Mikrobiologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
2
lozim. Zich oziqa muhitida nozik, mayda, rangsiz, bortib chiqqan S shaklida, yaltiroq koloniya hosil qilib osadi. Turli xil omillar tasirida R shakliga otishi mumkin. Antibiotik tasirida L shakliga otadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanish hosil qiladi. Brucellalar tovuq embrionidagi sariqlik qopchasida yaxshi osadi. Brutsellalar vodorod sulfiti, fuksin va tionin muhitlarida osishiga kora farqlanadi. Fermentativ xossasi. Brutsellalar Driboza. Dgalaktoza, alanin, asparaginlarni parchalaydi. Ayrim shtammlari aminokislotalarni amiakkacha gidrolizlaydi. Brutsellalar gialuronidaza, katalaza, peroksidaza, liðaza, fosfataza fermentlarini hosil qiladi. Toksigenligi. Brutsellalarning patogenlik tasiri endotoksiniga qarab aniqlanadi. Bundan tashqari, ular allergik xossaga ham ega. Antigenligi. Brutsellalar ikki xil somatik A va M antigenini saqlaydi. Bu antigenlar bakteriyalar turiga xosdir, ular mikrob hujayrasining tarkibiga kiradi va turli xil nisbatda boladi. Br. melitensisda M antigeni, Br.abortus bovis va Br.suisda A antigeni ustun turadi. Bundan tashqari, ularda Vi antigeni ham aniqlangan. Chidamliligi. 100°C harorat tasirida shu zahoti, 8085°C da 5 daqiqadan song, 60°C tasirida 30 daqiqadan song oladi. Past haroratga chidamli. Tik quyosh nuri mikroblarga halokatli tasir korsa- tadi. Nam sharoitda 34 oygacha, sut mahsulotlarida 4045 kun- gacha, muzlagan goshtda 5 oygacha, tuproq va suvda 35 oygacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga (xlorli ohak, lizol, kreozin, karbol kislotasi, formalin, sulema) juda sezgir. Patogenligi. Brutselloz bilan asosan qishloq xojalik hayvonlari mayda va yirik shoxli hayvonlar, chochqa, kiyik va boshqa hayvonlar kasallanadi. Har bir tur mikrob oziga xos kasallik keltirib chiqaradi. 242 Lekin brutsellalar bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga yuqishi mumkin. Masalan, Br.abortus bovis mayda shoxli hayvonlarni ham zararlashi mumkin. Kasallikning asosiy belgilari shuki, hayvonlarning urgochilarida bola tashlash, erkagida orxitni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ularda bogimlar shikastlanadi, ozib ketadi, juni tokiladi va boshqa belgilar yuzaga keladi. Brutselloz yopiq shaklda ham otishi mumkin, bu esa infeksiyaning tarqalib ketishiga sabab boladi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar va dengiz chochqa- chalari ularga sezuvchan. Ular zararlangandan song bola tashlash, ozish, junlarining tokilishi kuzatiladi. Sichqonlarda septitsemiya yuzaga kelishi mumkin. Infeksiya manbai. Odam uchun infeksiya manbai bolib yirik va mayda shoxli hayvonlar hisoblanadi. Odam brutselloz tarqalishida epidemiologik ahamiyatga ega emas. Tarqalish yoli. Maishiy kontakt, alimentar, havo-tomchi yoli orqali tarqaladi. Kontakt yoli orqali, yani hayvonlarni boqqanda, goshtini bolganda yuqishi mumkin. Havo changi orqali ham, yani hayvonlar junini qayta ishlaganda yuqadi. Brutsellalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni, sut va sut mahsulotlarini istemol qilish natijasida alimentar yol orqali yuqadi. Patogenezi. Organizmga kirish darvozasi bolib ogiz va burun shilliq qavati va jarohatlangan teri hisoblanadi. Organizmga tushgan brutsellalar limfa yoli orqali limfa tuguniga tushadi, bolinib kopayadi. Limfa yolidan qonga soriladi. Qon bilan butun organizmga tarqaladi, suyak komigida, jigarda, taloqda joylashadi. Tayanch-harakat azolarida, periferik nerv va jinsiy azolar tizimida yalliglanish jarayoni rivojlanadi. Mustahkam ornashgan antigenlar atrofida granulemalar hosil qiladi. Brutsella qonga otib qaytalash (retsediv)ni yuzaga keltiradi. Yashirin davri 13 hafta davom etadi. Birlamchi latent, otkir septik, septik-metastaz, birlamchi, surunkali, ikkilamchi surunkali, ikkilamchi latent, brutsellozdan keyingi asoratlar farq qilinadi. Brutsellozda koproq qov (70 %), qoltiq osti (63 %) va jag osti (29 %) limfa bezlari zararlanadi. Osteoxondritlar, miozitlar, artritlar va osteoartritlar rivojlanadi. Markaziy nerv tizimi meningit, ensefalit, miyelit, ensefalomeningit korinishida zararlanadi. Kasallikning surunkali shakli remissiya (tinch davri), retsediv davri va kuchayish davrlari bilan almashinib turadi. Qayta takrorlanish davrida yangi metastazlar yuzaga keladi yoki eski manbalar kopayadi. Brutsellozdan sogayish bir necha oydan 33,5 yilgacha. Sogayish klinik, bakteriologik, anatomik davrlarga bolinadi. Reinfeksiya 212 yildan song yuzaga kelishi mumkin. Immuniteti. Kasallikdan song hujayraviy agglutinin va komplement boglovchi antitelolar hosil boladi. 243 Profilaktikasi. Qishloq xojaligida hayvonlarni nazorat qilish. Sut va gosht kombinatlarini nazorat qilib turishdan iborat. Maxsus profilaktikasi. Brutsella abortusning 19BA shtammini saqlovchi tirik vaksina bir marta teri ustiga yuboriladi. Revaksinatsiya 812 oydan song olib boriladi. Davosi. Levomitsitin, eritrin antibiotiklari bilan davolanadi. Brutselloz immunoglobulini beriladi. 1. Brutsellozning qanday turlarini bilasiz? 2. Brutsellalar qanday muhitlarda rivojlanadi? 3. Brutsellozning patogenligi nimaga bogliq? MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH TEKSHIRISH MATERIALI 1. Qon. 2. Orqa miya suyuqligi. 3. Suyak komigi. 4. Siydik. 5. Kokrak suti. 6. Murdadan material. Tekshirish materialini toplash Qon bilak venasidan 510 ml hajmda steril sharoitda olinadi. Gemokultura usulida tekshiriladi. Qon barmoqdan 12 ml hajmda olinadi. Siydik steril kateter yordamida steril idishga olinadi. Kokrak suti steril idishga yigiladi. Orqa miya suyuqligi steril igna yordamida steril idishga olinadi. Suyak komigi steril shpris yordamida steril idishga toplanadi. Asosiy tekshirish usullari 1. Serologik. 2. Allergik. 3. Biologik. 4. Bakteriologik. Bakteriologik usul. Kasallikning birinchi kunlarida tana harorati kotarilgan davrda bemor bilak venasidan 1015 ml hajmda qon olinadi. Qon bemorni antibiotik bilan davolashdan oldin olinadi. Qon (100200 ml hajmli idishga) 3050 ml qiyshiq agar va 2530 ml shorva ? Nazorat uchun savollar 244 qoshilgan muhitga 5 ml.dan solib chiqiladi. Birinchi flakondagi muhitni karbonat angidridi kop bolgan sharoitda qoldiriladi, ikkinchisi esa termostatda 37°C haroratda qoldiriladi. 4 kundan song olib tekshiriladi. Agar koloniyalar osmagan bolsa, yana qoldiriladi. Agar muhit istida mayda, rangsiz, bortib chiqqan koloniyalar hosil bolsa, stereoskopik mikroskopda yoki oddiy mikroskopning kichik obyektivida organiladi. Agar bir oy ichida koloniyalar aniqlanmasa, zich oziqa muhitiga ekilib nazorat qilinadi. Osgan kulturani farqlash uchun surtma preparat tayyorlanadi, boyaladi va mikroskop ostida tekshiriladi. Song buyim oynachasi ustida maxsus zardob yordamida agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Qaytalagan va surunkali shakldagi bemorlarning suyak komi- gidan va limfa tugunidan punktat olinadi va zich oziqa muhitiga ekiladi. Shubhali koloniya hosil bolsa, surtma preparat tayyorlab, aggluti- natsiya reaksiyasi qoyib organiladi. Serologik usul. Rayt reaksiyasi. Bemorning barmogidan 12 ml qon olinib, zardobi ajratiladi va kengaytirilgan hajmiy agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Bemor qon zardobi 1:25 dan 1:1600 gacha suyultiriladi, antigen sifatida brutsella olik kulturasi diagnostikumi olinadi va barcha probirkalarga 2 tomchidan solib chiqiladi. Termostatda 37°C haroratda 18124 soat qoldiriladi. Diagnostik titri 1:100, 1:200 hisob- lanadi. 1:400 reaksiya musbat bolsa, ota musbat, deb javob beriladi. Taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi (Xedelson reaksiyasi, 29-jadval). Har birining kattaligi 4x4 sm keladigan 6 ta tortburchakka bolingan, tozalangan, yogsizlantirilgan oynacha olinadi. Chap tarafdan birinchi tortburchakdan boshlab, raqamlar qoyib chiqiladi va mikropiðetkada tekshirilayotgan zardobdan 0,08; 0,04; 0,02; 0,01 ml nazorat zardo- biga («NZ») 0,02 ml.dan solinadi. «NZ» dan tashqari, barcha tortbur- chaklarga 0,03 ml diagnostikumdan solinadi, nazorat diagnostikum «ND» tortburchagiga ham undan 0,03 ml solinadi. «NZ» va «ND» tortburchaklariga 0,03 ml fiziologik eritma solinadi. Tomchilarni kichik dozadan boshlab, shisha tayoqcha yoki uchi kavsharlangan piðetka bilan aralashtiriladi. 29-jadval Xedelson reaksiyasi t n e y i d e r g n I a b i rj a T t a r o z a N 1 2 3 4 » Z N « » D N « b o d r a Z 8 0 , 0 4 0 , 0 2 0 , 0 1 0 , 0 2 0 , 0 n e g it n A 3 0 , 0 3 0 , 0 0 , 0 3 0 , 0 3 0 , 0 a m ti r e k i g o l o i z i F 3 0 , 0 3 0 , 0 245 Oynachani spirt alangasida biroz isitiladi. Agar antigen va antitelo bir-biriga mos bolsa, birinchi daqiqadayoq donador havorangli chokma hosil boladi. Uzogi bilan 8 daqiqagacha kuzatish mumkin. Sezgir reaksiyalardan yana biri bevosita gemagglutinatsiya reaksiyasi hisoblanadi. Diagnostikum sifatida brutselloz eritrotsitlar diagnostikumidan foyda- laniladi. Allergik usul (Byurne sinamasi). Bilakning ichki tomoniga, teri ichiga 0,1 ml brutsellin (13 haftalik brutsella kulturasining bulyondagi filtrati) yuboriladi. 2448 soatdan song natija oqiladi. Agar 4x6 sm kenglikda qizarish va shish hosil bolsa, reaksiya musbat deyiladi. Biologik usul. Sinamani oq sichqonlar yoki dengiz chochqa- chalarida otkaziladi. Tekshirish materiali chov qismining teri ostiga yuboriladi. Bu usul infeksion jarayonning limfa tugunida qanday kechishini toliq organish uchun xizmat qilishi mumkin. Hayvonlar kasallanib nobud bolgandan song ularni yorib, oziqa muhitlarga ekib organiladi. 1. Bemordan tekshirishga qanday material olinadi? 2. Tekshirish qanday usullarda olib boriladi? 3. Serologik usulda qanday reaksiyalar qoyiladi, tushuntirib bering. 4. Biologik sinama qanday hayvonlarda olib boriladi va qanday otkaziladi? 30-bob. KUYDIRGI (SIBIR YARASI) QOZGATUVCHISI Kuydirgi odam va hayvonlarda uchraydigan otkir infeksion kasallik bolib, ogir intoksikatsiya, teri qoplamlari va limfa apparatining ishdan chiqishi bilan kechadi. Kuydirgi qozgatuvchisi Bacillus anthracis Bacillacae oilasiga, Bacillus avlodiga kiradi. U qadimgi kasallik bolib, unga «authrax» komir nomi Giðpokrat tomonidan berilgan. Hozirgi nomini esa 1788-yili rus shifokori S. Andreyevskiy taklif etgan. U oziga kuydirgi qozgatuvchisini yuqtirib, kasallik qozgatuvchisini hayvondan odamga yuqishini isbotlagan. 1849-yili Pallendor qozgatuvchining barcha xossalarini, 1878-yili R. Kox sof kulturasini ajratib, uni hayvonlarga yuqtirgan va spora hosil bolishini kuzatgan. L. Paster 1881-yili kuydirgiga qarshi vaksinani ishlab chiqdi. Morfologiyasi. Qozgatuvchi yirik tayoqchasimon bakteriyalar bolib, 6x8x11,5 mkm kattalikda, chetlari chort kesilgan. Gram- musbat boyaladi. Surtma preparatda juft-juft yoki qisqa zanjirsimon ? Nazorat uchun savollar 246 bolib joylashadi. Oziqa muhitida osgan mikrob kulturasidan surtma preparat tayyorlab korilganda, ular uzun zanjirsimon bolib joylashadi. Harakatsiz, bir nechta batsillalarga yoki zanjirga umumiy bolgan kapsula hosil qiladi. Spora hosil qiladi, ovalsimon shaklda bolib, markaziy joylashadi. Spora kislorodli sharoitda 3040°C da yaxshi hosil boladi. 43°C dan yuqori va 15°C dan past haroratda spora hosil bolishi toxtaydi. Spora hosil bolganda, hujayra devori parchalanib ketadi va spora alohida holda tashqi muhitga tushadi. Kultural xossasi. Kuydirgi qozgatuvchisi fakultativ anaerob, oziqa muhitiga talabchan emas, 3538°C haroratda pH 7,27,6 da yaxshi osadi. GPAda yirik, chetlari notekis R shaklidagi koloniya hosil qilib osadi. Koloniya chetlaridagi iðchalar koloniyaga sher boshini eslatuvchi shakl berib turadi. R shaklidagi koloniyalar virulent hisoblanadi. Eski kulturalarda esa S shaklli koloniyalar hosil boladi va ular virulentli hisoblanadi. Gosht-peptonli shorvada (GPSH) probirka tubida paxtaga oxshash chokma hosil qiladi. Muhit tiniq qoladi. Fermentativ xossasi. Kuydirgi batsillasi fermentativ xossasiga kora, faol. Saxarolitik xossasiga kora, glukoza, laktoza, maltoza, levuleza va boshqa uglevodlarni kislotagacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga kora, jelatinni tonkarilgan archasimon holda suyultiradi, sutni ivitadi va peptonlaydi. Vodorod sulfiti va ammiak hosil qiladi, nitratni nitritga tiklaydi, kraxmalni gidrolizlaydi. Eri- trotsitlarni gemolizga uchratmaydi. Kuydirgi bakteriofagi tasirida lizisga uchraydi. Kuydirgi batsillasi diastaza, peroksidaza, liðaza ferment- larini ajratadi. Toksigenligi. B antharcis oqsil tabiatli ekzotoksin ishlab chiqaradi: 1) olimga olib keluvchi yoki olim omilini saqlaydi; 2) shish chiqaradigan yoki edematoz; 3) protektiv yoki himoya omiliga ega bolib, yuqoridagi ikki omil tasir qilmaydi. Bu toksinlarni sichqon toksinlari deyiladi. Chunki sichqonlar bu toksinga juda sezgir. Antigenligi. Kuydirgi batsillasi ikkita antigen: 1) yuqori haroratga chidamli somatik antigenga ega. Bu antigenga qarshi antitelo hosil bolmaydi. Uzoq vaqt murdalarda va kulturalarda saqlanadi; 2) kapsula antigeni zararli emas. Chidamliligi. Kuydirgi qozgatuvchisi vegetativ shaklida kam chidamli. 100°C harorat tasirida shu zahoti, 5560°C tasirida 3040 daqiqadan song oladi. Kuydirgi qozgatuvchisining kapsulasi tashqi muhitga chidamli. Hayvon murdalari kuzatilganda, bakteriyalar chirigan bolishiga qaramasdan, bosh kapsulani aniqlash mumkin. 247 Kuydirgi batsillalarining sporalari chidamli: qaynatganda 1520 daqiqa- dan song, 120°C haroratli avtoklavda 20 daqiqadan song oladi. Quruq holda 30 yilgacha, tuproqda 10 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar tasirida 23 kundan song oladi. Patogenezi. Kuydirgi qozgatuvchisiga sigirlar, ot, qoy, kiyik, chochqalar sezuvchan bolib, ular somon tarkibidagi sporalarni istemol qilish natijasida kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar, oq sichqonlar, dengiz chochqachalari sezuvchan. Ular zararlangandan keyin 24 kun otgach oladi. Infeksiya manbai. Kasal hayvon infeksiya manbai bolib hisoblanadi. Tarqalish yoli: 1) maishiy kontakt; 2) alimentar oziq-ovqatlar orqali; 3) havo changi yoli orqali; 4) transmissiv yol orqali tarqaladi. Havo changi yoli orqali, asosan, lattafurushlar kasallanganliklari uchun uni Fransiyada «Lattafurush kasali», «Jun qirquvchilar kasali», deb ham atashadi. Transmissiv tarqalish yolida kasallik chivin, kuydirgi pashshasi chaqqanda ham yuqadi. Maishiy kontakt yolida hayvonlarni soyganda yuqadi. Alimentar yoli kuydirgi batsillasi bilan ifloslangan oziq- ovqatlarni istemol qilish natijasida yuqadi. Kirish darvozasi bolib, jarohatlangan teri, ogiz, burun, koz shilliq qavatlari hisoblanadi. Qozgatuvchi tushgan joyda karbunkul hosil bolib, teri va teri osti kletchatkasida gemorragik ochoq, shishlar va toqimalar distruksiyasi paydo boladi. Shuningdek, organizmda bakteremiya rivojlanadi. Kasallik teri, opka, ichak shakllarida uchraydi. Kasallikni teri shaklida qozgatuvchi kirgan yerda qizarish paydo bolib, songra u papulaga aylanadi. Papula sekin-asta qizil, jigarrangli vezikulaga aylanadi. Uning tarkibida gemorrargik suyuqlik boladi. U qurigandan song qora chandiq qoladi. Kuydirgining opka shaklida zotiljam, opka shishining klinik belgilari yuzaga keladi va bemor oladi. Kasallikni ichak shaklida yuqorida aytib otilgan uning teri shaklidagi belgilari ichak shilliq pardalarida yuzaga keladi. Kopincha olim bilan tugaydi. Immuniteti. Kasallikdan song mustahkam immunitet hosil boladi. Ammo 13 yildan 820 yil oraligida kasallik qayta yuqishi mumkin. Profilaktikasi. Profilaktika ishlari veterinar xizmati bilan birga olib boriladi. Kasal hayvonlarni ajratib qoyish, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish, aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasi. Hozirgi vaqtda STI vaksinasi qollanilmoqda. Qishloq xojaligi xodimlari ortasida vaksinatsiya ishlari olib boriladi. Kasal hayvonlar bilan ishlagan va ular bilan aloqada bolgan odamlarga kuydirgiga qarshi immunoglobulin va antibiotiklar beriladi. 248 Davosi. Levomitsetin, tetratsiklin, eritromitsin, streptomitsin va boshqa antibiotiklar ishlatiladi. MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH TEKSHIRISH MATERIALI Kuydirgi qozgatuvchisi bilan ishlash jiddiy tartib asosida olib boriladi 1. Teridagi vezikula, karbunkul, yaradan ajratma. 2. Opka shaklidabalgam. 3. Ichak shaklidanajas. 4. Septik shaklidaqon. 5. Askoli pretsepitatsiya reaksiyasini qoyish uchun tuproq, hay- von juni olinadi. Tekshirish materiallarini yigish Vezikula, karbunkuldan material olish uchun yara atrofi spirtga namlangan paxta yoki doka yordamida artiladi va tekshirish materiallarini steril shpris yoki tampon yordamida olinadi. Laboratoriyaga jonatish uchun tekshirish materiallari Paster piðetkasida olinadi va uchi alangada kavsharlanadi. Agar piðetka bolmasa, yara ichiga steril ið tushiriladi. Ip yaradagi yiringni shimgandan song uni probirkaga solib jonatiladi. Balgam va najas ogzi keng idishga solinadi. Qon bilak venasidan 35 ml hajmda steril shpris yordamida olinadi va Xottinger shorvasining 50 ml.ga solinadi. Bundan tashqari, qondan 23 ta yupqa surtma preparati ham tayyorlanadi. Asosiy tekshirish usullari 1. Mikroskopik. 2. Bakteriologik. 3. Biologik. 4. Allergik. 5. Askoli pretsiðitatsiya reaksiyasi. Tekshirishning birinchi kuni. Mikroskopik usul. Tekshirish mate- riallaridan surtma preparat tayyorlanadi. Nikiforov eritmasida u 20 daqiqa fiksatsiya qilinadi. Gram usulida boyalib, mikroskop ostida tekshiriladi. Kapsulani aniqlash uchun u Gins usulida boyaladi. Mikroskop ostida kuydirgi qozgatuvchisi yirik tayoqchasimon, alohida, juft-juft yoki qisqa zanjirsimon joylashgan umumiy kapsulaga ega. Bakteriyalar Grammusbat boyalgan bolib korinsa, taxminiy tashxis qoyiladi. Bakteriologik usul. Tekshirish materiali GPA va GPSH ga ekiladi. Termostatda 3637°C haroratda 24 soat qoldiriladi. 249 Biologik usul. Tekshirish materiali fiziologik eritmada yaxshilab aralashtiriladi. Quyonlarga, sichqonlarga 0,10,2 ml.dan yelka teri ostiga, dengiz chochqachalariga 0,20,5 ml.dan yuqori sohasining teri ostiga yuboriladi. Sichqonlar kuydirgidan 12 kundan song, quyon va dengiz chochqachalari 24 kundan song oladi. Tezlashtirilgan biologik usul. 23 ta oq sichqonlarning qorin boshligiga tekshirish materiali yuboriladi. Bir necha soatdan song qorin boshligidagi materiallardan surtma preparat tayyorlanadi va boyalib mikroskop ostida tekshiriladi. Agar kapsulaga oralgan batsillalar korinsa, tegishli javob beriladi. Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhitlar termostatdan olib kozdan kechiriladi. Zich oziqa muhitidan osgan kulturalar mikroskop ostida organiladi. Kuydirgiga xos koloniyalar aniqlansa, sof kulturani ajratib olish uchun koloniyaning yarmi olinib, qiyshiq agarga ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi. Gosht-peptonli shorvada koloniyalar paxtaga oxshash chokma hosil qiladi. Muhit tiniq qoladi. Antraksidlardan kuydirgini farqlash uchun shorvadan osilgan tomchi preparat tayyorlab organiladi. Kuydirgi qozgatuvchisi harakatsizdir. «Marvarid shodasi» testi (tezlashtirilgan tekshirish usuli). Buning uchun Xottinger muhitiga 30 % li inaktivatsiyalangan ot zardobi va 0,5 tasir birligiga ega bolgan 1 ml penitsillin qoshiladi. Tayyorlangan muhitni 23 ml.dan probirkalarga solinadi. Har bir probirkaga 2 tom- chidan tekshirilayotgan mikrob kulturasidan tomizib chiqiladi. Probirkalarni termostatda 37°C haroratda 3 soatga qoldiriladi. Vaqt otgach termostatdan olib tekshiriladi. Har bir probirkadan 23 ta surtma tayyorlanadi va qurutiladi. Karnua (6 qism etil spirti +3 qism xloroform +1 qism sirka kislotasi) suyuqligida fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiya suyuqlik buglanib ketguncha ushlanadi. Surtma preparatni metilen koki boyogida boyaladi va mikroskop ostida tekshiriladi. Mikroskop ostida kuydirgi batsillalari marvarid shodasini eslatuvchi zanjirsimon joylashgan, yumaloq bolib korinadi. Chunki batsillalar penitsillin tasirida zanjirsimon shaklga aylanadi. Zararlangan hayvonlar tekshiriladi. Olgan hayvonlar yorib organiladi. Azolardan surtma tayyorlab boyab organiladi. Ichki azolaridan olib oziqa muhitlarga ekib organiladi. Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Qiyshiq agardan olib surtma preparat tayyorlanadi va boyab mikroskop ostida organiladi. Saxarolitik xossasini organish uchun Giss qatoriga ekiladi. Proteolitik xossasini organish uchun lakmusli sutga, jelatinaga, qonli agarga ekiladi va kuydirgi bakteriofagiga sezuvchanligi organiladi. Barcha muhitlar termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi. 250 Tekshirishning tortinchi kuni. Natija oqiladi. Kuydirgi batsillasi Giss qatoridagi muhitlarni kislotagacha parchalaydi. Jelatinani tonkarilgan archasimon qilib suyultiradi. 45-kunda sutni ivitadi va qizil rangga ozgartiradi. Qonli agarda eritrotsitlarni gemolizga uchratmaydi. Kuydirgi Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling