Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси


Download 22.93 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi22.93 Kb.

“Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фани бўйича

1-модуль оралиқ назорат саволлари




  1. Мафкуравий жараёнларнинг жамият ижтимоий ҳаётидаги ўрни.





Mafkura, uning jamiyat hayotidagi o’rni. Kundalik xayotda biz «g’oya» va «mafkura» tushunchalarini aksariyat 
hollarda sinonimlar sifatida ishlatilayotganiga duch kelamiz. Agar jiddiy e’tibor beriladigan bo’lsa, bu ikki tushuncha 
o’rtasida haqiqatan muayyan yaqinlik borligiga ishonch hosil qilish mumkin. Biroq bu ularni aynanlashtirish uchun asos 
bo’lolmasligini ta’kidlash zarur. Nega? 
Birinchidan, «
ideologiya» tushunchasi ideya (g’oya) haqidagi ta’limot, boshqacha aytganda «g’oyalar tizimi» 
ma’nosini anglatadi. Biz «ideologiya»ning sinonimi sifatida qo’llayotgan «mafkura» tushunchasida bunday o’zak 
birligi va 
ushbu termining o’zida g’oyalar tizimi ekanligi aniq bo’lmasa-da, mafkura ham g’oyaviy qarashlar tizimini ifodalab 
kelishini ko’rsatish lozim. Demak, mafkura u sinfiy, milliy yoki boshqa bir ko’rinishda chiqmasin bir butun qarashlar, 
g’oyalar tizimi ekan, u g’oyaga nisbatan ham mazmunan, ham hajman kengroq tushunchadir. 
Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish yoki o’zgartirishga qaratilganlik, ya’ni 
maqsadlar, botiniy emas, balki zohiriy tarzda mavjud bo’lishini va mafkuraning o’zagini tashkil etishini ta’kidlash joiz. 
Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g’oya faqat va faqat ma’lum bir mafkuraviy qarashlar doirasidagina o’zining 
uyushtiruvchilik va yo’naltiruvchilik salohiyatini, jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin. 
«G’oya» va «mafkura» tushunchalari o’rtasida boshqa tafovutlar ham bor, albatta. Ammo, qayd etilgan farqlarning 
o’zi ham ularni yonma-yon, bir xil mazmunida ishlatish o’rinli emasligini anglash uchun etarli. Ana shu farqlarni 
aniqlab olish, mafkuraga xos xususiyatlarni to’g’ri belgilash va jamiyat hayotidagi o’rnini tushunish imkonini beradi. 
Har qanday mafkurada, birinchidan, kishilarning o’zlarini o’rab turgan voqelik, ijtimoiy munosabatlar haqidagi 
bilimlari gavdalansa, ikkinchidan, shu bilimlar asosida sodir bo’lgan, bo’layotgan, bo’lishi mumkin bo’lgan 
jarayonlarga baho beriladi. Va, nihoyat, uchinchidan, yuqoridagi ikki holatdan kelib chiqqan holda mavjud ijtimoiy 
munosabatlarni saqlab qolish, rivojlantirish yoki o’zgartirishga qaratilgan maqsadlarni o’z ichiga olgan dasturlar 
namoyon bo’ladi. 


Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda, mafkurani har xil turkumlash mumkin. Xususan, unda ilgari 
surilayotgan g’oyalar, maqsadlarga, ya’ni ularning to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab, ilmiy va noilmiy mafkurani 
ajratish lozim. 
Ayni paytda mafkuraning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir 
qilishidan kelib chiqqan holda, progressiv 
va reaktsion mafkura deyish mumkin. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlarning ro’yobga chiqishining ehtimollik 
darajasiga tayanib esa, real va utopik mafkurani farqlash mumkin bo’ladi. 
Ammo, mafkura shakllarini ajratish faqat shu bilan cheklanmaydi. Mafkuraning jamiyatdagi mavjud ijtimoiy 
munosabatlar, turmush tarzini saqlab qolish yoki uni isloh qilishga yo’naltirilganligiga asoslangan konservativ va 
liberal shakli ham bor. 
Mafkurani yuqoridagicha turkumlash unga turli tomonlar, xilma-xil mezonlar asosida yondashish natijasidir. Va u 
albatta, shartli, nisbiy xarakterga ega. Masalan, mohiyatan ilmiy bo’lgan mafkura inson bilimlari yutuqlariga tayangani 
uchun ko’zlangan maqsadlarning amalga oshishiga yordam beradi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy (progressiv) ta’sir qiladi. 
O’z-o’zidan bunday mafkura bir tomondan, ijtimoiy munosabatlarda, turmush tarzida umrini yashab bo’lgan, qotib qolgan 
jihatlarga qarshi qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mavjud ijobiy holatlarni saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, umumiy tarzda jamiyat, uning tuzilishi, rivojlanish yo’llari 
haqidagi g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimiga
 mafkura deyiladi, deb xulosa chiqarish mumkin. 
Ammo mafkuraviy andoza va qoidalar mutlaqlashtirilishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Mutlaqlashtirish uni tayyor 
va o’zgarmas tamoyillar, ko’rsatmalar yig’indisi sifatida tushunish natijasida yuzaga keladi. Bunday tushunish, ma’lum 
darajada, xavfli ekanligini ham ta’kidlash zarur. Xususan, marksizm asoschilari asarlarida bayon etilgan g’oya, 
printsiplarning mutlaqlashtirilishi, hayot o’zgarib borayotgan bir paytda mafkuraviy qarashlarda dogmatizmning 
ustuvorligi, hayotni qotib qolgan mafkuraviy andozalarga qarab o’zgartirishga urinish er yuzida bir-biriga qarama-
qarshi turgan ikki siyosiy sistemaning shakllanishiga olib keldi. Insoniyatni halokat yoqasiga keltirib qo’ygan bu 
mafkura bilan qurollangan yoki zo’rlab qurollantirilgan xalqlar 
mashaqqatli kunlarni, og’ir judoliklarni boshidan 
kechirdilar. Insoniyat boshiga ko’plab kulfatlar keltirgan bunday mafkuralar haqida ko’plab misollar keltirish mumkin. 
Biroq ular umuman mafkuraning jamiyat hayotidagi rolini inkor etmaydi. 
Agar muayyan bilimlar, qadriyatlar va maqsadlar tizimi — mafkura bo’lmas ekan, kishilarda ijtimoiy 
jarayonlarning mohiyatini to’la-to’kis anglash imkoniyati bo’lmaydi, davlat, jamiyat o’z taraqqiyot yo’lini yo’qotib 
qo’yadi. Buning isboti uchun uzoqqa borish shart emas. 
Chunonchi, sodir bo’layogan jarayonlarni tushunishga va mavjud muammolarni hal qilishga turlicha yondashuv, yagona 
birlashtiruvchi mafkuraning yo’qligi, sobiq Ittifoq davrida «bosmachilik» tamg’asi bosilgan milliy ozodlik harakati 
namoyandalarining yakdil faoliyatiga imkon bermadi. Ularning har biri ezgu maqsadlar yo’lida harakat qilgan, millat ozodligini orzu 
etgan bo’lsalar-da, ammo yagona milliy g’oya va rahnamo atrofida birlasha olmadilar. Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganlaridek, 
mafkuraviy yakdillik bo’lmagan, bo’shliq yuzaga kelgan joyda begona mafkura hukmron bo’lishini isbot qiladigan ana shunday 
misollarni xoh o’tmishdan, xoh zamonamizdan ko’plab keltirish mumkin. 
Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi. «Ko’p sinovlar, azobu-uqubatlar, xatolar, fojialar, urushlar, 
qatag’onlarni boshidan kechirgan asrimiz poyoniga etayotgan, insoniyat yangi asr bo’sag’asida turgan bugungi kunda 
turli xil eski va yangi mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda, — deb yozadi 
Prezidentimiz. — Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va 
sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goh bahs-munozara doirasidan chiqib to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab 
bo’lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda». 
Nega bunday kurash davom etmoqda? Nega u to’qnashuv, qonli kurash ko’rinishlarini olmoqda? Jahon siyosiy 
xaritasida ko’plab davlatlar mavjud. Turli dinlar, diniy oqimlar, mazhablar faoliyat ko’rsatmoqda. 
Ularning har birining 
o’zgalardan farq qiladigan mafaatlari bor. Aynan mana shu manfaatlar ulkan xarakatlantiruvchi kuch hisoblanadi va u 
o’zga davlatlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar ongiga, dunyoqarshiga, turmush-tarziga ta’sir o’tkazish, o’zlariga 
bo’ysundirish uchun yo’naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. 
Bundan maqsad, muayyan iqtisodiy, siyosiy va diniy qarashlarni singdirish orqali turli ko’rinishdagi ehtiyojlarni 
qondirishga intilishdir. Bunday intilish turli vositalar va yo’llardan foydalanishni, ularning doimiy takomillashib 
borishini keltirib chiqarmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «ba’zan beozorgina bo’lib tuyulgan musiqa, oddiygina 
mutfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi». 
Xalqaro maydonda ham bunday ta’sir o’tkazishning tinch yo’li ko’zlangan maqsadga olib kelmaganda, mamlakat 
ichki ishlariga aralashish, mavjud ziddiyatlarni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo’li bilan bo’lsa ham ijtimoiy 
beqarorlikni yuzaga keltirishga bo’lgan urinishlarni isbotlovchi bunday misollarni ham ko’p keltirish mumkin. 
Afg’onistondagi urush yigirma yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda? Buning sababi nimada? Avvalo, 
Afg’oniston ikki sistemaning xalqaro maydonda hukmronlik qilishga intilishining qurboni bo’ldi, deb bemalol aytish 
mumkin. Chunki, dastlab Afg’onistondagi bir-biriga dushman bo’lgan kuchlarni ikki sistemaning etakchi davlatlari har 
tomonlama qo’llab-quvvatladilar, sotsialistik va burjua mafkuralari deb atalgan mafkuralarning kurash poligoniga 
aylantirdilar. Keyinroq milliy yarash harakati yuzaga kelgan va uni jahon afkor ommasi keng qo’llab-quvvatlagan 
paytda diniy-ekstremistik harakatlarni quvvatlagan kuchlar ta’sirida mamlakat kurash maydoniga aylandi va fuqarolik 
 
 



urushi yangi sifatiy holat kasb etdi. Bugungi kundagi voqealar Afg’onistondagi fuqarolar urushi ko’proq surunkali nizo 
ko’rinishini olayotganligini ko’rsatmoqda. 
Bularning barchasi tashqi kuchlarning Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi, 
mamlakatning taraqqiyot yo’li xususidagi o’z qarashlari, standartlarini singdirishga, bir so’z bilan aytganda, o’z 
mafkuralarining hukmron mavqega ega bo’lishi uchun harakat qilayotganliklari oqibatidir. 
Afg’onistonning bugungi ahvoli jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinishlar qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Shunday bo’lsa-da inson ongi va qalbi uchun kurash, uni 
egallash orqali o’z ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ro’yobga chiqarishga intilish tobora kuchayib, yangidan-yangi 
shakl kasb etmoqda. 
Xususan, jahon maydonlarini diniy e’tiqod umumiyligini pesh qilgan yoki etnik birlikka urg’u bergan holda bo’lib 
olishga urinishlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Bu yo’lda xilma-xil usullar va vositalardan foydalanilmoqda. Ana 
shularning barchasidan bitta xulosa chiqarish mumkin. XX asrda ikki jahon urushini boshdan kechirgan insoniyat 
so’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra, yuzaga kelayotgan va o’z oqibatlariga ko’ra jahon urushlaridan ham falokatliroq 
bo’lgan yangidan — yangi mojarolarga duch kelmoqda. Bunday mojarolar unga tortilgan xalqlar 
hayotini izdan 
chiqaribgina qolmay, qo’shni xalqlar ruhiyati, turmushi, taraqqiyotiga ham jiddiy va sezilarli salbiy ta’sir o’tkazishi 
tabiiy, albatta. 
Afsuski, mustaqillikka erishgan O’zbekistonga chegaradosh hududlarda ham ana shunday mojarolar davom 
etmoqda. «Qo’shning tinch — sen tinch», — deydi xalqimiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ming-minglab odamlar 
hayotiga zomin bo’layotgan Afg’onistondagi tanglik davom etayotgan ekan, aslo xotirjamlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Nega? Chunki ushbu mojaro ta’sirining boshqa jihatlarini inobatga olmaganda ham, adovat urug’ini sochishga, o’rta asr 
jaholatparastligiga asoslangan o’z aqidalarini zo’rlab qabul qildirishga va shu yo’l bilan mintaqani o’z ta’sir doiralariga 
tortishga intilayotgan kuchlar mavjudligini va ularning o’z maqsadlari yo’lida faol harakat qilayotganliklarini aslo 
unutmaslik lozim. 
XX asrning so’nggi yillari haqida gap ketar ekan, u nafaqat yuqoridagi kabi mojarolar, balki ijtimoiy hayotning 
xilma-xil sohalarida qo’lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan ham xarakterlanishini tan olish zarur. Ayni paytda ana 
shunday ijobiy jarayon bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlanganidek, ekstremizm va fundamentalizmdek o’ta xavfli 
qarashlar tizimi va faoliyati ham tarix sahnasiga chiqqanligini ta’kidlash zarur. Bunday kuchlarning iqtisodiy, siyosiy 
yoki harbiy salohiyatining kattaligi, axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatining ulkanligi, 
vosita va mexanizmlarning xilma-xilligini alohida ta’kidlash lozim. 
Mamlakatimizning taraqqiyotiga, kishilarimiz ongi va ruhiyatiga o’zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’sir 
ko’rsatishga harakat 
qiladigan kuchlar, diniy ekstremizm yoki agressiv millatchilik ko’rinishidagi turli oqim va harakatlar, 
ularning g’arazli maqsad va intilishlari mavjud bo’lgan vaziyatda inson o’z mustaqil fikriga va e’tiqodiga ega bo’lmasa, turli 
mafkuralarning bosimi va tazyiqlariga bardosh berishi qiyin. 
Bu tuyg’ularni shakllantirish, buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish, millatning hamjihatligini ta’minlash uchun esa 
unga xizmat qiladigan, rag’batlantiradigan, yo’naltiradigan o’z milliy mafkuramizni shakllantirmog’imiz lozimligi 
shubhasizdir. 
Xo’sh milliy mafkuramiz nimalarga asoslanishi va ongimizga qanday tamoyillarni singdirmog’i lozim? Bu savolga 
javobni ham Prezidentimiz asarlaridan topish mumkin. «Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, 
udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat 
tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga bu mafkura xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga 
suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng 
huquqli o’laroq munosib o’rin egallashga doimo intilish hissini tarbiyalamog’i kerak»
17

Shubhasiz, aynan shunday mafkuragina fikr qaramligi, tafakkur qulligining oldini olishga xizmat qiladi, milliy 
jipslikni, taraqqiyotni, mamlakatimizning tom ma’nodagi buyuk kelajagini ta’minlaydi. 


Изоҳ: Ҳар бир талаба гуруҳ журналидаги рақамидан келиб чиққан ҳолда фақат бир саволга жавобни қўлёзма шаклида ёзиши тавсия этилади.
Download 22.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling