Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitet o‘zbek filologiyasi kafedrasi 302-guruh sirtqi talabasi abdullayeva dilafruzning


Download 218 Kb.
bet1/6
Sana25.11.2021
Hajmi218 Kb.
  1   2   3   4   5   6

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITET O‘ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI 302-GURUH SIRTQI TALABASI ABDULLAYEVA DILAFRUZNING

“DIALEKTOLOGIK AMALIYOT” ISHI



Amaliyot rahbari : Yulbarsov O.


TOSHKENT – 2021
Biz Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining talabalari mana ikkinchi kursni ham tamomlab yozgi ta`tilni boshlab oldik. Biz ikkinchi kurs davomida turli qiziqarli va ajoyib fanlarni o`rgandik. Ikkinchi kurs davomida biz qiziqarli fanlardan biri dialektologiya, ya`ni shevalar haqidagi fanni juda qiziqish bilan o`rgandik. Ustozimiz tomonidan berilgan yozgi amaliy mashg`ulotimiz esa bu fan haqidagi bilimlarimizni yanada boyitib, mustahkamlashga, o`zimiz yashab turgan hudud shevasini o`rganishga xizmat qiladi.Ustozlarimiz bergan bilimlari orqali o`z yashab turgan hududimiz haqida ma`lumotlar to`pladim . Bular bilan sizlarni ham tanishtirib o`taman.

Men, Abdullayeva Dilafruz, Namangan viloyati Namangan shahrida yashayman lekin bolaligim o’tgan qishloq haqida amaliyotimni o’tadim. . Bu joylar anchagina keng hududni qamrab olgan.

Aholisi asosan, o‘zbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Qurilish materiallaridan shag'al va qum hom-ashyosi jismlar bor. Shaharda 10 ta aholi punkti bor - 1 ta shahar 13 mahalla fuqarolar yig'inlari, 81 ta mahalla fuqarolar yig’ini 105504 xonadon . Tumanda dostonchilik maktabiga asos solgan Xusan baxshi Rajabboy o'g'li, Mamayusuf qiziq yashab ijod qilgan, O'zbekiston xalq artisti Tursunoy Mamedova, xalq ta'limini rivojlantirishga o'zining katta hissasini qo'shgan Ibroxim Oxunovni, mehnat Qaxramonlari Xoshimxon Eshonov, Komiljon Mirzaraximovlar bilan birgalikda Qo'chqor Asranboev, Yusufjon Siddiqov, Dexqonboy Raximov, Foziljon Tursunov, Meliboy Nazarov qishloq xo'jaligini yuksaltirishda fidoyilik na'munalarini ko'rsatganlar.Qishloq xo'jalik mahsulotlaridan paxta, don, go'sht, sut, tuxum, meva, uzum, pilla hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan oldingi o'rinlarda turishi diqqatga sazovordir.Hunarmandchilikning turli sohalari birmuncha rivojlangan.

Hududimiz aholisining asosini qarluq vakillari tashkil etadi. Bu sheva vakillarining tub aholi shevasiga ta`siri sezilmaydi. Lekin tuman aholisi o`ziga xos shevada gaplashmaydi. Shevamiz adabiy shevaga yaqin lekin ba'zi bir jihatlarga ko'ra farqlanadi.

Shevamizning grammatik xususiyatlari quyidagilardan iborat:


  1. Hozirgi zamon qo`shimchasining -utti shakli ishlatiladi: kelutti , borutti, ishlutti;




  1. B tovushi o`rniga p ishlatiladi : borip kelay, opkelay, yurip boraman.

3. Tushum kelishigining –i variantlari ishlatiladi: ukamdi, gapti,nondi.


4.Qaratqich kelishigi o`rniga tushum kelishigi ishlatiladi: ukamni kitobi , singlimni xonasi.
5. Shevamizda - lar qo`shimchasi hurmat ma`nosida ishlatiladi: Dadam aytdilar, Buvim keldilar .
6. -lar qo'shimchasi o'rnida - na, - nar, -lar;
7. Chiqish kelishigining - dan , - tan , -nan variantlari qo`llanadi.

Masalan : ishtan , uydan , kimnan .


8. Bazan r undoshi o`rniga l undoshi ham ishlatiladi : devor – devol
9 Ch undoshi o`rniga sh ishlatiladi : uchta - ushta .
10. Qator kelgan bm undoshlari pp tarzida talaffuz qilinadi:boribman – borippan
11. B undoshi o`rniga m : bundan – mundan , bunday –munday , buni – muni .
12. Spirantizatsiya hodisasi : sabzi –sag’zi, .
14. Eliziya hodisasi : o`ta olmadi – o`tolmadi, bo`lar ekan –bo`larkan , olib ke – opke , Solix aka -Soli oka , Abdusattor – Absattor .
15. Reduksiya : nasiya - nasya .

Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling