Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitet o‘zbek filologiyasi kafedrasi 302-guruh sirtqi talabasi abdullayeva dilafruzning


Download 218 Kb.
bet4/6
Sana25.11.2021
Hajmi218 Kb.
1   2   3   4   5   6
Xalq og‘aki ijodi
Qizi, qizi, qizomadi

Nega sochi uzomadi.

Yuvmadi, taromadi

Shundan sochi uzomadi.

****

Xiyabbo, xiyabbo



Tolqoningni tuyabbo.
****
So‘zlab bergan hikoyalari: “Enam rahmalli bizga ko‘p ibratli hikoyalardi aytib berardi. Eshit bir odam ayoliga qarab avqatingdi opke, qorintatalab ketti, yimz dipti. Ayol bo‘sa Xudo xolasa ding dpti. E xotin qiziqmisan tayyar avqat opkesang yimiz shunga ham shu gappi aytishim kirakmi dpti. Ayol Xudo xolamasa yyemis dpti. Shunda u kishini jahli chiqib Xudoying xohlasayam xohlamasayam yiman dpti. Ayol avqatni opkegan joyida haligi kishi endi qo‘lini uzatganakan, eshik ochilib soqchilar kep qop haligi kishini opketip qolishipti. Shunichun bolalarim drdi enam, hamma ishlaringni boshidan Xudo xolasa dp aytilar. Xudo xolamasa yoningdagi nassani ham olomisan derdilar. Shunichun senam qizim Xudo xolasa dp gapirgin hamma ishlaringdi boshidan”.

Axborot beruvchi:Rahimov Abbos amakii, 1961-yilda tug'ilgan, )

Uzomadi – uzaymadi
Taromadi – taray olamdi
Uzomadi – uzaymadi
Avqat –ovqat
Opke – olib kel
Ketti – ketdi
Yimz – yeymiz
Gappi – papni
Dpti – aytibdi

Yemis – yeya olmaysiz

Nassa – narsa
Olomisan - ololmaysan

“Ke jonim qizm, onang o‘rgulsin senga minima aytib beraman. Men ancha yillar o‘qtuvchilik qildim, shunichun senga tumanimizdagi adaiy hayot haqda aytib biraman. Qayqi dostonchilik maktapi tuman deparasida adabiy muhit yaratgan ijodkorlarning bitta uyushmasi edi. Xusan bashshi Rashabbay uli asos sogan bu maktapga mansup 18 dostonchi bisotidan onlap O‘smon Mamatqul uli Go‘ro‘g‘li turkumidagi 40 dostonning 30tasini aytalgan. Ulardan keyin “Norin mavjlari”

Degan adabiy uyushma ochilgan. Undanjuda ko‘p ajayib shoyirlar chiqqan”.

Axborot beruvchi: (Karimova Omina ona, 1951-yilda tug'ilgan,hozirda nafaqada)

O‘rgulsin - aylansin
Biraman - beraman
Bashshi -baxshi
Uli –o‘g‘li
Onlap o‘nlab
Shoyir – shoir


Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling