Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy uneversiteti fizika fakulteti fizika yo’nalishi 4-kurs f170-guruh talabasi erkinova zatinaning qashqadaryo viloyati


Download 0.76 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#214175
Bog'liq
ERKINOVA ZARINA HISOBOT


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNEVERSITETI FIZIKA FAKULTETI FIZIKA YO’NALISHI 4-KURS F170-GURUH TALABASI ERKINOVA ZATINANING QASHQADARYO VILOYATI KITOB TUMANI 5-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA FIZIKA FANIDAN O’TGAN PEDAGOGIK AMALIYOT

HISOBOTI



TOSHKENT-2020

HISOBOT


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti 4-bosqich talabalarining pedagogik mahoratini oshirish,dars jarayonlarini to’g’ri tashkil etish va o’quvchilar bilan muomala qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida 2 oylik sentabr, oktabr oylarida pedagogik amaliyotga chiqarildi. Fakultetimizdagi 4-kurslarning amaliyotdan oldingi yig'ilishi 2-sentabr kuni zoomda bo'lib o'tdi.Bu yig’ilishni fakultetimiz dekani G’.Eshonqulov,umumiy fizika kafedrasi o’qituvchisi D.Begmatovalar olib borishdi. ushbu yig'ilish davomida biz 4-kurs talabalari pandemiya sababli barcha o’z hududimizda amaliyot o’tash haqida xabar berildi.Barcha 4-kurs talabalari guruhlarga bo’linib har bir guruhga o’qituvchilar biriktirildi..Pandemiya sababli 3.09.2020dan 28.09.2020 kuniga qadar amaliyotimiz avvaliga onlayn shaklda boshlandi. Barcha talabalar o’z hududiga yaqin joydagi ta'lim muassasalarida amaliyot o'taganligi sababli men F1701-guruh talabasi Erkinova Zarina o’z tumanimdagi 5-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyotimni boshladim.O’qituvchilarimiz bilan suhbat jarayonida amaliyotimiz 3 bosqichda o’tishini aytib o’tdilar.

1.Passiv amaliyot.

2.Aktiv amaliyot.

3.Stajorlik amaliyoti.

Shu bilan bir qatorda amaliyot davomida quyidagi hujjatlarni yig’ib borishimiz aytildi. Bular:

1.O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari ish rejasi;

2.Ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari ish rejasi;

3.Sinf rahbar ish rejasi;

4.Biriktirilgan sinf ro’yxati;

5.Biriktirilgan sinf dars jadvali;

6.Fizika o’qituvchisining ish rejasi;

7.2 ta fan o’qituvchisining dars tahlili;

8.2 ta kursdoshining dars tahlili;

9.Ochiq dars ishlanmasi;

10.2 ta o’quvchiga tavsifnoma;

11.Hisobot;

12.Ish reja konspekt daftari. Kundalik hisobot daftari.

Men 4-sentabr kuni amaliyot o'tmoqchi bo'lgan maktabimga bordim va maktab direktori bilan ko’rishdim.Direktor men bilan qayerda o'qishim haqidagi ma'lumotnomani so'radilar va men u kishiga ma'lumotnomani taqdim qildim So'ngra direktor amaliyot rahbarim Yusupova Dildora Mansurovnani tayinladilar. Hamda 9-‘G’ sinfga meni biriktirib qo’ydilar. Bu sinfning sinf rahbari ham amaliyot o’qituvchim Yusupova Dildora Mansurovna edilar.Amaliyot o’qituvchim hozirda pandemiya sharoiti tufayli darslar online tarzda olib borilayotganini aytdilar va maktab bilan tanishtirdilar.28-sentabrdan darslar online shaklda boshlandi.Amaliyot o’qituvchim meni o’zlari dars beradigan sinflarning telegram guruhlariga azo qilib qo’ydilar.Bu vaqt davomida o’quvchilar televideniya orqali berib boriladigan online darslarni kuzatib mavzularni tushunib olishga harakat qilishdi. Men bu guruhga online vazifalar tashlab ,o’quvchilar bajargan vazifalarni tekshirib turdim.Online darslar 1-oktabrgacha davom etdi,so’ngra an’anaviy darslar boshlandi.1-oktabrdan ba’zi o’quvchilarga online ,qolgan o’quvchilarga esa an’anaviy tarzda darslar olib borildi. Darslar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda tashkil etildi.



hafta amaliyot o’qituvchimning fizika, biologiya darslariga kirib kuzatib bordi . O’quvchilarni yangi o’quv yili bilan tabrikladilar va bu yilgi o’quv tartib qoidalari bilan tanishtirib chiqdilar.Shu vaqtgacha o’tilgan online darslarda o’quvchilarni savol-javob qilib , mavzularni maqtadan mustahkamlash maqsadida qaytadan mavzular tushuntirib berildi.So'ngra dars rejasi bo’yicha yangi mavzuni boshladilar.Va ochiq qolgan savollarga mavzu tushuntirish barobarida javob berildi.Dars aqliy hujum metodlari orqali olib borildi. Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlab olish uchun o’quvchilarga qisqa savollar berildi va o’quvchilar baholab olindi.Dars yakunida esa o’quvchilarga uyga vazifalar berildi.

Har kuni borib dars o’tish texnologiyasini o’rgana boshladim.3-oktabrdan esa men mustaqil darslarga kira boshladim amaliyot o’qituvchim esa bilmagan narsalarimni o’rgatib meni kuzatib turdilar. Dars oxirida esa xato va kamchiliklarimni aytib o'tdilar.





O'qituvchim Dildora opa menga dars o'tish, amaliyotlarim, hujjatlarim haqida ma'lumotlar berdilar.

.

Xulosa



Sentabr, oktabr oylari o’tgan amaliyot judayam foydali va muhim bo'ldi. Amaliyot boshida menda hayajon , oz bo'lsada qo'rquv bor edi. amaliyot rahbarim darslariga kirib o'rganish davomida hayajon yo'qolib , o'zimga nisbatan mas'uliyat, ishonch ortdi. Men ulardan dars o’tish texnikasini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligini,o'qituvchi auditoriyada qanday tutishi kerakligini, o’qituvchi qanday xislatlarga ega bo’lishini,qanday tarbiyaviy jihatlarga ega bo’lishi kerakligini, o’quvchilar bilan qanday ishlashni,o'quvchilarni diqqatini qanday faqat darsga jalb qilishini o'rgandim.Amaliyotsiz bilimlarimiz mukammal bo'lmasligini tushunib yetdim.O'zim dars o'ta boshlaganimdan so'ng har bir o'quvchi turli xil xarakterga, turli dunyoga ega ekanligini tushundim. . Fizika fani biroz tushunish uchun murakkabroq bo’lganligi sababli bu fanni tabiatga bog’lab ,misollar bilan o’tish kerakligini o’rganib oldim.Ustozlarning ishlarini ,o’quvchilar bilan munosabatlarini ,dars o’tish jarayonlarini kuzatdim.Xulosa qilib aytdigan bo'lsam, o'qituvchilik sharafli va o'zi xos ma'suliyatli kasb ekanligini tushunib yetdim. Buning uchun men 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi ma'muriyatiga va amaliyot rahbarimga rahmat aytaman.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling