Moddalakning kimyoviy texnologiyasi


ajralib chiqadigan ohakning yutilishiga asoslangan;  shuning uchun

bet29/31
Sana15.12.2019
Hajmi
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

ajralib chiqadigan ohakning yutilishiga asoslangan;  shuning uchun 
necha  foiz  gliyej  qo'shish  kerakligi  bevosita  gidratatsiya  vaqtida 
C a (O H )2 ajratib chiqaradigan klinker m inerali miqdoriga bog'liq. 
M a ’lum ki,  u ch   kalsiyli  silikat  shunday  mineral  hisoblanadi  va, 
dem ak,  klinkerda  u c h   kalsiyli  silikat  m iqdori  qanchalik  k o‘p 
bo'lsa,  dastlabki  qotish  davrida  sem ent  m ustahkamligiga  zarar 
q ilm a g a n   h o ld a   s h u n c h a lik   k o ‘p  g liyej  q o 'sh ish   m u m k in . 
Laboratoriya  sinovlariga  k o ‘ra,  taxm inan  har  1%  uch  kalsiyli 
silikatga  0 ,5 —0,75%   gidravlik qo'shilm a  solish  m umkin.  Shunga 
asosan,  pussolan  portlandsem ent  tayyorlash  uchun  uch  kalsiyli 
silikatga  boy  alitli  klinkerlar  ishlatish  maqsadga  m uvofiq,  degan 
xulosaga  kelish  m um kin.  A m m o  qo'shilm aning  y o i   qo'yilishi 
m um k in  bo'lgan  m iqdorini  ham m a  vaqt  klinker  m ineralogik 
tarkibiga qarab belgilab bo'lmaydi.  Chunki qo'shilmalarning faolligi 
har  xil  bo'ladi.  M asalan,  Ig  trepel  yoki  diatom it  150  mg  gacha 
CaO   yutadi,  pem za  yoki  gliyej  esa  50  m g  CaO  yutadi.  Ohakni 
to'liq   biriktirish  u ch u n   faolligi  past  qo'shilm aga  nisbatan  faol 
qo'shilm adan  kam   talab  qilinadi.  A m aliy  m a’lumotlarga  ko'ra, 
faolligi  200  b o ig a n   krem niy  oksidli  chiqindi  qo'shilm asining 
maqbul m iqdori sem ent massasidan 20 —25%,  faolligi  150 bo'lgan 
trepel,  opoka,  diatom it  va  boshqalarniki  esa  25 —30%  va  faolligi 
50—60,  qo'shilm alam iki  esa  40 —50%  bo'ladi.
233

Iqtisodiy jihatdan  qaraganda  qo'shilm a  im kon i  boricha  k o‘p 
q o ‘shilgani yaxshi.  Lekin bu narsa sem ent mustahkamligining o ‘sish 
tezligiga va uning so'nggi pishiqlik qiymatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi, 
chunk i qo'shilm a m iqdori ortishi bilan sem ent klinkeri qism ining 
qotish  sharoitlari  yom onlashadi  (klinker  zarrachalari  bir-biridan 
ancha ajralib qoladi).
.  G liyej  portlandsem ent chuchuk suv  va tarkibida  sulfat tuzlari 
b o ‘lgan sh o ‘r suvlarga chidam li.  Zarur m iqdordagi (30%  atrofida) 
gliyejni portlandsem ent tarkibiga uni tuyishdan oldin q o ‘shilganda 
u n in g   m u stah k am ligi  kam ayib,  z ic h lig i  ortadi.  G liyej  od d iy  
portlandsem entning  zichligini  oshirish  va  «sem ent  basillasi»ning 
zararli ta ’sirini kamaytirishi  bilan uning chuchuk va sulfatli  sh o ‘r 
suvlarga  turg‘unligini,  havo  va  atmosfera  ta’siriga  chidam liligini 
oshiradi.  Biroq bu bilan portlandsem ent klinkeri va gliyej  asosida 
sulfat  tuzli  suvlarga  chidam li  sem ent  ishlab  chiqarish  masalasi 
butunlay hal qilinmagan edi.  Sem entni sulfat tuzli suvlarga chidamli 
qilishga erishish uchun portlandsem ent klinkeriga 70% gacha gliyej 
q o'sh ish   kerak.  B u  sem en t  dastlabki  qotish  tezligi  b o ‘yich a juda 
sust b o ‘lib,  unchalik m ustahkam  em as va sovuqqa ham  chidam siz. 
K o ‘p  y illa r   d a v o m id a   o lib   b o r ilg a n   iz la n is h la r   n a tija sid a  
portlandsem ent klinkerining mineralogik tarkibini o £zgartirish yo'li 
bilan  sem entning  sulfatli  suvlarga  chidam liligi  oshirildi.  G liyejni 
o 'z g a r tir ilg a n   m in e r a lo g ik   ta rk ib li,  y a ’n i  k am   a ly u m in a tli 
portlandsem entga  qo'shish  yo'li  bilan  sulfatli  suvlarga  chidam li 
gliyej  portlandsem ent olindi.  Bu yerda shuni ham  ta’kidlab o ‘tish 
zarurki,  0 ‘rta  O siyo  respublikalarining  ko'pchilik  hududlari juda 
kuchli  sh o ‘rlangan.  Yer  usti  va  yer  osti  suvlari  shu  darajada  ser 
tuzliki,  od d iy  portlandsem entlar  bunga  chidash  bera  olm aydi. 
H ozirgi  kunda  0 ‘rta  O siyo  respublikalarida shunday  sharoitlarga 
chidam li  yangi  gliyej  portlandsem enti  olindi.
0 ‘zbekistonda,  Q uvasoy  sem ent  kom binatida  birinchi  marta 
1940-yildan  boshlab  30%  q o ‘shilm ali,  1948-yildan  esa  Bekobod 
va boshqa sem ent kom binatlarida  sulfatli suvlarga chidam li gliyej 
portland sem ent  ishlab  chiqarila  boshlandi.  H ozirgi  kunda  bu 
sem entning  ishlab  chiqarilishi  natijasida  k o ‘p  m iqdorda  sem ent 
tejaldi va  xalq  x o ‘jaligiga  behisob  foyda  keltirildi.  Bu  sem ent  yer 
o sti  ham da  ulkan  suv  inshootlarini  qurishda  keng  ishlatiladi  va 
ishlatilm oqda.
A ngren  va  Q izilqiya  gliyej  konlari  s o ‘n ggi  yillarda  ulkan 
x o m a sh y o   bazalariga  aylangan.  K o ‘p  y illar  d avom id a  gliyej
234

portlandsem entning hossasini o ‘rganish shuni  k o ‘rsatadiki,  uning 
ishlab  chiqarilishi  va  qurilishda  ishlatilishi  gliyejning  sem entga 
q o^ h ilad jg an   qim m atbaho  va  ish o n c h li  q o ‘shilm a  ekanligini 
isbotladi. Natijada Rossiyaning markaziy rayonlaridan 0 ‘zbekistonga 
keltirilishi  kerak  b o ig a n   uch  yuz  m ing  tonnadan  ortiq  sulfatli 
suvlarga chidam li portlandsem ent hozir respublikam izning o ‘zida 
ishlab  chiqarilm oqda  va  bunday  sem entga  bo'lgan  talab  hozirda 
to ‘la qondirilm oqda.
H a v o   va   so v u q   iq lim   t a ’sirig a   c h id a m li  b o ‘lg a n   g liyej 
portlandsem ent 0 ‘rta Osiyo respublikalarida yer usti qurilishlarida 
keng  ish la tilm o q d a .  Q irq in ch i  y illard a  0 ‘z b e k isto n   se m e n t 
zavodlarida  asosan  gliyej  portlandsem ent  ishlab  chiqarilar  edi. 
G id ro tex n ik a ,  sa n oa t  va  u y -jo y   q urilishlarida  aso sa n   gliyej 
portlandsem ent  ishlatilgan  edi.
So'nggi yillarda 0 ‘zbekiston sem ent sanoati gliyej hisobiga har 
yili qo'shim cha yarim  m illion tonna atrofida  sifatli sem ent ishlab 
chiqarmoqda.  Bu esa sem ent tannarxini ancha kamaytirdi.
Suv  inshootlari  uchun  ishlatiladigan  past  ekzoterm ik  sem ent 
ishlab  chiqarish  m asalasi gliyej  portlandsem entning olinishi bilan 
tezda hal qilindi.  Ilm iy izlanishlar bu sem ent yirik suv inshootlari 
qurilishida ishlatiladigan past ekzotermik sementning ohnini bosishi 
m um kinligini  ko'rsatadi.
1968-yilning boshida T o ‘xtag‘ul G E S  inshootini qurish uchun 
maxsus sem ent tanlash kerak edi.  Balandligi 215  metrli bu inshoot 
massiv-gravitatsiyalidir.  Bu  inshoot u ch u n   3,6  m illion kub  béton 
ishlatish kerak edi.  A w a l qurilishda m arkaziy rayonlardan  (y a ’ni, 
Rossiyadan)  keltirilgan  sem ent  ishlatishga  qaror  qilindi.  C hunki 
bu qurilishga ishlatiladigan inert to'ldirgich reaksiyaga kirishadigan 
krem niy  oksidiga boy,  gliyej  esa  4  %  gacha  ishqoriy  moddalarga 
ega.  K rem niy oksid va  ishqoriy m oddalarning o ‘zaro birikishidan 
h o sil  bo'lgan   kom pleks  birikm alar  hajm i  oldin gi  ikki  m odda 
hajmlari yig‘indisiga nisbatan bir necha maria katta b o‘lib, betonda 
ichki kuchlanishlar paydo qilishi,  uni yorib yuborishi  m um kinligi 
faraz  q ilin d i.  S h u la r n i  n a zard a   tu tib   m u ta x a ssisla r   g liy ej 
portlandsem entni  bu  inshoot  uchun  ishlatish  xavfli  deyishdi  va 
u n ga  m axsus  se m e n t  ish latish   kerakligini  ta ’kidladilar.  I.S . 
K ansepolskiy tashabbusi bilan gliyej  portlandsem ent u zoq  vaqtga 
c h id a s h i,  su lfa tli  suvlarga  tu rg ‘u n lig i  va   gliyej  tark ib id agi 
ishqorlarning  inertligi,  y a’ni  suv  ham da  ohakda  erim asligi  kabi 
yaxshi xossaga egaligi tufayli bu  qurilishda gliyej  portlandsem enti
235

ishlatildi.  So'ngra gliyej portlandsem enti uchun texnikaviy shartlar 
ishlab  chiqildi.  Shundan  s o ‘ng  T o ‘xtag‘ul  G E S  qurilishiga  1969- 
yildan  boshlab  Q uvasoy  sem ent  zavodi  sem ent  yetkazib  berdi. 
T o ‘xtag‘ul  suv  om bori  uchun  bir  m illion  tonna  atrofida  sem ent 
kerak edi.  Buning uchun Q uvasoy zavodi faqat shu qurilish uchun 
1,5 yil ishlashi kerak.  M axsus sem entni Rossiyadan keltirilmasdan, 
Q uvasoy zavodidan olib borishning o ‘zi, taxminiy hisoblarga ko‘ra, 
bir  n ech a   10  m in.  s o ‘m ga  (1 9 8 9 -  yilgacha)  m ablag‘  tejaldi.
Shu n d ay  qilib,  I.S .K a n sep olsk iy n in g   o ‘z  shogirdlari  bilan 
ham korlikda  m ahalliy  gliyejlardan  portlandsem ent  uchun  faol 
mineral qo'shilm a sifatida foydalanishni taklif etishi m uhim  iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo'ldi.  Shundan keyin 0 ‘zbekiston sem ent zavodlari 
inigatsiya hamda gidrotexnika inshootlarining qurilishi uchun zarur 
b o ‘lgan  chuchuk  ham da  sulfatli  suvlarga  chidam li  sem ent  m ing 
tonnalab ishlab chiqarila boshlandi.
S em en tla r n in g   k im y o v iy   ch id a m lilig in i  o sh irish   m asalasi 
b o ‘yich a  olib  borilgan  ishlar ham  yaxshi  natija  berdi.
I.S. 
Kansepolskiyning ishlari nazariy jihatdan katta ahamiyatga 
ega  b o'ld i,  chunki  sulfatli  sharoitlarda  sem entlarning  korroziya- 
lanish  jarayonini  o ‘rganish  natijasida  ilgarigi  fikrlarga  tuzatish 
kiritildi.
G liyej portlandsem entning dastlabki qotish davridagi m ustah- 
kamligi oddiy portlandsementnikidan ancha sust.  Bu holni sementga 
gidroterm al  ishlov berish  y o ‘li  bilan  tezlashtirish  m um kin.  B og ‘- 
lo v ch i m oddalar qotishini tezlatishda avtoklav ishlovi berish ham  
yaxshi natija beradi.  Eng yaxshi q o ‘shim cha maydalab tuyilgan qum 
hisoblanadi. Talab qilingan markaga ega bo'lgan m ahsulot 0,8 M Pa 
b osim  ostida  8— 10  soat davom ida olinadi.
R espublikam iz  zavodlari  ishlab  chiqarayotgan  3 0—50%  gliyej 
q o'shilm ali  sem entlarni  0 ,2   M Pa  bosim da  4 —6  soat  davom ida 
avtoklavlarda  ishlab  katta  am aliy  aham iyatga  ega  bo'lgan,  qum - 
s e m e n t  m a h su lo tla rn in g   m u sta h k a m lig id a n   q o lish m a y d ig a n  
buyum lar  olishga  im kon  berdi.
G liyej  portland sem entd an  tayyorlangan  m ahsulotlar  fizik- 
m exanik  xossalari  b o ‘yich a  m o ‘tadil  sharoitda  qotgan  portland­
sem entning 28 kundagi m ustahkamligiga teng.  Bu m ahsulot ochiq 
havo,  sovuq  va  sulfat  suvlar ta ’siriga  chidam li.
S o ‘nggi yillarda 0 ‘zbekiston sem ent sanoati yiliga gliyejlar q o ‘- 
shish hisobiga qo'shim cha ravishda 500 m ing tonnaga yaqin sem ent 
ishlab  chiqarm oqda.
236

P o r tla n d se m e n t  ishlab  ch iq arish d a  fo sfo to sh q o lla r   ilgari 
ish la tilm a s  ed i.  B ir in ch i  m arta  C h im k e n t  fo sfo r ii  o ‘g ‘itlar 
zavodining toshqollarini  1966-yildan boshlab  sem ent chiqarishda 
6 8 8 —66  raqam li  vaqtincha  texnik  shartlarga  b in oan   ishlatila 
boshlandi.
Fosfotoshqollarning portlandsem ent qotishiga ta’siri  q o‘shilm a 
miqdori va klinkeming mineralogik tarkibiga ko‘ra o ‘rganildi.  Fizik- 
m exanik  sinovlarga  ko'ra  m o ta d il  solishtirm a  sirtli  sem entga 
fosfotoshqollar  q o ‘shish  sem entning  suvga  talabchanligiga  ta’sir 
k o ‘rsatmaydi,  biroq  uning  tishlashish  m uddatini  sekinlashtiradi. 
Sem entning solishtirma sirtini  340—380 m 2/k g  gacha oshirish uning 
tishlashish  m uddatini birm uncha tezlashtiradi.  F osfotoshqollam i 
sem entga qo'shish,  uning tishlashish m uddatini  susaytirishni  fos­
fotoshqollar tarkibida fosfor kislota tuzlarini borligi bilan izohlanadi.
Haqiqatan,  sem entga  1 % atrofida fosfor kislota q o‘shilsa,  uning 
m ustahkam ligi keskin kamayib ketadi va tishlashish m uddati juda 
sekinlashadi.  Fosfotoshqol sem entga  q o ‘shilganda uning m ustah­
kam ligi  dastlabki  qotish  davrida  (1 —3  o y   davom ida)  kamayib, 
asos  sem enti  m ustahkam ligining  o ‘sishidan  keyingi  muddatlarda 
(6  oydan  3  yilgacha)  ortib  boradi.  S em en t  tarkibidagi  fosfo- 
toshqolning miqdori 60% ga yetganda uning mustahkamligi ancha 
kam ayadi,  am m o tarkibida 60%  fosfotoshqol bo'lgan sem entning 
o lti  o y lik   nam u n alari  sin alga n d a ,  p o r tla n d se m e n t  m u sta h - 
kam ligidan  ortib  ketadi.  B u  narsa  turli  m in eralogik   tarkibli 
sem entlarni  sinaganda ham   n am oyon b o ‘ladi.
Fosfotoshqolli sem entlarning solishtirm a sirti ko'paytirilganda 
va  namunalarga  gidroterm al  ishlov  berilganda  ularning  m ustah­
kam ligi  ortadi.  B unday  sem entlarning  havoda  qotishi  qurilish 
normalarining talablariga t o ‘la javob beradi. A m m o toshqollarning 
m iqdori  ortganda uning  sovuqqa  chidam liligi  kamaya  boshlaydi, 
fosfotosh qollam i  portlandsem entlarga  qo'shib,  sem ent  nam una- 
larining  kirishishini  kamaytirish  ham   mumkin.
Sem entlarga  50%  gacha  fosfotoshqollar  q o ‘shish  sem entning 
armatura bilan tishlashishini kamaytirmasdan, balki bir necha marta 
orttiradi.
Fosfotoshqollarning tarkibi  o ‘zida dom na toshqollaridan kam 
m iqdorda  giltuproq  borligi  bilan  farqlanib,  portlandsem entga 
q o ‘shilgan  fosfotoshqol  m iqdoriga  proporsional  m iqdorda  uning 
sulfatli  suvlarga  ch id am liligi  ham   ortadi.  Sinovlar  fo sfo to sh -
237

q ollarn in g   m iqd ori  p o rtlan d sem en t  tarkibida  10—60%  gacha 
b o ‘lganda m a’qul hisobanadi.  Odatdagi sulfatli suvlarga chidam siz 
portland sem ent  ham   15%  fosfotoshqol  ishtirokida  sulfatli  suvlar 
ta ’siriga bardosh bera oladi.
Bunday sem entlardan yasalgan beton va tem ir-beton konstruk- 
siyalarga  sulfatli  suv  va  sovuqning  ta ’sirini  o ‘rganib  chiqilgan  va 
ular  0 ‘zb ek iston   ham da  Turkm aniston  hududlaridagi  yer  osti 
suvlari juda kuchli m inerallashgan joylarda ishlatilm oqda.
Professor  I.  T osh p o'latov  rahbarligida  yangi  sem en t  glinit 
portland sem ent  ixtiro  qilindi.  Bu  sem ent  0 ‘zbekistonda  keng 
tarqalgan m ahalliy xom ashyo kaolinitli tuproq (gil)  ni 700—800°C 
haroratda qizdirib,  odatdagi portlandsem ent klinkeriga q o £shiladi 
s o ‘ngra m aydalab tuyib tayyorlanadi.
O q  rangdagi  gilsim on   jinslar  kaolin  deb  ataladi.  B u  jinslar 
asosan k aolin it guruhiga kiradigan  m inerallardan tarkib topgan.
G lin it portlandsem entning sulfatli suvlariga chidamlilik darajasi 
uning tarkibiga q o‘shilgan va kuydirilgan kaolinitli tuproq miqdoriga 
b o g £liq.  B oshqacha aytganda, glinit portlandsem entga kuydirilgan 
kaolin itli  tuproq k o ‘p  qo'shilsa,  u   m ustahkam  b o £ladi,  aksincha, 
kam   q o £shilsa,  m ustahkam ligi  pasayadi.
G lin it portlandsem ent trepel,  opoka,  diatom it va boshqa to g £ 
jinslari  q o ‘shib  tayyorlanadigan  pussolan  portlandsem entlarga 
nisbatan ustun turadi.  Bu sem entning eng yaxshi xossalaridan biri 
shuki,  u   issiq havoda ham ,  sovuq havoda ham  birday m ustahkam  
boUadi,  m uzlash  natijasida  yem irilm aydi.  Bu  sem entni  ishlab 
chiqarish  iq tisod iy  jihatdan  sam arali  em as  deb  hisoblaydilar, 
chunki  kaolin  tuprog'ini  kuydirishga  k o £p  m iqdorda  yoqilg£i  sarf 
boT ishi  hisoblab  chiqarilgan.
Toshqolli  portlandsement.  Portlandsement  ldinkeri  bilan  uning 
donador  toshqoli  biiga  tuyilsa,  hosil  b o ig a n   bog'lovchi  material 
toshqolli  portlandsement  deb  ataladi.  Sementdagi  toshqol  miqdori 
30—60 % (um um iy og‘irligi hisobidan)dan oshmasligi kerak.  10178— 
62  raqamli  standartda  ko'rsatilishicha,  toshqolning  16%  gacha 
miqdorini boshqa gidravlik qo£shilma bilan almashtirish ham  mumkin.
T oshq olga  quyidagicha  texnikaviy> shartlar  q o ‘yiladi:  dom na 
toshqollardan k o £pincha toshqolli portlandsem ent,  sulfatlashgan, 
ohaldi tosh qolli sem ent kabi b o g ‘lovchilar tayyorlanadi.  T oshqolli 
sem ent ishlab chiqarishda ayniqsa tez sovigan dom na toshqoli katta 
aham iyatga  egadir.  Toshqollar  nam   va  yarim   quruq  usullarda 
yaxshilab  tuyiladi.
238

T oshqolli  portlandsem ent  pussolan  portlandsem ent  turlariga 
kiruvchi,  faqat faol  m ineral  q o ‘shilm a  o ‘m ida toshqol  ishlatilgan 
b o g ‘lovclji  m oddadir.  Bu  sem en tn in g   k o ‘pgina  xususiyatlari 
pussolan portlandsem entnikiga o ‘xshash.  Agressiv  m uhit ta ’siriga 
oddiy portlandsem entga nisbatan  chidam li.
T oshqolli  portlandsem ent  200,  300,  400  va  500  markalarda 
ishlab  chiqariladi.  T o sh q o lli  p o rtla n d sem en tn in g  o ‘ziga  xos 
xususiyatlaridan  biri  uning  tishlashish  va  qotish  jarayonining 
sekinligidir.
Tishlashishning boshlanish m uddati 45 daqiqa,  oxirgi m uddati 
esa  12  soatgacha  davom   etadi.  M aydalik  darajasi  p ortlan d ­
sementnikiga teng.  Toshqolli portlandsement betón  va tem ir-beton 
konstruksiyalar,  sun’iy  toshlar,  qorishmalar tayyorlashda,  suvoq- 
chilikda keng ishlatiladi.
Sulfat-toshqolli sementlar donador dom na toshqoli bilan gipsni 
35—70% gacha tuyish jarayonida portlandsem ent yoki ohak qo'shib 
olinadigan bog'lovchi moddadir.  Sulfat-toshqolli sem ent  150,  200, 
250,  300  markalarda  chiqariladi.
O hak-toshqolli sem entlar donador dom na toshqoli bilan 25% 
oh a k n i  tu yib ,  so 'n m a g a n   aralashm aga  gip s  q o 'sh ib   o lin g a n  
b o g io vch id ir.
Pussolan va toshqolli  portlandsem entlar turli b etó n  va tem ir- 
beton  konstruksiyalar,  yig'm a  detal  va  buyumlar,  shuningdek, 
qurilish qorishmalari va betonlar tayyorlashda  ishlatiladi.  Bunday 
sem entlardan tayyorlangan betonlar quruq sharoitda ishlatilganda 
u lam in g  qotishi  sekinlashadi.
27.  Sulfomineral sementlar
B elit sem ent. Yangi shaharlarning paydo b o ‘lishi va u yerlarda 
yirik jam oat ham da m adaniy-m aishiy binolam ing k o‘plab qurilishi 
sem en t  sanoatining  oldiga  oq va  manzarali  sem entlam i  m ahalliy 
xom ashyodan  tayyorlash  vazifasini  q o ‘ydi.
T. A.  Ragozina bunday sem en tlam i tarkibida tem ir oksid kam 
boT gan  m ahalliy  xom ash yo   Isfara  gipsi,  O hangaron  kaolin li 
tuprog‘i  va  ohaktoshdan  uni  1200— 1300°C  haroratda  kuydirish 
y o ‘li bilan olish m um kinligini ishlab chiqdi.  Bu sem ent manzarali 
qum   tuproqli  belit  sem ent  deb  ataldi.  U   yetarli  darajada  m us- 
tahkam likka  ega  va  sovuq,  sulfatli  suvlar  ta ’siriga  chidam lidir.
K o ‘p  yillar davom ida  olib  borilgan  izlanishlar natijasida T.A. 
R agozina  tezkorlik  ishlarida  q o ‘llanilayotgan,  industrial  usullar
239

talabigajavob bera oladigan, tez qotadigan, yuqori mustahkamlikka 
ega  b o ‘lgan  o q  va  m anzarali  sem entlar  ham   olish  texnologiyasini 
ishlab  chiqdi.  B unday  sem ent  Ohangaron  kaolini,  ohaktoshi  va 
gipsidan  1200— 1300°C  da  kuydirish  y o ‘li  bilan  olindi.  Sem entni 
kuydirish  harorati  odatdagi  portlansem entni  kuydirish  haroratiga 
nisbatan 200—250°C past.  Bu esa o ‘z navbatida pishirish xum don- 
larining  unum dorligini  oshiradi.  Y oqilg‘i  sarfini  tejaydi  va  o ‘tga 
ch id am li  m ateriallardan yasalgan xum donlarning ishlash  m udda- 
tin i  k o‘paytiradi.
Y u qorida  sanab  o ‘tilgan  sem entlar  va  odatdagi  portland- 
sem en tn i kuydirish jarayonini tezlashtiruvchi sifatida gips ishlatish 
m um kinligi  aniqlandi.  Shunday  sem entlar  anortezitlardan  (tar- 
kibida  22 — 30%  A 1 20 3  va  4 5 —50%  SiO ?  b o ‘lgan)  tarkibiga  10% 
gach a gips  q o ‘shib  olish  usuli  tavsiya  qilindi.  Pishirish jarayonini 
yengillashtirish u ch u n  C aF 4 va C a S 0 4 dan iborat aralash m inera- 
lizator  qo'llanildi.
Sem en t qotganda tuzlam ing agressiv eritmalar ta ’siriga yuqori 
darajada bardoshliligi bilan ajralib turadi.  Bu sem entning sovuqqa 
chidam liligi ham  yuqori.  M azkur xususiyatlari undan gidrotexnik 
in sh ootlar  qurilishida  m anzarali  va  o q   rangli  sem en t  sifatida 
foydalanish  im kon ini  beradi.
Asosiy xomashyoning tarkibiy qismi sifatida C a S 0 4 ga ega bo'lgan 
gidravlik sem ent olish masalasi  sem ent texnologiyasi va kimyosida 
yangilik b o ‘lib,  uning  ilm iy va  am aliy  aham iyati  kattadir.
Bunday sem entlam i kuydirishda hosil b o ‘ladigan sulfom ineral- 
lam in g xususiyatlari va  hosil b o ‘lish  sharoitlari professor,  texnika 
fanlari  doktori  T .A .O ta q o ‘ziyev  rahbarligida  tadqiq  qilingan. 
Bundan tashqari, laboratoriya hamda ishlab chiqarish sharoitlarida 
sulfosilikat  va  sulfoalyum inat-silikat  sem entlarining  kuydirish 
texn ologiyasi  aniqlandi.  K o ‘pgina  tadqiqotchilar  sulfoalyum inat 
3(C aO  • A120 3) •  C a S 0 4 va sulfosilikat 2(C aO  • S i 0 2)  •  C a S 0 4 ning 
h osil  b o ‘lishi,  shuningdek,  ularning  asosiy  optik  ham da  rentge- 
nografik  xususiyatlarini  aniqlab  berishdi.
Shu  m unosabat  bilan  mineral  fosfor  o ‘g ‘itlar  ishlab  chiqara- 
digan kim yo zavodlarida ko‘p miqdorda yig'ilib yotadigan chiqindi 
— fosfogipsdan iqtisodiy jihatdan samàrali foydalanish katta amaliy 
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> E. O. O r I p o V, A. O. N a s r u L l a y e V bioorganik kimyo

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling