Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universitet o‘zbek filologiyasi kafedrasi 302-guruh sirtqi talabasi abdullayeva dilafruzning


Download 218 Kb.
bet5/6
Sana25.11.2021
Hajmi218 Kb.
1   2   3   4   5   6
Kasbim – faxrim

Mani shunday kasbga yo‘naltirgan dedamla va abamlani boriga shukur. Kichikligimdan o‘yinchoqlarimga ukol qilib yurardim. Ovam ham, achamla ham kelganlarida menga shifokorlarning anjomlari bor o‘yinchoqla olib kelishar edi. Shundanmi bu kasbga mehrim baland. Odamlani davolayotganda, ularni quvonch bilan sog‘ayib ketayotganlani ko‘rsam beixtiyor xursand bo‘laman. Mahallamizdagi qo‘shnilaga yoradmim tegadi. Bundan xursand bolaman, Yoshi ulug‘ keksaldan duo olish ham baxt. Har safar ota –onangga rahmat deyishganida qaddim yanada yuksalganday bo‘ladi. Qo‘limda biror kasal sog‘aysa ulaning yaqinlarini ko‘zidagi sevinch yoshlari meni yanada ko‘pro mehnat qilishga undaydi. Hozirda farzandlarim ham bukasbga qiziqisah bildirishmoqda. Agar ular ham bu kasbni tanlashsa, men bundan faqat xursand bo‘laman. Agar yana bir kelsana men sizlaga o‘zim hech yo birinchi yordam berish uchun nimala qilish kerayligini o‘rgataman. Favqulodda vaziyatlada shokka tushmay yordam berasla. Shunda bir insonni qutqarib qolish qanchalik baxt ekanligini anglaysila.


Axborot beruvchi :Karimova Munisxoni, 1974-yilda tug'ilgan,jarroh

Munisxon opaning shevalarida -lar qo‘shimchasi o‘rniga –na qo‘shimchasini qo‘llaganini ko‘rdim.


Ova – amaki
Deda – dada
Aba– ona
Yorug‘ kunlar shukuhi

Gulsum ona menga o‘zingiz haqingizda so‘zlab bering: Senga nima so‘zlaversam ekan. Men katta oilada tug‘ildim,ham tong‘ich farzandman. Erta ishlashga tushdim. Enam vilan otamga yordam veraman deb ishladim. Men remzavodda 10 tiyin pul olardim, u oldinlari kata pul bo‘lardi. Shuni otamga verardim. Kigin otam xolagan nassalarimno olib verishga harakat qilardinar. O‘qishga ikki yil kiromaganman. Shu vaqtlar orasida ham ishlab ham bozorga balg‘or, pamildori. kartishka olib chiqib sotardim. Uchinchi nyili kigin Tashkenga o‘qishga kirganman, sirtqi bo‘limga. Ishlagan pullarimmi otam hammasini o‘qishga ketayotganimda qo‘limga tutqazardinar. O‘qishni bitirib, turmushga chiqdim, ishladim. Allohga shukurki hozir nafaqadaman farzandnarni uyli joyli qildim. Hoizir nevarnar qurshoivida keksalik gashtini surayapman.

Axborot beruvchi: Bo'stonova Gulsumxon aya Yangiobod qishlog'ida yashaydi, 1958-yilda tug'ilgan, nafaqada.
So‘zlaversam – so‘zlab bersam
Enam – ona(asosan Yoshi keksalar orasida shu tarzda qo’llaniladi)
Veraman – beraman
Pamildori- pomidor

Balg‘ar – bulg‘or


Kartishka – kartoshka
Kigin – keyin

Gulsum onaning shevalarida ko‘proq lar qo shimchasining o‘rniga – nar shaklidagi qo‘shimchani qo‘llaganliklari e’tiborimni tortdi. Shuningdek shevalarida ko‘proq b harfi o‘rniga v harfini qo‘llashlari yuqoridagi matnda ham ko‘rinib turibdi.




Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling