Moddalakning kimyoviy texnologiyasi


tutashishni  susaytiradi,  binobarin,  inshootning  m ustahkam ligini

bet25/31
Sana15.12.2019
Hajmi
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31

tutashishni  susaytiradi,  binobarin,  inshootning  m ustahkam ligini 
pasaytiradi.
Suvning  erituvchanlik  ta ’siri  suv  qattiqligining  ortishi  bilan 
kuchayadi.  0 ‘ta qattiq suv betonning  kovaklari va yuzasida kalsiy 
karbonat  h osil  qilish  xususiyati  tufayli  uni  m ustahkam lashi  ham  
m um kin.
K o ‘pincha beton karbonat kislotali suv ta’sirida ham yemiriladi. 
A w a lig a  erigan karbonat kislota C a(O H )2 bilan reaksiyaga kirishib, 
C a C 0 3 h o sil  qiladi:
C a (O H )2  + C 0 2  =   C a C 0 3+ H 20 .
B u  jarayon nin g  yaxshi  to m o n i  shundaki,  yaxshi  eriydigan 
C a(O H )2 o ‘ziga nisbatan 40 marta kam eriydigan C a C 0 3 ga aylanadi. 
B iroq  1  litrda  C 0 2  2 50 —300  m illigram m   b o ‘lganda,  quyidagi 
ikkilam chi  jarayon  sodir  b o ‘ladi:
C a C 0 3  +   C 0 2  +   H 20   =   C a ( H C 0 3) 2.
O s o n   e r iy d ig a n   k a lsiy   b ik a rb o n a t  C a ( H C 0 3) 2  m o d d a si 
keyinchalik  sem enttoshdan  yuvilib  chiqib  ketadi.  U n in g   o'rniga 
yana  C a (O H )2  hosil  b o ‘ladi.  Shunday  qilib,  sem enttosh  m in e- 
rallarining  deyarli  ham m asi  eriydi.  Vaqtinchalik  qattiqligi  k o ‘pi 
bilan  24°C   b o ‘lgan  suv  beton  uchun  xavfli  em as.
B eto n n i s h o ‘ralashdan qutqarish uchun beton inshootlari sirti 
bitum ,  lak bilan suvalmoqda,  tabiiy tosh,  hatto q o ‘rg‘oshin tunuka 
bilan  o'ralm oqda.  Lekin  bular juda  qim m at  b o ‘lib,  ayni  vaqtda 
u zo q  vaqtga chidam aydi.  Titratish yo 'li bilan ham  betonning yuza 
q ism ini  zich lash   m um kin.  Bu  tadbirlarning  samarasi  kamroq. 
Chunki ustki him oya qatlami zarb ta’sirida shikastlansa, betonning 
yem irilishi  osonlashadi.
S em en tn in g  suv  ta ’sirida  yem irilish  m asalasini  nem is  olim i 
M ixaelis  va  rus  olim i  A.A.  Baykovlar  t o ‘g ‘ri  hal  qildilar,  ular 
qotayotgan portlandsementdagi suvda yaxshi eriydigan erkin ohakni 
faol qum tuprog‘i ko‘p b o‘lgan q o ‘shilma yordamida bog‘lash y o ‘lini 
q o ‘lladilar.  Bunday  q o ‘shilm a  tabiiy  pussolandir.  M a’lum ki,  bir
202

vaqtlar quruvchilar ohakning suvga chidam liligini oshirish uchun 
pussolan  va  shunga  o ‘xshash  trass,  tuf,  pem za  qo'shilm alaridan 
k en g  fo /d a la n g a n la r .  P o r tla n d se m e n t  p a y d o   b o ‘lish i  b ilan 
pussolandan  foydalanilm ay  q o ‘yilgan  edi.
Rus  sem entchilari  1908-  yili  Peterburgda  o'tkazilgan  xalqaro 
kongressda gidrotexnik  inshootlar qurilishida  ishlatiladigan  port- 
landsem entlarni  albatta  pussolanlash  t o ‘g ‘risida  taklif  kiritishdi. 
Lekin bu  aslida yangilik em as edi.
Pussolansem ent,  asosan,  suv ostida va yer ostida,  shuningdek, 
sizot suvli yerlarda inshootlar barpo  etishda ishlatiladi.  Q adim da, 
m asalan,  Buxoroda  sem am   suvli  va  sho'rxok yerlarda  poydevor, 
dahm a  devorlari,  hovuz,  ham m om   qurishda  «qir»  deb  ataluvchi 
ohakli pussolansem ent keng ishlatilgan.  «Qir» asosan o'sim lik kuli, 
ohak (ba’zan gips qo'shilm asi),  uzum  shinnisi va tuxum  oqsilidan 
tayyorlangan.  U zu m   shinnisi  va  tuxum   oqsili  sirt-faol  m odda 
vazifasini  bajargan.
Shunday qilib,  Rossiyada Italiya pussolanidan qolishm aydigan 
trepel,  opoka,  diatom it,  trass va tu f singari gidravlik qo'shilm alar 
keng q o ‘llanila boshlagan. A w allari zavodlarda portlandsem entga 
10— 15%  qo'shilm a  ishlatilgan  b o ‘lsa,  keyinchalik  sem entning 
m ustahkam ligiga  ta ’sir  qilm aydigan  darajada  2 0 —40%  gacha 
qo'shiladigan  b o ‘ldi.  Bu  ayni  vaqtda  ham   sem en tn in g  suvga 
chidam liligini  oshiradi,  ham   uning  tannarxini  arzonlashtiradi.
Agar betonga  shim iladigan  suv  tarkibida  erigan  tuzlar bo'lsa, 
kim yoviy  erish jarayoni  ham   yuz  beradi.  Tuzlar  deyarli  ham m a 
suvlar tarkibida b o ‘lib,  sem enttosh sifatini buzadi.  D aryo suvining 
bir tonnasida o ‘rta hisobda  1,5 kilogrammgacha tuz b o ‘ladi.  Daryo 
suvining  tuzlari  kalsiy sulfat va kalsiy karbonatdan tashkil topgan 
bo'lsa,  dengiz  suvidagi  tuzlar  tarkibida:  osh  tuzi  78%,  m agniy 
xlorid  11%,  m agniy  sulfat  5%  va  kalsiyning  turli  tuzlari  4%  bor. 
S h u   sa b a b li  o d a td a g i  p o r tla n d s e m e n t,  d e n g iz d a   su v  o s ti 
gidrotexnika inshootlari qurishda ishlatilmaydi.  Buning uchun esa 
m axsus  sem entlar  yaratish  lozim .
Qurilish tajribasidan m a’lumki, tarkibida sulfat kislotasining kalsiy, 
magniy,  natriy,  am m oniy  tuzlari  va  ulaming  aralashmasi  bo'lgan 
suvlar ta’sirida beton ba’zan yorilib  ketadi.  Chunki  suvdagi bunday 
m oddalar  qotib  qolgan  o d d iy   portland sem enttosh  tarkibidagi 
gidroalyuminat  3CaO  • A120 3  • 6 H 20   bilan  kimyoviy  reaksiyaga 
kirishib,  basillani  eslatuvchi  n inasim on  kristallar  h o sil  qiladi.
203

K o‘pincha bunday birikma 
«sement basillasi»
 deb ham ataladi.  Uning 
k im yoviy  ifodasi  quyidagicha:  3CaO • A 1 ,0 3  •  3 C a S 0 4 •  31H 20 .
B a ’zan  kalsiy  gidrosulfoalyum inat  deb  ataladigan  bu  birikma 
hosil  b o ‘lgach,  qotgan  sem enttosh  hajmiy  kengayishga  intiladi. 
Natijada ichki kuchlanish z o ‘rayib,  sementda darzlar paydo bo‘Iadi. 
Chunki  erim agan  3CaO  •  A120 3  • 6H 20   bilan  erigan  gipsning 
birikishi  tufayii  kam  eruvchan  gidrosulfoalyum inat  hosil  b o iis h i 
hajm ning  (erim agan  3CaO  • A120 3  • 6H 20  ga  nisbatan)  taxm inan 
4 ,6   marta  kengayishiga  olib  keladi.  Sem enttoshning  kengayishi 
natijasida uning tarkibiy tuzilishi buzilib,  m ustahkam ligi  pasayadi 
va  u  yem irilaverad i.  « S em en t  basillasi»  b e tó n   u ch u n   xavfli 
hisoblanib, u sh o ‘ralash bilan birlashganda ayniqsa xavf kuchayadi. 
Basilla ta’sirida inshoot chatnab yoriladi va betón ichida suvga y o ‘l 
ochiladi.  Binobarin,  kalsiy  gidratning  erishi  uchun  qulay  sharoit 
tu g'ilad i.  X ullas,  « sem en t  basillasi»  sem en tn in g  s h o ‘ralashini 
tezlashtiradi.
Betonning bunday suvlarga chidamliligini  oshirishda bog‘lovchi 
materiallami to‘g ‘ri tanlashning ahamiyati katta.  Portlandsementning 
sulfatli  suvlarga  chidam liligini  oshirish  uchun  uning  tarkibidagi 
3CaO •  A120 3  ni chiqarib  tashlash kerak.  Lekin bu tadbiming salbiy 
tom on i  ham   bor.  Bu  mineral  sem ent  tarkibidan  butunlay  chiqarib 
tashlansa, sementning qotishi juda sekinlashib ketadi. Bulaming oldini 
olish uchun hosil bo‘layotgan sem ent tarkibidagi  3CaO •  A120 3 ning 
m iqdorini  cheklash  kerak.  B unday  sem en t  ishlab  chiqarishda 
xom ashyoning  tarkibiy  qismiga  katta  e ’tibor beriladi.  Shu  yo'sinda 
«sem ent  basillasi»ning  tarqalib  ketishi  kamayadi.  Bundan  tashqari, 
dastlab portlandsement tarkibiga 20%  dan ortiqroq diatomit,  trepel, 
pem za,  opoka,  gliyej,  glinit  kabi  pussolan  qo‘shilmalar  qo‘shish 
bilan  uning  sulfatli  suvlarga  ham  chidamliligini  oshirish  mumkin. 
Bunday sem ent pussolan  portlandsement  deb  ataladi.
Shuningdek,  qotayotganda kam ohak ajratadigan klinker acosida 
tayyorlangan sem ent ohakning yuvilib  ketishiga chidam li b o ‘ladi.
Agar  betón  ichiga  singadigan  suv  sanoat  oqovasi  bilan  iflos- 
langan b o ‘lsa,  u betonga yanada yom on  ta’sir ko'rsatadi.  Chunki 
b etó n   ishqoriy  m ahsulot  b o ‘lib,  uning  tarkibida  erkin  holatdagi 
ohak gidrat juda k o‘p.  Shuning uchun u o ‘z tabiatiga ko‘pa,  kislota 
ta’siriga chidamsiz. Ohak kislota ta’sirida juda tez eriydi.  Shu boisdan 
idish,  quvur  va  apparatlarning  betón  tagligi,  devor  va  shiplar, 
se lly u lo za ,  ayrim   turdagi  o ‘g ‘itlar,  sut  k islo ta  va  o ziq -o v q a t 
korxonalarida tez buziladi.
204

P o r tla n d se m e n tto sh g a   ish q o r  eritm a la r  (N a O H ,  K O H ) 
turlicha ta’sir ko‘rsatadi.  ishqor eritmalarining past konsentratsiyasi 
betonga zarar yetkaza olmaydi.  Sementtoshga vaqt-vaqti bilan ishqor 
va  havo ta ’sir etib  tursa,  uning kovakiarida t o ‘planayotgan  ishqor 
eritmasi karbonat angidrid gazi  ishtirokida karbonlanib,  kristallana 
boshlaydi.  H osil  b o ‘lgan  ishqoriy  tuzlar  havodagi  nam lik  bilan 
sersuv  gidratlar  hosil  qiladi.  Shunda  sem enttosh  hajman  kenga- 
yadi,  biroq bunday xavfli  kengayish  suyultirilgan  ishqoriy eritm a- 
larning  d oim iy ta’sirida  kam  ro‘y beradi.
Juda katta konsentratsiyali  ishqoriy eritmalar esa sem enttoshni 
buzadi.  B unday  sharoitda  bir  xil  ionlar  (O H )2  borligi  tufayli 
C a (O H )2  ning  eruvchanligi  kam ayadi,  am m o  sem enttoshd agi 
boshqa  tarkibiy qism lam ing,  ayniqsa,  alyum inatli birikmalarning 
eruvchanligi  nihoyatda kuchayadi. Yuqori konsentratsiyali ishqoriy 
eritm alar  ta ’sirida  sem en tto sh   m inerallari  o'za ro   reaksiyaga 
kirishib,  oson  eriydigan  ishqoriy-yer  silikatlar  va  alyum inatlar 
hosil  qiladi  ham da  sem enttosh  tezda  buziladi.  Shunday  qilib, 
sem enttoshning  kim yoviy  chidam liligini  oshirish  xalq  x o ‘jaligida 
katta ahamiyatga egadir.
V .M .  M oskvin sem enttoshning suvli m uhitda korroziyalanishi 
(buzilishi)ni  asosiy alomatlariga qarab  quyidagi  uch  turga b o ‘ldi:
1- 
turda  —  tarkibiy qismlari  erib  ketishi  natijasida  sem enttosh 
buziladi.
2 - 
turda — suvdagi moddalar bilan  sem enttosh tarkibiy qismlari 
orasidagi  o ‘zaro  alm ashinuv  reaksiyalari  natijasida  sem enttosh 
buziladi.
3 - 
turda  —  qotgan  sem ent  xamiri  g'ovaklarida  kam  eriydigan 
tuzlarning c h o ‘kishi va kristallanishi  natijasida buziladi.
Tabiiy suvlar ta’siridagi betonlar korroziyasining asosiy turlari 
t o ‘la tasnifi V.V.  Kind  tom onidan tuzilgan.
1.  Sem enttoshdagi  kalsiy  gidrat  oksidning  o ‘z - o ‘zidan  erib 
betondan  ajralib  chiqib  ketishi  —  yuvilib  ishqorsizlanish  korro- 
ziyasi.
2. pH  qiymati kamida 7 ga teng b o ‘lgan kislotalar ta’siri natijasida 
yem irilishi  —  kislota korroziyasi.
3.  Kislota korroziyasining ayrim bir xil bo'lgan va sem ent-tosh 
yem irilishiga sababchi b o ‘luvchi  —  karbonat kislota korroziyasi.
4.  Sulfat korroziyasi,  u o ‘z navbatida quyidagilarga b o ‘linadi:
a)  konsentratsiyasi 0 ,25 —0,3 dan  1  g/1 gacha bo'lgan ionlam ing
ta ’sirida vujudga keladigan sulfoalyum inat korroziyasi;
205

b)  eritmadagi  konsentratsiyasi  1  g/1  dan  k o ‘p bo'lgan,  asosan, 
sulfat ionlari ( S 0 42 ) ta’sirida vujudga keluvchi sulfoalyuminat gipsli 
korroziya;
d)  tarkibida  k o ‘p  m iqdorda  N a 2S 0 4  va  K2S 0 4  b o ig a n   suvlar 
ta ’sirida amalga oshadigan gipsli  korroziya.
5. 
M agnezial  korroziya,  bu  ham   o ‘z  navbatida  quyidagilarga 
b o ‘linadi:
a)  suvda  S 0 42  ionlari b o ‘lmagan  holda  m agniy kationlarining 
o ‘zin in g ta ’siridan  vujudga  keluvchi  m agnezial  korroziya;
b)  M g2+  va  S 0 42'  ionlarining  birgalikdagi  ta’siri  natijasida 
sem en ttosh d a   sodir  b o'lad igan  jarayonlarni  ifod alovch i  sulfat 
m agnezial  korroziya.
K orroziyaning  bu  turlari  tabiiy  suvlar,  sanoat  va  m aishiy 
kom binatlarning  oqova  suvlari  ta ’sirida  vujudga  kelishi  m um kin. 
B undan tashqari, gips va kislotaning birgalikdagi ta’siri ham  katta 
aham iyat  kasb  etadi.  Oltingugurt  vodorodli  kislotalar  ta’siridagi 
korroziya  o ‘zgacha  o ‘tadi.  Bundan  tashqari,  sem en t  va  betón 
konstruksiyalar  m ol  y o g ‘i,  o ‘sim lik  m oyi,  uglevod,  spirt,  fenol, 
shakar, turli kislotalar va ishqorlar ta’siriga uchrashi ham  mumkin.
K o rroziyaga  sab ab ch i  b o ‘Igan  m o d d a la r  q a n ch a lik   turli 
b o'lm asin ,  ular ta’sirida b o ‘ladigan korroziyani V .M .  M oskvin va 
V .V .  K ind  tasnifi  bilan  tushuntirsa  b o ‘ladi.  Shu  sababli  ayrim 
m isollarda V .V .  K ind tasnifm ing ba’zilarini  ko'rib chiqam iz.
Sulfoalyum inatli korroziya — bu sulfatli korroziyaning bir turi 
b o ‘lib,  sem enttosh va betonda  0 ,2 5 — 1  g/1  ionlari b o ‘lgan  sulfatli 
suvlarning  ta ’sirida  vujudga  keladi.  S 0 42'  ionlarining  m iqdori 
k o ‘rsatilgan  m iqdordan  ortib  ketsa,  bu  korroziya  sulfoalyum inat 
gipsli korroziyaga aylanadi.  Sulfat ionlarining konsentratsiyasi 0,25 
g/1  pastga  tushib  ketsa,  V .V   K ind  m a ’lum otlariga  k o ‘ra,  bu 
portlandsem entlar  uchun  xavfli  bo'lm aydi.
Tabiiy suvlar yoki  sanoat oqovalari  tarkibida  C a S 0 4,  N a 2S 0 4, 
M g S 0 4,  M gC I2,  N a C I va  shu  kabi  tuzlar turli  m iqdorda bo'lishi 
m um kin.
Sulfoalyum inatli  korroziya  quyidagi  reaksiyalar  orqali  hosil 
b o ‘lishi  mumkin:
C a ( 0 H ) ,+ N a 2S 0 4+ 2 H 20 = C a S 0 4 •  2 H 20 + N a 0 H ;
3CaO  • A 1 2O
j
 • 6 H 20 + 3 C a S 0 4 •  2 H 20 + 1 9 H 20 =
= 3 C a O   • A120 3 •  3 C a S 0 4 •  3 1 H 20 .
N atriy  gidrat  oksidi  yaxshi  eriydigan  m odda  b o ‘lib,  sem ent- 
toshdan yuvilib ketadi, bu reaksiya davom ida qiyin eriydigan kalsiy
206

gidrosulfoalyum inat  hosil  b o ‘ladi.  U   kristallanayotganda  30—32 
m ol  suvni  yutadi,  hajmi  taxm inan  4 ,6   marta  ko‘payadi,  oqibatda 
sem enttoshning  m ustahkamligi  keskin  buziladi.
Kalsiy gidrosulfoalyuminat kristallari uzun  ingichka ignalardan 
iborat b o ‘lib,  tashqi k o ‘rinishi ba’zi basillilarga o ‘xshab ketadi.  Bu 
o'xshashligi  uchun ,  shuningdek,  sem enttoshga  juda  xavfli  ta ’sir 
k o‘rsatishi  sababli,  kalsiy  gidrosulfoalyum inat  «sem ent  basillasi» 
deb  atalgan.
Birinchi  davrda  kalsiy  gidrosulfoalyum inat  (ettringit)  hosil 
b o ig a n d a   (gips  yig'ilganda ham )  u  sem enttoshning  zichlanishiga 
yordam beradi, lekin sulfatli suvlar ta’sirida to'planish yana davom  
etishi  natijasida  sem enttosh  shiddat bilan buzila boshlaydi.
Sem enttoshning  sulfatli  korroziyasi  natijasida  buzilish  tezligi 
suvdagi sulfatlar miqdoriga va klinkeming mineralogik tarkibiga bog'liq. 
Klinker tarkibidagi C 3S va C 2S miqdorining sulfatli suvlarda sem ent 
chidamliligiga ta’siri to ‘g‘risida adabiyotlarda aniq m a’lumotlar y o ‘q. 
Ba’zi tadqiqotlarda C 2S  ko‘payishi bilan sementning sulfatli suvlarga 
c h id a m lilig i  C a (O H )2  n in g   kam ayishi  h iso b iga  ortad i,  deb 
ko'rsatilgan.  Natijada kalsiy gidroalyuminat eriydi va eritma holida 
kalsiy  sulfat  bilan  birikadi,  bundan  sem enttosh  buzilm aydi,  C 3S 
ning  m iqdori  k o‘p  b o ‘lsa,  sem enttosh  ichida  ancha  m iqdorda 
C a ( O H ) 2  e r itm a si  h o s il  b o ‘la d i.  B u n d a y   e r itm a d a   k a lsiy  
gidroalyuminat eriy olm aydi va u qattiq holicha qoladi.  C 3A  • 6 H 20  
qattiq holida gips bilan reaksiyaga kirishishi  natijasida hajman juda 
kengayib ketadigan kalsiy gidrosulfoalyuminat hosil b o ‘ladi.  Bu esa 
sem enttoshning buzilishiga sabab bo'ladi.
B a ’zi  ta d q iq o tc h ila rn in g   fik rich a ,  C 3S  k o 'p a y ish i  b ilan  
sem enttoshning  sulfatli  korroziyasiga  qarshi  chidam liligi  ortadi. 
Biroq bunday hodisa  kalsiy gidrosulfoalyum inatning hosil b o ‘lish 
jarayoni  uchun  zarur  sharoitlarning  yom onlashuvi  tufayli  em as, 
balki  klinker tarkibida C 3S  ning  m iqdori ko‘p b o ‘lgan sem enttosh 
birmuncha tezroq qotishi va zichlanishi tufayli sodir bo'ladi. Natijada 
sulfatli  suvlarning sem enttosh ichiga singib kirishi sekinlashadi va 
kalsiy gidrosulfoalyum inat hajman  kengayganda lining buzilishiga 
m exanik qarshiligi  ortadi.
U c h   kalsiyli  alyum inat  m iqdorining  sem enttoshning  sulfat 
korroziyasiga qarshi chidamliligiga ta’siri haqida quyidagicha umumiy 
fikr bor:  C 3A   ning  miqdori  ko‘payishi  bilan  sem entning  sulfatga 
chidam liligi kamayadi.  Suv tarkibida sulfatlar k o ‘p b o ‘lsa,  sem ent 
sulfatga kam chidaydi.
207

Shunday  qilib,  ettringit  —  kalsiy  gidrat  oksidning  konsentrat- 
siyasi kamida  1,08 
g/l
 (CaO  ga nisbatan hisoblaganda 0,4—0,46 g/1) 
atrofida  va  t o ‘rt  ham da  u ch   kalsiy  gidroalyum inatlar  bor  b o ‘lsa 
hosil  b o ‘ladi.  C a (O H )2  ning  bundan  kam  konsentratsiyalarida 
ettringit suyuqlikda hosil b o ‘lib, sem ent betonning buzilishiga sabab 
b o ‘lmaydi.  Gidravlik q o ‘shilmalarning korroziyadan him oyalovchi 
ta ’siri shu usulga asoslangan.
S em en t  tarkibida  gidravlik  q o ‘shilm alar  b o ‘lsa,  u  ishqorsiz- 
lantirish  korroziyasini  sekinlashtiradi.  C a (O H )2  ning  q o ‘shilm a 
qum tuproq bilan yo m o n  eriydigan kalsiy giadrosilikat hosil qilishi, 
shuningdek,  gidravlik  qo'shilm a  uch  kalsiy gidroalyum inat  bilan 
o ‘zaro ta ’sir etib, uni kam asosli alyuminatga aylantirishi mumkin. 
Shu  b ila n   xavfli  « sem en t  basillasi»ning  h o sil  b o ‘lishiga  y o ‘l 
q o'y ilm a yd i,  G idravlik  q o ‘shilm a  tarkibidagi  faol  qum tuproq 
(krem niy  oksid)  kalsiy  oksid  bilan  reaksiyaga  kirishib,  suv  m uhit 
konsentratsiyasini  CaO   ga  nisbatan  hisoblaganda,  1,2— 1,3  dan 
0 ,0 6 —0,08 g /l gacha pasaytiradi.  Shuning uchun konsentratsiyasi 
0,5%  gacha b o ‘lgan C a S 0 4,  N a 2S 0 4 va M g S 0 3 eritmalar pussolan 
portlandsem entdan  tayyorlangan betonlar uchun xavfli  em as.  Bu 
sulfatlarning tarkibida N a C I,  C aC I2 va boshqa tuzlarning boflishi 
a w a lg i  m oddalarning  salbiy  ta ’sir  etishini  kamaytiradi.
Shunday  qilib,  CI  va  S 0 42-  ionlari  bor  tuzlarning  eritmalari 
portlandsem enttoshga salbiy ta ’sir etadi va shu sababli ular suvda 
(m uhitda)  m a ’lum  m iqdorda bo'lishi  kerak.  Ruxsat etiladigan bir 
ion miqdori ikkinchi ion miqdoriga bog‘liq holda o'zgaradi.  Masalai, 
Cl"  ionlarining  ko'payishi  bilan  y o ‘l  q o ‘yiladigan  S 0 42'  ionlari 
ham   k o ‘payadi;  xlor  io n i  kalsiy  oksidning  bir  qism ini  yutib,  uch 
k a lsiy   a ly u m in a t  sin gari  erim ayd igan   birikm aga  aylantiradi 
(quyidagi reaksiya b o ‘yicha):
3CaO • A120 3 • 6H20+ 3 C a C l2+ 24 H = 3 C a 0  • A120 3 • 3CaCl2 • 30H2O.
M g S 0 4 ning 0,5%  konsentratsiyali eritmasi pussolan portland­
sem entdan  tayyorlangan  b eton la m i  faqat  m agnezial  korroziya 
hisobiga buza boshlaydi.
Magnezial  korroziya. 
Bunday  korroziya  M g S 0 4  dan  tashqari 
boshqa m agniy tuzlarining ta’siridan vujudga keladi:
C a (O H )2+ M g C l2= C a C I2+ M g (O H )2.
Natijada am orf holidagi  m agniy gidrat oksid va filtrlovchi suv 
bilan osongina yuvilib ketadigan ham da juda yaxshi eriydigan kalsiy
208

xlorid hosil b o ‘ladi.  M g(O H )2 suvda juda kam eriydi.  U  mustahkam 
C a(O H )2 kristallarini  qovushmagan yum shoq  massaga aylantiradi. 
U nda bog‘lovchilik xossalari ham  y o ‘q.  M gC I2 ta’sirida gidrosilikat 
va gidroalyuminatlar ham parchalanishi mumkin.  M gCI2 ta’siridagi 
korrozíya suvda bu tuzning konsentratsiyasi  1,5—2% dan oshganda 
kuchayadi.  M g2+  ionlarining  m iqdori  suvda  0,5  g/1  ga  yetganda 
bunday  suv  salbiy  hisoblanmaydi.
S u lfat-m agn ezial  korroziya.  Bu  turdagi  korroziya  M g S 0 4 
eritmasi  ta’sirida  sodir b o ‘ladi:
S a ( 0 H ) 2+ M g S 0 4+ 2 H 20 = C a S 0 4+ 2 H 20 + M g ( 0 H ) 2.
Natijada erigan ohak kamayadi,  shu bilan kalsiy gidrosilikat va 
gidroalyum inatlar parchalana boshlaydi.  B o g ‘lovchilik xossalariga 
ega bo'lm agan am orf m odda M g(O H )2 hosil  b o ‘lgan joyida qoladi 
yoki  sem enttoshdan  yuvilib  ketadi.  Bundan  M g S 0 4  u ch   kalsiy 
gidroalyum inat  bilan  o ‘zaro  ta’sirlashib,  uni  alyum iniy  gidrat 
oksidgacha parchalaydi:
3CaO  • A 120 3 • 6 H 20 + 3 M g S 0 4+ 6 H 20 =
3 (C a S 0 4 • 2 H 20 ) + 3 M g ( 0 H ) 2+ 2 A l ( 0 H ) 3.
A w a l g ‘ovaksim on M g(O H )2 massasi bilan ikki m olekula suvli 
gipsning hosil b o ‘lishi sem enttosh va betonning butunligini saqlab 
qolishga  yom on   ta’sir  k o ‘rsatadi.  Bunga  ikkinchi  reaksiyaning 
qo'shilib  ketishi  ham  jarayonni  yanada  yom onlashtiradi.  M g C l2 
tuzlarda  S 0 42‘  ishtirok  etsa  va  S 0 42"  ionlar  miqdori  k o ‘p  b o ‘lsa, 
m agniy ionlarining ta’siri  kuchli b o ‘ladi.  Shuning uchun ham  io n - 
larning  aixsat  etiladigan  m iqdori  M g2+  ionlar  k o ‘payishi  bilan 
tegishlicha kamaytiriladi.
Portlandsem ent  asosida  ishlanadigan  betonlar  uchun  M g2+ 
ion larin in g   suv  m uhitdagi  m iqdori  S 0 42-  ionlaridan  qancha 
m iqdorda borligidan qat’iy nazar,  1  litrda 5 g dan ortiq b o ‘lmasligi 
lozim .
Tarkibida S 0 42~ va Cl"  ionlari b o ‘lgan tuzli eritmalar ta’siridan 
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling