Moddalakning kimyoviy texnologiyasi


se m e n t-to s h   h am m a  vaqt  ham   buzilaverm aydi.  A lm ash in u v

bet26/31
Sana15.12.2019
Hajmi
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

se m e n t-to s h   h am m a  vaqt  ham   buzilaverm aydi.  A lm ash in u v  
reaksiyalarining dastlabki  davrida yoki ko‘rsatilgan ionlar miqdori 
kam  boMganda,  bu  reaksiyalar  natijasida  sem enttosh  zichlashishi 
va uning filtrlash qobiliyati b o ‘shashishi m um kin.  Bunda alm ashi­
nuv  reaksiyalarining  kam   eriydigan  m ahsulotlari,  ch u n o n ch i, 
kalsiy  sulfat  va  m agniy  gidrat  oksidi  ishtirok  etadi,  ular  kovak-
209

g ‘ovaklarni butunlay berkitib, agressiv suvning sem enttoshga singib 
kirishiga xalaqit beradi.
H ozirgacha  ko'rilgan  barcha  tur  korroziyalar  kim yoviy  y o ‘l 
bilan vujudga keladi.  Sem enttoshda fizik korroziya jarayonlari ham 
sodir b o ‘lishi  m um kin.  Bular  sem enttosh  va  betón  goh  nam iqib, 
g o h  qurib kichrayishi va shishishi  (deformatsiyalarga uchrashi) va 
eruvchan  tuzlar  suvning  sem ent  kovaklarida  bug‘lanishi  tufayli 
to'planib  qolishi,  shuningdek,  suvga to'yinib turgan betonlarning 
dam   m uzlab,  dam   erib  ketishi  natijasida  sodir  bo'lishi  m um kin. 
A yn iqsa,  sem en tto sh   va  b etó n   kovaklarida  ham da  n aysim on 
kapillyarlarda kristallogidratlarga aylangan tuzlar kovak va kapillyar 
devorlariga katta b osim  bilan ta ’sir qiladi.
Betonlar 3 oy  davom ida 5  %  konsentratsiyali quyidagi eruvchan 
tuzlar:  N a S 0 4,  M g S 0 4,  N a C l,  C a S 0 4  tu zlam in g  dam   nam ini 
shim ishi va dam  bug‘lanishi  natijasida vujudga kelgan kristallanish 
b osim i  tegishlicha  0 ,4 4 ,  0 ,3 6 ,  0 ,2 7 ,  0,9  M Pa  b o ‘ladi.
Sem enttosh va betón mikrokovaklari va kapillyarlarida kimyoviy 
korroziya  tufayli  t o ‘plangan  tuz  ham   bo'lishi  m um kin  —  u  ikki 
m olekula  suvli  gips  va  gidrosulfoalyum inatdir.  Buning  ta ’sirida 
betonlarning buzilishi yuqorida k o ‘0rib  o ‘tildi.  Bunday korroziya 
M a r k a z iy   O siy o   resp u b lik a la r id a   k o ‘p  u c h r a y d i.  N a 2S 0 4, 
M g S 0 4 •  H 20   kabi  tuzlar  sem enttosh  ham da  betón  kovaklarida 
harorat  va  nam likning  shunday  bir  noqulay  paytlarida  suvsiz, 
kam suvli  gidratli  tuzlardan  k o ‘p  gidratli  suvlarga  o ‘tib  ketadi 
(N a 2S 0 4 •  10H 2O;  M g S 0 4 • 7 H 20  va boshqalar).
B unday aylanish jarayoni  qattiq  fazalar hajm ini  1,5—3  marta 
orttiradi,  bu esa betón sirtida o ‘nlab M Pa bosim  hosil qilib,  kuchli 
deform atsiyalarni yuzaga keltiradi.
Sementtoshnnng  sovuqqa  chidamliligi. 
Suv  b ilan   sovuq 
birgalikda navbatm a-navbat ta ’sir qilganda, betón konstruksiyalar 
ayn iq sa  k u ch li  sh ik astlan ad i.  S e m en tto sh   kovaklaridagi  suv 
haroratida sovuqda m uzga aylanadi.  Suv m uzlaganda uning hajmi 
ta x m in a n   10%  k en g a y a d i,  h o sil  b o ‘lg a n   m u z  k ovak ch alar 
devorlariga  kuch  bilan  ta’sir  qiladi  va  u la m i  buzib  tashlaydi. 
S em en ttosh n in g  sovuqqa  chidam liligi  uning  qanchalik  m ayda 
tuyilganligi,  sem ent  kim yoviy  tarkibi,  klinkerning  m ineralogik 
tarkibi  va  qorish u ch u n   solingan  suv  m iqdoriga b o g ‘liq.
Bir  qator  tadqiqotlar  natijalariga  asoslanib  quyidagi  xulosaga 
kelish  mumkin:  sem ent  m a’lum   darajagacha  (500—600  m 2/k g ) 
m ayda qilib tuyilsa,  sem enttoshning sovuqqa chidam liligi birm un-
210

cha  ortadi,  am m o  judayam  mayda  tuyilsa,  sovuqqa  chidam liligi 
sezilarli  pasaya  boshlaydi,  chunki  mayda  tuyilgan  sem ent  yangi 
hosilalari g‘ovak tarkibiy tuzilmali b o ‘ladi va unda sovuqqa chidamsiz 
3CaO  • A120 3  ning  solishtirma  sirti  ham  oshishi  tufayli  ular  k o‘p 
joyidan darz ketadi.  Sementtoshda «klinker zaxirasi», ya’ni reaksiyaga 
kirishmagan  sem ent  donalari  bor,  ayniqsa,  silikat  minerallari  bu 
donalar  sem enttosh  yorilib,  yoriqlariga  suv  kira  boshlaganda  shu 
yoriqlam i klinker zaxirasi bilan  reaksiyaga kirishgan hosilalar bilan 
to'ldiradi  («o‘z - o ‘zini  davolash»  jarayoni)  sodir  bo'ladi.
Sem entda  gidravlik  q o ‘shilmalar  miqdori  ko‘p  b o ‘lsa  ham   u 
sem ent  sifatiga  salbiy  ta ’sir  qiladi,  ya ’ni  qo'shilm alar  haddan 
tashqari  k o ‘payib  ketsa  sem en ttosh n in g  sovuqqa  chidam liligi 
kamayib  ketadi.
S em en t  klinkeri  m inerallari  orasida  u ch   kalsiy  alyum inat 
sovuqqa eng chidam siz hisoblanadi.
Qorish  uchun  quyilgan  suv  m iqdori  sem entgoshning  sovuqqa 
chidam hligiga  katta  ta ’sir  qiladi,  agar  suv  k o ‘p  quyilsa,  sem en t­
tosh  k o ‘proq  g'ovaklashadi  va  u  shunchalik  sovuqqa  chidam siz 
b o ‘ladi.
Sem ent va  klinker tarkibini  m aqbul tanlash y o ‘li bilan b eton - 
bop  aralashm alam i  yaxshchilab  zichlash,  shuningdek,  sirt-faol 
q o ‘shilmalar q o ‘shish yordamida sem enttoshni sovuqqa yana ham  
chidam li  qilish  m um kin.
Sem enttosh  qotgandan  so ‘ng  unda  m ayda-m ayda  kovaklar 
paydo  bo'ladi.  Bular  uning  suv  singdiruvchanligini  kamaytirish 
bilan  birga,  sovuqda  salbiy  ta ’sirchanligini  susaytiradi.  Bunday 
m ayda  kovakchalar  m uzlab  qolgan  suv  bosim iga  bardosh  berib, 
m uzning buzuvchi kuchini qirqadi.  Bu esa sem enttoshning sovuqqa 
chidam liligini oshirishga sabab b o ‘ladi.
G idrofob qo'shilm alar,  m asalan,  sovunnaft,  sem enttosh tarki­
biy tuzilm asining bir jinsliligini oshiradi va kovak ham da kapillyar 
devorchalarini  gid ro fo b la y d i,  shu  b ila n   se m e n tto sh n in g   suv 
ta ’siriga chidam liligini  kuchaytiradi.  Shunisi ham  borki,  gidrofil- 
lovch i  q o ‘shilm alar  (m asalan,  sulfit-spirt  bardisi  —  SSB )  zarur 
darajada  yoyilu vch an lik n i  saqlagani  holda  b eton b op   aralash- 
m alarning  suvga  talabini  ancha  pasaytiradi  va  sem enttoshning 
g ‘ovakligini kamaytiradi.  Shu tarzda uning sovuqqa chidam liligi va 
suv  o ‘tkazmasligi  oshadi.
Y uqorida  ko'rsatib  o 'tilg a n   q o ‘shilm alar  sem en t  u m u m iy 
o g ‘irligining 0 ,1 —0,25  %ni tashkil qiladi.  Shuni ta’kidlash zarurki,
211

sem enttosh  qotishning  dastlabki  davrda  m uzlash  sem ent  uchun 
ayniqsa xavflidir,  uning hali unchalik mustahkam b o‘lmagan, g ‘ovak 
tarkibiy tuzilm ali  sem enttosh  m uz bosim iga bardosh  berolm aydi. 
U  yetarli  darajada  qotgan  b o is a ,  ya’ni  marka  m ustahkam ligi  50 
%ga yetganda,  m uzlashga yaxshi  qarshilik k o ‘rsata  oladi.  Sem ent 
tishlasha  boshlam asdan  old in   m uzlasa,  m ustahkam likka  zarar 
yetm aydi,  chunki  u  erigandan  so'n g  qotish  jarayonlari  qayta 
tiklanadi.
Yuqori  haroratning  portlandsem enttoshga  ta ’siri. 
N o l
darajagacha haroratda (quruq muhit sharoitida) sementtoshda hech 
qanday fizik-kim yoviy o ‘zgarishlar sodir b o ‘lmaydi.  Biroq m a’lum  
vaqtgacha  ancha  yuqori  harorat  ta ’sir  qilib  tursa,  m ustahkam lik 
o ‘zgara boshlaydi.  Masalan, 200°C haroratda portlandsement asosida 
ishlangan betón mustahkamligi taxm inan 50  % pasayadi va issiqlik 
m anbai  olib  q o ‘yilganidan  keyin  ham   bu  m ustahkam lik  qayta 
tiklanm aydi.  Harorat  ortib  borishi  bilan  betón  m ustahkam ligi 
yanada pasayadi. Aytaylik, betón 500—550°C haroratgacha qizdirib 
nam lansa,  sem enttosh  tarkibiy  tuzilm asi  buziladi;  bu  haroratda 
C a (O H )2  kalsiy  oksid  (C a O )  va  suvga  ajraladi,  se m e n tto sh  
nam langanda tosh ichidagi ohak qayta so ‘nadi va tosh  buziladi.
H ozirgi  vaqtda  juda  yuqori,  masalan  1000— 1300°C  harorat 
ta ’siriga  ham   yaxshi  qarshilik  k o ‘rsata  oladigan  sem ent  yaratish 
usullari  ishlab  ch iq ilg a n ,  ulardan  turli  issiqlik  apparatlarini 
qoplashda  foydalansa  b o ‘ladi.  M ayda  tuyilgan  sham ot,  xrom it, 
m agnezit  va  boshqa  mineral  m oddalar  q o ‘shish  bilan  portland- 
sem enttoshning yuqori haroratlarga chidamliligi oshiriladi.  Bunday 
sharoitda qo'shilm alar C a (O H )2 ni bog'laydi va shu bilan  sem en t­
tosh  qizdirilgan ham da sovitilganda zarur darajada mustahkam va 
m uayyan tarkibiy tuzilm ada b o iish ig a  yordam beradi.
D em ak,  portlandsem ent juda qim m atli qurilishbop xossalarga 
ega,  u  nihoyatda  m ustahkam   b o ‘lib,  bu  xususiyati  nisbatan  tez 
o'sadi,  shuningdek,  u  turli  noqulay m uhit ta ’siriga chidam li.  U n i 
olish ham  ancha arzón.  Bu esa portlandsem ent  ishlab  chiqarishni 
yuqori darajada m exanizatsiyalashtirishga im kon yaratadi.
Industrial qurilishda yig'm a betón va temir-beton konstruksiyalar 
tobora  k o ‘p  ishlatilayotgan  hozirgi  davrda  portlandsem ent  kabi 
qim m atli b og‘lovchi materialni k o ‘plab ishlab chiqarish va ulardan 
tejam li  foydalanish juda  m uhim dir.

У  b  o  b.  M axsus  portlandsementlar
20.  Portlandsement turlari
S em en tning  k o ‘p  turlari  m a’lum.  B a’zi  birlari juda  tez  qotsa, 
b a’zilari  sekin  qotadi.  Suv  inshootlari  uchun  sem entning  bir turi 
ishlatilsa,  y o ‘l  qurilish  ishlariga  ikkinchisi  va  boshqa  binokorlik 
qorishmalari  u ch u n   esa  uch in ch i  turi  q o ‘llaniladi.  Sem entning 
bunday  xilm a-xilligi,  uning  tarkibidagi  to'rtta  m ineralning  bir- 
biriga qanday nisbatda b o ‘lishidandir.
Sem en t  qancha  yaxshi  tuyilgan  b o ‘lsa,  uning  sifati  shuncha 
yaxshi  b o l a d i ,  tish lan ish   qobiliyati  sh u n ch a   osh ad i,  chunk! 
zarrachalarning  um um iy  yuzi  qancha  katta  b o ls a ,  m odda  zarra- 
chalari  o ‘rtasidagi  fizik-kim yoviy jarayonlar  shuncha  t o l a  va  tez 
o l a d i.
Portlandsem ent gidravlik b o g lo v c h i  m oddalarning bir turidir. 
Bu  b o g lo v c h i  m oddalar  qatoriga  yana  qum tuproqli  sem en t, 
pussolan  sem ent,  tosh qolli  sem ent,  m ik rotold iru vch i  sem ent, 
kengayuvchi  sem ent  kabi gidravlik b o g lo v c h ila r  kiradi.  Bu b o g ‘- 
lovch i  m oddalar yana bir qancha  k o ‘rinishlarga  ham   ega.
M asalan,  portlandsem ent  tarkibiga  k o ‘ra:  oddiy,  alitli,  belitli, 
alyum inatli,  alyum oferritli,  ferritli;  xossasi va  ishlatilishiga k o ‘ra: 
o d d iy,  tez  q otuvchan,  m axsus  tez  qotuvchan,  plastifikatsiya- 
langan,  gidrofob,  sulfatli suvlarga chidamli,  o ‘rtacha ekzotermiyali, 
tam ponaj,  o q  va  rangli xillarga b o lin a d i.
21.  Tez  qotuvchan portlandsement
Jadallik  bilan  o ‘sib  borayotgan  sanoat  qurilishi  talabini  t o l a  
q ond irish  u c h u n   zavodlar  oldiga  tayyor  b eto n   elem en tlarin i 
k o ‘plab ishlab chiqarish vazifasi q o ‘yildi.  Bunga esa o ‘z navbatida 
p o r tla n d se m e n tn i  ju d a  m aydalab  tu yish   va  tarkibidagi  faol 
m inerallam i  k o ‘paytirish  y o l i   bilan  erishiladi.  Bunday portland­
sem en t  1—3  kun  ichida  m ustahkam lanishi  bilan  oddiy portland- 
sem entlardan  farq  qiladi.  Bunday  sem ent  ishlatilganda,  yig‘ma
213

konstruksiya ishlab chiqarish texnologik jarayonining muddati ancha 
qisqaradi va  korxonaning  ishlab  chiqarish  unum dorligi  ortadi.
Bir-ikki kun ichida ochiq joyda mustahkamligi yetarli darajada 
ortadigan  bog'lovchi  m odda  tez  qotuvchan  sem ent  deb  ataladi. 
U n in g  bir kundan keyin siqilishga  m ustahkamligi  20  M P a b o ‘lsa, 
u c h   kundan  keyingisi  30  M Pa  gacha  k o ‘tariladi.  Bunday  sem ent 
k o n str u k siy a la r   y o k i  b u y u m la r   ta y y o r la sh d a ,  s h u n in g d e k , 
b u g T a sh   u c h u n   sh a ro it  b o ‘lm a ga n   joylard a  ish la tila d i.  T ez 
qotuvchan sem ent olish uchun tarkibida 50—60% uch kalsiy Silikat 
(C 3S ),  8— 14  %  u ch   kalsiy  alyum inat  (C 3A )  bilan  to'rt  kalsiy 
alyum oferrit  (C 4A F )  ham da  8  %  qurilish gipsi  qo'shilgan  sem ent 
klinkeri  ishlatiladi.  Q o ‘shiladigan  qurilish  gipsi  zarur  m iqdordan 
oshm asligi  kerak,  aks  holda,  buyum   yoki  konstruksiyada  darzlar 
h o sil  b o ‘lishi  m um kin.
Y uqorida  aytilganidek,  gips  sem ent tarkibida  uning tishlanish 
m uddatini sekinlatibgina qolm asdan,  sem entning dastlabki qotish 
davrida uning yanada mustahkamlanib borishida ham  faol ishtirok 
etiladi:  gips  bilan  C 3A   o ‘zaro  ta ’sir  etishidan  hosil  b o ‘lgan  kalsiy 
gid rosu lfoalyu m in at  sem en t  betonlarning  yan a  ham   m ustah- 
kam lanishiga yordam  beradi.  Bu vaqtda eng m uhim  sharoitlardan 
biri  sh u k i,  kalsiy  g id ro su lfo a lyu m in a t  h o sil  b o 'lish   jarayoni 
sem en tn in g  birinchi  qotish  kunlaridayoq  tugashi  m um kin  (aks 
h old a b eto n  yem iriladi).
K alsiy gidrosulfoalyum inatning hosil b o ‘lish tezligi sem entning 
qanchalik  m ayda  tuyilganligi  va  gipsning  erish  darajasiga,  erish 
darajasi  esa  o ‘z  navbatida  uning  m odifikatsiyasiga  bog'liq.  G ips 
q o ‘shilm a sifatida yarim  m olekula suvli C a S 0 4 • 0 ,5 H 2O yoki ikki 
m olekula suvli C a S 0 4 • 2 H 30  ko'rinishda ishlatiladi.  Birinchisining 
eruvchanligi  ikkinchisinikiga  nisbatan  5  marta  k o ‘p.  D em ak, 
sem entga yarim m olekula suvli gips q o ‘shish ko‘proq foydali ekan.
Z avod  sharoitida  ikki  m olekula  suvli  gips  ishlatish  m um kin. 
S em en tn i  shar tegirmonlarda tuyganda u juda qizib  ketadi va  shu 
issiq lik   ta ’siridan  ikki  m olek u la  suvli  gips  suvsizlanib,  yarim  
m olekula suvli gipsga aylanadi.  G ips q o ‘shim cha ravishda tuyilgan 
sem en tga  qo'shilsa,  m asalan,  ikkinchi  marta  tuyganda  (amalda 
yig ‘m a tem ir-beton zavodlarida shunday qilinadi) yarim m olekula 
suvli  gips  qo'shgan  m a’qul.
Biroq  sem ent  zavodlarida  ham m a  vaqt  tarkibida  C 3S  va  C 3A 
aralashm asi  k o‘p  b o ‘lgan  sem en t  ishlab  chiqarib  b o ‘lm aydi,  bu 
xom a sh yo  sifatiga, yoqilg'i va texnologik jarayonni tashkil etishga
214

bog‘Iiq.  Sem entni  juda  maydalab  tuyish  ham   iqtisodiy  jihatdan 
foydali  em as.  A m m o  shu  bilan  birga,  tem ir-b eton   buyumlari 
z a v o d la iid a ,  a y n iq sa ,  o ld in d a n   z o 'r iq tir ilg a n   te m ir -b e to n  
buyumlar  ishlab  chiqarish  uchun  tez  qotadigan  sem ent  kerak 
b o ‘ladi.  Bunday sharoitlarda sem ent vibrotegirm onlarida yana bir 
marta tuyib olinadi.
Yig'm a tem ir-beton  ishlab chiqarishda  ishlatiladigan  sem ent- 
larning  ham m asi  vibrotegirm onlarda  tuyilishi  m um kin.  Toshqol 
portlandsem entlarni qayta tuyish ayniqsa yaxshi foyda beradi.
Sem ent titratma qurilmada qayta tuyilsa, yaxshi mustahkamlana 
borishi  bilan  birga,  markasi  ham   ortadi.  M asalan,  400  markali 
sem ent  qayta  tuyilsa,  600  markali  sem ent  hosil  b o ‘ladi.
Sem entning tez qotuvchanligi, birinchidan, uning mineralogik 
tarkibiga,  ikkinchidan,  klinkem ing m aydalanish darajasiga bog'liq. 
Klinker  qanchalik  m ayda  qilib  tuyilsa,  olingan  sem ent  shuncha 
tez qotuvchan bo'ladi.  Shu  sababli tez  qotuvchan  sem ent  olishda 
uning  maydalik  darajasini  ifodalovchi  solishtirm a  yuzasini  350— 
450  m 2/k g   gacha  yetkazish  kerak  (oddiy  portlandsem entning 
solishtirm a  yuzasi  2 5 0 —300  m 2/k g ).
T ez qotuvchan sem ent olish uchun  I.V.  Sm irnov va B.V.  O sin 
portlandsem entga  1,2—2  %  xlorid  kislota  (H S 1 )  va  10— 15  % 
qaynovchi  ohak  q o ‘shib,  solishtirm a  yuzini  400—500  m2/k g   ga 
yetkazishni  taklif etdilar.
Sem en t  zarrachalari  qancha  kichik  b o ‘lsa,  un in g  erish  va 
gidratlanish  jarayoni  shunchalik  tezlashadi.  M asalan,  sem ent 
zarrachalarining kattaligi  10 mkm b o ‘lsa, bunday sementdan tayyor- 
langan  namunaning  uch  kundan  keyingi  mustahkamligi,  yirikligi 
60 mkm bo‘lgan sementnikiga nisbatan 7 marta katta bo'ladi.  Sement 
maydaligining uning mustahkamligiga ta’siri 31-jadvalda berilgan.
31-jadval.
Sement  maydaligining  mustahkamlikka  ta’siri.
Solishtirma 
yuzi m2/kg
Siqilishdagi mustahkamlik, MPa
1 kundan
keyin
3 kundan
keyin
28 kundan
keyin
6 oydan 
keyin
12 oydan 
keyin
188
8 ,4
26
53
52
69
2 10
14,5
28
4 0
60
72
300
14,7
34
57
61
72
4 0 0
2 1 ,5
46
59
61
69
5 00
28
4 0
54
60
74
215

T ez  qotadigan  sem entlar  metalj  qoJiplarni  tez  b o ‘shatishga 
im kon  beradi.  Ayrim   vaqtlarda  esa  issiq  ishlov  berishdan  ham 
ozo d   qiladi.
M axsus  tez   qotuvchan  portlandsem ent  ham   mavjud.  U   tez 
qotuvchan  portlandsem entga  nisbatan  yana  ham  jadalroq qotadi. 
Bunday sem ent tarkibida kamida 60—65%  C 3S va 8  %  C 3A b o ‘lgan 
klinkerni  gips  ishtirokida  o ‘ta  mayda  tuyish  (400—450  m 2/k g ) 
orqali  o lin a d i.  0 ‘lcham lari  30  m km   b o ig a n   zarrachalarning 
um um iy  m iqdori  kam ida  50—60  %,  ba’zan  80  %  gacha  b o ‘lishi 
kerak.  S tandartga  k o ‘ra  bu  sem en tg a   m in eral  q o 'sh ilm a la r 
q o ‘shilm aydi.
M axsus  tez  qotuvchan  sem entning  tishlashish  muddatlarini 
yaxshilash uchun k o ‘p miqdorda gips q o ‘shiladi  ( S 0 3 hisoblaganda 
kam ida  4  %  gacha  ).  Sem en t  tez  tishlashib  qolm asligi  uchun  uni 
tuyish paytida haroratning o ‘ta k o ‘tarilib ketishiga y o ‘l qo'ym aslik 
kerak.
G O S T   310—85  ga  ko'ra  maxsus  tez  qotuvchan  portlandse- 
m entning  mustahkamligi  1,  3,  28  sutkadan  keyin  30,  40 va  50—60 
M Pa  ni tashkil qilishi  kerak.
H ozirgi kunda oddiy portlandsem ent klinkerni sulfoalyum inat 
klinkeri  bilan  birga  tuyish  orqali  bundan  ham   tez  qotuvchan  va 
yuqori  mustahkamlikka ega bulgan sem entlar olinadi.  28  sutkadan 
s o ‘ng  bunday  sem entlarning  markasi  700—800  ni  tashkil  qiladi.
22. 
Plastifikatsiyalangan  va gidrofob portlandsementlar
Klinkerni plastifikatsiyalaydigan yoki gidrofoblovchi q o ‘shilm a 
b ila n   birga  m ayda  qilib  tuyishdan  h o sil  b o ‘ladigan  gidravlik 
b og‘lovchi m oddalar tegishlicha plastifikatsiyalangan yoki gidrofob 
portlandsem ent  deb  ataladi.
Plastifikatsiyalaydigan va gidrofob qo'shilmalar sement og ‘irligi- 
ning (qum q moddaga nisbatan hisoblaganda) 0,1—0,25 % miqdorida 
qo'shiladi.
Plastifikatsiyalovchi sirt-faol qo'shilmalar sifatida standart talablariga 
binoan  sulfit  spirt  bardasi  (SSB)ning  kdnsentrati  xizmat  qiladi.
Sem en t zarrachalarining ustida gidrofil m oddalarning adsorb- 
sion  pardalari borligi  beton  qorishm asining bevaqt yopishib  q oli- 
shiga (koagulyatsiyaga) to ‘sqinlik qiladi,  shuningdek,  sem ent zarra­
chalarining va to'ldirgichlarning qatlam -qatlam  bo'lib c h o ‘kishini 
ham da qorishm adan  suvning ajralib chiqishini kamaytiradi,  ya ’ni
2 1 6

suv,  sh ag‘al,  qum   va  sem en t  qorishm asining  aloh id a-aloh id a 
qatlam lanishiga y o ‘l q o ‘ymaydi.
Plastffikatsiyalangan  sem en td an   tayyorlangan  b etó n   zich , 
sovuqqa chidamli va  kam suv o ‘tkazuvchan b o ‘ladi.  Bunday sem ent 
ishlatilganda  10% gacha b og‘lovchi  material tejaladi.
Plastifikatsiyalangan  sem ent  300,  400,  500,  600  markalarda 
chiqariladi.
Portlandsement  ochiq  havoda  k o‘p  qolib  ketsa,  uning  markasi 
kun  sayin  pasayib  boradi,  chunki  havodagi  nam lik  sem entdagi 
minerallar  bilan  qisman  birikadi.  Buning  uchun  sem ent  klinkerini 
tuyish  jarayonida  uning  0,1—0,25  %  miqdorida  mahsus  gidrofob 
moddalar qo'shiladi.  Bunday qo'shiimaiar sifatida quyidagi moddalar 
ishlatilishi  mumkin:
—  atsidol  0 ,0 8 —0,12  %  miqdorda;
—  atsidol  —  m ilonaft  0 ,0 8 —0,12  %  miqdorda;
—  m ilonaft,  sem ent  m assasidan  0 ,1 —0,25  %  miqdorda;
—  o le in   kislota  yoki  oksidlangan  petrolatum ,  0 ,0 6 — 1  % 
miqdorda;
—  oksidlangan  petrolatum ,  0,3%  miqdorda.
K lin k ern i  tu y ish   ja ra y o n id a   g id ro fo b   m o d d alar  se m e n t 
zarrachasi yuzasini namlanmaydigan parda bilan qoplaydi.  Shuning 
uchun uni uzoq vaqt havoda saqlash m umkin.  Bu vaqt ichida uning 
mustahkamligi boshqa sementlar kabi kamayib ketmaydi.  Gidrofob 
sem entdan qorishma tayyorlanganda,  qotish vaqtini  1,5—2 daqiqa 
uzaytirish  kerak,  chunki  sem ent  zarrachalari  sirtidagi  gidrofob 
parda qum  va shag‘alning  ishqalanishidan buzilib,  suv bilan erkin 
ravishda  birikishi  lozim .  Shuning  u ch u n   gidrofob  sem ent  uzoq  
saqlansa ham   o £zining  plastiklik xossasini y o ‘qotmaydi.
Gidrofob portlandsementdan buyum tayyorlaganda uning zichligi 
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling