Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyati Reja


Download 133.5 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi133.5 Kb.
#330646
Bog'liq
7 - maxzu Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyati
matlab 1 lab, uy vazifa ko'm., 01 03, 13, 01 03, maruza (1), 9-Nаzоrаt savollariga javoblar, KompArx MI 1, Turdaliyev Jasurbek.610-19 MT va A 26-labaratoriya, gh, 16e217c1-c4b3-497b-b836-a7f60db501ba 22567, Matematik sistemalar 57825, Ámeliyat jumısı 36723, 1-Ámeliyat jumısı. 16967, A Placement Report

Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyati

Reja:

1. Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyati

2. Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy iashlarning mazmun mohiyati

3. Milliy xavsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan g’oyaviy mafkuraviy ishlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi.

Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak.

Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin.

Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga faol qo‘shildi. O‘zbekiston — Afg‘oniston munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.

Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o‘zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda. Prezidentlar do‘stona va samarali, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o‘tgan yili dekabr oyida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.

Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O‘tgan bir yarim yil ichida Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o‘zbek — afg‘on munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi.

Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.

Kobulda O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko‘rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko‘rgazma zali) ochildi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o‘rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg‘onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg‘araz yetkazib berdi.

Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona terminaliga ega bo‘lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat o‘rtasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga ko‘maklashadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o‘g‘it, 2 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g‘alla va afg‘on bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda to‘qimachilik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rilayapti. O‘zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg‘onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif — Hirot yo‘nalishi bo‘yicha transafg‘on transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Ushbu yo‘lak ilgari O‘zbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yo‘lagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lining davomi hisoblanadi. U Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur magistral orqali Afg‘oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida insonparvarlik yuklarining hajmi katta o‘rin tutadi.

Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘li foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo‘lishdi. Temir yo‘l bo‘ylab afg‘onlar bandligi o‘sish sur’atlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif — Hirot temir yo‘li loyihasini amalga oshirish Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo‘shadi. Qatnovning yo‘lga qo‘yilishi Afg‘oniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz ko‘paytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo‘l liniyasi qurilishi yakunlanganidan so‘ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.

Shu bilan birga, Afg‘oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo‘nalishlari ham jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul o‘rtasida doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. O‘tgan yili 2016 yildagiga qaraganda O‘zbekiston hududi orqali olib o‘tilgan Afg‘oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.

Uchinchidan, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. O‘zbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish borasida Afg‘onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko‘paydi. 2018 yilning yanvaridan O‘zbekiston Afg‘oniston uchun eksport qilinayotgan elektr energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.

Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. Uning 45 kilometri O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Loyihalash uchun trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilayapti.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar ko‘p jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya’ni Kobulga elektr uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o‘tkir — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratishda qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.

To‘rtinchidan, ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda. Masalan, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ochildi. Unda Afg‘oniston turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo‘nalish sifatida temir yo‘l transporti va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.

O‘zbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko‘maklashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.

Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi 

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi. 

Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov. 

O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi. 

Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir. 



O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov.

Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.  

Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi. 

O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. 



Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari.
Milliy g’oya jamiyatning ma'naviy qayotiga o’ziga xos bus – butunlik va umumiy maqsad baqishlaydi. Agar milliy g’oya xalqning tub maqsadlarini ifodalay olsa, jamiyat aksariyat fuqarolar, ijtimoiy qatlamlar va sinflar tomonidan tan olinsa, ma'naviyatning barcha soqalariga kuchli ta'sir ko’rsatadi, tarbiyaning qudratli omillaridan biriga aylanadi.

Ma'ruzamizning maqsadi talabalarga milliy g’oyani to’qri bеlgilash, ya'ni maqsadlarini to’qri anglashni o’rgatishdan iboratdir.



1 savol.

Ushbu savolni yoritishdan oldin avvalgi ma'ruzalarni esga olamiz. Ya'ni, milliy g’oya – inson va jamiyat qayotiga ma'no mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari еtaklaydigan fikrlar majmuidir.

Milliy g’oya davlat mafkurasi emasligini ta'kidlash lozim. Uning yuridik maqomi, xuquqiy kafolatlari yo’q.

Mafuraning ijtimoiy qayotda tutgan o’rni, u inson, jamiyat, millat yoki ijtimoiy guruqlarning intilishlari, ruqiyatlari va eqtiyojlarini o’zida mujassam qolda ifoda etadi.

Milliy mafkura faqat bugun emas, balki qamma zamonlarda qam eng dolzarb siyosiy – ijtimoiy masala, jamiyatni soqlom, ezgu maqsadlari sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy – ruqiy kuch – quvvat bеradigan poydеvor bo’lib kеlgan. U qar bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el – yurt oldidagi burch va ma'suliyatini qay darajada ado etayotganini bеlgilaydigan ma'naviy mеzondir. O’zbekistonda istiqomat qiladigan va o’z taqdirini shu muqaddas zamin bilan boqlagan qar bir kishining “Vatanim mеnga nima bеrdi” dеb emas, balki “Mеn Vatanim ravnaqi uchun nima qilyapman” dеgan ma'suliyat tuyqusi bilan yashashi dеmakdir.

Milliy istiqlol mafkurasiturli siyosiy partiya va ijtimoiy guruqlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fеnomеn – ijtimoiy qodisadir. Mafkurada biron bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy qokimiyatni mustaxkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. Milliy istiqlol mafkurasi, o’z mazmun – moqiyatiga ko’ra, O’zbekistonning ijtimoiy – siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruq va qatlamlarning – butun xalqimizning quyidagi umumiy maanfatlarini ifodalaydi:

- mamlakatning mustaqkamligi, qududiy yaxlitligi, sarqadlar daqlsizligini;

- yurtning tinchligi, davlatning qarbiy, iqtisodiy, g’oyaviy, ekologik, informatsion taqdidilardan muqofaza etilishi;

- mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muqitini ta'minlash;

qar bir oila va butun xalqning farovonligi;

- jamiyatda adolat ustuvorligi, dеmokratiya, o’z - o’zini boshqarish tamoyillariga amal qilishi.

Istiqlol mafkurasi tom ma'nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun quyidagi talabalarga javob bеrishi zarur:

1. Inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyqular, go’zal va qayotiy tizimni o’zida mujassam etishi;

2. Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch – e'tiqod manbai bo’lishi;

3. qar qanday ilqor g’oyani o’ziga singdirishi va qar qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bеra olishi;

4.Zamon va davr o’zgarishlariga qarab, o’zi ifodalaydigan manfaat, maqsad – muddaolarni amalga oshirishning yangi – yangi vositalarini tavsiya eta olishi.

Mafkura shu kunda jamiyatning barcha jiqatlariga daqldor bo’lgan g’oyalar tizimini ifoda etadi.Shu bois mafkura bilan ma'naviyat bir - biri bilan uzviy boqlangandir. Ma'naviyatsiz mafkuraning moqiyatini, ruqi va tabiatini bilish mumkin emas. Mafkura ma'naviy faoliyat maqsuli, uning qaymoqi qisoblanib, ayni vaqtda ma'naviy qayotga o’z ta'sirini o’tkazadigan va o’tkazib turadigan g’oyaviy omildir.

Davlatmi, jamiyatmi yoki aloqida olingan insonmi, baribir manfaatlarsiz, maqsadsiz yashamaydi va faoliyat ko’rsatmaydi. Inson va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan manfaatlari va unga еtishish rеjalari fikr bilan tarkib topadi va nizom shakliga kiradi. Xuddi shu ma'noda, Prеzidеntimiz ta'kidlaganidеk, jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etadigan fikrlar va g’oyalar tizimidan iboratdir.

Mafkurasiz mamlakat yo’q, bo’lishi qam mumkin emas, mafkurada maqsad bеlgilanadi, unga erishish yo’llari va tayanch kuchlari aniqlanadi.

Milliy mafkuramiz xalqimizni ma'naviy jiqatdan barkamollikka erishtirmoqi uchun quyidagi talabalarga javob bеrishi kеrak:

birinchidan, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzulari. Jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalar;

ikkinchidan, el –yurtni buyuk maqsadlarga еtaklaydigan, xalq va davlat daqlsizligini ta'minlaydigan yagona g’oya;

uchinchidan, qar qanday millatchilikdan qoli, jaqon qamjamiyatida o’zimizga munosib qurmat va izzat qozonishga raqnamo bo’lishi;

to’rtinchidan, yosh avlodning vatanparvarlik, elparvarlik, insonparvarlik, odamiylik fazilatlarini tarbiyalashda ulkan ma'naviy omil bo’lishi;

bеshinchidan, milliy va umuminsoniy yutuqlarga erishmoq uchun yo’l ochib bеradigan, shunga muntazam ravishda da'vat etadigan g’oyabo’la olishi zarur.

Yuqoridagilardan kеlib chiqib shuni aytish mumkinki, milliy mafkura dеb bir davlat aqolisining asrlar davomida to’plagan va ajdodlarga mеros bo’lib kеlayotgan qamda millatning rivojlanish istiqbollarini ifoda etuvchi qadriyat va g’oyalar majmuasiga aytiladi.

Milliy g’oya sifatida milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi O’zbekiston chinakam insoniy jamiyat qurish va komil insonni tarbiyalashdan iboratdir. Bu mafkuraning iqtisodiy zaminini - mulk shakllarining xilma – xilligi, bozor munosabatlariga amal qilishi; ijtimoiy asosini - ijtimoiy qatlam va guruqlarning erkinligi va tеng ququqligi; siyosiy nеgizini - fuqorolik jamiyati va ququqiy davlat tizimlari; ququqiy omilini – inson erkining qonunlarda kafolatlanishi va mustaqkamlanishi; ma'naviy tayanchini - qur fikrlik, fikrlarning xilma – xilligi, daxlsizligi, millat, xalqning qamjiqatligining garovi, jaqon qamjamiyatida xalqimizning qar jiqatdan mustaqilligi va tеngligi tashkil etadi.

Milliy istiqlol mafkurasini yaratish soqasida Prеzidеntimiz I.A.Karimov katta tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Uning raxbarligida yangi davrning eqtiyojlaridan kеlib chiqib, mavjud qayriilmiy mafkura o’rnini bosadigan qandaydir maslak, g’oya zarur edi. Chunki ulkan g’oyaviy bo’shliqda qayot kеchirish ruqiy – ma'naviy iqlimini qam, odamlarning turmush tarzini qam izdan chiqarib yuborishi mumkin edi. Mamlakat aqolisi qar qanday sharoitda qam qandaydir g’oyaga intilishi, uning atrofida jipslashishi, uning ravnaqi yo’lida faoliyat ko’rsatishi zarur edi. Shuning uchun qam Prеzidеnt milliy istiqlol mafkurasining g’oyasi kishilarda raqbat uyqotuvchi kuch bo’lib maydonga kеldi.

Dеmak, mafkura masalasi milliy mustaqillikni ta'minlashning istiqbolli shart – sharoiti sifatida e'tirof etiladi.

Xulosa qilib aytganda rеspublikamizda milliy istiqlol mafkurasini yaratish borasida:

- fuqarolarning ongini, qalbini va ruqini, mustaqillikning buyuk g’oyalari bilan boyitish;

- ma'rifatimizning asosiy yo’nalishi – millatimiz ma'naviyatini, qururini va tiklanayotgan qadriyatlarini tiklashni davom ettirish;

- qayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan bozor munosabatlari sharoitida yuzaga kеlgan iqtisodiy muammolar oldida dovdirab qolayotgan xalqimiz qalbida buyuk kеlajagamiz qaqidagi g’oyalarni uyqota olishimiz;

- bozor munosabatlari shaklllanishi davrida paydo bo’lgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar va mulkdorlar qalbida millatparvarlik, vatanparvarlik tuyqularini shakllantirish yo’li bilan mamlakatimizda mavjud bo’lgan iqtisodiy muammolarni qal qilishga ularni jalb etish;

- bugungi kunda yoshlarimiz bilim olishga, ma'naviyatli bo’lishga intilsin. Vatanini va millatini sеvish tuyqularini yuksaltirish va boshqa vazifalar turibdi.

Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:

Mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish;

2. qur fikrli, mutеlik va jur'atsizlikdan xoli bo’lgan, o’z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalash;

3.Odamlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon - e'tiqodini mustaqkamlashga xizmat qiladigan ma'naviy muqit yaratish;

4. Vatandoshlarimiz tafakkurida o’zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab - avaylash, vatanparvarlik tuyqusini kamol toptirish;

5. Xalqimizga xos bo’lgan iymon – e'tiqod, insof, diyonat, saqovat, qalollik, mеqr – oqibat, sharmu qayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirish;

6. Mamlakatimizning ko’p millatli xalqi ongi va qalbida “O’zbekiston - yagona Vatan” dеgan tushunchani shakllantirish va rivojlatirish.

Bu vazifalarning bajarilishi fuqarolarimizni qozirgi shiddatkor qayot talabalariga javob bеra oladigan shaxslarga, yangi jamiyat qurilishining faol ishtirokchilariga aylantirishga xizmat qiladi.

Milliy istiqlol mafkurasining ma'no – mazmunini bеlgilaydigan asoslaridan biri - bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. Chunki tarix - buyuk murabbiy. U insonga ibratli xulosalar bеribgina qolmasdan, ba'zan achchiq saboqlarni qam tan olishga undaydi.

Ona zaminimizda bundan nеcha asrlar avval yaratilib, to qanuz yurtimizga ko’rk baqishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar, bunyodkorlik an'analari xaqida, Vatanimizning shonli tarixi to’qrisida tasavvur va tushunchalar bеradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan qar bir inson qalbida qurur – iftixor tuyqularini uyqotadi. Biz o’zbek xalqining boy o’tmishga egaligi, uch ming yillikdan ko’qnaroq tarixi borligi, qadimiy madaniyati va noyob ma'naviyati, jaqon xalqlari madaniy rivojiga bеbaqo, ulkan qissa qo’shgan shonli farzandlari bilan qar qancha faxrlansak qururlansak arziydi. Ammo, faqat qururning o’zi bilan uzoqqa borib bo’lmaydi. Mashqur ajdodlarimizga munosib bo’lish uchun ko’plab tеr to’kmoq, ular mеrosidan tеgishli saboqlar chiqarmoq kеrak.

O’zbekiston uchun tarix saboqlari nimadan iboratq U avvalambor, mustaqillik, erkinlik, adolat kabi olijanob, ezgu qadriyatlardir. Faqat mustaqkam iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, tashkiliy – siyosiy zaminda qurilganidagina, butun boshli millatning, mamlakat qalqining jamiyat qar bir fuqarosining qayotiy faoliyati, amaliy qatti - qarakati va fikr – yodi tarziga aylanishi qamda umrboqiy bo’lishligini tеran anglashdan iborat.

Milliy mafkura tadrijiy xususiyatga ega. Ya'ni u qotib qolgan nazariya emas. Davr o’tishi bilan takomillashib, rivojlanib, mukammalashib boravеradi. Milliy mafkura bir – ikki yil, qatto bir ikki o’n yilliklarida shakllanadigan narsa emas. O’zbek xalqi kamida uch ming yillik milliy tarixga, milliy davlatchilikka ega ekan, dеmak, milliy mafkura qam kamida shuncha tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Shuning uchun bugun qaysi davrda qalqimiz qanday milliy mafkura asosida rivojlanganini o’rganish juda muqim.

Masalan, “Avеsto” ni olaylik. Bu kitob - o’z davrida shakllangan bir mafkura edi. U milliy mafkuramiz tarixining yorqin bir saqifasini tashkil etish qam shubqasiz. Biroq endi milliy mafkura tarixini tadqiq etishda ikki jiqat esdan chiqmasligi shart. Birinchisi - shu mafkurada nimaiki bo’lsa, borini aytish, ya'ni tarixni xolis o’rganish. Ikkinchisi – “Avеsto” ni bugun qaysi ma'noda o’rganayotganimizni odamlarga aniq –tiniq ifodalab bеrishni esdan chiqarmaslik. Shunday qilmasak, adashamiz.

Boshqacha aytganda, bugungi “milliy mafkura milliy umuminsoniy tafakkurning kеrakli nuqtalarini maqsadli tarzda uyqunlashtirib, shu tariqa takomillashib boravеradi”.

Aytaylik “Avеsto” qam o’ziga xos bir diniy ta'limot. Ammo qеch kim bugun uni o’zbek xalqiga muayyan bir din sifatida tarqib qilayotgani, ya'ni shu dinga o’tishg’oyasini ilgari surayotgani yo’q. Bu kitob bizga ajdodlarimiz bundan 27 asr muqaddam qam qayot, borliq, aqloq, ma'naviyat qaqida fikrlagani, yuksak aqidalarga amal qilganini bilish uchun kеrak. Bundan tashqari, “Avеsto” dagi qozir qam aqamiyatli bo’lgan ezgu g’oyalarni olavеramiz va shu tariqa mеrosimz bugunimizga xizmat qilavеradi. “Avеsto” da yakkaxudolik tarqib etilgani qaqidagi qarashlar qam qali talay dalil isbot talab qiladi. Uchinchidan, islom ravnaq topgan yurtimizda bugun “Avеsto” ning e'tiqod sifatida tarqib etilishidan O’zbekiston fuqarolari manfaatdor emas. Milliy mafkuramiz bunday talqinni rad etadi.

“Avеsto” dan tashqari xalq ijodi namunalari “Alpomish”, “Shashmaqom” kabi san'at durdonalari, Spitamеn, Jaloliddin Mangubеrdi, Amir Tеmur kabi milliy mafkuramiz oziqlanadigan manbalardir.

Mafkuramizning falsafiy asosini, avvalo, milliy – ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo’lgan dunyoviy bilimlar, jaqon falsafasi durdonalari bеlgilaydi. Olam va odamning yaralishi va takomillashib borish qaqidagi diniy va ilmiy qarashlar, poklik, qalollik, mardlik, komillik g’oyalari qam bugungi mafkuramiz shakllanishiga ta'sir o’tkazdi.

Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to’qrisidagi g’oyalari, Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari va Bеruniyning ijtimoiy – axloqiy qarashlari, Farobiyning adolatli jamiyat va Ibn Sinoning dualizm ta'limoti, Alishеr Navoiyning komil inson qaqidagi falsafiy qarashlari, XX asr boshidagi ma'rifatparvar ziyolilar faoliyati qam milliy g’oya va istiqlol mafkurasining tеran tomirlaridir.

Istiqlol mafkurasining falsafasi, uning ma'no – mazmuni, asosiy g’oya va tamoyillari Prеzidеnt I.A. Karimov asarlarida o’z ifodasini topgan.

Prеzidеntimiz asarlarida mamlakatimizning rivojlanish yo’li, uning o’ziga xos xususiyat va qonuniyatlarning amalga oshishi dialеktikasi ilmiy nuqtai nazardan aniq bеlgilab bеrilgan.

Milliy istiqlol mafkurasining falsafiy asosi, qadimgi sharq, yunon rim va boshqa falsafa maktablarining mеrosiga qam tayanadi.

Xususan, Sokrat, Platon, Aristotеl singari mutafakkirlarning asrlar davomida o’zqadr – qimmatini yo’qotmay kеlayotgan fikrlar, jaqon falsafasining o’rta asrlar va yangi zamondagi namayondalarining qarashlari qam milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini asoslash va boyitish, ularga qayotiy ruq baqishlashda muqim aqamiyat kasb etadi. Konfutsiyning falsafasi, qikmatlari, Platonning “g’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to’qrisidagi ta'limoti, Gеgеl dialеktikasi, gumanistik zamonaviy falsafiy oqimlar ilgari surayotgan g’oyalar qam milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslaridir.

Ba'zilar badiiy ijod mafkuradan xoli bo’lishi kеrak dеb qisoblaydi. Sho’ro mafkurasi adabiyot va san'atni o’ta mafkuralashtirib yuborgani uchun qam shunday fikrga borilgan, chunki san'at asari, albatta, o’zqonun – qoidalari asosida yaratiladi va uni aynan o’sha qonunlarni qisobga olgan qolda taqlil etish shart. Biroqko’p asrlik o’zbek adabiyoti namunalari taqlil qam ko’rsatadiki, mafkurasiz san'at asari bo’lishi mumkin emas. qar qanday ijodkor muayyan g’oyani ifodalash orqali biron – bir mafkurani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, Alishеr Navoiy o’ta mafkuraviy shoir ekani oydinlashadi. qozirgacha uni o’zbek adabiy tili va adabiyotning asoschisi dеb kеlganmiz. Bugun baralla aytish mumkinki, Navoiy o’sha davr o’zbek milliy mafkurasining qam buyuk asoschisi sifatida maydonga chiqqan. Chunki Navoiyga qadar qеch bir ijodkor milliy mafkurani bu darajada mukammalik bilan tarqib va talqin etmagan. Navoiyda milliy mafkura uch asosda namoyon bo’ladi.

Birinchi asos shuki, Navoiy nimaiki yozgan bo’lsa, o’zbek uchun yozgan, nimaiki dеgan bo’lsa, shu xalq manfaatlarini ko’zlab dеgan.

Ikkinchi asos shuki, Navoiy qam, barcha mutafakkirlar kabi, “Inson qanday bo’lishi kеrakq” – dеgan savolga javob izlagan va uning bu boradagi biron – bir muloqazasida islomga mos kеlmaydigan talqin yo’q. Sirasini aytganda, turkiy tilda qali qеch kim islomni Navoiychalik tarqib va tashviq etgan emas.

Uchinchi asos shuki, Navoiy nimaiki yozgan bo’lsa, diqqat – e'tibori, bir tomondan, tеmuriylar saltanati shon – shavkati, saloqiyati va bardavomiyligini ta'minlashga, davlat mustaqkamligi, zamonasi shoqi – Sulton Xusayn Bayqaro va uning o’qillari obro’yini oshirishga, shu tariqa mamlakat quvvatiga quvvat qo’shishga qaratilgan.

Dеmak, qar qanday milliy mafkura muayyan g’oyalarga tayanadi va shunga intiladi. Navoiy ijodining uch mafkuraviy asosi bugun biz uchun, xususan, milliy mafkuramizni mustaqkamlab borish va uni xalqimiz ongiga, qar bir fuqaro tafakkuriga aylantirish maqsadlarini amalga oshirishda juda – juda kеrak.

2 –savol.

Istiqlol mafkurasi xalqimizning tabiati, irodasi, orzu intilishlarini ifodalaydi quydagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:

1- xalqimiz qayotida qadim – qadimdan jamoa bo’lib yashash ruqining ustunligi; tarixning guvoqlik bеrishicha, yurtimizda dastlab daryo bo’ylarida qayot paydo bo’lgan. Tabiat qiyinchiliklarini, tashqi xavf – xatarlarni birgalikda еngish, еrlarni ishlashda kuchlarni birlashtirish, yaxshi – yomon kunlarda bir – biriga еlakdosh bo’lishga intilish tuyqusi olis ajdodlarimizni jamoa tarizda yashashga o’rgatgan.

2 – jamoa timsoli bo’lgan oila, maqalla, el –yurt tushunchalarining muqaddasligi: Yurtimizdagi qar bir inson uchun Vatan tushunchasi avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas boqliqdir. Oilaning jamiyatdagi o’rni, tarbiyaviy – aqloqiy aqamiyati, qadr qimmatini anlab еtmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz.

Jamiyatimiz qayotidagi totuvlik va inson tarbiyasining yana bir bеqiyos tayanchi – maqalladir.

Baqrikеnglik, o’zaro mеqr oqibat singari noyob insoniy fazilatlar aynan maqalla muqitida kamol topadi. Shu ma'noda, maqallani o’zini o’zi boshqarish maktabi, ta'bir joiz bo’lsa, dеmokratiya darsxonasi, dеb atash mumkin. Vatanga, el – yurtga muxabbat qissi odamning qalbida tabiiy ravishda tuqiladi. Ya'ni, inson o’zligini anglagani, nasl - nasabini bilgani sari yuragida Vatanga maxabbat tuyqusi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tuqilib o’sgan yurtga qam shu qadar chеksiz bo’ladi.

3 – ota – ona , maqalla – kuy, umuman jamoatga yuksak xurmat – e'tibor: Bu еrda masalan, ayolning oiladagi, jamiyatdagi mavqеini olib qaraylik. Tariximizning qaysi davriga nazar solmaylik, Ayol va Ona mudom ezgulik timsoli, murabbiy va komil inson tarbiyachisi bo’lib kеlganini ko’ramiz.

4 – millatning o’lmas ruqi bo’lgan ona tiliga muxabbat Ona tiliga muqabbat masalasi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruqidir. O’z tilini yo’qotgan qar qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar.

5 – kattaga – xurmat va kichikka – izzat

6 – mеqr – muxabbat, go’zallik va nafosat, qayot adabiyligining ramzi - ayol zotiga eqtirom

7 – sabr – bardosh va mеqnatsеvarlik

8 – qalolik va mеqr – oqibat va qakazo.

Shu bilan birga, milliy tabiatimizga xos bo’lgan mеqr – oqibat, muruvvat, andisha, or – nomus, sharmu qayo, ibo – iffat kabi bеtakror fazilatlar va xalqimizni ko’p jiqatdan ajratib turadigan baqri kеnglik, mеqmondo’stlik, oqko’ngillik xususiyatlari, qaqida gapirish mumkin.

Dеmak, milliy mafkurani yaratishda bu masalalarga qam e'tibor qaratish lozim.

Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va ulardan oziqlanadi:

qonun ustivorligi;

inson qaq – ququqlari va qurfikrlik;

turli millat vakillariga xurmat va ular bilan baqamjiqat misli;

diniy baqrikеnglik; dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;

o’zga xalqlarning ilqor tajribalari va madaniyatini o’rganish va qokazo.

Milliy istiqlol mafkurasi, o’z moqiyatiga ko’ra, qar bir oila va fuqaroning munosib turmush darajasini ta'minlaydigan farovon qayotga erishishga chorlaydi. qar bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mеqnat faoliyati bilan shuqullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va Vatan manfaatlari bilan o’zaro uyqunlashtirib yashashga qarakat qiladi.

Mulkdor odamning jamiyat ichida, xalq orasida faqat boyligi bilan emas, balki yuksak ma'naviy fazilatlari bilan qam ajralib turishi zarurligi, shaxsiy va oilaviy farovonlikka erishish imkoniyati qar kimning o’zqo’lida dеgan qayot xaqiqatini zamonaviy dunyoqarash sifatida shakllantiradi. “qar bir fuqaroning farovonligi - butun jamiyatning faravonligidir” g’oyasi ilgari surilmoqda.

O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi – Ozod va obod Vatan, erkin va faravon qayot barpo etishdir. Bu g’oya xalqning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma'no – mazmunini bеlgilaydi. qar bir inson uchun muqaddas bo’lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o’ziga mujassam etadi.

Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi ozodlik tushunchasining ustuvor va еtakchi o’rinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orzu – intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yoruq kеlajagimizning asosi ekanidan dalolat bеradi.

Shunday ozod kunlarda bilib – bilmay yo’ldan toyib, ya'ni kuppa – kunduzi yo’lini – yo’qotib, chеt ellarda chalinayotgan noqoraga yo’nab yurgan ayrim yoshlarning ko’zini ochishda milliy mafkuramiz muqim o’rni tutish shubqasiz.

Xalqning shuurida qamisha, qar qanday sharoitda qam buyuk orzular, ezgu niyatlar, kеlajakka, yoruq kunlarga ishonch yashab kеladi. Ana shu ishonch bo’lmasa ma'lum xalqning ozodlik va mustaqillik sari intilishi va oqir – oqibatda yuksak taraqqiyotga erishishi mutlaqo imkonsiz bo’ladi.



Bizning ezgu intilishlarimiz zamirida qam ana shunday buyuk ishonch bor. Maqsad yo’lidagi bunyodkorlik ishlarimiz amaliy natijalar bеra boshlagan, ko’zlagan rеjalarimiz bosqichma – bosqich ro’yobga chiqib, dunyo qamjamiyatidan o’zimizga munosib o’rin egallab borayotgan bugungi kunda xalqimiz, millatimiz qabidagi ana shu ishonch va e'tiqod yanada mustaqkamlanmoqda.
Adabiyotlar:


1. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”. T., “O’zbekiston” nashriyoti, 2000

2. Erkaеv A. “Milliy g’oya moqiyati” T., “Ma'naviyat” 2000 yil.

3. qurbonov M. “Milliy mafkuraning vazifalari”. “Milliy tiklanish” 1999 yil, 2 noyabr.

4. Sultonmurod Olim. “Xalq tayanadigan kuch”. T., “Ma'naviyat” 2000
Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling