Mobil metodik guruhi


Download 1.21 Mb.
Sana29.12.2022
Hajmi1.21 Mb.
#1071570
Bog'liq
trenerlar xisoboti (2) kimyo



Xorazm viloyati Xiva shahar Xalq ta’limi
bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining
Mobil metodik guruhitomonidan
Kimyo fanidan mutaxassis va ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun tashkil qilingan o‘quv mashg‘ulotlarini amalga oshirilishi yuzasidan
Kimyo fani trener o‘qituvchilarning tahliliy

HISOBOTI




2021-2022 o’quv yili

Xorazm viloyati Xiva shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablarining 2022-yil 11-maydan 27-maygacha “Mobil metodik guruhi” tomonidan Kimyo fanidan mutaxassis va ikkinchi toifali o’qituvchilar uchun tashkil qilingan birinchi bosqich o’quv mashg’ulotlarini amalga oshirilishi yuzasidan tahliliy


Hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 5- aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 27-sonli bayoni ijrosi yuzasidan viloyatimizda va shahrimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim sifati va shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda viloyatdagi oliy va birinchi toifali o‘qituvchilardan diagnostik test va yozma ishlar olinib, yuqori natijalarga erishgan 429 nafar trener o‘qituvchilar tanlab olindi va ular uchun viloyat hududiy malaka oshirish markazida 2022 yil 18 aprel sanasidan boshlab Urganch davlat universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv-seminarlariga xorijiy mutaxassislar ham jalb qilingan bo‘lib, bugun trener o‘qituvchilar uchun rossiyalik hamda Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan bir guruh Kembrij universiteti mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Prezident Adminstratsiyasi vakillari ham hududiy malaka oshirish markazida bo‘ldilar va o‘quv-seminar jarayonlarini kuzatdilar. O‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr mulohazalarini tingladilar.
Shuningdek, mazkur yig‘ilish bayonida Prezident Administratsiyasiga maktab o‘qituvchilari uchun trenerlar tomonidan yangi zamonaviy metodikalarni (Konpetensiyaga asoslangan Kenbridj metodikalari) o‘qitish ishlarini nazoratga olish belgilangan Prezident Adminstratsiyasi vakillari ham hududiy malaka oshirish markazida bo‘ldilar va o‘quv-seminar jarayonlarini kuzatdilar. O‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr mulohazalarini tingladilar.
Xorazm viloyatida tuman va shaharlarida tashkil etilgan mobil guruh trener o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan maktablar uchun DLSLOKATSIYA yaratildi va reja grafik tasdiqlandi.
Xududlarimizga qaytgach Xiva shahar Xalq ta’limi bo’limi mudiri Z.Raximova va uning bir guruh metodistlari rahbarligida bir guruh mutaxassis va ikkinchi toifali o’qituvchilarni o’qitishni boshlab yubordik.
Reja asosida Xiva Shahar kimyo fanining trener o’qituvchilari ish boshladi.Rejada ko’rsatilgan Umumiy kimyo bo’limini Abdullayeva Sayyora Gayibnazarovna ,Organik kimyo bo’limini Xo’jayev Rashid Ruzmatovich,Anorganik kimyo bo’limini Matyaqubova Nilufar Ulug’bekovnalar fanni chuqurroq darajada turli metodlar asosida o’rgatib boshladilar. Seminarimiz ikki bosqichda birinchi bosqich 11may kuni boshlandi 10 nafar mutaxasis va ikkinchi toifali o’qituvchlar ishtirok qildi ularga darslarni 144 soati onlayn 144 soati oflayn tarzda bo’lib otdi.Semnnarni birinchi kunida o’qituvchilardan kirish testi olindi.Kirish testi o’rtacha 52.5 % ni tashkil qildi.

Trener o’qituvchilar AKTdan foydalanib,ma’ruzalar olib bordilar. Amaliy darslarda testlar,turli xil metodlardanfoydalanib darslarni samarali tashkil qildilar.


Dars jarayonlarida trener o’qituvchilar “Ta’lim texnologiyalari moduli”, ”Ta’lim texnologiyalari elementlari”, ”Ta’lim texnologiyalari turlari”, ”An’anaviy ta’lim texnologiyasi”, ”Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi”, ”Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi”, ”Kompyuterli ta’lim texnologiyasi”, ”Ilg’or ta’lim texnologiyasi” va ularning afzalliklari haqida tushuncha berib bordilar. Bundan tashqari “Interfaol ta’lim metodlari“ bilan ham tanishtirib dars jarayonida shu metodlardan foydalanib borildi. Masalan: “klaster”metodi, “Insert” metodi, ”Bumerang” texnologiyasi, ”Pinbort”, ”FSMU”, ”Venn diagrammasi”, ”Juftliklarda ishlash”, ”Domino”, ”Muammoli vaziyat”, ”Keys stadi”, ”B-B-B”,”Loyihalash” metodlari qo’llanildi. Amaliy mashg’ulotlar, STEAM asosida turli moddalarning tuzilish texnologiyalarini yaratdilar.



O’qituvchilarga milliy o’quv dasturi haqida tushunchalar mavzulardagi o’zgarishlar virtual laboratoriyalarni tashkil qilish va uning yollari haqida ma’lumotlar berildi.


Xiva Shahar mobil trening darslarida 18 may sanasida viloyat malaka oshirish katta o’qituvchisi Begliyev Sanjar tomonidan “KEMBRIDJ” ta’limi ,”STEAM”va “PISA”tadqiqotlari bo’yicha trening mashg’ulotlari tashkil etildi.


O’qituvchilarga metodik, ilmiy,amaliy yordam ko’rsatildi.Bo’shliqlarni aniqlash borasida testlar tarqatmalar,aqliy hujum,amaliy kompitensiyalarni rivojlantirish yollari bilan mashg’ulotlar boyitib borildi.Seminar yakunida 27 may kuni o’qituvchlardan chiqish testi olindi. Chiqish testlari o’rtacha 71.5 % ni tashkil qilib 19% o’sish kuzatildi.
Trener o’qituvchilarimiz 30 mayda o’quv mashg’ulotlarini boshladilar. Dastlabki kundanoq o’qituvchi tinglovchilardan kirish testi oldik. Kirish testi natijalari o’rtacha 44% ni tashkil qildi.

Trener o’qituvchilar : S.Abdullayeva


R.Xo’jayev
N.Matyoqubova
Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling