Milliy ziyolilarini xalq dushmani deb aytilish sabablari va ularning olib brogan ishlarining mohiyati


Download 17.68 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi17.68 Kb.
#1347588
Bog'liq
case


Milliy ziyolilarini xalq dushmani deb aytilish sabablari va ularning olib brogan ishlarining mohiyati

SSSRning mamlakat bo`ylab qatag`onchilik siyosatidan ko’zlangan maqsad, xalq orasidan yetishib chiqqan ziyolilar, ma’rifatlilar, mustaqillik uchun kurashuvchilar qatlamini tag-tugi bilan qo’porib tashlash va xalqni o’z qo’l ostlarida saqlab qolish edi, shu bilan birga shunchalik ayblarni bo’yniga qo’ydilarki, hatto qatag’onga uchraganlarning qarindoshlari uyoqda tursin, o’zlari ham shubhaga borib qoldilar. Qachon, qayerda xatoliklarga yo’l qo’ydim, nima sababdan qatag’onga uchradim degan savollar ularni qiynardi. Sovetlar arzimagan bir harakat yoki gaplardan ham sovetlarga qarshi g’oya, yoki isyon bor degan fikrlarga hammani ishontirishga harakat qildilar yoki davlat boshqaruvida biroz bo’lsa-da xalq manfaatlariga xizmat qilish holatlari ko’zga tashlansa, bu darrov hukumatga qarshi norozilik, isyon sifatida baholandi. Xususan, 20-yillarning ikkinchi yarmi — 30-yillar mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazish nihoyatda avj olib ketdi. Respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi rahbar xodimlarni birlashtirgan ba’zi guruhlar birin-ketin qatag’onga uchray boshladi va ulaning nomi xalq oldidagi xizmatlari ham badnom qilindi. Bu guruhlar qatoriga biz “18 lar guruhi”, “Inog‘omovchilik”, “Qosimovchilik” kabilarni kiritishimiz mumkin. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida mustabid tuzumning jazolovchi qilichi mustabid tuzum kirdikorlariga qarshi fikr bildirgan milliy ijodkor ziyolilarning ko‘pgina vakillariga zarba berdi. Munavvar Qori Abdurashidxonov, Saidnosir Mirjalilov, Mahmud Hodiev, Ubaydulla Asadullaxo‘jayev, Ashurali Zoxiriy, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, Usmon Nosir va boshqalar qatag‘onga uchradi. Faqat 1929 yil yanvardan 1933 yilgacha mustabid tuzum respublika milliy ziyolilarning 217 vakilini — yozuvchilar, jurnalistlar, o‘qituvchilar va hokazolarni qatag‘on qilingani, ulardan ko‘plari esa otib tashlanganligini bizga ma’lum. Qatag‘on balosi faqat ziyolilarnigina o‘z domiga tortmadi, istibdodning olovida barcha baravar yondi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida dehqonlarga nisbatan ham misli ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish davrida O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi quloq qilinib, ulardan 31,7 mingi qatag‘on qilingan edi.


Bolsheviklar tuzumining 30-yillar oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan qatag‘onlari ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida birorta rahbar xalq dushmaniga aylantirilgan bo‘lsa, uning dumi sifatida yana 50—60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotini larzaga keltirdi, kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik uyg‘otdi. 1936 yilning oxirida o‘z konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid tuzum oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining qonli panjalari bilan O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning respublikadagi tuzilmalari hech bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi, minglab jamoat arboblari, yirik olimlar, adabiyot va san’at arboblari, xo‘jalik kadrlari, ishchilar, dehqonlar, din vakillari va boshqalar sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandilar. Kommunistik rejim shu yo‘l bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qismini, mustabid tuzum mohiyatini tushunib etadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu qabihlikni amalga oshirar ekanlar, ular avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta aksilinqilobiy tashkilotlarni o‘ylab topdilar va ularni “fosh etish”ga kirishdilar, go‘yo ular imperialistik davlatlarning agentlari bo‘lgan emish. Jumladan, 1937—1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi “nazoratchilari” O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni “fosh etdilar” va “tugatdilar”, bular: respublika rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jaev boshchiligidagi “Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi”; Abdurauf Qoriev rahbarligidagi “Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti”; “Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”; S.Xo‘janov boshchiligidagi “Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti”; “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilot; respublika komsomoli MQ kotibi I. Ortiqov rahbarligida “Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”; “Uyg‘urlarning aksil-inqilobiy josuslik-isyonchilik tashkiloti”; Mirzoyan, Amelyan va boshqalar rahbarligidagi “Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti”; “Ingliz josuslik rezidenturasi”; “Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi” edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib, haqiqatda bunday “aksilinqilobiy tashkilotlar” respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan. Xulosa qilib aytish mumkinki, qatag’onchilik siyosati davrida uning qurbonlariga aylangan ziyolilar, dehqonlar va ishchilar shunchalar azob-uqubatlarga duchor qilindilarki, bunday balolardan qutulish uchun hatto o’limga ham rozi edilar, ba’zilari esa o’z “ayb”ini ham bilmay u dunyoga ravona bo’ldilar. Sovetlar go’yoki “xalq dushmanlari”ning jamiyatdan yiroqlashishini, yurtni bunday “dushman”lardan asrashni ko’zlab, xalqni ergashtirmoqchi bo’ldi. Bu bilan xalqning hamma vakillari ishondi deb ham bolmaydi. Negaki ular orasida “xalq dushmanlari”ning nohaq ayblanmaganligini biladigan, ammo ularni himoya qilish uchun bir og’iz ham gapira olmaganlar bor edi. Chunki ular shu narsadan qo’rqishardiki, agar ular haqida biror iliq fikrlar aytilsa, o’zlari ham ana shu sirtmoq domiga tushishardi. Mana shuning uchun ham butun aholi “xalq dushmanlar”ining oilasi, qarindoshlari bilan aloqa qilmas, ularning gaplarini, ko’rsatmalarini o’rgana olmas, she’rlari-yu asarlarini hatto qo’llariga ham ololmas
Download 17.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling