Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasi


Download 10.99 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi10.99 Kb.
#1434704
Bog'liq
History


80. Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasi.
2. Ushbu Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish — millatlar va elatlarning vakillari o‘rtasida konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish;
millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati — jamiyatda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish sohasida davlatning tizimli faoliyatidan iborat bo‘lib, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida tengligini ta’minlashga qaratilgan;
millatlararo munosabatlar — mamlakat hududida istiqomat qiladigan millatlar va elatlar o‘rtasidagi, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan munosabatlardir.
2-bob. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari va prinsiplari
5. Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolarning teng huquqlari va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash;
ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining birligini, millat va elatlarning tiliga, huquqiy maydon doirasidagi urf-odatlari va an’analariga izzat-hurmat munosabatini mustahkamlash, ularning to‘la huquqli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlash;

79. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi 2025 yilgacha.
Konsepsiyaning maqsadi — yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.
2021 — 2025-yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha prognozlarni inobatga olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
a) yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
b) mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;
v) yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash;
g) ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
d) yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
e) yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;
z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
i) yosh salohiyatli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash;
k) yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish;
l) yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash;

78. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O'zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi.

Dasturning maqsad va vazifalari milliy darajada mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha quyidagi strategik yo‘nalishlarga asoslanadi va ularning o‘zaro to‘ldiruvchi jihatlarini kuchaytiradi:
““yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorga keng imkoniyatlar yaratish va “yashil” innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklikni va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Dastur quyidagi 6 ta ustuvor yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiy o‘sishni ta’minlash vazifalarini belgilaydi:
tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash;
milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash;
innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish;
barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish davrida katta ta’sir ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi va ularning yashash joylarini qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi quyidagi yo‘nalishlardagi tarmoqlararo choralar bilan bir qatorda amalga oshiriladi:
“yashil” o‘sish bo‘yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni joriy qilish;
tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini ko‘paytirish.
Download 10.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling