Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi(turi) o‘zaro farqlanadi


Download 19.06 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi19.06 Kb.
#119341
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot


JAVOBLAR:
1-savolga

Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi(turi) o‘zaro farqlanadi:

a) pozitiv mikroiqtisodiyot;

b) normativ mikroiqtisodiyot.

Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o‘rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o‘zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilar va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo‘ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi.
Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi.

Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig‘i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo‘ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko‘pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo‘yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig‘ini boshqarish yengil bo‘lsa-da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko‘proq ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik bilan qiyoslab ko‘rishi zarur bo‘ladi. Baho berish xususidagi mulohazalar qo‘llanilgan paytda mikroiqtisodiy siyosatning eng yaxshi yo‘li nimadan iborat, degan savolga javob berishga qodir bo‘lmaydi. Ammo mikroiqtisodiyot omillarning o‘zaro ta’sirini ko‘rsata biladi va bu bilan bahsli munozara oydinlashishiga yordam beradi.



Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo‘jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida muhim o’rin tutadi.

Amalda bizning asosiy mahsadlarimizdan biri xo‘jalikka oid qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari qo‘llanishini ko‘rsatishdan iboratdir. Mikroiqtisodiyotning amalda qo‘llanishini ko‘rsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz.



Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985 yilning oxirida «Ford» oldingi g‘ildiraklari tortadigan va samarali aerodinamik shaklga ega bo‘lgan «Tauras» nomli yangi avtomobil modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega bo‘ldi va 1987 yilga kelib «Ford» foydasini deyarli 2 marta ko‘paytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qo‘llash bilan bog‘liq edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor bo‘ldi. Firma menejerlari yangi dizayn xaridorlar tomonidan naqadar ma’qullanishini tushunib yetishlari kerak edi. Iste’molchilarni mashinaning texnik tavsiflari va tashqi ko‘rinishi qoniqtiradimi? Dastlabki talab qancha bo‘ladi, u vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi va bunga avtomobilning narxi qanday ta’sir etadi? Iste’molchilarning talab-ehtiyojini o‘rganish, yangi mashinaga bo‘lgan talabni prognozlash, mashina narxi o‘zgarganda unga talabning o‘zgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil etdi. So‘ng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi: ishlab chiqarish xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina chiqarilishiga qarab o‘zgarishini aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba uyushmasi bilan ish haqining miqdori to‘g‘risidagi muzokaralar natijasi, po‘lat va boshqa xom ashyolar narxi ham hisobga olinishi kerak edi. Ishlab chiqarishda tajriba ko‘paygan sari ishlab chiqarish xarajatlarining pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga to‘g‘ri keldi. Bu ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga javob topish uchun talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob berishini ham chamalab ko‘rishiga to‘g‘ri kelar edi. Masalan, mashinaning dastlabki «yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qo‘yish kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib ishlab chiqarish va ularning barchasiga ancha yuqori narx belgilash yanada qulay bo‘ladimi? Bunga JM («Jeneral motors) va «Kraysler» kabi raqobatchilar «Ford» qo‘ygan narxdan qat’iy nazar, qanday javob qaytaradilar? JM va «Kraysler» o‘z mashinalari narxini tushirish orqali «Ford»ni ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni pasaytirishga harakat qilishi xavfi JM va «Kraysler»ni narxlarni pasaytirishdan tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab chiqarish uskunalariga katta kapital qo‘yishni talab qilgan, kompaniya esa bu bilan bog‘liq riskka va uning kutilayotgan oqibatlariga baho berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning bo‘lg‘usi narxi aniq bo‘lmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli mashinalarga talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma ishchilariga beriladigan ish haqi miqdorining aniq bo‘lmasligi bilan bog‘liq edi. Agar neftning jahon bozoridagi narxi 2—3 marta oshsa yoki hukumat benzinga yangi soliq joriy etsa nima bo‘ladi? Kasaba uyushmalari ish haqi to‘g‘risidagi muzokaralarda naqadar kuchlilik qiladi va bu ish haqi miqdoriga qanday ta’sir etadi?

Kapital qo‘yish haqida qarorga kelinganda bu savollarga javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo‘lib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi kerak edi, chunki uning bir bo‘linmasi mashina ayrim qismlarini ishlab chiqaradi, boshqalari esa yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Turli bo‘linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yig‘uvchi bo‘linmalar boshqa bo‘linmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx qo‘yishi lozim. Hamma detal va qismlarni o‘z zavodlaridan olish kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o‘z faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning talablarini hisobga olishi kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli tashqi muhitga chiqaradigan gazlar federal me’yor, eng ko‘p deganda, yo‘l qo‘yilgan darajadagi kontsentratsiya talabiga javob berishi zarur bo‘ladi, mashinalarni uzluksiz yig‘ib borish esa xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak edi.
Download 19.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling