Mikroorgnizmlarning ekologiyasi va tabiatda moddalar almashinuvidagi roli


Download 21.33 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1515193
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 Mikroorgnizmlarning tabiatda moddalar almashinuvidagi roli


Mikroorgnizmlarning ekologiyasi va tabiatda moddalar almashinuvidagi roli

Reja:



1. Azot aylanishida mikroorganizmlarning roli

  1. Uglerod aylanishida mikroorganizmlarning roli

  2. Oltingugurt, fosfor, temir aylanishida mikroorganizmlarning roli

Tabiatda mikroorganizmlar keng tarqalgan bo’lib, unda beto’xtov sodir bo’ladigan moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi.Tabiatda organik va anorganik moddalarning o’zgarishi natijasida ularning shakllari ham o’zgaradi. Miqdor jihatdan tugallanmay va yangidan ham paydo bo’lmaydigan holat moddalarning va energiyaning almashinuvi deyiladi.


Azotning aylanishi. Atmosferada 75,5% azot bo’lib, qolgan 24,5% suvda va tuproqda organik va mineral birkmalar ko’rinishida bo’ladi. Oqsilning tarkibida 1618%, tuproqda 6-18 t cha birikkan azot bor ammo hayvon va o’simliklar havodagi azotdan foydalana olmaydilar. Erkin va birikkan havodagi azotlar oldin mikroorganizmlar tomonidan o’simlik va hayvonlar uchun iste’mol qilinadigan shaklgacha aylantirilishlari kerak. Organik azotning mineral azotga, mineral azotning organik azotgacha aylantirilishi birqancha bosqichlarda o’tadi. Chirituvchi mikroblar oqsilni parchalashi natijasida oraliq moddalar birikmasi (albumoz, pepton, amid, aminokislotalar), sassiq hidli moddalar (indol, skotol, vodorod sulfid, uchuvchi yog’ kislotalar) va ammiak hosil bo’ladi. Bu ammonifikasiya deb atalib, qo’zg’atuvchilari amonifikatorlar deb nomlanadi. Bu jarayon tabiatni tozalashda muhimdir. Chirituvchi mikroblarga Cl.sporogenes, cl.septicum, cl.purtificus, p.vulgaris, b.subtilis, zamburug’lar va h.k. kiradi. Ular proteolitik ferment ishlab chiqaradilar.
Mochevina hayvon organizmida oqsillar almashinuvi natijasida to’planib, siydik bilan chiqariladi. Urobakteriyalar ureaza fermenti ta’sirida mochevinani – suv, karbonat angidridi va ammiakgacha parchalaydi. Ammiakni o’simliklar o’zlashtiradi.
Mikroorganizmlarning azot aylanishidagi ammonifikasiyadan keyingi ikkinchi bosqichi – nitrifikasiyadir.
Nitrifikasiya jarayonida nitrifikasiyalovchi mikroblar ammiak va ammoniy tuzlarini nitrit ( 2NH3+3O2=2HNO2+158 kal ) va nitrat kislotalari (2HNO2+O2=2HNO3+48) tuzlarigacha oksidlaydi. Hosil bo’lgan nitrat kislota tuproqda ishqorlar bilan birikib, selitra hosil qiladi. Selitra suvda yaxshi eriydi va o’simliklar uni o’zlashtiradi. Bu jarayon natijasida tuproq azotga boyiydi va uning unumdorligi oshadi. Nitrifikasiyalovchi mikroblarga Nitrosomonas, Nitrosocystis, Nitrosospiralar kiradi.

Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling