida o‘zgarib turadi. Nuqtali usulda olingan namunalarning ishonchliligi burdalar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi(23-rasm). Ushbu usul uchun yaxlit va xol-xol, shu jumladan, monomineral agregatlarda ma’lum bir qonuniyat kuzatilmaydigan tarqalishga ega bo‘lgan mayda tomirchali–xol–xol, yupqa yo‘l–yo‘lchali va dag‘aldog‘li teksturalar qulay teksturalar hisoblanadi. Oxirgi xolatlar uchun burdalar olish usuli jo‘yakli usulga nisbatan ishonchli natijalar beradi(24-rasm). Ammo, juda mo‘rt ma’danli minerallardan tashkil topgan darzli ma’danlarda hamda dag‘al yo‘l- yo‘lchali teksturalarga ega bo‘lgan ma’danlarda yo‘l–yo‘lchalar kengligi namuna zarrachalari orasidagi masofaga yaqin bo‘lganda niqtali usul tizimli hatoliklarga olib kelishi mumkin. Bu usulni turli qovushqoqlikka ega bo‘lgan murakkab minerallardan tarkib topgan ma’danlar uchun ham qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki namuna tarkibida qovushqoq minerallarning ortib ketishi hisobiga tizimli hatoliklar yuzaga keladi. Nuqtali usul yuqori unimdorlikka ega, ammo ishonchliligi bo‘yicha jo‘yakli usuldan keyingi o‘rinda turadi, shuning uchun u o‘rta va katta qalinlikdagi ma’danli tanalardan tashkil topgan konlar ekspluatatsiyasida tog‘-tayyorlov va tozalash lahimlarini namunalash uchun eng samarali hisoblanadi. Bu usulning yuqori samaradorlikka egaligi namuna materialini sindirib olinishidadir. Namunalashning gorstli usuli. Tog‘ masssini texnologik (sindirib olingan) namunalashda qo‘llaniladi. U amalda nuqtali usuldan farq qilmaydi. Har ikkala usul ham kimyoviy namunalash bilan bog‘liq. Namunalashning shtufli usuli. Bu usuldan texnik va mineralogik namunalash maqsadida foydalaniladi. Shtufli namunalarning massasi 1-2 kilogramm bo‘lib, ma’danlar va yondosh jinslarni mikroskopik o‘rganish maqsadida shaffof va anshliflar tayyorlash uchun olingan yaxlit bo‘laklardir. Ushbu namunalash usuli keng tarqalgan usul bo‘lib, qidirish ishlarida (metallometrik sur’atga olish ishlarini o‘tkazishda) birlamchi geokimyoviy oreollarni aniqlash uchun, razvedka ishlarida foydali qazilmalarning mineralogik tarkibini, petrografik hususiyatlarini va ba’zi-bir fizik hossalarini(hajmiy og‘irligini, g‘ovakligini, namligini, mustahkamligini va x.k.) o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Agar foydali qazilma tanasi murakkab tuzilishga ega bo‘lsa, unda shtuflarni har bir ma’dan turining tarqalganlik darajasidan kelib chiqib proporsional ravishda olish lozim. Shtuflar turi ularning mineral tarkibi va tekstura–struktura hossalari bo‘yicha vizual aniqlanadi. Qoidaga ko‘ra, shtufli usul ma’danlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish va ma’danli tanalarni konturlash uchun yaraqsiz, chunki shtuflarni olishda subyektivlikka yo‘l qo‘yiladi, bu esa namunalar olishda ma’lum darajada noaniqliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Faqat ayrim hollarda, masalan, ma’danlashish o‘ta teng tarqalgan hollarda shtufli usul ma’danning kimyoviy tarkibi to‘g‘risida ba’zi bir tasavvurlarni berishi mumkin. Shtufli usulning yutuqlari: aniqlashning juda tezlikda amalga oshirilishi va yuqori unimdorlikga egaligidir(tog‘ lahimlarini qazish harakati to‘xtatilmaydi). B urg‘i quduqlari ni na munal as h chiziqli usulga yaqin bo‘lgan usulda amalga oshiriladi. Kolonkali burg‘ilashda namuna kerndan, u yetarli yoki umuman bo‘maganda–shlamdan olinadi. Tog‘ jinslari yoki ma’danlarning ustuni hisoblangan kern gidravlik yoki mexanik zarba ta’sirida o‘qi bo‘ylab ikkiga bo‘linadi. Namunalash hajmi kichik bo‘lganda kern bolg‘a yordamida parchalanishi mumkin. Kern ustunining birinchi yarimi namuna uchun olinadi, ikkinchisi esa dublikat sifatida saqlanadi. Namuna qirqish va teshish usuli yordamida ham olinishi mumkin. Kernni qirqishda uning bo‘ylama o‘qi bo‘ylab saqlash uchun segment kesib olinadi. Qirqilgan material kimyoviy namuna sifatida foydalaniladi, kernning qolgan qismidan boshqa turdagi tahlillar uchun foydalanish mumkin. Teshish usuli yordamida tuzli jinslarning kernidan namunalar olinadi. Burg‘i quduqlari ma’danli tanalar yo‘nalishiga ko‘ndalang mo‘ljallanganligi sababli ularning uchrash burchagi 30° dan kam bo‘lmasligi tufayli butun oraliqdagi kern namunalanadi. Namunaning uzunligi ma’danli tanalar qalinligi va ichki tuzilishi, sifat tarkibining o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ma’danli tanalar qalinligi katta bo‘lganda u 2 dan 5 m gacha boradi. Konlarni zarba-kanatli burg‘i quduqlari yordamida razvedka qilishda shlamdan namuna olinadi. Ochiq usulda qaziladigan konlarining ekspluatatsion razvedkasida uning asosiy vositasi portlatish, sharoshkali yoki pnevmozarbali burg‘ilash hisoblanuvchi burg‘i quduqlaridan namuna shlamdan yoki burg‘ilash changidan olinadi. Burg‘i quduqlarini havo-suvli aralashma bilan tozalashda namunalash mahsus shlamtutgichlar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘lda yoki mexanik aylanma - zarbali usulda burg‘ilashda namuna olish jelonka, qoshiq, parma, mahsus namunaolgich va tuproq so‘rgichlar yordamida amalga oshiriladi. Namuna olish parametrlariga namunaning geometriyasi va massasi, ular orasidagi masofa va olingan namunalarning umumiy soni kiradi. Namuna olish nuqtalari orasidagi masofa ma’danlashuvning o‘zgaruvchanlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Variatsiya koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, bu masofa shuncha kichik bo‘ladi. Odatda namunalar orasidagi masofa ma’danli tanalar yo‘nalishiga mo‘ljallangan chiziqli kesim bo‘yicha aniqlanadi. Ma’danli tana o‘zining qalinligi bo‘yicha lahimlar kesmasi ichiga to‘g‘ri kelgan hollarda, namunalash zaboyning siljish qiymatiga nisbatan karrali masofalarda amalga oshiriladi. Foydali komponent juda notekis taqsimlanganda zaboy har bir portlatishdan so‘ng, ya’ni har 1,5-2 metrdan namunalar olinadi; ma’danlashuv notekis bo‘lganda - 4-6 metrdan, tekis bo‘lganda - 6-15 metrdan va juda tekis bo‘lganda - 15-50 metrdan namunalar olinadi. Qalinligi va shtrek kesmasining o‘lchamlari ancha katta bo‘lganda o‘rtacha namunalash to‘ri bilan razvedka to‘ri bir xil bo‘ladi, chunki namunalanishi lozim bo‘lgan qalinligi bo‘yicha to‘liq kesilgan ma’danli tanalar razvedka qirqimlariga mos tushadi. Bu mahsuldor yotqiziqlar yotishi (kengligi) bo‘yicha qazilgan lahimlarni namunalashga ham taalluqli. Kichik qalinlikdagi tanalar bo‘yicha olib borilgan qazish ishlari davomida devorlari har 5-10 metrda namunalanadi. Download 347.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling