Moddalakning kimyoviy texnologiyasi

bet1/31
Sana15.12.2019
Hajmi
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
74592

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  0 ‘RTA 
MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIG1
T.A.  OTAQO‘ZIYEV,  E.T.  OTAQO‘ZIYEV
BOG‘LOVCHI
MODDALAKNING  KIMYOVIY 
TEXNOLOGIYASI
Oliy  va  о ‘rta  maxsus  ta 'lim  vazirligi  tomonidan  5522400 kimyoviy  texnologiya 
ishlab  chiqarish  turlari  b o ‘y¡cha  bakalavriat  ta'Iim  yo ‘naiishi  talabalari  uchun 
darslik sifatida  tavsiya  etilgan
Cho4pon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi 
Toshkent  -   2005

35.41
N 8 7
T a q r i z c h i l a r :
texnika fanlari  doktori,  professor,

 
texnika fanlari doktori, professor.
Â.M.  Eminov
  — - 
A.P.  Erkaxofayeva
Darslikda  ohak,  gips,  magnezial  bog'lovchi  moddalar  va  turli  sementlar  tayyor- 
lashning texnologik  chizmalari,  ular olinadigan  xomashyolar hamda  bu  materiallaming 
tavsifi,  ularning  sinflanishi  haqida  eng  yangi  ma’lumotlar  keltirilgan,  bog'lovchi  mod­
dalar,  xususan,  sementning  qotishida  ro‘y  beradigan jarayonlar  talqin  etilgan  va  ularga 
xos  fizik-mexanik  xossalar hamda  ularni  ishlatish  sohalari  yoritilgan.
Kitobda  atrof-muhit  muhofazasi,  ayniqsa,  fosfogips  o ‘g‘it  sanoati  chiqindisining 
xossa hamda xususiyatlari haqida batafsil so'z boradi.
4108130000-76
T  ----------------------  2005
3 6 0 (0 4 )—2005
ISBN  5-8250-0975-2
©  Cho‘Ipon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2005.

S O ‘Z B O S H I
Ushbu darslik kim yoviy texnologiya yo'nalishining bog'lovchi 
moddalar kim yoviy texnologiyasi sohasida ixtisoslashuvchi texnika 
fanlari  bakalavrlari uchun  m o ‘ljallangan o ‘quv dasturiga  m uvofiq 
yozilgan.  Shuning  u ch u n   kitobda  turli  bog 'lo vch i  m oddalam ing 
xomashyolari, ularni olish texnologiyasi, gips,  ohak va sem entning 
hosil bo'lish jarayonida kechadigan fizik-kim yoviy jarayonlar keng 
talqin  qilingan.
Bunda turli q o ‘shilm alam ing ta’siriga alohida e ’tibor berilgan. 
Sem ent  olishning barcha usullari  keltirilgan.
Bundan  tashqari  kitobda  turli  bog'lovchi  m oddalam i  xilm a- 
xil  konstruksiyalarda samaraliroq ishlatish im konini beradigan xossa 
va  xususiyatlari  keng bayon  etilgan.
Darslikda  b og‘lovchi  materiallar  qotish jarayonlarining  fizik- 
kim yoviy asoslari  ham da bu jarayonlam i  tezlashtirish va boshqa- 
rishning  maqbul  usullari,  shuningdek,  qotish  jarayonida  h osil 
b o‘ladigan yangi birikmalar mikrostrukturasining qotgan b o g ‘lov- 
chi  materiallar,  binobarin,  betonlarning  mustahkamlik,  defor- 
m atsiyalanish  va  hokazo  xususiyatlariga  ta’siri  ko'rsatib  o ‘tilgan. 
Shu  bilan  birga,  b o g ‘lovchi  materiallar  sanoatida  kim yo,  rangli 
va  qora  metallurgiya  chiqindilari,  issiqlik  stansiyalari kullari  kabi 
chiqindilardan  foydalanish  bilan  bog'liq  bo'lgan  masalalar  ham  
darslikdan  o'rin  oigan.
M azkur  kitobda b o g ‘lovch i  m oddalar  kim yoviy  texnologiyasi 
sohasida chet el fani ham da texnikasi erishgan eng yangi yutüqlar 
ham  o ‘z  ifodasini  topgan.
3

B og'lovch i  m oddalar  kim yoviy  texnologiyasi  sohasida  m uta- 
xassis  tayyorlaydigan  o liy   o'quv  yurtlarining  talabalari  u ch u n  
ushbu  darslik  asosiy  manbalardan  b in   hisoblanadi.
D arslik d a   turli  b o g ‘lo v c h i  m ateria lla rn in g  yangi  te x n o - 
lo g iy a la rin i,  y a n g i  turdagi  se m e n tla r n i  ish la tish ,  turli  q o ‘- 
s h ilm a la r d a n   f o y d a la n is h ,  m a h s u lo t  ish la b   c h iq a r ish   s a - 
m a ra d o rlig in i  va  sifa tin i  o sh irish   y o ‘llari  b atafsil  k o ‘rsatib 
o'tilgan .  Bunda b o g 'lo v ch i  m ateriallar va birlam chi xom ash yoni 
sta n d artla sh tirish   soh a sid a g i  barcha  o 'zg a rish la r h am   h isob ga  
o lin g a n .

K IR IS H
Xalq xo'jaligida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta. 
Sanoat  va  u y-joy  qurilishining  kun  sayin  o ‘sib  borishi  qurilish 
materiallariga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda.  Shuning uchun 
qurilish  m ateriallari  ishlab  chiqarish  tex n o lo g iy a si,  ulardan 
yasalgan buyumlar tarkibini bilish va  o ‘rganish har bir  quruvchi- 
mutaxassis uchun muhimdir.  Shuning uchun quruvchi-mutaxassis 
avvalo  quyidagilarni  yaxshi  bilishi  lozim :
a)  m ateriallar  ishlab  chiqarish  u ch u n   ishlatiladigan  x o m - 
ashyoni;
b)  xom ashyoni  ishlash  va  buyum   tayyorlash  jarayonini;
d)  qurilish  m ateriallarining  xossalari,  ularni  sinash  usullari 
va qabul qilishni;
e)  tashish  va  saqlash  usullarini;
f)  m ateriallam ing qurilishda va kerakli joylarda ishlatilishini;
g)  materiallarni  tejash  y o ‘llarini.
Q urilish  m ateriallaridan  tayyorlan gan   m a h su lo t  q u rilish  
buyumlari yoki konstruksiyalar deb ataladi.  G 'isht bloklari,  tem ir- 
beton buyumlar va konstruksiyalar, y o g ‘o ch  fermalar va boshqalar 
shular  jum lasidandir.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni xalq x o ‘jaligida 
ishlatishning o'ziga xos tarixi bor.  Qadimda ko‘p tarqalgan qurilish 
materiallari gil hisoblangan.  G il qurilish materiali sifatida insoniyat 
taraqqiyotining boshlang'ich davridayoq  ishlatilgan.  Inson gildan 
har  xil  shakldagi  buyum lar  tayyorlagan  ekan,  vaqt  o ‘tishi  bilan 
ularning m ustahkam ligini oshirish  m aqsadida uni  quritish ham da 
kuydirishni  ham   kashf etgan.
B og'lovchi  m oddalam ing  bundan  4 —5  m ing  yil  a w a l  su n ’iy 
y o ‘l  bilan  hosil  qilinganligi  m a’lum .  M isr,  G retsiya,  R im   va 
V a vilon d a   o h ak   q orish m a si  va  gidravlik  q o ‘sh im ch a la rd a n  
ta y y o rla n g a n   b e tó n   in s h o o tla r   h o z irg i  d avrgacha  sa q lan ib
5

kelm oqda.  Bunday inshootlam ing ichki va tashqi qism ini bezashda 
m eta ll  ch iq in d ilard a n   yasalgan   naqshdor  k o sh in li  buyum lar 
ishlatilgan.  M uhandislik  inshootlari  uchun  —  gil,  tosh,  yog'och  
t o ‘sinlar;  turar jo y  u ch u n   —  qam ish,  palm a shoxlari va boshqalar 
ko'plab ishlatilgan.  Q adim gi M isr va M esopotam iyada bundan 5— 
6  m ing  yil  ilgari  yasalgan  shisha  buyumlar  topilgan.
M am lakatim izda ham  turli binokorlik materiallari  ishlab  ch i- 
qarishning tarixi uzoq  m oziyga borib taqaladi.
Binokorlar o'rtasida  asta-sekin  g'isht  teruvchilar,  toshtarosh- 
lovchilar,  ohak  tayyorlovchilar  va  boshqa  kasb  ustalari  yetishib 
chiqqan.  Shahar devorlari,  minoralar,  masjid va qasrlar (m asalan, 
B uxoro,  Sam arqand,  Xiva  yodgorliklari)  kabi  inshootlar  qurilish 
m ateriallariga  b o ig a n   eh tiyojn i  oshirgan.  E ram izdan  oldin gi 
to'rtin ch i asrda X orazm ning ch or atrofi qalin devorlar bilan o'rab 
c h iq ilg a n   to 'r tta   s ilin d r s im o n   m in o r a d a n   ib o ra t  b o 'lg a n . 
M inoralam ing usti tekis qilib ishlangan.  Bunday inshootlam i barpo 
etishda  q o ‘shilm alar  bilan  birga  ganch  qorishm asi,  giltuproqdan 
pishirilgan  yapaloq  g ‘ishtlar  ham da  tabiiy  toshlar  ishlatilgan.
Q orishm a  tayyorlashda  quruvchilar  vulqon  shishasi,  oq  gil 
(kaolin)dan  keng  foydalanganlar.  Bunda  hayvon  q on i,  tuxum  
sarig‘i,  suyak  y elim i,  shirali  m oddalar  qorishm alam ing  m ustah- 
kam ligi va chidam liligini  oshiruvchi  m oddalar vazifasini  o ‘tagan.
Samarqanddagi U lu g‘bek madrasasi,  Q o'qondagi X udoyorxon 
saroyini  qurishda  bunday  qorishmalar  bilan  biiga  ch a n g-g ‘isht 
qorishm a  va  o h a k -g ‘isht  qorishm alaridan  iborat  betonlar  k o ‘p 
m iqdorda ishlatilgan.
X IX  asm ing oxiri va X X  asm ing boshlariga kelib sem ent sanoati 
tez taraqqiy eta boshladi.
Sem entning ixtiro qilinishi betón xossalarining yaxshilanishiga, 
qurilish texnikasida esa yangi davr ochilishiga olib keladi. Gidrotexnik 
in sh o otlar  qurish  zarurati  suvga  ch id am li  b o 'lg an   b o g 'lo v ch i 
m oddalar  izlashni  talab  etsa,  tem ir-b eton   konstruksiyalarining 
qurilishda keng ishlatilishi portlandsem entning yangi, tez qotuvchi, 
m ustahkam   turlarini  yaratish  ehtiyojini  tug‘dirdi.  Sem en tn in g 
dengiz suvi ta ’sirida buzilishi aniqlangach,  bu boradagi tadqiqotlar 
natijasida  yangi  sem ent  turi — sulfatga  chidam li  portlandsem ent 
ixtiro  qilinadi.  Natijada  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  bir 
n echa marta ortdi.  M ahsulotning sifati yaxshilandi, turlari ko'paydi 
va yangi  texnologik usullar joriy  qilindi.
6

H ozirgi  paytda  qurilish  m ateriallari  ish lab  chiqaradigan 
korxonalar  yuqori  unum li  mashinalar  bilan  jihozlangan.  Ishlab 
chiqarishdagi  deyarli  barcha  texn ologik  bosqichlar  m exan iza- 
tsiyalashtirilgan.  K o‘pgina korxonalarda esa avtomatilc boshqaruvchi 
konveyerlar  ishlab  turibdi.
Tem ir-beton konstruksiyalarning vazni va ularga sarflanadigan 
material sarfini kamaytirish, chidam lilik m uddatini oshirish,  keng 
yuzali  va  yupqa  konstruksiyalar  yaratish,  m ustahkam ligi  yuqori 
b o‘lgan betondan foydalanish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan 
biridir,  bu esa sem ent sifatini yanada yaxshilash va uning markasini 
oshirishni  taqozo  etadi.  Betón  va  tem ir-beton  ilm iy  tadqiqot- 
instituti  tadqiqotchilarining  fikricha,  300  markali  betón  tayyor- 
lashda 400  markali portlandsem entga nisbatan 500 va 600 markali 
portlandsem ent  ishlatish  quyidagi  samarani  beradi:  sem ent  sarfi 
20%  gacha  kamayadi,  zavodlarda buyumlarga  issiqlik yordam ida 
ishlov berish m uddati  3—4  soat qisqaradi,  ayni vaqtda texnologik 
liniyalarning  unum dorligi  va  m etall  qoliplar  ishlatilish  tezligi 
ortadi,  shu qoliplarga bo'lgan ehtiyoj  15—20%  kamayadi,  m onolit 
betonning qotish m uddatini qisqartirish hisobiga tayyor konstruk- 
siyalarni  topshirish  m uddati  taxm inan  20%  qisqaradi.  N ih oyat, 
yuqori markali betonlardan keng k o ‘lam da foydalanish konstruk- 
siyalarda  material  sarfini  qariyb  20%  va  ularning  tannarxini  8— 
10%  kamaytirish im konini beradi.  Shunday qilib,  sem ent faolligi- 
ning  bir markaga  ortishi  (lO M Pa)  uni  ishlab  chiqarish  m iqdorini 
taxm inan  15%  k o'paytirish  b ilan  barobar.  B in ob arin ,  b e tó n  
konstruksiyalarining  x ilm a -xillig i,  qurilish  ishlari  sharoitining 
o'zgaruvchanligi  va  turli  noqulay  m uhit  om illari  mutaxassislar 
oldiga maxsus texnik xossaga ega b o ‘lgan  sem ent  ishlab chiqarish 
vazifasini 
q o ‘yadi.
Hozirgi vaqtda gidroelektrostansiya va transport inshootlarida, 
o d d iy   va  o ld in d a n   taranglashtirilgan  te m ir -b e to n   buyum lar 
sanoatida,  d en giz  va  okeanda  olib  boriladigan  qurilishlarda, 
avtom obil yo'llari va aerodrom   qurilishlarida,  neft va gaz quduq- 
larini burg‘ulashda, asbosem ent mahsulotlari, o ‘tga chidam li betón 
va  boshqalar  ishlab  chiqarishda  maxsus  sem entlar  keng  ishlatil- 
m oqda.  Bulardan  tashqari,  ular  har  qanday  ob-havo  sharoitida, 
yilning turli  faslida ishlatilishi  m um kin.
Qurilish ishlarida texnika taraqqiyoti qurilish usullarini yanada 
takomillashtirish  va  aw ald an   ishlatilib  kelingan  ayrim  qurilish
7

materiallari  o ‘m iga  yangi  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarishni 
talab  etadi.
M axsus  sem entlar yaratish  va  ularni  ishlab  chiqarish  sem ent- 
shunoslik fani va texnologiyasining jadal sur’atlarda rivojlanishiga 
olib keladi.  0 ‘zin ing kim yoviy va m inerologik tarkibiga ko'ra bir- 
biridan farqlanadigan bunday sementlarga ehtiyoj yildan-yilga o ‘sib 
borm oqda.  Shu ehtiyojni hisobga o lib ,0 ‘zbekiston olimlari sem ent 
sanoatchilari bilan ham korlikda m ahalliy xom ashyo sifatida 0 ‘rta 
O siy o   respublikalari  u c h u n   zarur  b o ‘lgan  m axsus  sem en tlar 
yaratib,  ularni ishlab chiqarishga tavsiya etdilar.
B éton tayyorlash texnologiyasini mukammallashtirishda o'zbek 
olim larining  ishlari  alohida  o ‘rin  tutadi.
0 ‘zbekistonda portlandsem ent xossalarini o ‘rganish va ularning 
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko'pgina ilm iy 
tekshirish  institutlari,  laboratoriyalar  ham da  oliy  o ‘quv  yurtlari 
ish  olib  borm oqda.  Respublikam izda juda  k o ‘p  m ahalliy  sem ent 
turlarini o ‘rganish va ishlatishga doir adabiyotlar nashrdan chiqqan.
0 ‘zbekistonda birinchi  sem ent  zavodi  1976-yilda  Bekobodda 
qurilgan edi.  0 ‘tgan vaqt ichida respublikamiz zam onaviy va to ‘la 
avtom atlashtirilgan  o g ‘ir  industriya  rayoniga  aylandi.  Qurilish 
m ateriallari,  ayniqsa,  sem ent  ishlab  chiqaruvchi  zavodlar yuqori 
unum li m ashina va agregatlar bilan jihozlandi.

BIRINCHI  QISM
0 ‘ZBEK ISTO ND A  SE M E N T   SANOATI
I  bob.  Tarmoqning  barpo  etilishi
/. 
0 ‘zbekistonda  sement sanoatining  taraqqiyot 
bosqichlari
M arkaziy  O siyoda,  jum ladan,  0 ‘zbekistonda  sem en t  sanoati 
vujudga kelishining o ‘ziga xos tarixi bor.
1926-  yilning  iyunida  Bekobod  sem ent  zavodi  0 ‘rta  O siyoda 
birinchi b o ‘lib  sem ent  ishlab  chiqara boshladi.
K orxona  dastlabki  u ch   yil  davom ida  portlandsem ent  ishlab 
chiqarishni o ‘zlashtirib,  yiliga 28  m ing tonnadan m ahsulot berdi. 
0 ‘sha  kezlarda  zam onaviy hisoblangan bu zavod  soatiga 4  ton n a 
klinker ishlab chiqaradigan bitta 45  metrli aylanma pechga ega edi. 
U nda  xom ashyo  va  klinkerni  tuyuvchi  shar  tegirm onlar va  1000 
kVt  q u w a tli  elektrostansiya  bor  edi.
1 9 3 6 - 1 9 3 7 -   yillard agi  b ir in c h i  rekonstruk siyadan  so 'n g  
Bekobod zavodi yiliga  155000 tonna mahsulot bera boshladi.  Zavod 
1959-  yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha kengaytirildi.  Ikkita 
118  metrli aylanma pech o ‘rnatildi.  1961- yili yana bitta  150 metrli 
pech  ishga  tushirildi.  N atijada  zavodning  yillik  q u w a ti  720000 
tonnaga yetdi.  Endilikda zavod texnologiyasi uzluksiz takomillashib, 
ulkan koixonaga aylandi.  1970- yili korxona quw ati 800000 tonnani 
tashkil etgan b o ‘lsa,  1990-yil oxiriga borib sem ent ishlab chiqarish 
1  m illion  tonnaga yaqinlashdi.
Shuni  aytish  kerakki,  m azkur  zavodda  dastlabki  vaqtlarda 
sem entning  asosiy  tarkibiy  qism i  b o ‘lm ish  ohaktoshdan  tashqari 
Suluktadan keltiriladigan maxsus tuproq ham  ishlatilar edi.  G eolog 
o lim ,  0 ‘z b e k isto n   F a n la r   a k a d e m iy a sin in g   h a q iq iy   a ’z o si 
A .S .U k lon sk iyn in g  taklifiga  b inoan  1927-yili  Sulukta  tuprog‘i 
m a h alliy  lyo ss  b ilan  alm ash tirild i.  S h u ndan  beri  respublika 
zavodlarida  sem ent  ishlab  chiqarishning  ikkinchi  tarkibiy  qism i 
sifatida  m ahalliy lyoss  tuprog‘i  ishlatilm oqda.  1929-yili  hukumat 
qaroriga binoan Quvasoy sem ent zavodi qurila boshlandi.  Bu zavod 
1932-yilning  21-fevralida  ishga  tushirildi.  Birinchi  yili  Quvasoy
9

zavodi  4 2 ,2   ton n a  sem ent  ishlab  chiqardi.  A m m o  hali  murakkab 
ja r a y o n la r n in g   k o ‘p  q is m i  q o ‘l  k u c h i  b ila n   bajarilar  ed i. 
T exnologiya  takom illashib,  ishchi  va  m uhandis-texnik  xodim lar 
m alakasining  o ‘sishi  tufayli  birinchi  besh  yil  ichida  zavodning 
ishlab chiqarish quw ati  120500 tonnaga yetdi.  1946— 1951- yillarda 
zavod  rekonstruksiya  qilinishi  natijasida  sem ent  ishlab  chiqarish 
yiliga  200000  tonnani tashkil  qildi.  1951— 1959-yillar  m obaynida 
Q uvasoy zavodida qayta ta ’mirlash ishlari am alga oshirildi,  zavod 
kengaytirild i  va  150  m etrli  pech la r  bilan  jih o z la n g a n ,  t o ‘la 
mexanizatsiyalashgan ikkita texnologik liniya ishga tushirildi.  1959- 
yilga  kelib  ham m a  pechlar  gaz  bilan  ishlaydigan  b o ‘ldi.  Zavod 
q u w a ti  1960-yili  670000  tonnani,  1970-yili  esa  qariyb  800000 
tonnani  tashkil  qildi.  1990  yil  oxirida  zavod  1  m illion  tonnaga 
yaqin m ahsulot bera boshladi.
Ikkinchi jah on  urushidan so ‘ng Rossiya zavodlaridan ko‘chi rib 
keltirilgan jihozlar hisobiga Angren shahrida bir soatda 6,2  tonna 
sem ent ishlab chiqarish  quw atiga ega bo'lgan, uzunligi 57,5  metr, 
diametri  3  m etr  b o ‘lgan  bir  pechli  zavod  qurildi.  K ichik  zavod 
hisoblangan  bu  zavodning  yillik  q u w a ti  40  m ing  tonnaga  ham  
yetm as  edi.  Zavod  60-yillarning  o ‘rtalarida  qayta jihozlanib,  80 
metrlik pechlar o ‘rnatildi va  zavodning  o'rtacha yillik  q u w a ti  50 
m ing  tonnani  tashkil  etdi.
Respublikamizda oq va rangli sementga b o ‘lgan ehtiyojni hisobga 
o lib ,  A n gren   se m e n t  z a v o d i  oq   se m e n t  ish lab  ch iq arish ga 
m oslashtirildi  va  qayta  jihozlandi.  Bunda  laboratoriya  va  zavod 
sharoitida Angrendagi past sifatli kaolinitli tuproqdan va Ohangaron 
ohaktoshidan  juda  yaxshi  qovushib,  pishadigan  yuqori  m ustah- 
kamlikka ega b o ig a n  oq sem ent ohsh mumkinhgi aniqlandi.  Bunday 
sem entga  turli  rang  berish  ham   o so n   edi.  1977-yilning  boshiga 
qadar  Angren  sem ent  zavodi  yiliga  60  m ing  tonna  oq  sem ent 
ishlab chiqara boshladi.
Sem ent  sifatini,  xususan,  uning  oqlik  darajasini  oshirish  va 
rangli  xillarini  k o ‘paytirish  m aqsadida  Angren  sem ent  zavodini 
yangi  texnika  bilan  qayta  jihozlash  va  2 -p ech n i  o'rnatib  ishga 
tushirish  zarurati  tug‘ildi.  Buning  natijasida  zavod  q u w ati  ikki 
marta ortdi.
1968-yilning boshida Ohangaron sem ent zavodi ishga tushirildi. 
Hozirgi kunda bu zavod yiliga qariyb 2 m illion tonna sem ent ishlab 
chiqarm oqda.
10

0 ‘zbekiston  sem entchilari  olim lar bilan  ham korlikda  ish  olib 
borib,  uysozlik  zavodlariga  tez  qotadigan,  irrigatsiya  inshootlari 
uchun  s u lfa t a   chidam li  sem ent,  neft  va  gaz  quduqlari  uchun 
tam ponaj,  y o ‘l  qurilishi  ham da  pardozlash  ishlariga oq  rangli  se­
m ent ham da boshqa xil sementlar ishlab chiqarishni o ‘zlashtirdilar.
Korxonalardagi  mavjud  imkoniyatlardan  to ‘liq  foydalanish, 
yangi xom ashyo manbalarini so ‘nggi texnologiya chizmalari asosida 
qo'llash  loyihalari  yaratilm oqda.  O hangaron  k aolin i,  aluniti, 
Olmaliq,  Samarqand am m ofos zavodlarining chiqindisi — fosfogips 
va boshqa minerai xom ashyolam i kompleks qayta ishlash natijasida 
q o‘shim cha  ko'plab  sem ent  tayyorlash  imkoniyatlari  mavjuddir.
«Yujgiprosem ent»  instituti  loyihasi  (U kraina  Respublikasi) 
asosida qad k o ‘targan N av o iy  sem ent zavodi k o ‘p jihatlariga ko'ra 
odatdagi  korxonalardan  farq  qiladi.  U   0 ‘rta  O siyoda  birinchi 
marotaba «quruq usul» deb ataladigan texnologiya asosida ishlaydi. 
Bunda  xom ashyoni  kuydirish  uchun  sarflanadigan  yonilg'in in g 
30—35  %  i  tejaladi.  Bu usul  bilan  olib  boriladigan  ish jarayonida 
k o‘p  chang  ajralib  chiqqanligi  u ch u n   u zo q   vaqt  q o'llan ilm ay 
kelindi.  H aqiqatan  ham   sem en t  changi  uzoq   m asofadagi  havoni 
ifloslantirib,  atrof-m uhitga  m a’Ium  darajada  zarar  keltirar  edi. 
Yangi  korxonada  xom ash yon i  kuydirishga  tayyorlovchi  ulkan 
(balandligi  20  qavatli  binoga  teng)  siklonli  issiq  alm ashtirgichlar 
o ‘m atilgan.  U lar  qo'shim cha  chang  tozalash  m oslam alari  bilan 
birgalikda havoni ham  tozalaydi.
Ishlab chiqarishjarayonlarini  m exanizatsiyalashtirish va avto- 
m atlashtirish  darajasi  bu  korxonada  yuqori.  H ozirgi  zavodlarda 
ishlab  turgan  en g  yirik  aylanuvchi  p ech lam in g  diam etridan  bir 
yarim,  ikki  barobar katta yetti  m etr diam etrli va uzunligi  95  m etr 
b o ‘lgan  pechlar  ilk  bor  o ‘m atilm oqda.  U lar  har  ishchi  boshiga 
2700 tonna sem ent ishlab chiqarishni ta’minlaydi.  Bu hozirgi kunda 
g ‘oyat  yuqori  ko'rsatkich  hisoblanib,  A Q SH   va  Y aponiyaning 

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling