«Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» kafedrasi «Ma`naviyat asoslari»


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana28.11.2017
Hajmi0.78 Mb.
#21137
1   2   3   4   5   6   7

Takrorlash uchun savollar: 

Siyosat va uning yunalishlarini qanday tushunasiz? 

uzbekiston siyosatining Ma`naviy jihatlarini qanday tushunasiz? 

Ma`naviyat va huquq, ularning uzaro bog`liqligi nimalarda kurinadi? 

Huquqiy, demokratik davlatning asosiy belgilari nimalarda deb bilasiz? 

uzbekiston  Konstitutsiyasidan  xalqimiz  Ma`naviyati  va  ruhiyati  qirralarini  aks  ettiruvchi 

misollar keltiring. 

Islom  Karimovning  rahbar  xodimlarning  asosiy  Ma`naviy-ahloqiy  xislatlari  haqidagi 

fikrlarini izohlab bering. 

uzingiz rahbar xodim qanday xislatlarga ega bulishini istaysiz? 

                                                           

33[33]


 ¹àðàíã. È. Êàðèìîâ. Àäîëàò, âàòàí âà õàë3 ìàôààòè µàð íàðñàäàí óëó2. «Õàë3 ñ5çè» ãàçåòàñè, qooi éèë qq íîÿáðü. 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Istiqlol va Ma`naviyat T., uzbekiston, 1994 y. 

2. Karimov I.A. uzbekiston buyuk kelajak sari. T., uzbekiston, 1998 y. 

3. Prezident  I.Karimovning  uzbekiston  Konstitutsiyasi  o` yilligiga  bag`ishlangan  tantanali 

marosimdagi nutqi. Xalq suzi, 1999 yil 8-dekabr`. 

4. Azizxujaev A. Davlatchilik va Ma`naviyat. T., Sharq, 1997 y. 

5. Mustaqilliku` izohli ilmiy-ommabop lug`at. T., Sharq, 1998 y. 

6. Yangi uzbekistonning o` zafarli yili. T., Sharq, 1999 y. 

7. И.А.Каримов  Юксак манавият енгилмас куч. Т., 2008 

8

. Руўхыйлық тийкарлары  Н., 2009 



    

Mavzu 3. Manaviyatda milliylik va umuinsoniylik. Qadimgi Markaziy  Osiyo  

manaviyatining shakllanish jaraenlari  

Reja: 

1. Milliy Ma`naviyat va uning xususiyatlari. 

2. umuminsoniy Ma`naviyat va uning zaminlari. 

3. Bozor  munosabatlari  sharoitida  millatlararo  madaniy-Ma`naviy  munosabatlarning 

kengayishi va chuqurlashuvi. 

4. Qadimgi xalq og`zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarida Ma`naviyat masalalari. 

5. Avesto»da inson, uning Ma`naviyati masalalari. 

6. Moniylik va mazdakizm ta`limotlarida Ma`naviyat masalalari. 

 

Milliy  Ma`naviyat  haqida  fikr  yuritar  ekanmiz,  bu  tushunchani  bilib  olishni  «millat» 



tushunchasini izohlashdan boshlash maqsadga muvofiq. 

«Millat» suzi «uzak», «tub mohiyat», «negiz» degan ma`noni bildiradi. «Millat» suzi arab 

tilida quyidagi uch ma`noni anglatadi: birinchi - din, mazhab; ikkinchi - ummat; uchinchi - xalq, 

qavm.  Millat  suzi  Qur`oni  Karimda  ham  qullanilgan.  Quronda  har  bir  millat  vakili  uz  milliy 

qadriyatlarini  rivojlantirishi  savobli  ish,  uz  millatidan,  qavmidan  kechib,  boshqa  millatga  utib 

olishi esa gunoh deb ta`riflangan. 

evropa adabiyotida qullaniladigan «natsiya» suzi esa qabila, xalq degan ma`noni bildiradi. 

Binobarin,  bu  ikki  tushunchada  ham  asosan  muayyan  etnik  birliklarning  uziga  xosligini 

bildiruvchi ma`no yotadi. 

Oldingi  ma`ruzalarda  ta`kidlanganidek,  insonlar,  jamiyat  rivojlanib  borgan  sari  Ma`naviy 

munosabat, aloqalar rivojlanib boraveradi va ular jamiyat taraqqiyotida katta rol` uynab kelgan. 

Milliy Ma`naviyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. u bir kunda, bir yilda, 

balki  bir  asrda  ham  mukammal  shakllanmaydi.  Milliy  Ma`naviyat  tarixi  millatning  Ma`naviy 

takomil  jarayoni  bilan  bog`liq.  unda  ba`zan  asrlar  kunlarga  va  aksincha,  kunlar  asrlarga  teng 

bulishi mumkin. Milliy Ma`naviy kamolot zamonda, ya`ni millatning butun tarixi davomida yuz 

beradi. Bunda esa u ba`zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba`zan esa ma`lum darajada tanazzulga 

yuz  tutishi  ham  mumkin.  Insoniyat  tarixiy  jarayoni  uchun  bir  narsa  ayonki,  tarix  hodisalari, 

shaxslar,  voqealar  utib  ketadi,  moddiy  madaniyat  unsurlari  emiriladi,  ammo  Ma`naviyat 

yuksalib,  boyib,  tobora  kengroq  kulam  va  teranroq  mazmun  kasb  etib  boraveradi.  Millatning 

aksariyat  qismi  Ma`naviy  tanazzulga  yuz  tutgan  fojiaviy  sharoitlarda  ham  milliy  Ma`naviyat 

yuqolmaydi,  kulami  va  mazmuni  jihatdan  uzi  etishgan  kamolot  bosqichini  yuqotmaydi.  Milliy 

Ma`naviyat  erishgan  kamolot  bosqichini  yuqotish  uchun  (shu  jumladan,  umuman  milliy 

Ma`naviyatni  ham)  ajdodlar  yaratgan  barcha  Ma`naviy  merosni  mahv  etish,  insonlar  xotirasini 

tamomila uchirib tashlash, ulardan hatto irsiy xotirani ham barbod qilib - manqurtga aylantirish 

kerak buladi. Bunday holdan Sizu Bizni Ollohning uzi asrasinA` 

Millat  mavjud  ekan,  milliy  Ma`naviyat  buladi.  Milliy  Ma`naviyatni  yuqotish  mumkin 

emas.  Milliy  Ma`naviyatni  yuqotish  uchun  qanchalik  harakat  qilinsa,  shunchalik  milliylikni, 

milliy  Ma`naviyatni  saqlash  uchun  kurash  kuchayadi.  Xulosa  shuki,  inson  qalbidagi  milliylikni 

yuqotish mumkin emas. 

Kurinadiki,  milliy  Ma`naviyat  hodisasi  ham  tarixiy,  ham  bugungi  kunda  mavjudligini 

saqlab turgan kup ulchamli voqe`likdir. Inson Ma`naviy olami ulchamlari cheksiz bulib, uni hech 

bir  narsa  bilan  ulchash,  qiyoslash  mumkin  emas.  Milliy  Ma`naviyat  avvalo  milliy  ongda 

rivojlanishi  bilan  xarakterlanadi.  Shuning  uchun  ham  mustaqillikka  erishganimizdan  buyon 

milliy  ongni  rivojlantirishni  tarbiyaviy  ishning  muhim  bug`imi  sifatida  olib  qaramoqdamiz. 

Milliy ongning rivojlanishi pirovard milliy uzlikni anglash sari etaklaydi. 

Milliy  Ma`naviyatning  asosiy  belgi  va  uzagi  -  milliy  axloq  sanaladi.  Bizning  milliy 

axloqimizdagi belgilar boshqa xalqlar axloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon buladi. 

Milliy  Ma`naviyatda  -  milliy  his,  tuyg`u,  ruhiyat  ham  muhim  urin  egallaydi.  Chunonchi, 

zamona taqozosi bilan boshqa yurtga safarga borgudek bulsak va usha erda milliy kuy, qushiqni 


eshitgudek  bulsak,  bizning  vujudimizni  ajib  bir  his,  tuyg`u  qamrab  oladi  va  undan  ruhiy  huzur 

olamiz, qanoat hosil etamiz. Ya`ni Ma`naviy ozuqalanamiz. 

Milliy  Ma`naviyatda  -  milliy  manfaat  ham  muhim  rol`  uynaydi.  Sobiq  Shurolar  davrida 

milliy manfaatni millatchilikka yuyganlar va milliy manfaat yuzasidan harakat qilgan kishilarni, 

rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb badnom etganlar. 

uzbek  xalqi  uchun  umuminsoniy  Ma`naviyat  bilan  birga  milliy  Ma`naviyat  va  uning 

boyliklari  ham  g`oyat  qimmatlidir.  Bularga  uzbek  xalqining  uzi  yaratgan,  boyitgan,  saqlab 

kelayotgan,  avloddan-avlodga  utib,  boyib,  sayqal  topib,  rivojlanib  borayotgan  milliy-Ma`naviy 

boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy an`ana, marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar 

kiradi. 


urta  Osiyolik  mutafakkirlarning  ilmiy  merosida,  manbalarda  uzbeklarda  qadrlangan, 

uzbekona  axloq,  odobga  oid  Ma`naviy  fazilatlar  haqida  kuplab  qimmatli  fikr,  ma`lumotlar 

mavjuddir.  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  uzining  «Boburnoma»  asarida  uzbeklarga  xos  bulgan 

kuplab  Ma`naviy-axloqiy  sifatlarni  tasvirlaydi.  Bular  iymon  va  e`tiqodlilik,  andishalilik,  oilaga 

muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, 

aka-uka,  opa-singil,  qarindosh-urug`lariga  mehribonligi,  diniy  qadriyatlarga  rioya  qilish, 

savodxonlik,  sahovatlilik,  xushfe`llik,  shirinsuzlik,  mardlik,  odillik,  hayolilik,  sahiylik, 

odamiylik, oq kungillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir. 

urta  Osiyoga  sayohatga  kelgan  German  Vamberi  «Buxoro  yoxud  Mavorounnahr  tarixi» 

asarida  Oltin  urdadagi  uzbeklarning  musulmoncha  tarbiyalanganini,  savdo-sotiqda  og`ir 

vazminligini,  oq  kungillilik  va  samimiyligini,  kamgapligini,  sadoqatliligini,  dovyurakligini, 

shinavandligini,  oilaviy  munosabatlarda  pokligini,  mulohazaliligi,  andisha  bilan  tug`ri 

suzlashishini,  ota-onaga  hurmati  va  e`tiqodi  kuchliligini,  birinchi  bulib  utirmaslik  va  birinchi 

bulib  suzlashmasligini,  mug`ombirlikni  bilmasligini,  dinga  e`tiqodi  kuchli  bulib,  bu  jihatdan 

anatoliyali turklarga uxshashligini kursatgan. 

uzbek  xalqining  hozirgi  milliy  Ma`naviyati  va  qadriyatlari  utmish  milliy  Ma`naviyatining 

davomi  bulib  ularga  dustlik,  urtoqlik,  mehmondustlik,  odamgarchilik,  insonparvarlik,  axloqiy 

teranlik,  tadbirkorlik,  fazilatlilik,  saxiylik,  xushmuomalalilik,  jamoa  ichida  uzini  tuta  bilishlik, 

hayolilik,  sizlab  muomala  qilish,  ozodalik,  xushchaqchaqlik,  xushfe`llik,  mardlik,  samimiylik, 

lutfi  karamlilik,  ruzg`orparvarlik,  shirinsuzlik,  tashabbuskorlik,  ona-yurt  va  xalqiga 

muhabbatlilik,  insoflilik,  diyonatlilik,  rostguylik,  halollik,  oru-nomuslilik,  tug`rilik,  rejalilik, 

poklik,  sabr-andishalik,  vazminlik,  hojatbarorlik,  ota-ona  va  kattalarni  hurmat  qilish, 

mehnatsevarlik,  utmishga  hurmat,  insoflilik,  iymonlilik,  milliy  g`urur,  mustaqillikni  qadrlash, 

vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, Ma`naviy - axloqiy fazilatlar kiradi. 

Millat,  xalq  bor  ekan  uning  Ma`naviy  dunyosida  milliy  jihatlar  doim  saqlanib  qoladi. 

uzbeklarning  milliy  Ma`naviyati,  erkak  va  ayollarning  uziga  xos  sharqona  axloqiy  fazilatlari, 

ota-ona,  farzandlar,  quni-qushnilar,  mahalla-kuy  aloqalari,  halollik,  iymon,  vijdon  bilan  bog`liq 

Ma`naviyati faqat utmish sadosi emas, balki hozirgi kun uchun ham xosdir. 

uzga millatlarning Ma`naviy qadriyatlari qanchalik ta`sir kursatmasin kattalarga, ota-onaga 

hurmat,  kamtarlik,  halollik,  iymon,  mehnatsevarlik,  mehmondustlik  singari  milliy  Ma`naviy 

fazilatlarimiz  barqarordir.  Chunki  bu  Ma`naviy  xislatlar  avloddan-avlodga  utib  qon-qonimizga 

singib ketgan. Ayollarimiz qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular hayo, ibo, nomus bobida, oila, 

qarindosh-urug`larga nisbatan munosabat bobida sharqona, uzbekona fazilatlarni tark etmaydilar. 

Millat bor ekan, uning Ma`naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi. 

Yuqorida  ta`kidlaganimizdek,  ota-onani,  yoshi  ulug`larni  va  kichiklarning  izzatini  uz 

urniga  quyish,  hurmat  qilish  ham  milliy  Ma`naviyatimizga  kiradi.  Bu  yul  istiqlol  va  istiqbol 

muammolarini utmishning boy tajribasi bilan bog`lashga yaqindan yordam beradi. 

Odatda  kishilar  kupincha  ikki  ishda  katta  xatoga  yul  quyadilar.  Birinchisi  -  yoshlarni  hali 

yosh  deb,  ularga  ishonmaganida,  ikkinchisi  -  keksalarni  qariya  deb  chetga  surib  quyganida. 

YOshlarda  kelajakka  intilish  bilan  bog`liq  bulgan  katta  tashabbus,  kuch  va  g`ayrat  buladi. 

Keksalar  esa  hayot  yulida  kup  issiq  va  sovuq  kunlarni  boshdan  kechirib,  boy  tajriba  orttirgani 

uchun  ularda  uzoqni  uylab,  bosiqlik  bilan  ish  qilish,  etti  ulchab  bir  kesish  singari  Ma`naviy 



boylik va etuk tafakkur salohiyati bor. uzbeklarning «qari bilganni pari bilmas», degan hikmatida 

kup ma`no bor. YOshlarning tashabbusi, kuchi, g`ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi bilan 

bog`langandagina  yaxshi  ijobiy  samara  beradi.  Keksa  avlodning  bilimi,  hayot  tajribasi  yoshlar 

uchun  Ma`naviy  kamolot  va  ibrat  maktabidir.  Keksa  avlodning  hayot  tajribasini  mensimaslik 

hamma  davrlarda  ham  jamiyat  uchun  falokatli  oqibatlarga  olib  kelgan.  Chunonchi,  1920-

30 yillarda  hali  hayotda  biror  og`ir  saboqni  kurmagan,  baland-pastni  bilmagan  15-17 yoshlik 

komsomollar  kuplab  ishbilarmon,  mehnatsevar  dehqonlarni  quloq  qilish,  molu-mulkini 

musodara etib, uzoq erlarga badarg`a qilish vazifasini uz zimmasiga olgani ham katta iqtisodiy, 

ijtimoiy, Ma`naviy buxronlarga sabab buldi. Hozir ham keksalarning qadriga etmaydigan, ularni 

mensimaydigan yoshlar oz emas. Bu uzbek milliy Ma`naviyatidagi salbiy bir hol, kurinish. uning 

oldini olish zarur. 

Sovet  totalitar  tuzumi  sharoitida  Ma`naviy-axloqiy  fazilatlarning  milliy  jihatlari, 

an`analarini inkor etish yoki kamsitish kuchaydi. ularni Ma`naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin 

etildi.  Sharq  xalqlarining,  jumladan  uzbek  xalqining  ming  yillik  Ma`naviy  boyliklarini  uzida 

mujassamlashtirgan hadislar, shariat hukmlari diniy xurofat sifatida qoralandi. 

Xalqimizning  axloq,  andisha,  sharmu-hayo,  halollik  va  pokizalik,  inson  qadr-qimmati 

tug`risidagi  Ma`naviy  qadriyatlariga  zid  bulgan  evropacha  an`analar  yoshlar  Ma`naviyatiga 

salbiy  ta`sir  utkazdi.  Shu  tufayli  Ma`naviy  tubanlik  yuzaga  keldi.  Yoshlarda  asriy  milliy 

Ma`naviyatimizga  zid  bulgan  bag`ritoshlik  (farzandni,  ota-onani  tashlab  ketish  singari),  qotillik 

(uz  farzandini  uldirib  yashirish),  xudbinlik,  maishiy  buzuqlik,  giyohvandlik  kabi  Ma`naviy 

qiyofa yuzaga kelib, ildiz ota boshladi. 

Abdulla  Avloniy  va  boshqa  Ma`rifatparvar  fidoiylar  XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning 

boshlarida  Turkistonda  hukmron  bulgan  Ma`naviy  inqiroz  haqida  gapirib,  bu  og`ir  vaziyatdan 

ta`lim-tarbiya  ishlarini  yaxshilash,  axloqni  yuksaltirish  orqaligina  chiqish  mumkinligini  qayd 

qilgan  edilar.  «Tarbiya,  -  degan  edi  Abdulla  Avloniy,  -  bizlar  uchun  yo  hayot  -  yo  mamot,  yo 

najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir». 

Bu  fikrlarning  ahamiyati  hozirda  ham  kamaygani  yuq.  uzbek  millati  faqat  milliy  Ma`naviy 

kamolat orqaligina yuzaga kela boshlagan milliy-Ma`naviy aynishning oldini olishi mumkin. 

Sovet  totalitar  tuzumi  barbod  bulishi,  uzbekistonning  uz  mustaqilligini  qulga  kiritishi 

jamiyatimiz  Ma`naviyatida  chuqurlashib  borayotgan  inqirozning  oldini  olish  uchun  tangrining 

inoyati,  xalqimizning  baxti  buldi.  Milliy  mustaqillik  tufayli  jamiyatimizda  milliy  Ma`naviy 

poklanish,  unglanish,  tiklanish  jarayoni  yuz  berdi.  YOsh  avlodni,  Siz  kabi  talaba  yoshlarni 

vatanparvarlik,  insonparvarlik,  millatparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  milliy  g`urur  tuyg`usini 

kuchaytirish,  iymon,  vijdon,  halollik,  poklik,  mehnatsevarlik,  ishbilarmonlik  singari  xislatlarni 

shakllantirish,  mustaqillikning  ongli  fidoyisiga  aylantirish  hozirgi  kundagi  milliy-Ma`naviy 

tarbiya  ishining  asosiy  maqsadidir.  Shu  urinda  milliy-Ma`naviy  tarbiya  va  uning  asosiy 

yunalishlari va mohiyatini aniqlab olish zarur. 

Milliy tarbiya - u  yoki bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madaniyatni, 

merosni,  qadriyatlarni,  urf-odatlarni,  an`analarni  uzlashtirishdagi  faoliyatini  rivojlantirish  bulib, 

u milliy ong va milliy uzlikni anglashning sub`ektidir. 

Milliy tarbiyaning asosiy yunalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, vatanparvarlikni, 

mehnatsevar-likni,  yuksak  insoniylikni  rivojlantirish,  merosni,  urf-odatni,  qadriyatlarni,  fan, 

texnika,  texnologiyalarni  uzlashtirishga  intilishni  rivojlantirish,  mehr-oqibat,  iymon-e`tiqod,  or-

nomus, insof-diyonat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini tushunib etish va unga 

amal qilish ruhiyatini shakllantirish kabilar tashkil etadi. 

Milliy  tarbiyaning  yana  bir  yunalishi 

  ota-ona,  qarindosh-urug`larning  hurmatini  joyiga 



quyish, oilaning muqaddasligi tuyg`ularining barkamol bulishiga erishish, uzaro munosabatlarda 

yonma-yon  yashayotgan  uzga  millatlar  va  elatlar  vakillarining  manfaatlarini  hisobga  olish 

kabilar tashkil etadi. 

Xullas,  Prezidentimiz  Islom  Karimov  ta`kidlaganidek,  milliy  tabiatimizga  xos  bulgan 

mehr-oqibat,  muruvvat,  andisha,  or-nomus,  sharmu-hayo,  ibo-iffat  kabi  betakror  fazilatlar  va 


xalqimizning  kup  jihatdan  ajratib  turadigan  bag`rikenglik,  mehmondustlik,  oqkungillilik 

xususiyatlari haqida uzoq gapirish mumkin

34[34]



Hech birimizni xalqimizga xos ana shunday fazilatlar tark etishga yul quyib bulmaydi. 



Yuqorida  qayd  etganimizdek,  umuminsoniy  Ma`naviyat  -  butun  insoniyatga,  jahon 

xalqlariga  tegishli  bulgan  Ma`naviy  boyliklardir.  umuminsoniy  Ma`naviyat  uzoq  va  yaqin 

utmishdagi hozirda esa Ma`naviy jihatdan juda qimmatli, inson qalbida uchmas iz qoldiradigan, 

mangu  yashaydigan,  insoniyat  ijtimoiy  manfaati,  ehtiyoji  uchun  xizmat  qiladigan,  ularni 

ezgulikka  yullaydigan  Ma`naviy  boyliklardir.  umuminsoniy  Ma`naviy  boyliklariga  esa  ilm-fan, 

jumladan falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot va san`at asarlari, kashfiyot va ixtirolar, Ma`naviy 

madaniyat durdonalari, hurfikrlik, umuminsoniy axloqiy me`yorlar va boshqalar kiradi. 

umuminsoniy Ma`naviyat uz ijobiy ahamiyatini hech qachon yuqotmaydi. Oltin zanglamas, 

quyosh qoraymas deganlaridek, umuminsoniy Ma`naviyat ham doim qadimiy va navqiron bulib 

turaveradi.  ular  umumbashariy  Ma`naviyat  deb  ham  yuritiladi.  Inson  ozodligi,  salomatligi,  har 

bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u haqda 

g`amxurlik  qilish  kabi  Ma`naviy  mas`uliyat  uz  ahamiyatini  doim  saqlab  qolaveradi.  Adolat, 

tenglik,  ahil  qushnichilik  kabi  Ma`naviy  qadriyatlar  asrlar  osha  yashab  kelmoqda,  uni  butun 

insoniyat  avaylab-asrab  kelmoqda.  Mehnatsevarlik,  ezgulik,  yaxshilik  qilish,  tinchlik,  dustlik, 

halollik,  vatanparvarlik  va  boshqalar  ham  umuminsoniy  Ma`naviyat  sanalib,  u  har  bir  xalq, 

millatda uziga xos ravishda namoyon buladi. 

uzidan  kattalarni,  ota  va  onani  hurmat  qilish,  farzandlar  haqida  g`amxurlik  qilish  ham 

umuminsoniy  Ma`naviy  jihatlari  bilan  ajralib  turishini  yoddan  chiqarmaslik  kerak.  Vijdon, 

burch, baynalmilalchilik ham umuminsoniy Ma`naviyat tizimidan urin olgandir. 

Yuqoridagi  Ma`naviyat  tushunchalarining  millati  yuq.  u  hamma  millat,  xalq  uchun  bab-

barobar  tegishlidir.  Ammo  ularning  hammasi  faqat  muyayan  milliy  shaklda  namoyon  buladi. 

umuminsoniy  Ma`naviyatda  biz  milliy  Ma`naviyatning  eng  olijanob,  eng  yuksak 

kursatkichlarining umumjahon miqiyosida mujassamlashgan birligini kuramiz. 

uz  taraqqiyoti  uchun  har  bir  millat  umuminsoniy  Ma`naviyat  boyliklaridan,  xazinasidan 

foydalanishi,  unga  suyanishi  tarixiy  zaruratdir.  Buningsiz  zamonaviy  ilg`or  millat  haqida  orzu 

qilish  mumkinmas.  umuminsoniy  Ma`naviyat  boyliklaridan  foydalanish  milliy  cheklanganlik 

qobig`idan chetga chiqishga, olamni kengroq kurish va kuzatishga undaydi. 

Agar  milliy  Ma`naviyat  bulmasa  umuminsoniy  Ma`naviyat  yuq,  umuminsoniy 

Ma`naviyatlarsiz  esa  hozirgi  zamon  ilg`or  millatlari  yuq.  Millatlar  umumjahon,  umumbashariy 

Ma`naviyatning  yaratuvchilaridir.  Islom  Karimov  aytganidek:  «Bizning  milliy  xususiyatlarimiz 

umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  bog`lanib  ketgan.  Asrlar  davomida  xalqimiz  umumbashariy, 

umuminsoniy  qadriyatlar  takomiliga  ulkan  hissa  qushgan.  Turli  millat  vakillariga  hurmat,  ular 

bilan  bahamjixat  yashash,  diniy  bag`rikenglik,  dunyoviy  bilimlarga  intilish,  uzga  xalqlarning 

ilg`or  tajribalari  va  madaniyatini  urganish  kabi  xususiyatlar  ham  xalqimizda  azaldan 

mujassam»

35[35]


.  umumjahon,  umuminsoniy  Ma`naviyat  esa  hozirgi  zamon  ilg`or  millatlari 

taraqqiyotining zamini, tayanchi va negizidir. 

Mustaqil  uzbekiston  taraqqiyotida  esa  milliy  va  umuminsoniy  Ma`naviyatning  ana  shu 

dialektik  bog`liqligini  hisobga  olishimiz  davr  talabi.  Buni  esa  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

Ma`naviyat  tug`risidagi  siyosatni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  hisobga  olganligining 

guvohimiz.  Xususan,  Prezidentimiz  «uzbekistonning  uz  istiqlol  va  taraqqiyot  yuli»  asarida 

«Milliy  madaniyatning  uziga  xosligini  tiklashga  alohida  e`tibor  berilishi  kerak.  Shu  bilan  birga 

milliy  uz-uzini  anglashning  tiklanishi  jahon  insonparvarlik  madaniyati  va  umumbashariy 

qadriyatlari,  ideallaridan  bizning  kup  millatli  jamiyatimiz  an`analaridan  ajralib  qolishi  mumkin 

emas»


36[36]

,  -  deb  ta`kidlagan  edi.  Mustaqillikni  mustahkamlash,  sog`lom  avlodni  tarbiyalash, 

                                                           

34[34]


 ¹àðàíã. Êàðèìîâ È.À. Ìèëëèé èñòè3ëîë ìàôêóðàñè-õàë3 ýúòè3îäè âà áóþê êåëàæàêêà èøîí÷äèð. öêåò. 

35[35]


 Êàðèìîâ È. Äîíèøìàíä õàë3èìèçíèíã ìóñòàµêàì èðîäàñèãà èøîíàìàí.«Ôèäîêîð», w000 éèë, i-èþí. 

36[36]


 Êàðèìîâ È. %çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè, yw-áåò. 

komil  insonni  voyaga  etkazish  borasidagi  tarbiyaviy  ishlarni  milliy  Ma`naviyatimiz  boyliklari 

bilan birga umuminsoniy Ma`naviyat boyliklaridan foydalanish negiziga qurmog`imiz lozim. 

Bozor  munosabatlariga  utish  davrida  kup  millatli  davlatlar  uchun  milliy  siyosatni  tug`ri, 

aniq kuzlangan maqsad asosida olib borish juda muhimdir. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga 

yordam  beradi.  Millatlarning  va  ular  madaniyatlarining  bir-biriga  ta`sir  kursatishi  kup  millatli 

davlatlarda  yashayotgan  xalqlarning  Ma`naviy-aqliy  boyishi  uchun  yaxshi  manba  bulib  xizmat 

qilib kelgan. 

Millatlar  urtasidagi  turli  munosabatlarni  uyg`unlashtirish  sobiq  Sovet  Ittifoqi  hududida 

yangi  mustaqil  milliy  davlatlar  qaror  topayotgan  davrda,  ayniqsa,  muhim  ahamiyat  kasb 

etmoqda.  Bu  masalaga  ziyraklik  va  noziklik  bilan  yondashishni  talab  qiladigan  dolzarb 

masaladir.  Kup  millatli  davlatlarda  milliy  masalani  barcha  millat  va  xalqlar  manfaatlarini 

hisobga olmasdan hal etishga urinish yomon, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu nuqtai 

nazardan  qaraydigan  bulsak,  kup  elatli  davlatlar  jumlasiga  kiruvchi  uzbekiston  Respublikasi 

uchun ham millatlararo munosabat juda muhimdir. Bu hududda asosiy millat - uzbeklar bilan bir 

qatorda  uz  madaniyati,  an`analari  va  Ma`naviyatiga  ega  bulgan  yuzdan  ortiq  millat  vakillari 

istiqomat  qiladilar.  ularning  mamlakat  aholisi  umumiy  tarkibidagi  ulushi  20 foizdan  oshiqni 

tashkil  etadi.  Bozor  munosabatlariga  utish  davrining  dastlabki  bosqichlarida  demokratik  va 

siyosiy  islohatlarning  borishini  umumiy  baholab,  aytish  mumkinki,  uzbekistonda  millatlararo 

munosabatlar masalasiga alohida, ehtiyotkorlik bilan yondashilmoqda. 

uzining  tarkibi  va  mazmuni  jihatidan  xilma-xil  xalqlar  birligidan  tashkil  topgan  bizning 

jamiyatimizda  millatlararo  totuvlikni  saqlab  qolishda  bizning  qonun  bazamiz  yaqindan  yordam 

bermoqda. 

uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida: «uzbekiston xalqini millatidan qat`iy nazar 

uzbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi»,  -deb  ta`kidlanadi.  uzbekiston 

Respublikasining  «Fuqarolar  saylov  huquqlarining  kafolatlari  tug`risida»gi  qonuni  uzbekiston 

Respublikasining hamma fuqarolariga «...ijtimoiy kelib chiqishidan, ijtimoiy va mulkiy mavqei, 

irqiy va millatga mansubligidan...qat`iy nazar» teng saylov huquqini beradi. 

uzbekiston  hududida  yashaydigan  etnik  ozchilikning  xuquqlarini  himoya  qilish  davlat 

kontseptsiyasi  uzbekiston  Konstitutsiyasida  yaqqol  belgilab  berilgan.  unda  aytilganidek, 

«uzbekiston Respublikasi uz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-

odatlari  va  an`analarini  hurmat  qilinishini  ta`minlaydi,  ularning  rivojlanishi  uchun  sharoit 

yaratadi».  Mustaqillik  yillari  millatlararo  Ma`naviy  va  madaniy-ma`rifiy  munosabatlarning 

kengayishi  va  chuqurlashuvi  ana  shu  qonun  doirasida  rivojlantirilib  kelinmoqda.  Shu  yillar 

maboynida milliy uyg`onish jarayoni faqat uzbeklar orasidagina kechib kelmayotir. uzbekistonda 

yashayotgan  boshqa  millatlarning  vakillari  orasida  ham  etnik  -  madaniy,  Ma`naviy  asoslarda 

jipslashish  jarayonlari  faol  yuz  bermoqda.  1989 yildayoq  jamoat  tashkilotlari  -  milliy-madaniy 

markazlar  tashkil  etila  boshlagan  edi.  Hozir  Respublikada  80 dan  ortiq  milliy-madaniy  markaz 

mavjud. Bulardan ba`zilarining ruyxatini keltiramiz: 

uzbekiston  Respublikasining  koreys  madaniy  markazlari  assotsiatsiyasi  (1993 y);  qozoq 

madaniy  markazi  (1995 y);  qirg`iz  madaniy  markazi  (1995 y);  uzbekiston  nemislarining 

«Videgerburt»  madaniy  markazi  (1994 y);  rus  madaniy  markazi  (1994 y);  uzbekiston  «Axisxa» 

turk  madaniy  markazi  (1997 y)  va  boshqalar.  uzbekistonning  kup  millatli  jamiyatini  siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy-Ma`naviy jihatdan qayta qurish jarayonida ijobiy rol uynamoqda. 

Bizning  jamiyatimiz  etnik  guruhlar  va  millatlar  urtasida  shu  hududda  yashaydigan  har 

qanday  odamga  uzini  erkin  va  teng  huquqli  deb  his  qilishi  imkonini  beradigan  uzaro 

munosabatlar urnatishga intilmoqda. Yurtimizda milliy ayirmachilikning har qanday kurinishlari 

qoralab  kelinmoqda.  Milliy  kalondimog`lik  g`oyat  zararli,  biz  ulardan  yiroq  bulishimiz  kerak... 

Chunonchi  milliy  kalondimog`lik  kasaliga  yuliqqan  kishilar  uz  milliy  Ma`naviyatini  bilib, 

boshqa  millat  Ma`naviyatini  tan  olmaydilar.  Bunday  munosabat  tamomila  notug`ri.  ular  jahon 

xalqlari Ma`naviy merosi urtasidagi aloqadorlikni, bir-birini boyitishini bilmaydilar. 

Milliy  mahdudlik,  xudbinlik  kasaliga  chalingan  kimsalar  esa  -  mening  millatim 

Ma`naviyati,  madaniyati  bulmaganda  jahon  madaniyati,  Ma`naviyati  bulmas  edi,  degan  g`oyat 



zararli  qarashni,  g`oyani  ilgari  surib,  himoya  etadilar.  Mustaqillik  sharoitida  bunday  zararli 

g`oyalarni  ilgari  surish  va  himoya  etishga  intilish  millatlararo  munosabatlarning  negiziga  putur 

etkazadi,  milliy  totuvlikka  rahna  soladi.  Biz  qanchalik  uz  madaniyatimiz,  Ma`naviyatimizni 

hurmat  qilmaylik,  shu  bilan  birga  boshqa  millatlar,  jahon  xalqlari  Ma`naviyatiga  ham  hurmat 

bilan qarashimiz lozim. 

Bizning  maqsadimiz  «Yurtimizda  istiqomat  qiluvchi  barcha  insonlar  uchun  millati,  tili  va 

dinidan  qat`iy  nazar,  munosib  hayot  sharoiti  yaratib  berish,  rivojlangan  demokratik 

mamlakatlardagi kafolatlanadigan turmush darajasi va erkinliklarini ta`minlash»

37[37]



Markaziy  Osiyo  xalqlari  milliy  Ma`naviyati  takomil  bosqichlari  bu  ulka  xalqlari  madaniy 



taraqqiyot  jarayoni  bilan  bevosita  bog`liq  bulib,  ushbu  sahnda  yuz  beruvchi  hodisa  sanaladi. 

Xalqimiz madaniy taraqqiyoti uta murakkab tarixiy  hodisalar majmuini tashkil etib, uz ichiga bir 

necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va kup ming yillik Ma`naviy takomilimiz 

jarayonidan  asosiy  bug`inlarni  ajratib  olishimiz  lozim.  Busiz  milliy  Ma`naviyatimiz  rivojlanishi 

bosqichlari  haqida  fikr  yuritib  bulmaydi.  Kupgina  tadqiqotchilarning,  shu  jumladan  M. 

Imomnazarovning bu boradagi fikrini qullab, unga qushilib milliy Ma`naviyatimizning necha ming 

yillik tarixini uch yirik davrga (balkim turt davrga) ajratib kuzdan kechirishni kup jihatdan maqbul 

bildiku` 

1. Islomgacha milliy Ma`naviyatimiz taraqqiyoti. 

2. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy Ma`naviyatimizning urni va mavqei. 

3. Yangi davr jahon madaniyati va milliy Ma`naviyatimiz takomili masalalari. (Biz nazarda 

tutgan  turtinchi  davrga  balkim  Temur  va  Temuriylar  davri  Ma`naviyatini  alohida  davr  sifatida 

izohlash maqsadga muvofiqroq bularmikin). 

Bu davrlar uz ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga kura aslo teng emas. Birinchi davr bir 

necha  ming  yillarni  qamrab  olsa,  ikkinchi  davr  a`a`-a`g` asrni  (a`000-a`g`00 yilni)  uz  ichiga 

oladi. uchinchi davr esa bizning ulkamiz - Turkiston uchun deyarli a`00-a`u0 yilni tashkil etadi. 

Biz  mazkur  ma`ruza  matnida  Islomgacha  Ma`naviyatimiz  takomili,  mazmuni  va  mohiyati 

haqida  fikr  yuritamiz.  Islomgacha  bulgan  milliy  Ma`naviyatimiz  va  uning  takomillashishi 

haqidagi  eng  muhim  manbalar  guruhini  turtga  bulish  mumkin.  1.  Zardushtiylikning  «Avesto» 

kitobi va turkiy bitiklar (yozuvlar). 2. Qadim Shumer, Bobil, Ashshur, qadim Misr, Yunon, Hind, 

Xitoy  manbalari  va  Eron  shahanshohlaridan  qolgan  toshbitiklar.  3.  Arxeologik  yodgorliklar  - 

moddiy ashyolar va turli inshootlar. 4. Xalq og`zaki va yozma adabiyot namunalari, urf-odat va 

marosimlar, uyinlar, bayramlar va boshqalar. 

Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz Ma`naviyat va Ma`rifati haqidagi ma`lumotlar asrlardan 

asrlarga  utib  hozirgacha  saqlanib  qolgan  mif,  afsonalar  va  qadimiy  yozuvlarda  saqlanib 

kelayotir. urta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda bulgan. Chunonchi 

kosmogonik  miflar,  hayvonlar  va  qushlar  haqidagi  miflar,  xudolar  va  afsonaviy  qahramonlar 

haqidagi miflar bulib, ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik yomonlik, baxtsizlik, 

zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi quyilgan. Shu asosda baxt ulkasi va baxtsizlik ulkasi 

degan  miflar  yuzaga  kelgan.  Yaxshilik  va  yomonlik  kuchlari  urtasidagi  kurash  mifologik 

obrazlar  Mitra,  Anaxita,  Kayumars,  Yima  (Jamshid),  Elikbek  va  boshqalar  obrazida 

mujassamlashtirilgan.  Bular  haqidagi  miflar  biz  keyingi  masalada  kurib  utadigan 

zardushtiylikning «Avesto» kitobiga ham kirgan. 

Mitra - quyosh xudosi. u kishilarga nur, issiqlik, baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u 

yaxshi qurollangan bulib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra 

bitmas-tuganmas  kuchga  ega  bulgan  pahlavon  sifatida  tasvirlangan.  u  dushmanga  qarshi 

shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv etadi. Mitra - utda kuymas, suvda chukmas, uq utmas 

qahramon. 

Kayumars  haqidagi  mif  ham  «Avesto»ga  kirgan.  Mifologiyaga  kura  Kayumars  er  yuzida 

paydo bulgan birinchi odam bulib, guyo u Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki 

                                                           

37[37]


 Êàðèìîâ È. Äîíèøìàíä õàë3èìèçíèíã ìóñòàµêàì èðîäàñèãà èøîíàìàí. «Ôèäîêîð», w000 éèë, i-èþí. 

vujuddan: hukiz va odamdan tashkil topgan.  Insoniyatning ashaddiy dushmani bulgan Axriman 

Kayumarsni  uldiradi.  Kayumars  tanasining  hukiz  qismidan  55 xil  don,  12 xil  usimlik,  sigir  va 

hukiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo buladi; tananing odam qismidan esa erkak va 

ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi. 

Yima (Jamshid) haqidagi mifda kishilar uchun najotkor hukmron obrazi tasvirlangan. 

Shunday  qilib,  yuqoridagi  kabi  xalq  og`zaki  ijodi  -  miflarda  xalq  najotkori  va  xaloskori 

tasvirlanadi, kishilarning Ma`naviy g`alabasi va uz kelajagiga ishonchi tasvirlangan. 

Xalq  og`zaki  ijodida  mifologik  obrazlar  bilan  birga  afsonaviy  qahramonlar  obrazi  ham 

yuzaga  kelgan.  Bu  qahramonlar  kishilarning  osoyishtaligi  va  baxt-saodati  uchun  kurashib, 

fidokorlik  kursatadilar.  Chunonchi,  Gershasp  va  Elikbek  haqidagi  afsonalarda  ajdar  va  jinlarni 

enggan,  ulimdan  qurqmas,  mard,  bahodir,  kishilarni  halokatdan  qutqaruvchi  qahramonlar 

obrazlari tasvirlangan. 

Qadim  urta  Osiyo  aholisi  yaratgan  og`zaki  adabiyot  yodgorliklari  orasida  qahramonlik 

eposi  katta  va  muhim  urin  tutadi.  ularda  xalqimizning  chet  el  bosqinchilariga  qarshi 

vatanparvarlik  kurashi  asosiy  urinni  egallagan.  Chunonchi  Tumaris,  Shiroq,  Zarina,  Rustam, 

Siyovush  haqidagi  xalq  og`zaki  eposlarida  vatanparvar  va  fidokor  bahodirlarning  monumental 

obrazlari yaratilgan. 

«Tumaris»  eposida  urta  Osiyo  aholisining  chet  el  bosqinchilariga,  xususan  eramizdan 

avvalgi  VI  asrda  bu  ulkaga  bostirib  kirgan  eron  ahmoniylari  shohi  Kirga  qarshi  massaget 

qabilalarining qahramonona kurashi aks etgan. Kir qushini tor-mor etilib, uning uzi e.a. 529 yilda 

jang maydonida uldiriladi, kallasi tanasidan judo etilib, qon bilan tuldirilgan meshga solinadi. 

«Shiroq»  eposi  ham  urta  Osiyo  xalqlarining  chet  el  bosqinchilariga  qarshi  qahramonona 

kurashini aks ettiradi. Vatanparvarlik va jasorat, vatan va uz xalqi baxti-saodati yulida fidoyilik 

qilishga shay, tayyor turish kabi  yuksak Ma`naviylik sak qabilasining chuponi Shiroq timsolida 

gavdalangan. 

Yuqoridagi har ikkala xalq og`zaki ijodi namunalari zaminida haqiqiy tarixiy faktlar yotadi. 

Tumaris va Shiroq xalq qahramoni bulib, uz xalqi, Vatani uchun jonini ham ayamaydigan 

buyuk va betimsol mardlik va jasorat namunasi sanaladi. ularga ham qoyil qolib havas qilamiz. 

Qadimiy turkiy tilda  yaratilgan  yozma  yodgorliklardan bizgacha urxun - enisey va uyg`ur 

tilidagi yodgorliklar saqlanib qolgan. urxun - enisey yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bulib, 

ulardan  Kul-Tagin,  Bilka-qoon,  Tunyukuk  qabr  toshlariga  uyib  yozilgan  tekstlar  ayniqsa 

ahamiyatlidir.  Bu  yozuvlarni  turkiy-run  yozuvi  ham  deb  yuritiladi.  Run  yozuvi  -  «yashirin», 

«sirli» yozuv demakdir. Chunki ularni ancha vaqtgacha uqishning iloji bulmagan. 

Kul-Tagin  Bilka-qoon  (ulug`  hoqon  demakdir)  ning  ukasi  bulib  o`qg` yili  vafot  etgan.  u 

urushlarda zur qahramonliklar kursatgan. Kul-Tagin qabr toshida Bilka-qoonning tilidan aytilgan 

judolik  qayg`usi  marsiyasi  badiiy  til  vositasida  ifodalangan.  u  uz  ukasining  vafotidan  juda 

qayg`uga  tushadi.  Chunonchi:  Agar  Kul-Tagin  bulmasa  edi,  hammangiz  halok  bulur  edinglar. 

Mening  inim  Kul-Tagin  uldi,  men  qattiq  qayg`urdim,  kurar  kuzlarim  ojiz  buldi,  aql-fahmim 

utmas bulib qoldi, uzim qayg`urdim. Qismatni kuk samo (xudo) taqsim qiladi, odam bolasi ulish 

uchun tug`ilgan.... kabi suzlar yozilgan. 

Kul-Tagin  qabr  toshi  yozuvi  turk  xoqonligi  davlatining  ijtimoiy-siyosiy  xayoti,  qabila  va 

xalqlarning urf-odatlari, tili va mafkurasi bilan tanishtiruvchi manbadir. 

Markaziy  Osiyoda  Ma`naviyat  bilan  birga  Ma`rifat  ham  rivojlangan.  Ma`rifat  rivojining 

isboti sifatida bu ulka xalqlarining yozuvini kursatish mumkin. Eramizdan avvalgi birinchi ming 

yillik urtalarida oromiy, grek yozuvlari, forsiy mixxat mavjud bulgan. Keyinroq avesto, xorazm, 

sug`d, kushon, run (urxun - enisey), uyg`ur yozuvi kelib chiqqan. 

Qadim  urta  Osiyoda  astronomiya,  geometriya,  geodeziya,  matematika,  fizika,  meditsina 

fanlari  rivoj  topgan.  Bizga  qadar  saqlanib  qolgan  sug`d  kalendari  va  Beruniy  asarlaridagi 

ma`lumotlar bu ulkada, ayniqsa astronomiya fani rivojlanganidan darak beradi. 

urta  Osiyo  xalqlari  juda  qadim  zamonlardayoq  sug`orish  inshootlari  qurganlar,  kanallar 

ochganlar, chig`ir va koriz usuli bilan suvsiz erlarga suv chiqarganlar. Albatta bular kishilardan 

ma`lum tajriba va bilimni talab etgan. 



Shunday  qilib,  bizgacha  etib  kelgan  ma`lumotlarga  asoslanib,  Markaziy  Osiyo  qadimiy 

madaniyat,  Ma`naviyat  va  Ma`rifat  uchoqlaridan  biri  bulgan  degan  xulosa  chiqara  olamiz.  Biz 

yosh avlod bu bilan faxrlanishimiz lozim. 

«Avesto»  zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi.  Zardusht  eramizdan  avvalgi  660 yilda 

Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bulib, karomatguy bulgan ekan. Zardusht 20 yoshidan 

boshlab  yakka  xudolikni  targ`ib  qilgan.  28 yoshida  shuhrat  qozonadi,  lekin  uning  targ`ibotlari 

mahalliy  hukmdorlarga  yoqmaydi.  uni  osishga  hukm  etadilar.  Zardusht  uzi  bilan  300 ga  yaqin 

safdoshlarini olib hozirgi Afg`oniston tomonga yul oladi va uz g`oyalarini targ`ib etadi. u 77 yil 

umr kurgan. 

Zardushtiylikning paydo bulishi eramizdan oldingi X  asrga tug`ri keladi.  uning muqaddas 

kitobi  «Avesto»  ham  birdan  yuzaga  kelgan  emas.  u  bir  necha  asrlar  mobaynida  yaratilgan. 

Zardusht  «Avesto»ning  qadimiy  nusxalarini  urganib,  tuplab  bir  kitob  holiga  keltirgan.  u  q0 ta 

kohin  bilan  uch  yil  davomida  «Avesto»ning  bilimlarini  yig`ib,  bir  tizimga  solgan  va  a`g` ming 

hukiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan. 

Avesto quyidagi besh qismdan iborat: 

1.  Vendidod  -  g`g` bobdan  iborat  bulib,  unda  Axura  Mazda  erdagi  barcha  mavjudotning 

yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi. 

2.  Visparad  -  g`n` bobdan  iborat  bulib,  ibodat  qushiqlaridan  tashkil  topgan.  Zulmat 

kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi.

 

3.  Yasna  -  o`g` bobdan  iborat  bulib,  qurbonlik  vaqtida,  marosimida  aytiladigan 



qushiqlardan tashkil topgan. 

4. Yasht - g`g` qushiqdan iborat bulib, zardushtiylik ma`budalari madhi kuylangan. 

u. Xurda Avesto - Kichik Avesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda ma`budalar sharafiga 

aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat. 

Zardushtiylik  va  uning  muqaddas  kitobi  «Avesto»  haqida  qisqa  ma`lumot  berdik.  Bu 

kitobning  kup  qismi  Iskandar  Zulqarnayn  va  arablar  istilosi  davrida  yuqolib  ketgan.  Bizgacha 

etib  kelgan  nusxasi  a`qo`n` yilda  kuchirilgan  bulib,  hozirda  Kopengagendagi  kutubxonada 

saqlanib kelinmoqda. 

Zardushtning  uzi  tarixiy  shaxs  ekanligi  ham  munozarali,  bahsli  masala.  Biz  ayrim 

mualliflar fikriga qushilib, unga tarixiy shaxs sifatida yondoshdik. 

Zardusht  sariq  tuya  mingan,  degan  ma`noni  anglatadi.  «Avesto»  ta`limotiga  kura,  olamda 

ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi 

kuchlar  mavjud  bulib,  ular  abadiy  murosasiz  kurashib  keladilar.  Yaxshilik  va  yorug`lik 

kuchlariga  Axura  Mazda  boshchilik  qiladi.  Bu  kurashda  yorug`likning  zulmat,  yaxshilikning 

yomonlik ustidan g`alabasiga ishonch bildiriladi. 

Endi  zardushtiylikda  va  uning  muqaddas  kitobi  «Avesto»da  Ma`naviyat  va  Ma`rifat 

masalalari va ularning bizning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz. 

«Avesto»da  mehnat  nihoyatda  ulug`lanadi.  Mehnatni  yaxshilik,  moddiy  noz-ne`matlar 

manbai  deb  biladi.  Inson  saxovatli  bulishi  uchun  avvalo  mehnat  qilishi,  uz  quli  bilan  noz-

ne`matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Avesto»da: «Don ekkan kishi taqvodorlik urug`ini ekadi, 

u  Mazdaga  ixlosmandlik  e`tiqodini  olg`a  suradi,  imonni  oziqlantirib  turadi..»,  deyiladi.  Bunga 

amal qilish un ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, 

mehnat  qilish  -  erdagi  yovuzlikni  yuqotishdir,  deb  qaraladi.  «g`alla  erdan  unib  chiqqanda,  -

deyiladi «Avesto»da, devlar larzaga keladi, g`alla urib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, 

g`alla yanchib un qilinayotganda ular mahv buladi...» deb mehnat ulug`lanadi. 

«Avesto»da  inson  axloq-odobi,  Ma`naviyati  quyidagi  uchlikda:  Gumata  -  yaxshi  fikr, 

Gugta-yaxshi suz, Gvarshta-yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi suz, yaxshi ishga 

shon- shavkat baxsh etaman», -deb ta`kidlaydi Axura Mazda. 

Yaxshi  fikr  deganda  yaqin  kishilarga  mehribonlik,  muhtojlik  va  xavf-xatar  ostida  qolganda 

yordam  berishga  shaylik,  kishilar  baxt  va  saodati  uchun  faol  kurashishga  doim  tayyor  turish, 

hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi. 


Yaxshi suzlar deganda esa uz va`dasiga rioya qilish, suzining ustidan chiqish, savdo-sotiq 

ishlarida halol bulishga, qarzini uz vaqtida tulash, ug`rilik va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan 

uzini tiyish va hakozolar tushunilgan. 

Yaxshi  ishlar  deganda  insonning  uz  xatti-harakatida  yaxshi  fikr  va  yaxshi  suzlarda  ilgari 

surilgan barcha ijobiy yul-yuriqlarga og`ishmay amal qilish nazarda tutiladi. 

Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bulishni qat`iyan man etadi. 

Hayvonlarni kaltaklash va qiynash - gunoh deb hisoblanadi. Kishilarni foydali hayvonlar haqida 

g`amxurlik  qilishga,  ularga  uz  vaqtida  ovqat  berib  turishga,  yirtqich  hayvonlardan  quriqlashga 

da`vat  etadi.  «Avesto»da  tozalik,  poklikka  alohida  e`tibor  qaratilgan.  Hovuzdan  yuvilmagan, 

iflos  kuzada  suv  olgan  kishi  besh  darra  bilan  jazolangan.  Inson  yashaydigan  xonada  yuvinish, 

poklanish qat`iyan qoralangan. 

«Avesto»da  naslning  pokligi,  tozaligiga  ham  alohida  e`tibor  berilgan,  qattiq  nazorat 

qilingan, qarindosh-urug`, aka-ukaning quda-anda bulishi qoralangan. 

Hozirgi  meditsina  fani  aka-uka,  yaqin  qarindoshlar  urtasidagi  qudachilik  munosabatlari 

kelajak avlodning sog`lom, tula-tukis bulib tug`ilishiga salbiy ta`sir kursatishini tuliq aniqlagan. 

Buni  esa  bizning  ajdodlarimiz  allaqachon  aniqlaganlari  hozirgi  zamon  kishisini  lol  qoldiradi. 

Qolaversa, yaqin kishilarning nikoh masalalarida Ma`naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi 

yul bermasligi kerak. 

Kurinadiki, urta Osiyoda keng tarqalgan qadimiy Zardushtiylikda oila va nikoh masalalari, 

inson muammosiga muhim ahamiyat berilgan. 

Insonning  jismoniy  va  Ma`naviy  pokligi  zardushtiylik  axloqi-ning  eng  qadimiy 

talablaridandir.  Oila  va  nikoh  yaratguvchining  talabiga  mos  kelganligi  bois  uni  buzish 

taqiqlangan. Agarda oilada er yoki xotin axloqsizlik, ya`ni buzuqchilik gunohi sodir etsa, unday 

kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar. 

Zardushtiylik ta`limotidan kurinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas hisoblangan. 

uni  mustahkamlab,  darz  ketishiga  yul  quymaganlar.  Zardushtiylikda  qabristonlar  aholi  turar 

joyidan  chetda,  tepalik  joyda  bulishi  kerakligi,  u  erga  mevali  daraxt  utqazish,  ustirish  mumkin 

emasligi,  archa,  qayrag`och  kabi  mevasiz  daraxt  ustirish  kerakligi  ta`kidlanadi.  «Avesto»da 

aholining  kupayishiga  ham  ahamiyat  berilgan.  Qasddan  erga  chiqmaydigan  qiz  qopga  solinib, 

50 darra  urilgan.  Qasddan  uylanmagan  yigitga  ham  u0 darra  urilgan  va  beliga  temir  kamar 

bog`lab yurish buyurilgan. 

«Avesto»da  qadimgi  tabiblarning  qasamyodi  va  tabobat  ramzi  Ilon  va  jom  berilgan. 

Demak, tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan boshlangan. Bu ham bizning 

Ma`naviyatimiz qadimiyligini kursatuvchi dalillardan biridir. Kitobda Ma`rifatga, ilm va hunarni 

boshqalarga urgatish kerakligi ham uqtirilgan. 

Xulosa  shuki,  «Avesto»  kitobida  ajdodlarimizning  necha  ming  yillik  Ma`naviy  merosi 

izlari  uz  aksini  topgan.  unda  johillik,  zuravonlik,  tuhmat  kabi  yomon  xislatlar  qoralanadi.  Sof 

kungilli  bulish,  xiyonat  qilmaslik,  savdoda  bir-birini  aldamaslik,  haqorat  qilmaslik  kabi 

Ma`naviy xislatlar targ`ib etiladi. 

Markaziy  Osiyoda  quldorlik  jamiyati  eramizning  II-III  asrlariga  kelib  inqirozga  yuz  tutdi 

va uz urnini feodal munosabatlariga bushatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida  yangi 

oqim  Moniylik  ta`limotining  yuzaga  kelishi  va  kuchayishiga  olib  keladi.  ushbu  oqimning 

asoschisi  Moniy  (216-276 y)  bulib,  u  tarixiy  shaxsdir.  uning  ta`limoti  hukmron  tabaqalar 

manfaatiga  zid  bulgani  uchun  276 yilda  vahshiylarcha  uldirildi.  Moniy  boy  adabiy  meros 

yaratgan  bulsa  ham,  lekin  uning  ba`zi  asarlaridan  parchalargina  bizgacha  etib  kelgan,  xolos. 

uning Ma`naviy-axloqiy qarashlari «Sir ul asror» (Siru asror kitobi), «Kitob-ul-xudo-vost-tadbir» 

(Rahbarlik va boshqaruv kitobi), «Shaburkan» va boshqalarda bayon etilgan. 

Moniy  ta`limoti  zardushtiylikning  yaxshilik  va  yomonlik  ta`limotiga  asoslangan  bulib, 

keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta`limotida dunyo - ziyo (yorug`lik) 

va  zulmat  (qorng`ulik)  ning  abadiy  kurash  maydonidan  iborat,  mana  shu  kurash  maydonida 

insonning  asosiy  vazifasi  yovuzlikni  yuq  qilish  uchun  yaxshilik,  ezgulikka  kumaklashishdan 

iborat degan Ma`naviy-axloqiy ta`limot ilgari suriladi. 



Moniy  ta`limotiga  kura,  inson  sof  musaffolikka,  uz  gunoh-laridan  holilikka  faqat 

tarkidunyo  qilib  hayot  kechirishi  orqaligina  erishishi  mumkin,  deb  qaraladi.  Moniylik  axloqi 

dindorlardan imkoni boricha kam ovqat eyishni, ruza tutishni (demak ruza tutish odati islomdan 

avvval ham bulgan), uz turmushi, hayoti uchun kerakligidan ortiqcha mol-mulkka, boylikka yul 

quymaslikni,  mutadil,  urtacha,  dabdabasiz  hayot  kechirishni  targ`ib  etadi.  Moniy  uz  muridlari, 

izdoshlarini  dunyoviy  ishlarda  «surbet»  bulmaslikka  va  dunyoda  kup  narsalarga  intilmaslikka 

da`vat  qiladi.  «Zero  ulimdan  keyin  hech  kimsada  ruzg`or  asboblari  bilan  hovli  ham,  uy  ham 

qolmaydi». Boshqacha aytganda, inson hayoti davomida orttirgan boyliklarini uzi bilan olib keta 

olmaydi,  ularning  hammasi  undan  keyin  qolib  ketadi.  Moniy  aytadi:  «Men  uz  umrimda  kup 

hokimlarni kurdim, ular dunyoda axloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo oxirida 

g`am-alamlarga,  tubanlikka  duchor  buldilar».  Demak,  Moniyning  bu  suzlaridan  biz  ham  ibrat 

olishimiz foydadan holi emas. 

Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda  «mazdakizm» deb atalgan boshqa diniy-

falsafiy  ta`limot  yuzaga  kelib,  u  Markaziy  Osiyoda  ham  keng  yoyildi.  Mazdakizm  feodal 

munosabatlarning  rivoji  va  u  bilan  bog`liq  holda  xalq  ahvolining  og`irlashuvi  va  ikki  urtada 

ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan. 

Mazdakizmning  Moniylik  ta`limoti  bilan  kup  uxshash  tomonlari  bor.  u  Moniylik 

ta`limotini  tuldirib,  uning  zohidlik  -  noumidlik  g`oyalarini  dunyoga  umid  bilan  qarash 

g`oyalariga almashtiradi. 

Mazdak  Eronning  Nishopur  shahrida  tug`ilgan.  Dehqonlar  quzg`oloniga  yulboshchilik 

qilganligi  uchun  529 yilda  Anushurvon  tomonidan  qatl  etilgan.  Mazdak  feodal  mol-mulkini 

umumiylashtirishni, feodallar hukmronligini yuqotishni talab etadi. 

Moniylikdagi kabi mazdakizmda ham dunyoni tushunish negizida bir-biriga qarama-qarshi 

ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat kurashi yotadi deb qaraladi. Bu kurashda 

yaxshilik  yomonlik  ustidan,  yorug`lik  zulmat  ustidan  g`alaba  qiladi,  deb  ishonch  bildiriladi. 

Mazdakning  aytishicha,  yomonlik  va  zulmat  kuchlari  hukmronlik  qilar  ekan,  kishilar  ularga 

nisbatan befarq bulishlari kerak emas, balki yaxshilik kuchlariga yordam berishlari kerak. 

Mazdakning  fikriga kura, ijtimoiy tengsizlik kishilar urtasida ziqnalik, ug`rilik,  yomonlik, 

makkorlik,  shafqatsizlik,  urushlar,  turli-tuman  falokat  va  baxtsizliklar  kabi  illatlarni  keltirib 

chiqaradi. Shu boisdan bunday  yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi asosning uzini tugatish kerak, 

deb hisoblaydi. Olloh hammaga mol mulkni teng bulgan, ammo boylar xudbinlik yullariga utib 

(uzim  bulay),  barcha  boylikni  uziniki  qilib  olish  yuliga  utgan.  Kambag`allar  ham  mol-mulkka 

egalik qilish huquqiga ega, shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining bir qismini ular 

urtasida  taqsimlab  berish  odilona  ish  buladi  degan  g`oya  ilgari  suriladi.  Albatta  Mazdakning 

bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi. Mana shuning uchun ham Mazdak va 

uning tarafdorlari ta`qib ostiga olindi va ular shafqatsizlarcha jazolandilar. 

Mazdakizm  Ma`naviy-axloqiy  ta`limotida  ham  xuddi  Zardushtiylik  ta`limotidagi  kabi 

hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilish, urish man etiladi. 

Xulosa  shuki,  Moniylik  va  mazdakizm  Markaziy  Osiyo  xalqlari  Ma`naviy  yuksalishida, 

ayniqsa ularning adolatsizlik, zulm, zurlik, shafqatsizlikka qarshi kurashiga uz ta`sirini utkazgan. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling