Mikrokreditlar ikki yo`nalishda ajratiladi


Download 22.26 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi22.26 Kb.
#593567
  1   2   3
Bog'liq
2 310435730734188545
333, 624-I 27.03.2009, 10-A, inson evol yakuniy, Optimal qo\'llanma (6-sinf), LOYIHA XISOB ISHI

Kreditlash
Nashr uchun talqin 
Mikrokreditlar ikki yo`nalishda ajratiladi:
• Boshlang`ich (start) sarmoyani shakllantirish uchun
• Biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun. 

Boshlang`ich (start) sarmoyani shakllantirishga ajratiladigan mikrokreditlar:
Ushbu mikrokreditlar yiliga 3 foizlik stavka bo`yicha 18 oygacha bo`lgan muddatga tashkil topganiga 6 oydan oshmagan kichik tadbirkorlik sub`ektlariga quyidagi miqdorlarda ajratildadi:
• eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlariga; 
• eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha mikrofirmalar va yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko`rsatayotgan dehqon xo`jaliklariga; 
• eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha fermer xo`jaliklariga. 
Biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag`larni to`ldirish uchun mikrokreditlar.

Mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo`jaliklari uchun:
• MIQDORI — eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha
• MUDDATI — 24 oygacha; 
• FOIZI — Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasida. 

Mikrokreditlar quyidagi kichik biznes sub`ektlariga ajratiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar
• yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan dehqon xo`jaliklari; 
• fermer xo`jaliklari; 
mikrofirmalar
• kichik korxonalar. 

Fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib, bank xizmatlaridan foydalanishi uchun:
• tadbirkorlik sub`ekti sifatida davlat ro`yxatidan o`tishi hamda; 
• o`ziga qulay bo`lgan Mikrokreditbank filialida hisob raqam ochishi kerak. 

Mikrokredit olish uchun bankka taqdim qilinishi lozim bo`lgan xujjatlar:
• mikrokredit olish uchun buyurtmanoma
biznes-reja, rul oqimlari rrognozini albatta ko`rsatgan holda; 
• mikrokreditning qaytarilishi ta`minlanishi bilan bog`liq hujjatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to`ldirilgan buxgalteriya va moliyaviy hisobot ma`lumotlari. 


Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling