Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitet o‘zbek filologiyasi kafedrasi 302-guruh sirtqi talabasi abdullayeva dilafruzning


Download 218 Kb.
bet2/6
Sana25.11.2021
Hajmi218 Kb.
1   2   3   4   5   6
Shevalar morfologiyasi bo'yicha

Shevalarning morfologiyasi turlicha bo`lib, Qarshi shevasida quyidagi morfologik o`zgarishlar kuzatiladi:


Qaratqich /-ning/ va tushum kelishigi /-ni/ affikslarining farqlanmasligiga misollar:
Kimni daftari – kimning daftari

Ukamni oldiga – ukamning oldiga

Gulni bargi – gulning bargi

Ko`chani boshi- ko`chaning boshi

Daftarni varag`i – daftarning varag`i

Yastiqni jildi – yastiqning jildi

Shkafni usti – shkafning usti

Uyni eshigi – uyning eshigi

Radioni qulog`i – radioning qulog`i
Qaratqich kelishigi affiksining quyidagi variantlari mavjud?
-ning: maktabning bog`i, yozning issig`i

-ni: yastiqni jildi, ko`chani boshi

- di: uydi eshigi, ukamdi oldiya boraman

Qarshi shevasida qaratqich kelishigining qo`llanilishiga e`tibor berilsa, so`z qaysi harf bilan tugasa, qaratqich kelishigining – ning qo`shimchasi shunga moslashib o`zgaradi. Masalan:

-mi: do`stimmi uyiga

- ri: kompyuterri shichqonchasi


Tushum kelishigi qo‘shimchasining variantlari /-ni, -n', -d', -t', -', -i/ qaysi biri uchraydimi?
- ni: bolani ol, xonalarni tozala
- i: boshimi og`ritdi, bolishi bervor
Qarshi shevasida tushum kelishigining qo`llanilishiga e`tibor berilsa, so`z qaysi harf bilan tugasa, tushum kelishigining – ni qo`shimchasi shunga moslashib o`zgaradi. Masalan:
- mi: ayammi sog`indim, og`aynimmi ko`rdim
- di: uydi supur (ba`zida" uyyi supur" holati ham kuzatiladi)
- zi: tuzzi uzatvor, sizzi aytyapman
- ri: kompyuterri yoq
- chi: yog`ochchi uyoga o`tkaz

Shevada quyidagi qo‘shma otlar uchraydi. Misollar:


Suvilon,

Kungaboqar

olibsotar

achchiqtosh

bilaguzuk

uchburchak

ko`cha osh

qilquyruq


Shevada turuk/duruq/dirik/tirik affikslari orqali ot yasaladi. Misol:
Bo‘yinturuq, uvulduruq, umildiriq, shumulturuq, papultiriq

Ko‘plik affiksi (lar) ning variantlari mavjud. Misol:


-la: bolalani chaqir, hamsiyalani aytib ke

-le: to`yleya borish kerey, ko`chaleya qarash kerey

-a: biza keldik

«Ko‘k» sifatining orttirma darajasining quyidagi variantlari uchraydi.


ko‘m-ko‘k, to`q ko`k, ko`kmak
-rכq affiksining variantlari mavjud.
-rog`: qizilrog`, ko`krog`, sarig`rog`

-ro: yaxshiro, epchilro, qoraro

-tob: ko`ktob, yashiltob (faqat ranglarda ishlatiladi)
O‘tgan zamon fe'llarining ifodalanishi:
Bordik, keldiy, qiganmish, keganekan, yotganmiz – yotgammiz, bajarganmish
Shevada buyruq-istak maylining variantlari mavjud.
-gin: ishlani qilgin – ishlani qigin

-lik: boraylik, qilaylik

-liy: keteyliy, o`tireyliy
-mכqchi, -mכ:chi, affikslari.
-moqchi: bormoqchi, qolmoqchi

-mo:chi: kemo:chi, ketmo:chi


-gudek, -gudey, yordamida tuzilgan fe'l formalari mavjud.
-gudek: Yog` tushsa yalagudek.

-gudey: Kelin qilgudey qiz.

Tasdiq ma'nosini ifodalovchi «ha» so‘zini anglatadigan yana qanday so‘zlar shevada uchradi?
Hmm, xo`p, mayli

Adabiy tildagi «qidirmoq» so‘zining qanday variantlari mavjud?

Izlamoq, axtarmoq
«Suvda suzmoq» iborasi shevada qanday qo‘llanadi?

Cho'milmoq

Adabiy tildagi «bola» so‘zining qanday variantlari.

Bola, jiji




Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling