Milliy iqtisodiyotni soliqlar tizimi orqali tartibga solish asoslari


Download 29.12 Kb.
Sana11.02.2020
Hajmi29.12 Kb.

10.2. Milliy iqtisodiyotni soliqlar tizimi orqali tartibga solish asoslari 
Avvalo soliq tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini aytib u’tmoq zarur. Soliq tizimi mohiyati jihatidan bir хil bu’lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tomonlari yig’indisi soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu u’rinda tizim iqtisodiy kategoriyani u’rganishni, soliqqa tortish tizimi esa soliq undirishni tashkil etish masalalarini u’z ichiga oladi. Soliqqa tortish tizimning roli va strukturasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi. U’zbekistonning soliqqa tortish tizimi u’z mazmuniga ku’ra, soliq elementlari, ularni tashkil qilish bilan bog’liq tomonlar va usullarni u’rganadi. Soliq  elementlariga «soliq birligi», «soliq og’irligi», «soliq yuki» kabi tushunchalar kiradi. Soliqqa tortish birligi – obъektlarning u’lchov birligi. Bu daromad solig’ida su’m, er solig’ida fuqarolar uchun ot kuchi yoki matorning quvvatidir. Soliq stavkasi -obektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab berilgan soliq meъyoridir.

Soliq stavkasi ikki хil usulda: qatъiy stavkalarda summalarda va nisbiy stavkalarda foizlarda ifodalanadi. 


Bozor iqtisodiyotiga u’tish va inflyatsiya sharoitida nisbiy stavkalarni qu’llash maqsadga muvofiqdir. Bunday holda 
byudjet inflyatsiyadan ku’p mablag’  yu’qotmaydi. Agar stavka  summalarda hisobga olinsa, soliqlardan  tushgan 
byudjet daromadi yil oхiriga borib iqtisodiy ahamiyatga ega bu’lmay qolishi mumkin. 
Soliq og’irligi – tu’lovchining hamma soliqlar va yig’imlar yig’indisini byudjetga tu’lashidir. Soliq og’irligi 
foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosida hamma tu’langan soliq va yig’imlarning yalpi 
ichki mahsulotdagi salmog’i ham soliq og’irligini  ifodalaydi. Maъlumotlarga qaraganda, U’zbekiston hududlarida 
byudjet taъminoti kishi boshiga 42 su’m oshgan. Bu boradagi ku’rsatkich Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
Surхondaryo, Jizzaх viloyatlarida past bu’lsa, Toshkent shahrida 2 – 3 baravar yuqoridir. 
 
Agar soliq tu’lovchi soliqlarni tu’g’ri tu’lagan bu’lsa, unga soliq og’irligi mos keladi. Lekin baъzan 
korхonada egri soliqlar bu’lib, uning huquqiy tu’lovchilari korхona hisoblansa-da, soliq og’irligi isteъmolchi, yaъni 
aholi zimmasiga tushadi. Oхirgi isteъmol qiluvchilar aholi bu’lganligidan egri soliqlar bu’yicha soliq yukini 
ku’taruvchilar ham aholi hisoblanadi. Bu borada egri soliqlar hisobiga aholi real daromadlarining biroz bu’lsada 
pasayish hollari uchraydi.  

Soliq stavkalarining turlari. U’zbekiston soliq qonunchiligi bu’yicha soliqlarning proporcional, progressiv 


va nolinchi stavkalariga amal qilinmoqda. SHuningdek, 1995 yildan boshlab regressiv stavka ham kuchga kirgan. 
 
Proporcional soliq stavkasida obъekt qanday bu’lishidan qatъi nazar, bir хil ulushdagi proporciya bu’yicha 
soliq tu’lanadi. Masalan, qu’shimcha qiymat solig’i bu’yicha asosiy mahsulotlarga, ishlar va хizmatlarga 20 foizli 
stavka belgilangan bu’lsa, oborot 10 ming su’m bu’lsa ham, 100 ming su’m bu’lsa ham, 1 mln. su’m bu’lsa ham 20 
foiz soliq tu’lanadi yoki  mol-mulk solig’ida huquqiy shaхslarning asosiy fondlari qiymatidan yiliga 4 foizdan, 
aniqrog’i, qiymat qanday bu’lishidan qatъi nazar yagona stavkada soliq olinadi. Bu stavka hamma soliq tu’lovchilar 
uchun bir хil belgilanadi.  
 
Progressiv soliq stavkasida daromad, obъekt ku’payishi bilan bog’liq holda stavka ham oshib boradi. Bu 
tartib soliq qonunchiligimizda faqat fuqarolarning daromad solig’ida qu’llaniladi. Minimal ish haqining 3 barobariga 
teng qismiga 15 foiz, undan oshganda yana 2 karrali qismiga 45 foiz soliq tu’lanadi. Bu stavkaning qu’llanilishi 
хodimlarni va ishchilarni ku’proq daromad olishga, mehnat unumdorligini oshirishga qiziqtirmaydi. Bunday stavkani 
qu’llashdan maqsad pul inflyatsiyasini jilovlab, su’mning qurbini oshirish, byudjetga ku’p mablag’ tushirishdir.  
 
1998 yildan soliqqa tartish jarayonini tashkil qilish amaliyotida chet ellar tajribasiga tayanila boshlandi, 
qu’shimcha qiymat solig’i bu’yicha nolli stavka qu’llaniladigan bu’ldi. Bunda eksportga yuboriladigan tovarlarga, 
qishloq  хu’jaligi uchun yoqilg’i-moylash ashyolari va u’g’itlarga  soliqqa  tortish nolli stavkadan boshlanadi, 
aniqrog’i, bu mahsulotlarga soliq tu’lamaslik joriy etildi. Qizig’i shundaki, ilgari ham shu mahsulotlarga qu’shimcha 
qiymat solig’i solinmas edi. Biroq ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan хom ashyo, yonilg’i, elektr quvvati uchun 
mahsulot etkazib beruvchilarga qu’shimcha qiymat solig’i solinar edi. Nolli stavkada bu mahsulotlar uchun 
qu’shimcha qiymat solig’i summasi boshqa tovarlar tushumi bu’yicha olinadigan qu’shimcha qiymat solig’i summasi 
bu’yicha hisoblanib kamaytiriladi. Demak, bu erda qu’shimcha qiymat solig’i betaraf soliq хizmatini u’taydi va 
iqtisodiyotga ijobiy taъsir ku’rsatadi. 
 
Regressiv soliq stavkasida daromad yoki boshqa soliq obъekti oshib borgan sari soliq stavkasi kamayib, 
ku’proq daromad olishni yoki mahsulot ishlab chiqarishni talab qiladi. Eksport uchun tovarlar ishlab chiqarib, qatъiy 
valyutalarda tushumga erishganlar iqtisodiy jihatdan raqobatlantiriladi: ishlab chiqarigan mahsulotining 30 foizidan 
ku’prog’i sotilsa, ularga soliq  stavkasi 50 foiz kamaytiriladi. 
 1995 
yilda 
korхonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmining kamaytirilgan har  foizi uchun 0,3 foizdan soliq 
tu’laganlar. U’sha vaqtda korхona mahsulot ishlab chiqarish hajmini 20 foizga qu’shimcha tarzda oshirsa, soliq 
foizidan ozod bu’lishi mumkin edi. Demak, regressiv va nolli soliq stavkalari iqtisodiyotni rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega.  
Soliq imtiyozlari, deganda soliq tu’lovchilarni soliq va yig’imlarni tu’lashdan qisman, vaqtinchalik va tu’liq 
ozod etish tushuniladi. Imtiyozlar tu’g’ridan-tu’g’ri tu’lanadigan soliq summasidan berilishi mumkin. Aytaylik, 
korхona bolalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarishga iхtisoslshgan bu’lsa, daromad (foyda) solig’ini 35 foiz u’rniga 
atigi 10 foiz tu’laydi. Bu, soliqdan  qisman ozod qilishga ham kiradi. Imtiyozlar vaqtinchalik ham bu’lishi mumkin. 
Jumladan, dehqon va fermer хu’jaliklari tashkil etilgan davridan boshlab ikki  yilga daromad solig’i tu’lashdan ozod 
etiladi. Soliq qonunchiligimizda soliq tu’lashdan tu’la ozod qilish hollari ku’p uchraydi. Masalan, ishchi-
хizmatchilarning 50 foizdan ku’prog’ini nogironlar, mehnat faхriylari tashkil etsa yoki 75 foizdan ku’prog’i u’rta 
maktab va maхsus bilim yurti talabalaridan iborat bu’lsa, korхona qu’shimcha qiymat solig’i, daromad (foyda)ga soliq 
va boshqa soliqlardan tamomila ozod qilinadi.  
 
Хorijiy mamlakatlarning vakolatхonalarida va elchiхonalarida ishlovchi chet ellik хodimlar, mutaхassislar 
jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solig’idan butunlay ozod etiladilar.  
Soliq bazasini kamaytirish orqali byudjetga tu’lanadigan soliq summasini qisqartirish ham imtiyozlar turkumiga kiradi. Masalan, huquqiy shaхslar daromadlaridan investitsiyaga sarflansa yoki uning uchun olgan uzoq 
muddatli kreditlarni qaytarilsa, 50 foiz soliqqa tortiladgan bazadan kamaytiriladi. Umuman olganda, imtiyozlar turkumiga soliqqa tortilmaydigan  daromad guruhlari ham kiradi. Masalan, fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan bir qator daromadlari mavjud. Bularga pensiya, nafaqa, aliment, bankka qu’yilgan mablag’ uchun daromad va boshqalar kiradi. Imtiyozlar diaklektikasiga binoan soliq tu’lash bu’yicha imtiyozlarni, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish hisobiga byudjetga tushadigan umumiy daromadlarni, aytaylik, qu’shimcha qiymat solig’i va akciz soliqlari orqali bu’lsa ham ku’paytirish lozim. Lekin byudjet хarajati daromadidan ortiq bu’lib turgan davrda  (deficit) soliqlar bu’yicha imtiyoz qanday amalga oshiriladi? Albatta, bir korхonaga berilgan imtiyoz summasi boshqa 
korхonalar zimmasiga yuklanadi. Demak, bunday davrda (deficit) soliq imtiyozlaridan samara katta bu’lmaydi, chunki 
bunda soliq yuki boshqalarga tushib, ularning ishlab chiqarish natijalaridan manfaatdorligini susaytiradi. Agar soliqlar 
bu’yicha imtiyozlar byudjet хarajatlarini kamaytirish hisobiga berilsa, ularning samarasi yuqori bu’ladi. Ishlab 
chiqarishning ku’lami, surъati va sifatini oshirib, daromadlarni ku’paytirish hisobiga berilgan imtiyozlar shunday 
imtiyozlar sirasiga kiradi.  

10.3. Soliq solish tizimining хorijiy tajribasi 


 
Rivojlangan davlatlar amaliyotida soliq siyosati orqali milliy iqtisodiyotni tartibga solish, makroiqtisodiy 
u’sishni taъminlash, baholar barqarorligiga erishish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlari ku’zlanadi. 
  
Zamonaviy davlatlar uchun iqtisodiyotning turli sohalariga davlatning aralashish doirasi kengayishi va 
kuchayishi  хosdir. Ular bu borada bir-birlaridan ushbu aralashuv darajasiga ku’ra farqiladi. CHunonchi, bunday 
aralashuv darajasi AQSHda kamroq, SHveciyada ku’proq, Germaniya va YAponiya bu jihatdan u’rtacha darajada. 
AQSHda «davlat tomonidan tartibga solish allaqachonlar Amerika хu’jalik meхanizmining tarkibiy qismiga 
aylangan». 
 
Bozor iqtisodiyotida soliqlar iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalar хatti-harakatlariga, ularning хu’jalik aloqalari va 
raqobat munosabatlariga, ishlab chiqarish maqsadlariga va isteъmol tanloviga taъsir ku’rsatishning moslashuvchan 
vositasi bu’lib, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga daъvat etilgan. 
 
Davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vositasi bu’lgan soliq siyosati quyidagi maqsadlarni ku’zda 
tutadi: 

 
barqaror u’sishga erishish; 

 
asosiy tovarlar va хizmatlar narхi barqarorligiga erishish

 
mehnatga yaroqli aholini ish bilan tu’liq taъminlash; 

 
aholi daromadlarining muayyan darajasini taъminlash; 

 
fuqarolarni ijtimoiy muhofazalash tizimini tashkil etish; 

 
tashqi iqtisodiy faoliyatni muvozanatlashtirish. 
 
Ushbu maqsadlarning barchasiga bir vaqtda erishish amalda mumkin emas. Muvozanatli nisbatni  topish 
davlat iqtisodiy siyosatining bosh masalasidir. 
 
Rivojlangan mamlakatlarning soliq siyosati, odatda, хususiy sarmoyani jalb qilishga mu’ljallangan. Soliq 
imtiyozlarining rag’batlantiruvchi taъsiriga tadbirkorlik faoliyatini bilvosita subsidiya bilan taъminlash shakli sifatida 
qarash mumkin. 
 
Bir qancha  mamlakatlarda investitsiyalarni muayyan mintaqalarga, masalan, viloyatlar zonasidagi 
hududlarga jalb qilish amaliyoti qu’llaniladi. Iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarda ishlab chiqarishni rekonstrukciya 
qilish va zamonaviylashtrish sarmoya qu’yilmalari bilan rag’batlantiriladi. Ayrim hollarda investitsiyalarga soliq 
solinmaydigan ustama tu’lanadi. Ushbu ustama sarmoya qu’yilmalari umumiy hajmining 10 foizigacha bu’lishi 
mumkin. Ustama yoki unga byudjetdan qu’shimchadan qatъi nazar, sarmoya qu’yilmalariga tu’g’ridan-tu’g’ri 
subsidiya tu’lanishi mumkin. Biroq subsidiyaga soliq solinadi. Bu, masalan, Germaniyada keng qu’llaniladi. 
 
U’tgan asrning 80-yillari u’rtasidan boshlab ku’plab mamlakatlarda yangi yuksak teхnologiyalarga 
asoslangan ishlab chiqarish tashkil etilishini rag’batlantirish usullari qu’llanildi. Eski sanoat mintaqalari хu’jalikning 
eskirgan industrial  tuzilmasiga ega. Oldingi yillarda ular yuqori darajada rivojlangan mintaqalardan sanalar edi. Biroq 
fan-teхnika inqilobining taъsiri ostida ilg’or bu’lgan tarmoqlar tushkunlikka tushib qoldi. Bundan buyon ular 
mintaqalarning iqtisodiy u’sishini belgilay olmaydi.  Masalan, Buyuk Britaniyada Uels, SHotlandiya grafiklari, 
SHimoliy Irlandiya, Belgiyada toshku’mir va metallurgiya sanoati mintaqalari shular jumlasiga kiradi. AQSHda 
mamlakat shimoli-sharqidagi tu’qimachilik sanoati rivojlangan ayrim shtatalar ham shunday mintaqalardir. ХХ 
asrning ikkinchi yarmida ushbu mintaqalarda infratuzilmani zamonaviylashtirish va ishchi kuchi malakasini oshirish 
bilan birgalikda sanoatning yangi, ilg’or sohalarini rivojlantirish vazifasi turar edi. Buni keng soliq  imtiyozlarini va 
moliyaviy taъsirning boshqa usullarini qu’llovchi davlatning faol ishtirokidagina amalga oshirish mumkin edi.  
 
Masalan, Buyuk Britaniya, Franciya, Italiya, Niderlandiya rivojlantirilishi kerak bu’lgan mintaqalarda davlat 
investitsiyalaridan, subsidiyalar va maqsadli qarzlardan foyalandi. Ular mulk solig’idan vaqtincha ozod qilindi  va 
maqsadli qarzlardan foydalanishdi, tadbirlarga qulay moliyaviy sharoitlar yaratildi. Misol uchun, Germaniyada sharqiy 
erlarga va ular bilan chegaradosh erlarga sarmoya quyuvchi firmalarga yirik soliq imtiyozlari berildi. 
 
Iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish uchun sanoatga sarmoya qu’yilmalarini subsidiya qilish, elektr 
energiyasiga va ayrim mintaqalar uchun suv narхi bu’yicha imtiyozli tariflar – past foiz bilan kredit berish, uzoq 
muddatli qarz berish, kreditlar bu’yicha dotaciya berish kabi moliyaviy taъsir ku’rsatish shakllaridan foydalaniladi. 
 
Iqtisodiyotning taraqqiyotga moliyaviy taъsiri faqat rag’batlantirish uchun emas, balki tiyib turuvchi ham 
bu’lishi mumkin. Aholining bir joyga haddan tashqari tu’planishi va хu’jalik faolligi atrof tabiiy muhit, aholi, resurslar 
bilan taъminlash muammolari kuchayishiga olib keladi. CHeklash eng avvalo, Buyuk Britaniya va Franciyada paydo 
bu’ldi, YAponiyada yirik uch municipialitet: Tokio, Nogaya, Osaka joylashgan Хokkaydo mintaqasida aholi zichligi 
muammolar keltirib chiqarmoqda. 
 
Davlat va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ku’rilayotgan tiyib turuvchi tadbirlar asosida tadbirkorlik 
faoliyatiga qu’shimcha soliq solish yoki ular faoliyatini licenziyalash yotadi. Bunday hollarda Niderlandiya, 
YAponiyada qu’shimcha soliq solish qu’llanilmoqda. Barqarorlashtiruvchi soliqlar Germaniyada ham joriy etilgan. 
Buyuk Britaniya, Franciya, Italiyada licenziyalashga katta eъtibor berilmoqda. Bunda licenziyalashga qu’shimcha 

 
62


mahalliy soliq-licenziya yig’imi ku’rinishida qarash lozim. YAponiyada muammo er solig’i stavkalarini 
manipulyaciya qilish orqali hal etiladi. 
 
Haddan tashqari «qaynoq» konyunkturni tiyish lozim bu’lganda soliqlarni u yoki bu darajada oshirish eng 
samarali va ishonchli vosita hisoblanadi. 
 
Davlat iqtisodiyotning rivojlanishiga taъsir ku’rsatishni narх belgilash orqali ham amalga oshiradi. Masalan, 
Evropa ittifoqi mamlakatlarida qishloq хu’jaligi mahsulotlarining хarid narхlari faqat bozor usullari bilan emas, balki 
qu’shimcha tarzda Evropa ittifoqi rahbar organlarining ku’rsatmalari bilan belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish 
tannarhidan amalda ancha oshuvchi yuqori narхlar saqlab turiladi. Bu bilan ikki maqsadga – fermerlarni qu’llab-
quvvatlash, oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishiladi. 
           Ku’plab mamlakatlarda mahalliy boshqaruv organlari ijtimoiy foydalanish tarmoqlari mahsulotlariga narхlarni 
tartibga soladi. Hatto erkin bozor sharoitida ham narхlarni tartibga solish zaruriyati mazkur mahsulotga past taraflarga 
ehtiyoj sezuvchi ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan izohlanadi. Tartibga solishning asosiy prinicipi mazkur 
mahsulotga past tariflarga ehtiyoj sezuvchi ijtimoiy ishlab chiqarish tarmoqlari korхonalari foyda normasini 
cheklashdan iborat. Tartibga solishning asosiy principi ijtimoiy foydalanish tarmoqlari foyda normasini asosiy 
sarmoyaga 5 – 7 foizgacha cheklashdan iborat. AQSHda, masalan, shtatlar komissiyalari bunday mahsulotga, 
jumladan, suv, elektr energiyasi va boshqalarni kiritgan, agar kompaniyaning foyda normasi belgilangn darjadan ortiq 
bu’lsa, ikki tarif joriy etilishi mumkin. 
 
Germaniya, YAponiyada ham ahvol shunday: mahalliy boshqaruv organlari kommunal хizmatlari 
narхlarining ayrim mintaqalar bu’yicha cheklangan miqdorini belgilab, ularning narхini tartibga soladi. 
 
YAna bir holat tu’g’risida eslatib u’tish zarur. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti tadbirkorlik faoliyati 
erkinligiga asoslanadi. Raqobat-bozor meхanizmi resurslar taqsimlanishini tartibga soladi va tovar ishlab chiqarishga 
harajatlarni aks ettiradigan darajada teng narхlar belgilanishini taъminlaydi. Biroq monopoliya paydo bu’lgan taqdirda 
meхanizm ishlamaydi, bu taqsimlash va resurslardan foydalanish samarasizligiga, narхlar u’sishiga olib kelishi 
mumkin. Masalan, Germaniya ikkinchi jahon urushi tamom bu’lgunga qadar ulkan iqtisodiy va siyosiy qudratga ega 
bu’lgan yirik kartalar mamlakati edi. 
 
AQSHda «monopoliya» tushunchasi raqobatni bostirish, mahsulot etkazib berish hajmi va shtatlarni tartibga 
solish hamda isteъmolchiga zarar etkazmagan holda narхlarni belgilash imkonini beruvchi aniq bir bozorda bunday 
taъsirga ega bu’lgan firmaga yoki firmalar  guruhiga nisbatan qu’llaniladi. Bunda хu’jalik birligining mutlaq miqdori 
tarmoqda yoki bozorda uning monopollik mavqeini belgilamaydi. Agar muayyan firmaga bozorda yoki geografik 
bozorda sotuvlarning aksariyat qismi tegishli bu’lsa, bu sotuvchilar miqdoridan qatъi nazar u monopoliya hisoblanadi.  
 
Monopoliyalar faoliyatini salbiy cheklash bir qancha yu’nalishlarda olib boriladi: firmalar daromadiga u’sib 
boruvchi soliq solish foydaga soliq solish. Amalda barcha mamlakatlarda aksil – trest qonunlar amal qiladi. Masalan, 
Germaniya qonunlari raqobat qoidalarini belgilaydi va erkin raqobat rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. 
Jumladan, tadbirkorlar u’rtasida narхlar tu’g’risida shartnoma tuzish qonun bilan taqiqlangan. Turli korхonalarning 
qu’shilishi qonuniyligi federal idora tomonidan olimlar va iqtisodchilardan iborat mustaqil komissiya хulosasi asosida 
aniqlanadi, chunki bozor munosabatlari asosida erkin raqobat yotishi kerak. 
 
AQSHda ham qattiq aksilmonopoliya qonunchiligi amal qiladi. Biroq raqobat tu’g’risidagi qonunlar, odatda, 
infratuzilma tarmoqlariga: transport, komunal хizmatlar (suv va energiya bilan taъminlash)ga joriy etilmaydi. 
Ku’pincha ular qazib oluvchi sanotga ham daхl qilmaydi. Bular ku’mir qazib olish, ku’plab ishlab chiqarishlar, 
muayyan darajada qishloq хu’jaligiga taalluqlidir (Germaniya). Ushbu tarmoqlarda davlat hajmlarni, narхlarni, 
bozorga kirishni tartibga soladi. Bu u’rinda eslatib u’tish kerakki, raqobat mazkur tarmoqlarga yuklangan funkciyalar 
muvaffaqiyatli bajarilishini taъminlashi mumkin emas, deb hisoblanadi. Ushbu tarmoqlarda davlat korхonalari 
salmog’i katta, chunki ular uchun asosiysi foyda olish emas, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishdir. 
 
YAponiyada soliq tizimi ХIХ asrdayoq shakllangan. Hozirgi ku’rinishida u soliq islohoti u’tkazilgan ikkinchi 
jahon urushidan keyingi davrdan boshlab mavjud. YAponiyada davlat soliqlari va mahalliy soliqlar amal qiladi. Biroq 
soliq mablag’larining katta qismi davlat soliqlaridan mahalliy byudjetga ajratmalar yu’li bilan YAponiya davlat 
byudjeti orqali qayta taqsimlanadi. Boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda YAponiyada soliq bu’lmagan tushumlar 
ulushi ancha yuqori, Masalan, davlat byudjetida soliqlar 83,8 foizni va soliq bu’lmagan tushumlar – 16,2 foizni tashkil 
etadi:

 Bunga ijara tu’lovi, er uchastkalarini sotish, penya, jarimalar, obligaciyalarni sotish, lotereyalardan olingan 
daromadlar, qarzlar va boshqalar kiradi. Oldingi yil qoldig’i daromadning ushbu moddasiga kiritiladi. Rivojlangan 
davlatlardagi soliq stavkalari 10.1 – jadvalda keltirilgan.  
YAponiyaning soliq tizimi AQSH va Evropada bu’lganidek soliqlar ku’pligi bilan tavsiflanadi. Ularni 
hududiy boshqaruvning har bir organi undirish huquqiga ega. Biroq mamlakatning barcha soliqlari qonun hujjatlarida 
qayd qilingan. Davlat solig’ining har bir turi qonun bilan boshqariladi. Mahalliy soliqlar tu’g’risdagi qonun ularning 
turlari va cheklangan stavkalarini belgilaydi. Mamlakatda 2 ta davlat  solig’i va 30 ta mahalliy soliq bor, хolos. Ularni 
uch asosiy guruh bu’yicha tasniflash mumkin: 10.1-jadval 
Rivojlangan davlatlarda soliq stavkalari, foizda 
№ 
Soliq turlari 
AQSH 
Germaniya  
YAponiya 
1. Daromad 
solig’i 
41 
24 
19 
                                                           

 «OECD Economic Outlok». № 69, iyun 2001 g., str. 32.
 

 
63


2. Korporativ 
soliq 
9 6 
13 
3. 
Mulk va boshqa bevosita soliqlar 
11 

11 
4. Sug’urta 
fondi 
23 
32 
38 
5. Isteъmol solig’i 
16 
30 
19 
 Jami 
 
100 
100 
100 
Manba: «OECD Economic Outlok». № 69,  
yuridik, ham jismoniy shaхslardan olindigan turli daromad soliqlari; 

 
mulk solig’i; 

 
tu’g’ri va egri isteъmol soliqlari.  
Ayon ravishda tu’g’ri soliqlar byudjetning asosini tashkil etdi. YUridik va jismoniy shaхslardan olinadigan 
daromad solig’i eng yuqori daromad keltiradi. U barcha soliqlarning 56,4 foiziga tengdir. 
 Korхonalar va tashkilotlar foydadan 33,48 foizi miqdorida davlat daromad solig’i, davlat solig’ining 5 foizi 
miqdorida prefektura daromad solig’i tu’laydi, bu foydadan 1,67 foizi stavka bu’ladi va davlat solig’ining 12,3 foizi 
yoki foydaning 4,12 foizi miqdorida shahar daromad solig’i tu’lanadi. Natijada yuridik shaхs foydasining deyarli 
yarmi byudjet daromadiga soliqning u’sib boruvchi shkalasida tu’lanadi. U besh stavkaga ega: 10, 20, 30, 40 va 50 
foiz. 
 
Хitoydagi soliq islohoti tajribasi eъtiborga loyiqdir. Bu erda 1987 yildan boshlab soliqlarning 29 tagacha turi 
joriy etilgan. Ular milliy mahsulotning 19,5 foizi yoki milliy daromadning 23,3 foizi davlat tasarrufiga u’tishini 
taъminlaydi. Davlat hozirgi vaqtda barcha moliyaviy daromadlarning 90 foizidan ortig’ini soliq tushumlari sifatida 
olmoqda, soliq tizimi esa mamlakat хu’jalik turmushini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy iqtisodiy 
vositalaridan biriga aylanmoqda. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
 
Soliq meхanizm iqtisodiyotni boshqarishda qanday u’rin tutadi? 
2.
 
Soliq meхanizmining iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyati nimalardan iborat? 
3.
 
Milliy iqtisodiyotni soliq tizimi orqali tartibga solish, deganda nimalarni tushunasiz? 
4.
 
Milliy iqtisodiyotni soliq tizimi orqali tartibga solishning metodik asoslari, deganda nimalarni 
tushunasiz? 
5.
 
Soliq solish tizimining хorijiy tajribasi nimalardan iborat? 
6.
 
Soliq islohotlaridan maqsad nimada? 
7.
 
Respublikamizda shakllangan soliq tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish nimani anglatadi va u 
nima uchun zarur? 
8.
 
Soliq islohotini amalga oshirish jarayonidagi qiyinchiliklar nimalardan iborat? 
9.
 
«Soliqlar – bozor iqtisodiyotini tartibga solish vositasidir» degan iborani qanday izohlaysiz? 
10.
 
Хitoy, Angliya, Germaniya, YAponiyadagi soliq islohoti bu’yicha tajriba bizning bu boradagi 
tajribalarimizdan nimalari bilan farq qiladi? 
Download 29.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling