Microsoft Word Sifat menejmenti ma'ruzlar kursi 4 semestrga


Download 175.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana03.11.2022
Hajmi175.55 Kb.
#898592
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-MAVZU. SERTIFIKATSIYALASH ASOSLARI.
1.2-Laboratoriya ishi.Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish, antirabik vaktsinaning sterilligi bezararligi reaktogenligi va immunogenligini organish, common-machine-learning-algorithms, antirabik vaktsinaning sterilligi bezararligi reaktogenligi va immunogenligini organish, networksec, Бухоро вилояти Коракул туманидаги ижара, Magnit oqimi. Induksiya. Induktivlik, PYTHON DASTURLASH TILI, 2 5199926156626758021, The charts below show the percentage in ownership of electrical appliances and amount of times spent doing housework in households in one country between 1920 and 2019, 8-9-10, css3-cheat-sheet, amaliyot kundaligi , osmir va ospirinlardagi xavotirlanish darajasining ortishi suitsidal xulqni keltirib chiqaruvchi omil sifatida-3, Worksheet Task 4


AndMI, SIChTE kafedrasi, “Sifat menejmenti” fanidan ma’ruzalar kursi/
“Menejment” yo`nalishi 2-kurs 4-semestr/ 2022 yil.
Tayyorladi: Mirzayev Sarvarbek A. 
28 
12-MAVZU. SERTIFIKATSIYALASH ASOSLARI. 
 
REJA: 
12.1. Sertifikatlash – mahsulot sifatiga kafolat berish formasi sifatida.
12.2. Sertifikatlashning maqsadi va vazifalari. Sertifikatlash qoidalari.
12.3. Muvofiqlik haqida ariza. Muvofiqlik attestatsiyasi. Muvofiqlik sertifikatsiyasi. 
Muvofiqlik sertifikati. Muvofiqlik belgisi. Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash. 
O`z-o`zini sertifikatsiyalash.
12.1. Sertifikatlash – mahsulot sifatiga kafolat berish formasi sifatida. 
1970-1980 yillarga kelib ko`p davlatlarning olimlari va mutaxassislari faqat tayyor 
mahsulot sifatini tekshirish yo`li bilan sifatga kafolat berib bo`lmaydi degan xulosaga 
keldilar. 
Iste’molchilarning huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish to`g’risidagi qonun 
1996- yil 26- aprelda qabul qilingan bo`lib, O`zR 05.04.2002 y. 364-II-son qonuni, 
O`zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonunida mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq bir 
qator o`zgartirishlar kiritilgan, qonunning 11-moddasi ―Ishlab chiqaruvchi 
(ijrochi)ning kafillik majburiyatlari bo`lib, uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi 
tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. 
Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko`rsatilgan kundan boshlab 
hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo`lmasa, bu muddat tovar 
ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. 
Kafolat muddati - tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi) 
normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish 
jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o`tib va h.k) bajarish vaqti tarzida 
belgilangan muddati bo`lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti 
tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo`lsa, tovarning 
(xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini 
kafolatlaydi va ta’minlaydi. 
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu 
jumladan butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo`llanilishini, ulardan 
foydalanilishini) ta’minlashi shart.
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
belgilanmagan bo`lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo`lmasligi lozim.
Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat 
ko`rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda 
ko`rsatiladi.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida 
foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tovarning ta’mirlanishini va unga texnik xizmat 
ko`rsatilishini tashkil etishi, tovarni ishlab chiqarish muddati mobaynida hamda u ishlab 
chiqarishdan olib tashlanganidan keyin tovarning xizmat muddati mobaynida, bunday 
muddat bo`lmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarishdan olib tashlangan paytdan 


AndMI, SIChTE kafedrasi, “Sifat menejmenti” fanidan ma’ruzalar kursi/
“Menejment” yo`nalishi 2-kurs 4-semestr/ 2022 yil.
Tayyorladi: Mirzayev Sarvarbek A. 
29 
e’tiboran o`n yil mobaynida etarli hajmda va turda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi 
hamda savdo va ta’mirlash tashkilotlariga yetkazib berishi shart. 

Download 175.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling