Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari


Download 195.96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.03.2023
Hajmi195.96 Kb.
#1298438
Bog'liq
milliy-tiklanishdan-milliy-yuksalish-sari-mavzusida-ilmiy-amaliy-seminar-ot



1
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida ilmiy-
amaliy seminar oʼtkazildi
Tarixiy merosni asrab-avaylash, oʼrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng
ustuvor yoʼnalishlaridan biridir.
Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi
bilan hamkorlikda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʼtkazildi.
Mazkur ilmiy-seminar koʼzlangan maqsad kursantlar qalbida milliy ruh, ona-Vatanga mehr va sadoqat,
adolat tuygʼusini har tomonlama kuchaytirish, buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Jaloliddin Manguberdi, Аmir
Temur, Shohruh Mirzo, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarimizning boy maʼnaviy merosiga
munosib avlod qilib tarbiyalashda tarix ilmining ahamiyatini koʼrsatishdir.
Ilmiy-amaliy seminarda Institut professor-oʼqituvchilari, soha mutaxassislari, kursantlar va Oʼzbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-
metodik markazning yetuk tarixchi olimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ikki muassasa oʼrtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi Institutning professor-
oʼqituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash, Institutning iqtidorli kursantlarini izlab
topish, tanlash va ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish kabi istiqbolli loyihalar oʼz aksini topganligi
bilan ahamiyatlidir.
Darhaqiqat, jahon miqyosida turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar tobora keskin tus olib borayotgan


2
bugungi tahlikali zamonda hayotning oʼzi talab qilayotgan mezonlar asosida doimo ogoh va hushyor boʼlib
yashash, kursantlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash boʼyicha amalga oshirilayotgan
ishlar samaradorligini oshirishda bu ilmiy-amaliy seminar muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 195.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling