Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi


Download 184.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2022
Hajmi184.38 Kb.
#367862
Bog'liq
1-maruza
geometriya malumotnoma, 1-amaliy topshiriq (1), Umumiy pedagogika 2-kurs Z. N. Ortiqova 1 O‘zbekiston res, 1. Fuqarolik jamiyatining faoliyat ko'rsatishida saylov qanday v, amaliy fizika 4, lab 30, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, MS EXCEL ЖАДВАЛ МУҲАРРИРИДА ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИ, Xusinbayev Azizbek mikroiqtisodiyot — копия, diskret 3


Milliy iqtisodiyotning muvozanatli 

va mutanosibli rivojlanishi

 

 

1.   



Iqtisodiy muvozanat tushunchasi. 

2.   


Umumiqtisodiy va xususiy muvozanatlik. Turg'un va muttasil rivojlanib boruvchi 

muvozanatlik. 

3.   

Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari. Iqtisodiy muvozanatning amal 



qilish tamoyillari va namoyon bo'lish shakllari. 

4.   


Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi. 

5.   


O'zbekistonda iqtisodiyotning tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash asosida 

mutanosibli rivojlantirilishi. 

Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod 

asoschilaridan biri A. Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risida 

tadqiqot» nomli asarida berilgan bo`lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi 

bozor mexanizmi yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o`rtasidagi muvozanat 

faqat bozor mexanizmi yoki «ko`rinmas qo`l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab 

o`tilgan. Uning mashhur «Alohida olingan har bir odam faqat o`zini o`ylagan holda, 

o`zining shaxsiy manfaatlari yo`lida qilgan harakatlari ko`rinmas qo`l orqali uning 

qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo`naltiriladi va bu harakat 

ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko`proq samara 

beradi» - degan fikri hozirgi kunda ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan. Ammo, u 

iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash jarayonlariga davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. 

Iqtisodiy 

muvozanat 

nazariyasini 

rivojlantirishga 

o`z 


hissasini 

qo`shgan 

namoyondalardan biri bu - J.S.Milldir. U o`z asarida «Jamiyat ortiqcha puldan o`z kuchi 

bilan qutula olmaydi, shu sababli yagona yo`l narxning o`sishi bo`lib, faqat shu yo`l bilan 

talab  va  taklif  o`rtasidagi  muvozanatlikni  ta’minlash  mumkin»-  deb  ko`rsatadi.  Uning 

fikricha, narx o`sishini talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagunga qadar 

davom ettirish zarur. XX asr boshlaridayoq iqtisodiy muvozanatlik nazariyasi iqtisodiyot 

fanida uning boshqa har qanday muammolariga qaraganda ancha aniq va yaqqol bayon 

qilingan.  Bu  tushunchaning  mazmunini  yoritib  berish  uchun  bir  qator  ilmiy 

urinishlarbo`lganligiga qaramasdan, faqat shveytsariyalik Nobelь mukofoti sovrindori L. 

Valьras birinchilardan bo`lib yaxlit olingan umumiy bozor muvozanati modelini 



yaratishga hamda mazkur tushunchaning mazmunini ancha to`liq ilmiy yoritib 

berishga erishdi. Lekin L. Valьras umumiy bozor muvozanati modeliga matematik 

usulli tengliklar orqali juda oddiy yondashgan. Uning tadqiqot doirasida umumiy 

bozor muvozanatining ishlab chiqarish hajmi va narxlar o`zgarishining hamda boshqa 

bir qator omillarning ta’siri u ko`rsatgan matritsadagi birgina omillarning o`zgarishi 

orqali butun bir matematik tengliklar matritsasining (umumiy bozor muvozanatini 

xarakterlovchi talab va taklifning) buzilishiga olib kelinishi uning tadqiqot doirasida 

atroflicha hisobga olinmagan. 

Shunday qilib

, o`tgan asrning boshlaridayoq umumiy bozor 

muvozanatining  bazaviy  modeli  ilmiy  tarzda  shakllantirilgan  bo`lib,  asosan  ko`pchilik 

iqtisodchi- olimlar tomonidan tan olingan edi. 

XX asrning 20 - yillari oxirlari va 30 - yillar boshlarida §arbdagi bozor 

iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotida  «Buyuk  depressiya»  nomi  bilan 

mashhur  bo`lgan  barqaror  va  uzoq  davom  etgan,  makroiqtisodiy  beqarorlikka  duchor 

bo`ldi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro`y bergan krizis 

jarayonlarning barcha jihatlari bo`yicha tushuntirib berishga layoqatsiz bo`lib 

qoldi. D.J. Keyns klassik iqtisodchilar nazariyasini tanqid qilib, iqtisodiyot 

nazariyasida haqiqiy to`ntarish qilishga olib kelgan nazariyasini yaratdi. 

2.Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat 

ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish 

natijalari hajmi hamda tarkibining o`zaro mos kelishligini xarakterlaydi. 

Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va 

makro)  har  xil  muvozanatliklarni  qamrab  oladi.  Umumiy  muvozanatlik  makroiqtisodiy 

muvozanatlikni ancha to`liq darajada ifodalaydi. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning 

barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro 

mos kelishlik 

darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi 

taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha 

o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali 

ifodalanadi. Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga 

bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va 




yalpi  taklifning  tengligini  taqozo  etsa  ham,  amaliyotda  ularning  nisbati  o`rtasidagi 

o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi. 

Jumladan: 

• Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning 

o`sishi bilan birga boradi; 

• Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning 

pasayishi bilan; 

• Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va 

baholarning tushishini keltirib chiqaradi; 

• Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos 

ravishda ishlab chiqarishning

 

qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi. 



Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga 

keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar, 

resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl 

fazalarining o`zgarishi, 

bozor konьyukturasi

, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi 

tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi. 

Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif 

mos kelishi), turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab 

chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak, 

umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy 

iqtisodiyotining mutanosibligidir. 

Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir 

me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, 

barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o`rtasidagi 

barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`z ichiga oladi. 

Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida 



holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi. 

Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy 

miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy 

muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib 

olish layoqati va tovarlar

 

taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif 



o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar 

ichida  mamlakatimiz  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlab  o`tganidek:  «…..ichki 

bozorda 

talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilanunga 

sotib  olinadigan  mollar  salmog`i  o`rtasidagi  nisbatni  ta’minlash  g`oyat  katta  rol 

o`ynaydi». 

Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o`zining barcha shakllari bilan 

birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan 

iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli 

tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy 

modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib 

chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal 

qilinishini ta’minlash yo`llarini topish imkonini beradi. 

3.Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, 

iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. 

Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida 

bo`ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari 

daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi. 

Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli 

umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi. 

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq 

usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 




2. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. 

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish 

umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), 

iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning 

umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab 

chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish 

uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy 

mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori 

(SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo`ladi. 

To`liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi 

mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi 

sarflarning SMM hajmidan kam bo`lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning 

SMM hajmidan ortiqcha bo`lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi. 

Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, 

ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini 

beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg`arishga 

qo`yish mumkin. Jamg`arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni 

olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar 

bilan to`liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi. 

Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab 

chiqarish hajmi va daromad

 

darajasining  o`sishiga  olib  keladi.  Bu  o`zaro  natija  mulьtiplikator  samarasideyiladi. 



Mulьtiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o`zgarishning 

sarflardagi (investitsiyalardagi) o`zgarishga nisbati. 

Real SMM dagi o`zgarish 

Mulьtiplikator samarasi = __________________________________________ 

Investitsion sarflardagi o`zgarish 



SMM dagi o`zgarish = mulьtiplikator x Investitsiyalardagi o`zgarish. 

Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so`mga ko`payishi, sof milliy 

mahsulotning 20 mlrd. so`mga ortishiga olib kelsa mulьtiplikator samarasi 4 ga 

(20:5), SMMdagi o`zgarish 20 mlrd. so`mga (4x5) teng bo`ladi. 

Investitsion sarflardagi o`zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki 

eksportdagi o`zgarishlar ham mulьtiplikator samarasiga ta’sir ko`rsatadi. 

Mulьtiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda 

bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. 

Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o`zgarish iste’mol va jamg`arishda xuddi 

shunday yo`nalishda o`zgarish bo`lishiga olib keladi. 

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari 

balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. 

Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi 

balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. 

«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan 

iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib 

muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. 

4.Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari 

o`rtasida mutanosiblik bo`lishini taqozo qiladi. 

Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o`rtasida 

miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo`lishidir. Bunda tenglik bo`lishi shart 

emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo`lishi mumkin. 

Makroiqtisodiy jarayon g`oyat murakkab va ko`p qirrali bo`lishi sababli 

mutanosiblik turlari ham ko`p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib 

mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. 

Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi 




tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg`arish fondi o`rtasidagi: iqtisodiyotdagi 

tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o`rtasidagi: aholining daromadlari 

bilan xarajatlar o`rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko`rsatish mumkin. 

2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy 

iqtisodiyotning muvozanatini

 

ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o`rin tutadi. Mamlakat xalq 



xo`jaligi juda ko`p tarmoq va sohalardan iborat bo`lib, ularning rivojlanishi bir- 

birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol 

qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o`z iste’molchisini topadi. Masalan, 

qishloq xo`jalik mahsulotlarning ko`pchilik qismi /paxta, g`alla, pilla, sut va h.k./ 

sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi 

va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab 

chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari xalq xo`jaligining 

boshqa tarmoqlari /qishloq xo`jaligi, qurilish va h. k./da unumli iste’mol qilinadi. 

Bu ularning bir-biriga bog`liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo 

mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo`jaligi va xalq xo`jaligining boshqa 

tarmoqlari o`rtasidagi mutanosibliklar misol bo`ladi. 

3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy 

ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali 

ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi 

soha va ishlab chiqarishlar o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning 

ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, 

qishloq xo`jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o`rtasidagi 

mutanosibliklar va h. k. Shu bilan birga ta’kidlab o`tilgan sohalarning ichidagi 

tarkibiy bo`linmalar o`rtasida ham bog`liqlik bo`lishi zarur. Masalan, sanoatning 

qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go`sht ishlab 

chiqarish sohalari o`rtasida va boshqalar 



4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim 

hududlari o`rtasidagi bog`liqlikni ham taqozo qiladi. 

Yuzaki qaraganda hududlar

 

o`rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to`liq namoyon 



bo`lmaydi. Lekin alohida hududiy bo`linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa 

hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog`liqligi, 

ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan 

qaralsa, bu bog`liqlikning ahamiyati yaqqol ko`rinadi. 

5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. 

Birinchidan, dunyoning ko`pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali 

bir-biri bilan bog`langan, ikkinchidan, shu bog`liqlik orqali milliy ishlab 

chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab 

chiqaruvchilar o`z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar 

hisobiga qondiradi. Bu bog`liqlik qanchalik katta bo`lsa, sof eksport hajmi orqali 

makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko`rsatadi. 

Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning 

muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko`zda tutiladi: 

Mamlakatda mavjud bo`lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan 

holda jamiyatning ehtiyojlarini to`laroq qondirib borish. 

To`la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo`lgan va 

ishlashni xohlaganlarni to`liq va samarali ish bilan ta’minlash. 

Narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan 

xoli qilish. 

Iqtisodiyotning bir maromda o`sib borishini yetarli darajada investitsiya 

bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog`lab borish. 

Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining 

faolligiga erishish. 



5. 

Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta 

 

 

qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo`jalik majmuasining bunyod etilganligi,



 

birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror 

ishlab chiqarish nisbatlarini

 

davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy 



e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini 

takomillashtirishga qaratiladi. 

Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush 

darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va 

ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta 

ahamiyatga ega bo`ldi. 

Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab 

chiqarilayotgan mahsulot turini o`zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot 

tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi. 

Iqtisodiyot tuzilishidagi o`zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni 

qisqartirish, xalq xo`jaligining xom ashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama 

yo`nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar 

ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish 

asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini 

hal etish bilan bog`liqlikda amalga oshirildi. 

Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o`zgarishlar - 

respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi 

tarmoqlarni

 

rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o`zak tarmoqlarni - 



neftь va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik 

majmuasini, qishloq xo`jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini 




rivojlantirishga ustunlik beriladi. 

Xalq xo`jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o`zgartirish 

asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg`arish fondi 

o`rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o`rin tutadi. Iste’mol 

fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o`rtasida 

mutanosiblikni ta’minlaщda muhim rolь o`ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim 

makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga 

ko`proq e’tibor berdi. 

Bozor iqtisodiyotiga o`tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish 

muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik 



kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor 

 

Download 184.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling