misol. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlang. Yechish: Birinchi bosqichda va elementining kirishida va bo‘lgani uchun chiqishida =0 bo‘ladi. Bu ikkinchisi bosqich – yoki elementining kirishiga boradi


Download 156.23 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi156.23 Kb.
#1532513

1-misol. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlang.

Yechish: Birinchi bosqichda VA elementining kirishida 0 va 1 bo‘lgani uchun chiqishida 10=0 bo‘ladi. Bu 0 ikkinchisi bosqich – YOKI elementining kirishiga boradi. Sxemada ko‘rinib turgandek YOKI elementning ikkinchi kirishiga 1 keladi. Natijada YOKI elementining chiqishida 1+0=1 hosil bo‘ladi.


Javob: 1 
2-misol. Quyidagi sxema chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?

Yechish: Sxemada uchta bosqich bor. 3-bosqich chiqishda 0 ekanini bilgan holda orqaga qarab yuramiz:
3-bosqich (EMAS elementi) chiqishida 0 bo‘lishi uchun kirishida 1 bo‘lishi kerak.
2- bosqich (YOKI elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun birinchi kirishida 0 ekanligini hisobga olgan holda ikkinchi kirishida 1 bo‘lishi kerak.
1- bosqich (VA elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun ikkala kirishida ham 1 bo‘lishi kerak.
Javob: Ikkala kirishida 1 bo‘lishi kerak. 
3-misol. Quyidagi sxemada barcha YOKI elementlarini VA hamda EMAS elementlaridan foydalanib almashtiring.

Yechish. YOKI elementini



sxema bilan almashtirish mumkin. Bu sxemani yuqoridagi YOKI elementining o‘rniga qo‘yamiz. Natijada

hosil bo‘ladi. Bu erda ketma-ket kelgan ikkita EMAS elementini sxemadan chiqarib tashlash mumkin. Demak, natija

ko‘rinishida bo‘ladi.
Quyidagi mashqlarni bajaring.
Berilgan mantiqiy sxemaning natijasini aniqlang.
Quyidagi mantiqiy sxema chiqishida qanday qiymat hosil boladi?

Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?

Berilgan mantiqiy sxemaning chiqishida 1 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?

Berilgan mantqiy sxemadagi VA elementini YOKI hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.

Quyidagi mantiqiy sxemada YOKI elementini VA hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.

Download 156.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling