Mintaqaviy iqtisodiyot


Download 229.55 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2020
Hajmi229.55 Kb.
#120550
  1   2
Bog'liq
Tursunova MARINA


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

TA’LIM TA` VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY

UNIVERSITETI

“MINTAQAVIY IQTISODIYOT” KAFEDRASI

5231700- “IJTIMOIY ISH(PENSIYA TA’MINOT” yo’nalishi

TURSUNOVA MAHLIYO SODIQ QIZI

“Rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Kanada Yaponiya, Yevropa Ittifoqimamlakatlari miqyosida) pensiya tizimlari rivojlanishini qiyosiy tahlili” mavzusidagi

Talaba: Tursunova M

Ilmiy rahbar katta o’qt Raxmatova N

TOSHKENT – 2020

Mundarija

I BOB YAPONIYA VA KANADANING PENSIYA TIZIMI



    1. Yaponiyada pensiya tiziminig o’ziga xos xususiyatlari………………………..

    2. Kanada pensioner va nafaqaxo’rlarning davlat tomonidan muhofaza qilinishi………………………………………………………………………….

II BOB AQSH VA YEVROPA ITTIFOQI DAVLATLARINING PENSIYA TIZIMI HOLATI

2.1 AQSh pensiya tizimi …………………………………………………………...

2.2 Avstriyada pensiya va nafaqalar to’lovi………………………………………

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Hozirgi kunda butun dunyo mamlakatlari pensiya tizimida o’zgartirishlar kiritmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri bu aholining qarishi va o’rtacha umr ko’rish davomiyligidir. Shu jumladan Yaponiyada ham pensiya tizimiga o’zgartirishlar kiritilgan.

Hozirgi kunda Yaponiyada pensiya tizimida bir qancha muammolar bor. Birinchidan pensiya yukining ortishi ya’ni 1 ta ishchiga 4,6 ta pensioner to’g’ri kelishidir. Bundan tashqari Yevropa va Osiyo mamlakatlari kabi Yaponiyada ham o’tacha umr ko’rish davomiylik ko’rsatkichi yuqori va aholining qarishi tez sur’atda o’sib bormoqda.

Pensiya tizimidagi bunday vaziyatlar demografiya bilan bog’liqdir. Yaponiyada pensiya tizimida pensionerlar uchun bir qancha imtiyozlar yaratgan. Bu imtiyozlar faqat pensionerlar uchungina emas nafaqaxo’rlar va talabalarga ham berilgan.

Kanadada ham pensionerlar va nafaqaxo’rlarga imtiyozlar berilgan. Ayniqsa daromadi kam bo’lgan pensioner va nafaqaxo’rlarga qo’shimcha ravishda mablag’ bilan ta’minlaydi. Kanada pensionerlarga qulaylik yaratadi ularning huquqlarini har tomonlama himoya qiladi. Kanada pensionerlari uchun yaratilgan imtiyozlar va pensionerlarga qo’shimcha beriladigan mablag’lar pensionerni kambag’allikdan qutqaradi va pensionerlarning o’rta qatlamda yashashlariga imkon beradi.

Butn dunyo mamlakatlarda pensioner va nogironlarni ijtimoiy iqtisodiy ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlashning yana bir misol tariqasida 3 dekabr ,,xalqaro nogironlar kuni” sifatida e’tirof etilgan. Bu kun O’zbekiston Respublikasida ham imkoniyati cheklangan fuqarolarga moddiy ma’naviy jihatdan ularni qo’llab quvvatlaydi.

Avstriyada ham pensiya tizimi keng ko’lamda rivojlangan. Avstriya pensiya tizimining xususiyatlari shundaki, Avstriya pensiya tizimi bilan Germaniya pensiya tizimi bir biriga o’xshaydi. Masalan Avstriyada Davlat xizmatchilari va o’zini o’zi band qilgan fuqarolar davlat pensiya sug’urtasi majburiy hisoblanadi va ular majburiy sug’urta badallarin to’laydi. Ishlamaydigan fuqarolar majburiy sug’urta qilinmaydi. Xuddi shunday holatni Germaniyada ham ko’rishimiz mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri Avstriya pensiya tizimi andozalari Germaniya pensiya tizimidan olingan. Shuning uchun ham bu ikki davlat pensiya tizimi bir biriga juda o’xshash. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning barchasida muhojir sifatida kirib kelgan shaxslarga ham o’zining ijtimoiy iqtisodiy yordamini taklif etadi.

I BOB YAPONIYA VA KANADANING PENSIYA TIZIMI

1.1 Yaponiyada pensiya tiziminig o’ziga xos xususiyatlari

Yaponiya pensiya tizimi – ushbu davlatda yashab turgan 20 va 60 yosh orasidagi Yaponiya fuq arolari va boshqa rezidentlar (talaba, ishchi va boshqa viza bilan yashayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi yo’q shaxslar) uchun majburiy hisoblanuvchi to’lov tizimidir. Uning 2 xil turi bor: milliy pensiya va ishchilar uchun pensiya tizimi. Birinchi turiga har kim a’zo bo’la oladi, ikkinchisiga esa faqat ishga kirgandan keyin a’zo bo’lishi mumkin.

Milliy pensiya tizimining miqdori 2018 yilning har oyiga 16340 yenni tashkil qiladi. Bu majburiy to’lov hisoblanadi va uni har bir rezident to’lashga majbur. Lekin, daromadi kam yoki umuman yo’qlarga to’lovdan vaqtinchalik ozod qilish imkoniyati berilgan.

Chet ellik talabalar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Yaponiyaga dastlab kirib kelgandan so’ng hokimiyatlarda ro’yxatdan o’tilayotganda, har bir rezident milliy sug’urta va milliy pensiya tizimiga a’zo qilinadi. O’sha vaqtda yoki sal keyinroq xuddi shu bo’limda talabalik guvohnomasi ko’rsatgan holda milliy pensiya to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish uchun ariza berish mumkin. Ammo ozod qilish vaqtinchalik hisoblanadi va har yili qaytadan ariza topshirib turish kerak. Arizachining o’tgan yilgi daromadiga qarab ozod qilish yoki qilmaslik masalasini ko’rib chiqishadi.

Yaponiyada ishga kirish uchun pensiya daftarchasi kerak bo’ladi . To’lovlarni to’lanmaganlik holatida bo’lsa nima uchun to’lanmaganligi asoslab beriladi. Shuning uchun, yuqorida berilgan tartibda to’lovlardan ozod qilish uchun ariza topshirib qo’yish xavfsiz hisoblanadi.

Chet elliklar o’z davlatlariga qaytganlaridan so’ng ham Yaponiya pensiyasini olishi mumkin. Buning uchun kamida 10 yil pensiya to’lovlarini to’lagan bo’lishi kerak. Bunda pensiya oluvchining qayerga yashayotganligi va fuqaroligi ahamiyat kasb etmaydi. Pensiyani olish uchun 65 yoshga yetganda tegishli tartibda pensiya olish uchun mahalliy pensiya bo’limiga ariza berishi kerak bo’ladi. chet elliklar o’z davlatlariga qaytayotganda shu vaqtgacha to’lagan to’lovlarini qisman qaytarib olishlari mumkin. Faqatgina 10 yildan kam yashaganlargina qilgan to’lovlarini qisman (faqatgina oxirgi 3 yil) qaytarib olishlari mumkin. Yoki, ba’zi davlat fuqarolari pensiyani to’laganlik tarixini o’z davlatlariga ko’chirishlari mumkin (bu ro’yxatda O’zbekiston yo’q). Yaponiyada 10 yildan ziyod pensiya to’lovlarini to’laganlar esa to’lovlarini qaytarib olish imkoniyatiga ega emas. Ular yuqorida aytilganidek pensiya yoshiga yetganlarida, pensiya olishlari mumkin.

Yaponiyada umr ko’rish davomiyligi bo’yicha yetakchilik qilmoqda ammo, nafaqa miqdori hamma uchun o’z ehtiyojlarini to’liq qondirishga imkon bermaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 65 yoshdan oshgan erkaklar va 60 yoshdan oshgan ayollar pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar bo’yicha oyiga o’rtacha 209198 yen (200 AQSh dollar atrofida) shu bilan birga ularning o’rtacha xarajatlari 263718 iyen (tahminan 2500 AQSH dollari) ni tashkil etadi, yani ular oyiga 54520 iyen kamomad bilan yashaydilar. Shunday qilib ushbu farqni ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa moliyaviy xarajatlar bilan qoplash uchun Yaponiyaliklar 85 yoshgacha (20 yildan keyin) 13 million yoki iyen yoki 95 yoshga to’lgan (30 yildan keyin) 20 million iyen kerak bo’ladi. Aftidan xarajatlar va daromadlar o’rtasidagi tafovutni qoplash uchun oila uchun 24840000 iyen (qariyb 22000 AQSH dollari) miqdorida mablag’ (qarzlarni hisobga olmaganda va hokazolar bundan mustasno) kerak ammo bu o’rtacha miqdor ekanligini hisobga olish kerak ba’zi oilalarda bunday tejash yo’q, lekin kimdir g’amxo’likka muhtoj, bu ham pulni talab qiladi va ular qiyin vaziyatga tushib qolishadi.1

Shu bilan birga mablag’ to’plash va pensiya ta’minoti tobora qiyinlashmoqda va kelajakda vaziyat yanada og’irlashishi mumkin. “Pufakli iqtisodiyot” qulaganidan keyin ish haqi tusha boshladi. 2017 – yilda ish bilan bandlik o‘zgarishi ostida nafaqaga chiqish uchun to’lanadigan nafaqa universitet yoki aspiranturanitugatgan odamlar uchun 1997 – yil bilan taqqoslaganda 38 foizga kamaygan, yani 20 yil ichida 1997000 iyenni tashkil etgan. 2019 – yilda pensiya to’lovlari miqdori ko’rib chiqildi va hisobot tuzildi. Hisobotga ko’ra: ish joyidagi daromad bilan taqqoslanadigan daromadlarning almashtirilishi yani nafaqa va hozkazolarning foizlari 2019 – yilda 59,7fozini tashkil qildi va 2049 – yilga kelib 1984 – yilda tug’ilganlar 65 yoshga to’lganida u 50,6 foizgacha kamayadi. Xuddi shu hisobotda keksalikning boshlanishi bilan bog’liq moliyaviy qiyinchiliklarga qarshi qanday choralar ko’rish haqida so’ralganda ko’pincha” pensiya yoshini oshirish”, “Pulni tejash” javoblari hisobotda ko’rsatib o’tilgan. Biroq, erkaklar uchun o’rtacha umr ko’rish davomiyligi 80,8 yil va sog’lom umr ko’rish 72,4 yosh o’rtasida farq 8,4 yoshni tashkil qiladi.

Yaponiyada amal qiluvchi pensiya ta’minoti modeli Buyuk Britaniya, Avstraliya va qator Shimoliy Yeropa mamlakatlariga ham hosdir. Bu modelda davlat ijtimoiy ta’minoti ustuvor o’ringa ega bo’lib, moliyalashtirish byudjet hisobidan amalga oshiriladi. Boshqa ijtimoiy himoya institutlari etarli darajada rivojlangan bo’lsada, faqatgina qo’shimcha tizimlar rolini bajaradi. Biz bilamizki BMT Yaponiyani “qariyotgan” mamlakat sifatida e’tirof etgan. Prognozlarga muvofiq, mazkur tendentsiya 2020 yilgacha saqlanib turadi va u paytga kelib 65 yoshdan oshgan aholi 25,5%ni tashkil qiladi.2



Hozirda Yaponiyada 2 bosqichli pensiya tizimi amal qiladi. Birinchi bosqichni bazaviy pensiyalar tashkil qilsa, ikkinchi bosqichni davlat va professional pensiyalar tashkil qiladi. 1986 yil 1 apreldan millati, jinsi, faoliyat turi, daromadlari darajasi va boshqa omillardan qat’i nazar barcha shaxslar qarilik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganligi bo’yicha bazaviy pensiya olish huquqiga ega bo’ldilar. Qarilik bo’yicha pensiya to’lash huquqi 2 shartga asosan aniqlanadi – qonunda belgilangan 65 yoshga etish va sug’urta stajiga ega bo’lish. O’zgaruvchan (moslashuvchan) pensiya yoshi mexanizmi ham qo’llanilib, unga ko’ra 60-64 yoshli fuqarolar pensiyaga ketganda uni qisqartirilgan hajmda oladilar. 65 yoshdan keyin ishlashni davom ettirgan shaxslarning pensiyalari har yili oshiriladi. Sug’urta staji deganda majburiy pensiya badalini to’lash davomiyligi tushuniladi. Sug’urta stajini hisoblaganda fuqaro amalda majburiy pensiya badalini to’lab borgan muddat davomiyligi bilan birga sug’urtalangan shaxs qonunchilikda belgilangan uzurli sabablarga ko’ra badalni to’lashdan ozod etilgan vaqt ham inobatga olinadi (masalan, vaqtincha ishga layoqatsizlik sababli). Majburiy pensiya sug’urtasini to’layotgan turmush o’rtog’ining qaramog’ida bo’lgan vaqt ham sug’urta stajiga kiritiladi. Biroq ta’kidlash joiz, bazaviy pensiya miqdori aniqlanayotganda amalda to’langan badallar muddati to’liq hajmda inobatga olinadi, yuqorida keltirilgan “to’lovdan ozod etilgan davr”ning esa faqat 1/3 qismi hisobga olinadi. Qarilik bo’yicha pensiya olish huquqini beruvchi sug’urta stajining minimal davomiyligi 25 yilga, maksimal davomiyligi esa 40 yilga teng. Bazaviy pensiyalarni moliyalashtirish manbai sug’rtalangan shaxslar, ish beruvchilaning pensiya badallari va davlatning dotatsiyalari hisoblanadi. Davlat tomonidan bazaviy pensiya xarajatlarining 1/3 qismi qoplanadi. Bazaviy pensiyadan tashqari yollanma ishchilar qo’shimcha ravishda davlat va professional pensiya oladilar. Qo’shimcha davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo’lish uchun barcha yollanma ishchilar majburiy pensiya sug’urtasini to’lashlari kerak. Badallar va pensiyalar o’rtacha oylik ish haqiga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi. Hisoblash jarayonida oylik ish haqi, mukofot pullari, pul yoki natural ko’rinishdagi nafaqa va qilingan mehnat uchun boshqa turdagi pul mukofotlari inobatga olinadi (rag’batlantiruvchi xarakterga ega doimiy to’lanadigan premiyalar hisobga olinmaydi). Qarilik bo’yicha bazaviy pensiya olish uchun etarli sug’urta stajiga ega bo’lgan 65 yoshga kirgan erkaklar qarilik bo’yicha qo’shimcha pensiya olish huquqiga egalar. Bazaviy pensiya asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishga etadigan miqdorda har yil qat’i belgilanadi. O’tgan yilgi iste’mol narxlari indeksi o’sishiga muvofiq har yil 1 apreldan pensiya miqdori oshiriladi. Pensioner qaramog’ida 65 yoshdan yuqori yoshli turmush o’rtog’i bo’lsa, unda bazaviy pensiyaga ustama haq belgilanadi. Nogironlik bo’yicha pensiya majburiy pensiya sug’urtasini to’layotgan 20-60 yoshli shaxslarga beriladi. Shuningdek, tibbiy ko’rik natijasida nogironlik tashhisi qo’yilgan vaqtda Yaponiyada yashab turgan 60-64 yoshli shaxslarga ham nogironlik bo’yicha pensiya to’lanadi. Nogironlik bo’yicha pensiya maksimal miqdorda to’lanishi uchun, nogironlik tashhisi qo’yilgan vaqtda shaxsning sug’urta staji qarilik bo’yicha bazaviy pensiya olish uchun kerakli sug’urta stajining 2/3 qismini tashkil qilishi kerak. 18 va 20 yoshgacha bo’lgan va nogironlik bo’yicha pensiya olayotgan bolalarning pensiyalariga ustama haq belgilanadi. Ustama haq miqdori bolalar soniga qarab belgilanadi. Agar pensioner belgilangan miqdordan yuqori daromadga ega bo’lsa, yoki kattaroq miqdorda yana bir boshqa pensiya olish huquqiga ega bo’lsa nogironlik bo’yicha bazaviy pensiya to’lash to’xtatiladi. Boquvchisini yuqotganlik bo’yicha bazaviy pensiya olish huquqiga 18 yoshga kirmagan bolasi yoki 20 yoshga etmagan nogiron bolasi bor beva va uni bolalari ega hisoblanadi. Bundan tashqari, mazkur pensiya marhum qaramog’ida bo’lgan 60-64 yoshli shaxslarga beriladi3. Boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha bazaviy pensiya to’lanishi uchun, olamdan o’tgan shaxsning nogironlik bo’yicha bazaviy pensiya olish uchun kerakli sug’urta staji, yoki qarilik bo’yicha bazaviy pensiya olish uchun talab qilinadigan minimal sug’urta staji (25 yil) ga teng sug’urta staji bo’lishi kerak. Bu vaziyatda, agar er-xotin 10 yildan kam bo’lmagan muddatda oila qurgan bo’lsa bevaga qarilik bo’yicha bazaviy pensiyaning 75% to’lanadi. Qolgan hollarda boquvchisini yuqotganlik bo’yicha pensiya o’zgarmas aniq belgilangan miqdoda to’lanadi.

Yaponiyada davlat pensiya fondi va boshqa jamoat pensiya fondlari to’g’risida umumiy ma’lumotlar:



  • Yaponiyada yashayotgan yoshi 20 yoshdan katta va 60 yoshdan kichik bo’lgan shaxslar, qonun bo’yicha davlat pensiya sug’urta tizimiga a’zo bo’lishi va pensiya badallarini to’lashlari kerak;

  • Jamoat pensiya tizimi avlodlarning o’zaro qo’llab-quvvatlashi mexanizmiga asoslanib ish yuritadi;

  • Jamoat pensiya sug’urtasida, qarilik bo’yicha pensiyadan tashqari, shuningdek, nogironlik, boquvchisini yuqotganlik bo’yicha pensiyalar mavjud;

  • Davlat pensiya sug’urtasi tizimida pensiya to’lash xarajatlarining bir qismi davlat zimmasida bo’ladi

  • Davlat pensiya sug’urtasi bo’yicha to’langan barcha pensiya ijtimoiy sug’urta badali sifatida to’lanadigan daromadlar hisobidan to’lanadi.

Davlat pensiya sug’urtasi tizimi ishtirokchilari va a’zo bo’lish jarayoni Davlat pensiya sug’urta tizimi ishtirokchilari 3 toifaga bo’linadi, va tizimga a’zo bo’lish jarayoni quyidagi punktlarni o’z ichiga oladi. 1-toifali pensiya sug’urtasi tizimi ishtirokchilari Yoshi 20 yoshdan katta va 60 yoshdan kichik bo’lgan, 2 va 3-toifa ishtirokchilariga to’g’ri kelmaydigan shaxslar:

→ pensiya sug’urtasi tizimi ishtirokchilarining 1 -toifasiga mos keladigan chet el fuqarolari, mahalliy munitsipalitetda rezident kartasini rasmiylashtiradilar, va huddi shu munitsipalitetning tegishli bo’limida davlat pensiya fondiga a’zo bo’ladilar;

→ Yaponiya fuqaroligini olish va fuqarolikka qabul qilinish rasmiyatchiliklarini amalga oshirishda ham huddi shu jarayonlardan o’tiladi;

Har oylik pensiya badali “The Japan Pension Service (JPS)”dan jo’natilgan to’lov kvitantsiyasidan foydalangan holda to’lanadi.

2-toifali pensiya sug’urta tizimi ishtirokchilari Yollanma ishchilar uchun pensiya sug’urtasi tizimi ishtirokchilari hisoblanuvchi kompaniya, zavod va boshqalarda ishlaydigan shaxslar:

→ A’zo bo’lish jarayonini ish beruvchi amalga oshiradi, shuning uchun sug’urtalangan shaxsning shaxsan o’zi rasmiyatchiliklardan o’tishi shart emas.

→ Sug’urta badallari oylik ish haqidan ushlab qolinadi va ish beruvchi tomonidan to’lanadi.

3-toifali pensiya sug’urtasi tizimi ishtirokchilari Pensiya sug’urtasining 2-toifali ishtirokchilari qaramog’ida bo’lgan yoshi 20 yoshdan katta va 60 yoshdan kichik bo’lgan er-xotinlar:

→ A’zo bo’lish jarayoni er yoki xotin ishlaydigan kompaniyadagi ishberuvchi orqali amalga oshiriladi, ya’ni pensiya sug’urtasining 2-toifali ishtirokchisi yordamida.

→ Sug’urta badallari olinmaydi. Badallar pensiya sug’urtasining barcha 2-toifali ishtirokchilari hisobidan to’lanadi. Pensiya daftarchasi Davlat pensiya fondiga a’zo bo’lish jarayonlari yakunlanganidan so’ng pensiya daftarchasi taqdim etiladi. Pensiya daftarchasi pensiya olayotganda muhim o’rin tutadi, shuningdek maslahat so’rab murojaat qilganda shaxsni tasdiqlovchi xujjat sifatida muhim rol o’ynaydi. Pensiya daftarchasini yuqotib qo’ygan 1 -toifali ishtirokchilar “JPS Branch Office” yoki yashash joyi bo’yicha munitsipalitetega murojaat etishlari kerak, 2 va 3-toifali ishtirokchilar esa ish beruvchilari orqali ariza bilan murojaat qilishlari kerak.


Har oylik pensiya badali 2017 yil apreldan 2018 yil martgacha bo’lgan davrda davlat pensiya fondiga to’lanadigan oylik pensiya badali 15040 yenni tashkil qilgan. Pensiya badalini to’lash naqd pulda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar, pochta bo’limlari, kunu-tun ishlaydigan do’konlar va boshqa to’lov qabul qilish punktlarida amalga oshiriladi. Shuningdek, naqd pulsiz to’lov shakli ham bo’lib banklararo o’tkazmalar yoki internet orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, pensiya badalini ma’lum davr uchun oldindan to’lab qo’yganlar uchun imtiyozli chegirmalar tizimi ham mavjud. Bunda, agar oldindan to’lovchilar pensiya badalini banklararo o’tkazmalar orqali to’lasalar ular uchun chegirmalar naqd pulda oldindan to’laydiganlarga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Sug’urta badallarini to’lash bilan bog’liq qiyinchiliklar yuzaga kelsa (sug’urta badallaridan ozod etish tizimi) Daromadning yuqori emasligi sababli sug’urta badalini to’lash bilan qiyinchiliklar yuzaga kelganda, sug’urtalangan shaxslar mahalliy munitsipalitetlarga sug’urta badalini to’lashdan ozod etishni so’rab murojaat qilishlari mumkin. “JPS Branch Office” tomonidan murojaat qilgan shaxsning daromadi o’rganib chiqilib, uning talabi qondiriladigan taqdirda, u pensiya badalini to’lashdan qisman yoki to’liq ozod etiladi. Pensiya badalini to’lashdan ozod etish tizimining turlari, pensiya badalini to’liq yoki qisman to’laganda, yoki to’lovdan ozod etish muddatiga qarab qarilik bo’yicha bazaviy pensiya miqdoridagi o’zgarishlar 1 – jadvalda ko’rsatilgan.

Pensiya badalini to’lashdan ozod etilishi tizimi.



Pensiya badalini to’lashdan ozod etish tizimining turlari

Sug’urta badali miqdori

Qarilik bo’yicha bazaviy pensiya miqdori

To’lovdan to’liq ozod etish

0 yen

4/8

Badalnng ¼ qismini to’lash (badalni ¾ qismini ozodetish

3760 yen

5/8

Badalni yarmini to’lash

(badalni yarmini to’lashdan ozod etish)



11280 yen

7/8

Yoshlar uchun badal to’lash uchun kechiktirish

0

0

Talabalar tomonidn badal to’lanishi

0

0

Yaponiya davlatida nogironlik va boquvchisini yo’qotganligi uchun
pensiyalarning xisoblanishi va to’lanishi tartibi Nogironlik bo’yicha pensiya miqdori qarilik bo’yicha qo’shimcha pensiyani hisoblash formulasi bo’yicha hisoblanadi. 1 -guruh nogironlariga pensiya 25%ga oshiriladi. 3-guruh nogironlari uchun minimal pensiya miqdori tasdiqlangan minimumdan kam bo’lishi mumkin emas. Qarilik bo’yicha bazaviy pensiyaga belgilangan ustama haq miqdorida nogironlik bo’yicha qo’shimcha pensiyaga ham ustama haq belgilanadi (65 yoshga etmagan turmush o’rtoqqa, 18 yoshga etmagan bolalarga, 20 yoshga to’lmagan nogiron bolalarga). Nogironlik yuz berganda ham qo’shimcha pensiya to’lanadi. Agar bazaviy pensiya faqat 1 va 2-guruh nogironlariga to’lansa, nogironlik bo’yicha qo’shimcha pensiya 3-guruh nogironlariga ham to’lanadi. Quyidagi shaxslar boquvchisini yuqotganlik bo’yicha qo’shimcha pensiya olish huquqiga egalar:

  1. Bolali beva ayollar;

  2. Bolasiz beva ayollar;

  3. Bolasiz beva ayollar;

  4. hozirda marhum odamning qaramog’ida bo’lgan ota-onalar,nevaralar, buvi va buvalar.

Bolalar va nevaralarga ular 18 yoshga to’lganga pensiya qadar to’lanadi, nogironlarga – 20 yoshgacha. Beva ayollar, beva erkaklar, buvi va buvalarga pensiya to’lanishi uchun, ularning boquvchisi olamdan o’tgan kunda ular 55 yoshga to’lgan bo’lishlari kerak. Boquvchisini yuqotganlik bo’yicha pensiya navbat qoidasini qo’llagan holda to’lanadi: birinchi navbatda bolali beva ayolga, beva ayol bo’lmagan taqdirda uning bolalariga va hokazo. Birinchi navbatdagi boquvchisini yuqotganlar mavjud bo’lib turganda ikkinchi navbatdagi boquvchisini yo’qotganlarga pensiya to’lanmaydi. Boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha qo’shimcha pensiya qarilik bo’yicha qo’shimcha pensiyaning 75% miqdorida hisoblanadi. Turmush o’rtog’i olamdan o’tgan kunda yoshi 35 yoshdan yuqori bo’lgan bolasiz beva ayollarga maxsus har yillik ustama haq to’lanadi. Bu ustama haq beva ayol 40 yoshga to’lganda tayinlanadi va 65 yoshigacha to’lab boriladi. Qo’shimcha pensiyalarni moliyalashtirish manbai majburiy pensiya sug’urtasini to’layotgan shaxslar va ish beruvchilar badallari hisoblanadi. Badal stavkasi ish beruvchi va sug’urtalangan shaxs o’rtasida teng taqsimlanadi.

1.2 Kanada pensioner va nafaqaxo’rlarning davlat tomonidan muhofaza qilinishi

Kanadada pensiya olishning standart yosh 65yoshni tashkil etadi. Yosh chegarasi erkak va ayollarga bir xildir. Ijtimoiy nafaqa hisoblashning 2 ta asosiy turidan iborat.

OSA-Kanadadagi pensiyaning katta qismini tashkil etadi. Ushbu mamlakatda 10 yil va undan ko’proq yashagan fuqarolar vachet elliklarga to’lanadi.

SSR 65-yoshga to’lgan fuqarolar va rezidentlarga o’tkaziladi. To’lov miqdorini hisoblash nafaqaxo’rning SSR-fondiga qo’shgan mablag’lari darajasiga bog’liq.

2020-yil uchun minimal to’lov oyiga 667 dollarni tashkil etadi. Keksa yoshga qarab hisoblangan o’rtacha oylik 1066 dollarni tashkil etadi. Ijtimoiy ta’minotdan foydalanishning asosiy afzalligi-bu keksa yoshni u ish stajini hisobga olgan holda o’tkazmalar miqdorini rasmiy ravishda indeksatsiya qilishdir. Agar chet ellik Kanadada 20 yildan ko’proq yashasa u mamlakatdan chiqib ketgan taqdirda ham to’lovlarni qabul qilishni davom ettiradi. Pensiya oluvchi yoshga doir pensiyani olishni 5 yilga kechiktirish mumkin. Bu katta yoshga qarab nafaqa olish imkoniyatini yaratadi. Pensiyani hisoblashda oxirgi 10 yildagi ish haqi darajasiga asoslanadi. Daromadning umumiy miqdori 120% koeffitsentiga bo’linadi. Natijada 25% ajratmalarga beriladigan mukofot miqdori shtatda kamida 10 yil yashaganlarga to’liq hisoblanish kafolatlanadi.

CPP- Ishchining yillik daromadining chorak qismidan iborat maksimal hajmi 30 kun uchun 738 AQSH dollaridan oshmasligi kerak. Foyda inflatsiyaga qarab ish staji asosida hisoblanadi

Bolalari va qarindoshlari bo’lmagan muhojir qariyalar va bevalar ro’yxati tuzilgan bo’lib, ularga to’lanadigan maksimal nafaqa oyiga 484 dollarni tashkil etadi. Ushbu nafaqani olish uchun muhojir har yili belgilangn shaklda ariza topshiradi.

Yoshga doir pensiya to’lovlarining o’rtacha miqdoriga keksa yoshdagi odamning ijtimoiy mavqeyi yoki uning nikohda bo’lganligi ham ta’sir qiladi. Undan tashqari turmush qurganlar va turmush qurmaganlar uchun har xil ajratmalar tizimi mavjud. Turmush qurganlar uchun bir kishi minimal to’lov oyiga 1090 AQSH dollarini tashkil qiladi. Yolg’iz kishilar katta miqdorda nafaqa oladilar. Bu o’rtacha 30 kun uchun 1500 AQSH dollarni tashkil qiladi. Agar 365 kun davomida olingan foyda miqdori 17400 AQSH dollaridan oshsa barcha imtiyozlar olib tashlanadi. 2020 yilda Kanada nafaqaga chiqish uchun eng yaxshi deb topilgan 10 ta mamlakat qatoriga kiradi. Islandiya, Norvegiya, Avstraliyadan keying o’rinda turadi. Nafaqaxo’rlarga g’amxo’rlik qilish darajasi bo’yicha 9- o’rinni egalladi.

Old Age Security ( OAS) birinchi darajadagi pensiya dasturi hisoblnadi. Agar Kanadaliklar Kanadaning ma’lum talablarga javob bersa kichik oylik va pensiya olish huquqini beradi.

Kanada pensiya tizimining ikkinchi darajasi. Ushbu darajaga Kanadaliklarga 65 yoshdan boshlab yoshga doir pensiya to’lovini taqdim etadi. Kanada pensiya rejasi, nogironik sug’urtasi, yolg’iz keksalarni moddiy qo’llab quvvatlash va o’limdan sug’urtalashni ham o’z ichga oladi. Pensiya tizimining 3 – darajasi shaxsiy pensiya jamg’armalari va ish beruvchilardan olinadigan pensiya kiradi. Kanada pensiya tizimining birinchi va ikkinchi darajalari Kanadadagi davlat pensiya tizimidan iborat. Hozirgi vaqtda ushbu pensiya shakllari pensiya daromadlarining muhim qismidir, ammo yoshga doir davlat pensiyalari Kanadaliklarning to’liq ehtiyojini qondira olmaydi. Umuman olganda Old Age Security pensiyasini olish uchun 65 yoshga to’lishi va 18 yoshga to’lgandan keyin kamida 10 yil Kanadada yashashi kerak.

Old Age Security dasturi 1951 – yilda paydo bo’lgan va 70 yoshli odamga mo’ljallangan edi. 60 yillarda yosh mezon o’zgarib ushbu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan yoshni 65 yoshga pasaytirishdi. O’shandan beri erkaklarning umr ko’rish davomiyligi 5 yilga, ayollarning umr ko’rish davomiyligi 7 yilga oshdi. Pensiya nafaqaxo’rlarining ko’payishi sharoitida doimiy umr ko’rish doimiy ravishda o’sib borishi davlat uchun moliyaviy yukga aylanmoqda. 70 yillarda 7 nafar xodim uchun 1 nafar nafaqaxo’r bor bo’lgan bo’lsa 20 yildan keyin 1 nafar nafaqaxo’r uchun 2 nafar xodim kerak bo’ladi. Agar ishdan bo’shaganda OAS pensiyadan tashqari kam daromadli bo’lsa yoki umuman daromadi bo’lmasa GIF (Kafolatlangan daromad qo’shimchasi), kafolatlangan pensiya mukofotiga ega bo’ladi.2018 – yilda 1,5 million nafaqaxo’r ma’lum bir standartga muvofiq kam daromadga ega bo’lgan Federal kafolatlangan ajratma (GIF) huquqiga ega. Uning qiymati o’z daromadga yoki oilaviy daromadiga bog’liq bo’ladi.

GIF oylik to’lovlar OAS to’lovlariga qo’shiladi.Maksimal to’lovlar 1 kishi uchun 2016 yilda 77360 AQSH dollar va turmush o’rtog’i uchun 51296 AQSH dollarni tashkil qiladi. Pensiya oluvchining umumiy daromadiga qarab uning daromadlari ko’payishi ijtimoiy nafaqalarning kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu qisqartirish “ Klavbik” atamasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy yordamning miqdori va uning pasayishi nafaqaxo’rning o’tgan yil uchun olgan pensiya miqdori (OAS) hisobga olmagan holda hisoblanadi. Daromadga CPP nafaqasi va ish beruvchidan olinadigan nafaqa individual RRSD va boshqalar kiradi. Yoshga doir pensiya olishdan (OAS) qo’shimcha ravishda olinadigan daromadning har 2 dollar uchun GIF 1 dollarga kamayadi..

2016 yil 1-choragida pensionerlarning turmush o’rtoqlari 60 yoshdan katta ammo 65 yoshdan kichik bo’lsa nafaqa shaklida oladigan maksimal miqdori oyiga 108349 dollarni yoki yiliga 1300176 dollarni tashkil etadi. Bu maksimal kafolatlangan pensiya nafaqasi yoshga doir pensiyasining qo’shilgan so’mmasiga tengdir. Kanadada maksimal pensiya miqdori 57052$*12 deb hisoblanadi.va yiliga 844624 dollar bo’ladi. Agar imtiyozlar chegirib tashlanganda yillik daromad 684624 dollarni tashkil qiladi. Kanadada pensioner 1 yilda 66733 dollardan ko’p pul ishlatsa unda ushbu pensiyadan ma’lum qismi chiqarilishi mukin. Bu bilan ko’rishimiz mumkinki, Kanadada pensiya tekshiruvi nazorati yo’lga qo’yilgan.

Mamlakatda beva ayollar ma’lum vaqt davomida yashab belgilangan me’yorlarga muvofiq kam daromadga ega bo’lsalar bunda faqat 65 yoshga to’lgunga qadar to’lanadi. Shundan so’ng bu nafaqa yoshga doir pensiya(OAS) bilan hamda kafolatlangan mukofot(GIF) bilan almashtiriladi. Mobodo nafaqa oluvchi beva ayollar turmushga chiqsa yoki vafot etsa 65 yoshgacha to’lanadigan nafaqa to’xtatiladi.

OAS nafaqasi soliq chegirmasi bo’lib har yili daromad solig’i deklaratsiyasida e’lon qilinishi kerak. Yani bunda nafaqa oluvchi soliq deklaratsiyasida hisobot beradi. Kafolatlangan daromadlar mukofoti (GIF) va boshqa imtiyozlar soliqqa tortilmaydi. Agar nafaqa oluvchi Kanadadan tashqarida yashasa va u OASning asosiy pensiya miqdorini olsa unga Kanada dollarida to’lanadi va u yashayotgan mamlakatda hisobot berish uchun soliq deklartsiyasini oladi. Pensionerning pensiyasi Kanadada soliqqa tortiladi

OAS pensiyalari har yili yanvar aprel va oktabr oylarida inflatsiyaga qarab ko’rib chiqiladi. Bu pensioner va nafaqa oluvchilarning yashash harajatlarini ko’paytirganda muvozanatni saqlashga yordam beradi. Agar pensioner uzoq vaqt mamlakatdan tashqarida yashasa va Kanadadan kelganida ko’rsatib o’tilgan yasdiqlovchi hujjatlarni ( passport va avia chiptalar) kabilar orqali pensiya olish huquqiga ega ekanigini isbotlashga yordam beradi OAS pensiyasi avtamatik ravishda hisoblab chiqilmaydi buning uchun pensiyoner yoshga doir pensiya va OAS imtiyozlari uchun murojaat qiladi yani, bunda yoshga doir pensiyani olish uchun Kanadadagi “ Inson Resurslarni Rivojlantirish Ijtimoiy dasturlar “bo’limiga ariza to’ldirishi kerak. Agar ariza beruvchi 65 yoshga to’lgandan keyin ariza topshirgan bo’lsa ariza u 65 yoshga to’lgan paytdan boshlab lekin 1 yildan ortiq bo’lmagan vaqtdan orqaga qaytarilishi mumkin.

Kanada pensiya rejasi (CPP) har oy odamlarga pensiyalarni to’laydi. Ushbu reja sug’urta rejasi bilan bir vaqtning o’zida ishlaydi. Nogironlik bilan yoshga doir pensiya va nafaqalar to’laydi. Agar ish jarayonida jarohat olgan bo’lsa bu unga va qaramog’ida bo’lgan bolalarga ozgina oylik daromad beradi. Agar u vafot etsa turmush o’rtog’i yoki bolalariga oylik to’lovlarni taqdim etadi.

Agar er xotin kamida 60 yoshga to’lgan bo’lsa ham pensiya olish uchun murojaat qilsa ikkalasining ham pensiyalari hisoblanadi. Natijada bu daromad solig’ining pasayishiga olib kelishi mumkin

Yoshga doir pensiya olayotgan pensioner bitta kompaniyada 35 yil yoki undan ko’proq yil mehnat faoliyatini olib borgan bo’lsa olayotgan pensiyasi ham yuqoriroq bo’ladi. Bu kam uchraydigan holat chunki odamlar ish beruvchilarni tez tez o’zgartiradilar va barcha ish joylarida ular pensiya rejalarini taklif qilishga tayyor bo’lmaydilar.

2.1 AQSh pensiya tizimi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) pensiya ta’minoti tizimi ideal bo‘lmasada, dunyodagi eng mukammal tizimlardan biri hisoblanadi. Pensiya miqdorlari esa Yevropa mamlakatlarining o‘rtacha pensiya miqdoridan yuqori. “HelpAge” reytingida AQSh sakkizinchi o‘rinni egallaydi. AQSh pensiya tizimi taqsimlovchi va jamg‘ariluvchi tamoyillar asosida ishlovchi davlat va xususiy pensiya tizimlaridan iborat Shuning evaziga amerikaliklar o‘zlarini bir emas uchta, ya’ni davlat, xususiy korporativ va shaxsiy individual pensiyalarbilan ta’minlashi mumkin.



Download 229.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling