Milliy ramzim mening faxrim


Download 11.52 Kb.
Sana03.08.2022
Hajmi11.52 Kb.
#790126
Bog'liq
Milliy ramzim
samarali izolyatsiyalovchi materiallar bilan uch qatlamli panellar ishlab chiqarish(1), Xotin qizlar, Крассворд, Математикадан ишчи 2016, form-importer-oz, англиский, lll, Тимати - Ключи от рая, 00006885 FM, net, dhirinniki, 13 topshiriq ehtimol, 13 topshiriq ehtimol, 13 topshiriq ehtimol, 3-seminar metodika

Angren shahar
Barkamol avlod bolalar maktabi

Milliy ramzim - mening faxrim” mavzusidagi ma‘naviyat soati ishlanmasi




Tayyorladi: Abduraimova Sh.


2022 yil
Davlat ramzi har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoldir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Ozod O‘zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari — Davlat gerbi, Davlat bayrog‘i, Davlat madhiyasi azizdir. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois, bayrog‘imiz yoki gerbimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruxan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda gurur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.
Mustaqil Respublikamizning “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga ham 29 yil to‘lmoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq o‘z gerbiga ega bo‘ldi. 1992 yilning 2 iyulida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Davlat gerbi — davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi. Tadbirda 10 kishi ishtirok etdi.
Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning o‘rni katta. Zero, milliy ramzlar or-nomus, shon-sharaf sanalgan. Tug‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Аmir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi o‘nlab sarkardalar hayoti ham bugun avlodlarimizga katta ibrat. Аslida Vatan ramzlarini ko‘zga surtish, uni to‘tiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lish deganidir.
Hammamizga maʼlumki, har bir davlatning Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi, madhiyasi kabi ramzlari mustaqilligining muqaddas belgilaridir. Davlatimizning ramzlari Davlat bayrog‘i (1991 yil), Davlat Gerbi (1992 yil), Davlat madhiyasi (1992 yil) qonun hujjatlari orqali mustahkamlangan.
Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon - sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir. Respublikamiz davlat bayrog‘idagi ramzlar O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elatlarning anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. Gerb - bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni, ramzi va timsolidir. Gerb qaysi davlatga tegishli bo‘lsa, o‘sha davlatning tarixiy anʼanalarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan tasvirlar yig‘indisidan iborat.
Davlatimiz gerbi 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdikdangan. Shu sabab, 2 iyul – O‘zbekiston fuqarolari uchun bayram sifatida qadrli va unutilmas kunlardan biriga aylangan:
Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda Oʼzbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.
Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa milliy boyligimiz paxta chanoqlari qiyg‘os ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarakka o‘ralganligi hamda gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi aks ettirilgan.
Gerbning yuqori qismida hurligimizning ramzi sifatida sakkizburchak, uning ichki qismida yarim oy va yulduz, markazida afsonaviy Humo qushi tasvirlangan. Pastki qismida yurtimiz Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambarak tasmasiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
Gerbda o‘z ifodasini topgan jannatmakon diyorimiz husn-tarovatiga ishora etuvchi manzaralardan tortib, daryo, bug‘doy boshog‘i, g‘o‘za va paxta chanoqlari xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlari ifodasi, quyosh, yarim oy, yulduz- jamiyatimiz jipsligi belgisi, shuningdek, omad, himmat, olijanoblik, erksevarlik va fidoyilik ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushi - bularning barchasi millatimiz, xalqimiz hayoti, tarixi, ruhiyati va anʼanalari bilan chambarchas bog‘liq timsollardir.
Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling