Mineral xomashyolardan ratsional foylanashning asosiy tendensiyalari


Download 14.41 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi14.41 Kb.
#1017591
Bog'liq
Документ (7)


Mineral xomashyolardan ratsional foylanashning asosiy tendensiyalari

Oltinning eng yaqin xususiyatlarini o‘zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab-chiqarish va xalq xo‘jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o‘rinda turadi. Oltin o‘zining o‘zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomalasi o‘rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg‘armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.


Davlatlararo tovar ayirboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir. Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o‘tga va kislotaga chidamli asbob-uskunalarda ishlatiladi. Oltin va uning qotishmalari samalyotsozlik va raketasozlikda yuqori sezgirlikka ega elementlarni oksidnashini oldini olish uchun qo’llaniladigan dastgohlarda ishlatiladi: olovbardosh qotishmalarni payvandlashda, raketasozlikda, reaktiv dvigatellarda, yader reaktorlarida, kosmik kemalarda keng qo’llaniladi. Turli xildagi radio va rentgen dastgohlari ishlab chiqarishda elektronika va elektrotexnikada keng qo’llaniladi.
Kumush sanoatda katilizatorlar sifatida, kumush qoplama, xalq xo‘jaligida idish-tovoq tayyorlashda ishlatiladi. Kumush idishlarda saqlangan suv uzoq paytgacha aynimaydi. Platina va platinoidlardan eng sezgir, o‘tga chidamli, asbob-uskuna, laboratoriya jihozlari tayorlashda ishlatiladi. Platina va palladiy neft sanoatida katalizator sifatida keng ishlatiladi. Shu boisdan nodir metallarni ko‘proq ishlab-chiqarish zarurdir. Buning uchun rudalar tarkibida murakkab sharoitda bo‘lgan nodir metall elementlarini, fan va texnikaning eng ilgor, faol, samarali yutuqlaridan foydalanish zarur buladi.
Kumushning asosiy iste’molchilari foto va kinomotografiyada, rentgenografiyada va boshqa foto mahsulotlar olishda ishlatiladi. Shuningdek kumush elektronika va elektrotexnikada, radiotexnika va mashinasozlikda keng qo’llaniladi. Kumushning muhim iste’molchilaridan raketasozlik, kosmik va aviotexnika, dengiz xarbiy qismlar, shuning bilan bir qatorda kumush-rux va kumush-kadmiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarish sanoatidir. Xozirgi vaqtda kumushning 70%dan ortig’i sanoat maqsadida ishlatilsa, qolgan qismi esa tanga tayyorlashda, bezag vositalar va uy ro’zg’or buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Kumushning asosiy iste’molchilari (t/y): AQSH 3500-4500; Rossiya 1400-1500; Yaponiya 1800-3200; Italiya 900-1100; Angliya 700-850; Fransiya 450-600. Bu davlatlar hissasiga barcha iste’mol qilinadigan kumushning 85% to’g’ri keladi. Kumush ishlab chiqarishning 80% yo’ldosh usulda qazib olishga asoslangan bo’lib faqatgina 20%gina to’g’ridan to’g’ri rudadan olinadi.
2. Oltinning passiv metalligini inobatga oladigan bo’lsak u minerallarda erkin holda uchraydi. Erkin oltinning odatiy qo’shimchalari bular kumush, mis, temir kam miqdorda mishyak, vismut, tellur, selen va boshqalar. Zarrachalrda erkin oltinning miqdori 75-90%, kumush 1-10%(bazan bu ko’rsatgich 20-40%gacha ko’tarilishi mumkin), temir va mis 1%. Mis rudalarida ba’zida oltin mis-oltin shaklida uchraydi, mi-nikel rudalarida –palladiyli,platinali,rodiyli oltinlar uchraydi. Erkin oltin minerallari quyidagi jadvalda keltirilgan. Minerallardan kimyoviy birlashmaga ega bo’lganlaridan bular tellurid oltini(kalaverit AuТе2, silvanit AuAgТе4, krennerit AuAgTе2, petsit Ag3АuТе2 va boshqalar), shuningdek aurostibit АuSb2.
Erkin oltin ruda tarkibida turli xildagi noto’g’ri shakllarda joylashgan bo’ladi: ilmoqsimon, simsimon, taram tomirli, g’ovak, tangachali, tarmoqlangan, donador va boshqalar.
Erkin oltin bo’laklarining o’lchami keng ko’lamda o’zgaruvchan bo’lib-mikraskopda ham ko’rinmaydigan maydaligdan to 10-100kg li kata samarodkalarga bo’linadi. Oxirgi holat kamdan kam hollarda kuzatiladi. Aksariyat oltin miqdori ruda tarkibida mayin 0,5-1,0mm holda uchraydi.
Oltinningb yirikligi-uning muhim texnologok xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Oltin bo’laklarining yirikligiga ko’ra quyidagi texnalogik guruhlarga bo’lishimiz mumkin:
a) yirik olitin – bo’laklar yirikligi 0,1 mm(> 100 mkm), solishtirganda yanchish natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitiladi(juda yirik: 1-5mm; sof yoxud tug’ma oltin 5mm dan yirik);
b) mayin oltin – Bo’laklar o’lchami 0,1dan 0,001mm(100dan 1mkm)gacha – yanchish natijasida qisman ajraladi va yaxshi flotatsiyalanadi, sianidda yaxshi eriydi ammo gravitatsiyada qiyin ajraladi;
v) mayin zarrali — bo’laklar o’lchami 0,001 mm ( < 1 mkm);
g) juda kichik oltin — bo’laklar o’lchami 0, 1 mkm dan kichik.
Sulfidli rudalarning o’ziga xosligi.
Yirik oltin bo’laklari yanchish jarayoni natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitilganda oson ushlab qolinadi, ammo yomon flotatsiyalanadi va sianid eritmalarida sekin eriydi. Mayin oltin yanchish jarayonida sof holda kam holda uchraydi, qisman boshqa minerallar bilan birga keladi. Mayin tug’ma oltin yaxshi flotatsiyalanadi, sian eritmalarida tez eriydi, ammo gravitatsiya usulida yomon ajraladi. Mayinzarrali oltin – ko’p hollarda sulfid minerallari bilan bog’langan bo’lib yanchish natijasida kam miqdorda yuzasi ochiladi asosiy qism oltin pirit va arsenopiritda qoladi. Bunday oltin minerallari sian eritmalrida erimaydi, gravitatsiya va flotatsiya usulida u sulfidlari bilan birga ajraladi. Mayin zarrali oltin rudalari qiyin ajraluvchi rudalarga mansub bo’lib undan oltin maxsus usullarda ajratib olinadi.
Oltinning zarralarining yuzasi temir oksid va marganets, argentit (Ag2S), kovellin(CuS), galenit (РbS) va boshqa minerallar bilan qoplangan. Oltin yuzasidagi qavatlar yanchish vaqtida ham hosil bo’lishi mumkin.
Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling