Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com



SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
1
O’lmas UMARBEKOV 
 
SAYLANMA 
Birinchi jild 
 
 
 
 
Tohir Malik 
«QIYOMAT QARZ» 
 
«Bunchalar shirinsan, hayot!» 
O’lmas Umarbekovning asarlarini o‘qiy turib shunday deb hayqirging keladi. 
«Bunchalar beshafqatsan, hayot!» 
O’lmas Umarbekovning qalbida tug‘ilib, qog‘ozga ko‘chgan asarlarni o‘qib bo‘lgach, beixtiyor 
shunday deb yuborging keladi. 
«Bunchalar makkorsan, hayot!» 
O’lmas Umarbekovning hayot so‘qmoqlarida adashgan qahramonlari bilan tanishgach, «makr va 
muhabbatning ildizlari qayda ekan?» deb o‘ylay boshlaysan. 
Yozuvchining ellik yil muqaddam yozgan ilk hikoyasidan boshlab to so‘nggi satrlarigacha — 
hamma-hammasini oddiy asar emas, balki avlodlarga vasiyatnoma sifatida qabul qilmoq durust. 
Yozuvchi hayot haqidagi mulohazalarini o‘nlab qahramonlarining takdirini bayon qilish bahonasida 
o‘quvchi diqqatiga havola etgan. 
O’lmas Umarbekov kalamiga mansub asarlarning qahramonlari — turli fe’l-atvorga, turli taqdirga 
ega turli davrlarning kishilari. Lekin adibning qalbi ularni bir nurli nuqtada birlashtirib turadi. Bu 
qahramonlar — ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog‘inuvchilar, zulm yoki beshafqatlik 
qarshisida bo‘yin egmovchilar —_bularning barcha-barchasi yozuvchi yuragida tug‘ilgandir. 
Yozuvchining bu qahramonlari huddi o‘ziga o‘xshaydi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmas. O’lmas 
Umarbekov hamma qatori hayotning achchiq-chuchugini totgan, xiyonatni, shafqatsizlikni
munofiqlikni ham ko‘rgan, ammo bu kabi illatlar qarshisida ojiz qolmagan, yaxshilikka ishongan, 
haqiqatga suyangan edi. «Odam bo‘lish qiyin», «Fotima va Zuhra» kabi romanlarni yoki «Sevgim, 
sevgilim», «Yoz yomg‘iri», «Jo‘ra qishloq» kabi qissalarni, yuzga yaqin hikoyalarini o‘qiymizmi yoki 
«Shoshma, Quyosh», «Qiyomat qarz», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni» singari sahna asarlarini 
tamosha qilamizmi, Abdulla, Gulchehra, Oypopuk, Munisxonlar, Sanobar Kamolova, hatto yoshini 
yashab qo‘ygan qariyalar ham hayotdan umidlarini O’zishmaydi. Ba’zan xato qiladilar, ba’zan 
mag‘lub bo‘ladilar, gohida g‘oliblik mayidan mast bo‘ladilar. Shunda ham yashamoq lazzatini boy 
bermaydilar. Ezgulikka, ozod hayotga faqat to‘g‘rilik yo‘li bilan bormoqlik mumkin — O’lmas 
Umarbekovning barcha asarlariga ana shunday shior munosib. 
Gulzorda har bir gulning isi o‘zicha bo‘lgani kabi, adabiyot olamidagi har bir adibning faqat o‘ziga 
xos ovozi mavjuddir. O’lmas akaning asarlarini boshqalarnikidan farqlab, ajratib olish qiyin emas. 
Tepasiga adibning nomlari yozib qo‘yilmasa ham bu hikoyani yoki romanni aynan O’lmas Umarbekov 
yozganligini zukko kitobxon darrov biladi. O’lmas aka ijodining boshqalardan farqlantirib turadigan 
jihati — samimiylikda ko‘rinadi. 
O’lmas aka hayotda samimiy bo‘lganlar, atrofidagilarga ishonganlar, odamlarni toifalarga, navlarga 
ajratmaganlar. U kishining eng sevgan so‘zlari — «AZIZIM» edi. O’lmas aka yoqtirmagan, g‘ashlarini 
keltiruvchi odamga ham «azizim» deb murojaat qilardilar. Bu xislatni asarlaridagi qahramonlariga 
munosabatda ham ko‘ramiz. Yozuvchi o‘zlari sevgan qahramonlarga ham, asardagi serillat odamlarga 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling