Qiziltepa tuman yoshlar ishlari agentligi rahbari U. Baratovga Xo'jaqo'rg'on mahallasida yashovchi Suvonova Madina tomonidan MINNATDORCHILIK XATI Men Suvonova Madina Xo'jaqo'rg'on mahallasida yashayman. Navoiy Davlat pedagogika instituti talabasiman. Kontraktimni to'lashimga imkonim bo'lmaganligi sababli tuman hokimligiga murojaat qildim. Ular murojaatimni o'rganish davomida dadam Berdiyev Abduraxmon Suvonovichning 1-guruh nogironligini va ishsizligini o'rganib chiqib yordam berishdi. Qiziltepa tuman yoshlar ishlari agentligiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.